--⊱⊱ 19 ⊰⊰--
ASOSIDA IJTIMOIY-HISSIY KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH
Berdieva Lola Alisherovna
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,
Maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatini
muvofiqlashtirish departamenti direktori
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish jarayonida shaxsiy sifatlar muloqotchanlik, ochiqlik va bag‘rikenglikni milliy qadriyatlar asosida intizomlilik ko‘nikmasini shakllantirishning mexanizmlari haqida fikr yuritilgan.
Kalit soʻzlar: Maktabgacha ta’lim, intizomlilik ko‘nikmasi, intellektual, axloqiy, estetik, XXI asr koʻnikmalari,soft skils, 4 k modeli, zamonaviy usullar,tarbiya,ijtimoiylashuv, ijtimoiy-hissiy ko‘nikmalar.
Аннотaция: В данной статье рассматриваются механизмы формирования личностных качеств общительности, открытости и толерантности, а также навыков дисциплины на основе нatsiональных ценностей в процессе всестороннего интеллектуального, нравственного, эстетического и физического развития детей в дошкольных образовательных учреждениях.
Ключевые слова:Дошкольное образование, навыки дисциплины, интеллектуальные, моральные, эстетические, навыки 21 века, гибкие навыки, модель 4k, современные методы, воспитание, социализatsiя, социально-эмоциональные навыки.
Abstract: This article examines the mechanisms for the formation of personal qualities of sociability, openness and tolerance, as well as discipline skills based on national values in the process of comprehensive intellectual, moral, aesthetic and physical development of children in preschool educational institutions.
Keywords: Preschool education, discipline skills, intellectual, moral, aesthetic, 21st century skills, soft skills, 4K model, modern methods, education, socialization, social-emotional skills.
Rivojlangan mamlakatlarning ta’lim muassasalarida bola ijtimoiylashuvi va huquqlari hamda ularda intizomlilik ko‘nikmalarini shakllantirishda qo‘llanilayotgan SEL (Social and Emotional Learning) dasturi bolalarning ijtimoiy-hissiy jihatdan bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularga g‘amxo‘rlik qilish, qo‘llab-quvvatlash, kompetensiyaviy yondashuvlar asosida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni integratsiyalash asosida samarali ta’lim-tarbiyaning innovatsion shakl va usullarini joriy etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi “ O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4312-son qarorida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etish, maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish kabi vazifalar belgilangan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida intizomlilik ko‘nikmasini shakllantirish jarayonida bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini qayta ko‘rib
--⊱⊱ 20 ⊰⊰-- chiqishni hamda maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishning zamonaviy usullarini joriy etishni talab qiladi. Tarbiyalanuvchilarning ijtimoiylashuvi maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan pedagogik muhit ta’sirida rivojlanadi va shakllannadi.Bola shaxsining ijtimoiylashuvi uzluksiz bo‘lgan murakkab jarayon bo‘lib, bolalar doimo o‘zgarib turuvchi ijtimoiy muhitda yashaydi hamda ushbu muhitda turli xil guruhlarning, ya’ni atrof-muhitning o‘ziga nisbatan bo‘lgan ta’sirini his qiladi, yangi ijtimoiy rollarni bajaradi va shu asnoda ulardag ijtimoiy –hissiy ko‘nikmalar shakllanadi. Natijada bolalar ijtimoiy jihatdan ahamiyatli bo‘lgan vazifalarni bajaradi, ijtimoiy rolni o‘zlashtirib oladi, o‘zining qiziqishi, qobiliyatini ijodiy mulohaza qilib ko‘radi, jamiyatning boshqa a’zolari bilan mustaqil munosabatga kirishadi va shu tariqa bola shaxsining ijtimoiylashuvi yuz beradi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida intizomlilik ko‘nikmasini shakllantirishda ijtimoiylashtirish jarayonida ma’naviy-axloqiy va ijtimoiy-madaniy qadriyatlarni bolaning yosh imkoniyatlariga xos ravishda shakllantirish, xatti-harakatlarini o‘zlashtirish, bolada shaxsiy sifatlar muloqotchanlik, ochiqlik va bag‘rikenglik ijtimoiylashuv mexanizmlari hisoblanadi. Bolalarda intizomlilik ko‘nikmasini shakllantirish jarayonida bolalarning ijtimoiy jihatdan shakllanishida muhim shartlaridan biri bu o‘yin faoliyati hisoblanadi. Maktabgacha yosh davrida aynan rolli o‘yinlar bola va jamiyat o‘rtasida bog‘lovchi vazifasini o‘taydi hamda o‘yin tabiatda ob’ekt-manipulyativ, bolalar narsalar bilan harakatlarni o‘zlashtiradi va kattalarga taqlid sifatida harakat qiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida intizomlilik ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan huquqiy normalar, qadriyatlar, madaniyat, tarbiya vositalari va mezonlarini takomillashtirish jarayonida o‘zi haqida va kelgusida qanday shakllanishi yoki qanday bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi. Bolalarda intizomlilik ko‘nikmasini shakllantirish jarayonida bola tashqi dunyo bilan o‘zaro muloqotga kirishadi, bu dunyoni anglaydi, shu tariqa bola o‘z-o‘zini anglaydi, o‘z-o‘zini anglash orqali bola o‘zi to‘g‘risida va atrofidagi dunyo to‘g‘risida bilimga ega bo‘ladi va aynan ushbu bilim va ko‘nikmalar o‘z-o‘zini anglash tajribasi natijasida bolalarda tengdoshlariga nisbatan salbiy oqibatlarni, nizoli vaziyatlarni yengish ko‘nikmalari shakllantiradi. -Tarbiyachilarning rivojlanish markazlari va ertalabki suhbatlar jarayonida tarbiyalanuvchilarda intizomlilik ko‘nikmalarini shakllantirishda XXI asr koʻnikmalarini (soft skils, 4 k modeli) amaliyotda qo‘llay olish malakasini shakllantirish; -Tarbiyachilarning rivojlanish markazlari va ertalabki suhbatlar jarayonida tarbiyalanuvchilarda intizomlilik ko‘nikmalarini shakllantirishda XXI asr koʻnikmalarini (soft skils, 4 k modeli) faollashtirishda didaktik, harakatli va ijodiy o‘yinlardan foydalanish hamda ta’lim va tarbiya jarayonlarini o‘yin orqali tashkil etish metodikasini shakllantirish.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi “ O‘zbekiston Respublikasi
maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi PQ-4312-son qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Ilk qadam” davlat
oʻquv dasturi (2-nashr), T.,2022.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil
13-maydagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi 391-sonli Qarori.
4. Mirziyoyeva Sh.Sh., Rafashka M., Ten Ye.G., Nazarova V.A., Ismailova M.A. “Har xil
yoshdagi muqobil guruhlarda pedagogik yondashuvlar”. T., 2022.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.