МАКТАBGACHA ТАʼLIMDA MILLIY QADRIYATLAR VА GLOBAL KOMPETENSIYALAR INTEGRATSIYASI
Аннотация
Ushbu maqolada maktabgacha taʼlim jarayonida milliy qadriyatlarni zamonaviy global kompetensiyalar bilan uygʻunlashtirishning nazariy-metodik asoslari tahlil qilinadi. Taʼlim jarayonida umuminsoniy yondashuvlar, madaniy identifikatsiyani mustahkamlash, kreativ fikrlash, ijtimoiy-emotsional rivojlanish va raqamli savodxonlik kabi kompetensiyalarni bolalar ongiga singdirishning samarali yoʻllari koʻrsatib berilgan. Shuningdek, tarbiyaviy jarayonlarda milliy madaniyat elementlaridan foydalanish, xalq ogʻzaki ijodi, urf-odatlar va anʼanalar orqali bolalarda vatanparvarlik va global fikrlashni uygʻun rivojlantirishning amaliy mexanizmlari asoslab beriladi.