--⊱⊱ 103 ⊰⊰--
PEDAGOGIK ASOSLARI
Jumadillayeva Feruza Olimjon qizi
Toshkent viloyati Ohangaron shaxar
7- sonli MTT direktor oʻrinbosari
Tuymurodova Farangiz Gʻulom qizi
Qahqadaryo viloyati Muborak
tumani 4-DMTT direktor oʻrinbosari
Annotatsiya
Maqolada Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarida Vatanparvarlik, harbiyvatanparvarlik tushichalarini maktabgacha yoshdagi bolalarga oʻrgatish asosan koʻrgazmali vositalar (Harbiy texnika va qurol yarogʻlar asosida) orqali tushintirish ishlari ilmiypedagogik va meʼyoriy-huquqiy hujjatlar asosida yoritib berilgan.
Kalit soʻzlar: Vatanparvarlik, Harbiy-vatanparvarlik, Tarixiy siymolar, Intellektual salohiyat.
PEDAGOGICAL FOUNDATIONS OF PATRIOTISM AND MILITARY-
PATRIOTISM EDUCATION IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS
Annotation
The article discusses the work on teaching Patriotism, military -patriotic concepts to preschool children in preschool educational organizations, mainly through visual aids (based on military equipment and weapons), based on scientific -pedagogical and regulatory legal documents.
Keywords: Patriotism, Military-patriotism, Historical figures, Intellectual potential.
Vatanparvalik haqida soʻz yuritishdan avval Vatan tushinchasiga izoh berish maqsadga muvofiq. Vatan aslida arabcha soʻz boʻlib, ona yurt maʼnosini anglatadi, shu maʼnoda olib qaraydigan boʻlsak, Oʻzbekiston – oʻzbek xalqining vatani, muqaddas sajdagohidir.
Vatan – bu inson va uning avlod ajdodlari kindik qoni toʻkilgan muqaddas dargohdir. Vatan – bu ajdodlar maskani, el-yurt, xalq voyaga yetgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urfodatlari, qadriyatlari chinakamiga shakllanib, oʻsib, kamol topib boradigan zamindir.
Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlaridanoq bolalarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash – bu koʻp bosqichli, tizimli, maqsadli va muvofiqlashtirilgan faoliyatni talab etadi.
--⊱⊱ 104 ⊰⊰--
Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotida harbiy-vatanparvarlikka yoʻnaltirilgan ishlar har kunlik faoliyatga singdirilgan boʻlishi kerak. Bu ertalabki badan-tarbiya mashqidan oldin Vatan madhiyasini tinglashdan boshlanadi. Jismoniy daqiqadagi Vatanga bagʻishlangan sheʼr va musiqa ham bolalar ongiga yurtga muhabbat tuygʻularini singdirishga yordam beradi. Nutq oʻstirish, badiiy adabiyot bilan tanishtirish, atrof-olam haqidagi bilimlarga oʻrgatishda esa qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi fidadokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan tanishtirishga doimo toʻxtalib oʻtish tarbiyachidan talab etiladi. Bunda albatta Vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar yoki ertaliklarda emas, balki muntazamlik kasb etadigan oʻyin mashgʻulotlarida ham yurtga muhabbat tuygʻularini tarbiyalaydigan usullarga murojaat etish zarur. Tarixiy siymolar, buyuk ajdodlarimiz, mashhur adiblarga bagʻishlangan kechalarda tarbiyalanuvchilar Vatan uchun jon fido qilganlarning qahramonliklarini oʻrganadi, jasoratidan saboq chiqaradi. Bunda ishontirish. Mashq qildirish va mustaqil ishlash, kuzatish, ragʻbatlantirish, oʻrnak koʻrsatish va shaxsiy namuna usullarida taʼlimiy jarayonni tashkiletish samara beradi.
Kitobxonlik, oʻyinlar, turli kasb egalari bilan, urush va mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar tarzida oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar esa tarbiyalanuvchilar dunyoqarashini kengaytirishga ham katta hissa boʻlib qoʻshiladi.
Shu oʻrinda vatanparvarlik ruhidagi film va multfilmlar, badiiy va musiqiy asarlar, elektron oʻyinlardan Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotidagi taʼlim-tarbiyaviy jarayonda foydalanish faoliyatga innovatsion ruh bagʻishlaydi.
3-7 yosh bolalarda atrof-olam, Vatan haqida dastlabki tasavvurlar paydo boʻladigan bosqich hisoblanib, ushbu bosqichda quyidagilarga asosiy eʼtibor qaratiladi:
4. harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishida dastlabki, tasavvurlarni shakllantirish maqsadida ertak hikoyalar aytib berish;
5. ona-Vatanga muhabbat, Vatan himoyasi, muqaddas burch ekani bilan bo gʻliq mavzulardagi sheʼr va qoʻshiqlarni yod oldirish;
6. bolalarning tasavvurini kengaytirishga doir rasmlar chizdirish va jismoniy qobiliyatini mustahkamlash uchun turli musobaqa va tanlovlar tashkil etish, shu orqali ularni maʼnaviy ragʻbatlantirish;
harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi multfilmlar namoyish etish va turli oʻyinlaroʻtkazish;
harbiy muzeylar va harbiy-vatanparvarlik mavzusi bilan bogʻliq madaniyat va istirohat bogʻlariga ekskursiyalar uyushtirish.
Shuningdek mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan birga Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini mard va pahlavon yigit boʻlishga havasini oshirishga va ona-yurtiga sodiq farzand boʻlish tuygʻularini shakllantirishga qaratilgan “Jaloliddin bahodirlari” nomli sport oʻyinlarini tashkil etish ham samarali usuldir. Ushbu bayram ertaligini ota-onalar bilan hamkorlikda tashkil etish oila-mahalla Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotining oʻzaro aloqalarini mustahkamlaydi.
2018-yilda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Yoshlarni harbiy - vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini amalga oshirish b oʻyicha chora-tadbirlar
--⊱⊱ 105 ⊰⊰-- dasturi”da Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarida bolalar oʻrtasida harbiyvatanparvarlik tarbiyasining samaradorligini oshirish, ularda yuksak m aʼnaviy-ahloqiy fazilatlar, Vatanni sevish va uni koʻzqorachigʻidek asrashga qaratilgan bilim va koʻnikmalarni oshirish uchun pedagog xodimlar va ota-onalar masʼulligi belgilab qoʻyilgan. Shunday ekan, ushbu qaror ijrosi hamda “Ilk Qadam” Davlat oʻquv dasturi boʻyicha mavzularni bolalarga oʻrgatishda vatanparvarlik gʻoyasi singdirilgan metodik manbalarni keng tarzda jarayonga tatbiq etishga barchamiz maʼsuldirmiz.
Darhaqiqat, vatanparvarlik yoshlarda fuqarolik burchi, shaxsiy masʼuliyat hissi, Vatan taqdiriga daxldorlik tuygʻusini, faol hayotiy pozitsiya va qatʼiy eʼtiqodini, kasbiy mahoratini shakllantiradigan qudratli vositadir. Bundan unumli foydalangan holda yoshlarimizda yot gʻoyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, Ona-yurt taqdiri uchun masʼuliyat tuygʻusini mustahkamlash, ularni oʻz kasbiga sadoqatli va har tomonlama yetuk kadrlar etib tarbiyalash boʻyicha aniq chora-tadbirlar koʻrishimizni taqozo qilmoqda.
Maʼlumot oʻrnida Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari quyidagi toʻrt bosqichda amalga oshiriladi:
birinchi bosqich (3-7 yoshdagilar) atrofdagi olam, Vatan haqida dastlabki tasavvurlar paydo boʻladigan bosqich hisoblanib, unda oila va Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarida bolalarga tegishli yoʻnalishlar boʻyicha sheʼrlar, qoʻshiqlar oʻrgatish, ertak va hikoyalar aytib berish, rasmlar chizdirish, harbiy muzeylar va madaniyat va istirohat bogʻlariga ekskursiyalar, sport musobaqalari tashil etish, davlat ramzlari (bayroq, gerb, madhiya) bilan tanishtirish asosida ularda ona yurtga muhabbat tuygʻularini shakllantirishni oʻz ichiga oladi;
ikkinchi bosqichda (7-16 yoshdagi bolalar) oʻquvchilarning Vatanga muhabbati va sadoqatini mustahkamlash, Ona-yurt oldidagi farzandlik burchini yuksak masʼuliyat bilan bajarish, ularda Qurolli Kuchlarimizga boʻlgan ishonch va ijobiy fikrlarni yanada kuchaytirish, harbiy xizmat nufuzini oshirish, yoshlarning jismonan sogʻlom, maʼnaviy yetuk, mustaqil fikr yuritadigan barkamol inson sifatida shakllantirish kabi ezgu ishlarga daʼvat etiladi;
uchinchi bosqich (16-18 yoshdagi oʻsmirlar) yoshlarda Vatanga va uning himoyasi uchun munosib xizmat qilishga ruhan va jismonan tayyorlikni taʼminlashga yoʻnaltiriladi. Milliy armiyamiz uchun jismonan baquvvat va maʼnan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmatning ahamiyati, Qurolli Kuchlarda olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumot berib boriladi;
toʻrtinchi bosqich (18-30 yoshdagilar) yoshlarning jismoniy va maʼnaviy qobiliyati, yetakchilik koʻnikmalari va intellektual salohiyati, professional malakasini oshirish, egallagan kasbiga sadoqati va fidoyiligi bilan Vatan ravnaqi va yurt taraqqiyotiga salmoqli hissa qoʻshish va bunga erishishni nazarda tutadi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarida katta guruh bolallarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash imkoniyatlari kattadir. Biz oʻz pedagogik faoliyatimiz davomida Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari katta guruh bolalari bilan olib boriladigan mashgʻulotlarimizda ularda vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirish maqsadida biz quyidagi mavzular boʻyicha mashgʻulotlar tashkil etishni taklif etamiz.
• Vatan mehri nimadan boshlanadi; (1 soat).
• Oʻzbekiston-Vatanim manim; (1 soat).
--⊱⊱ 106 ⊰⊰--
• Sohibqiron Amir Temur davlatchiligi; (1 soat).
• Vatandagi qadimiy obidalar; (1 soat).
• Millatlararo totuvlik; (1 soat) kabi mashgʻulotlar
tarbiyalanuvchilarda nafaqat Ona Vatanga nisbatan mehri balki davlat va jamiyatga nisbatan ham munosabati shakllanib boradi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkiloti tarbiyalanuvchilarini harbiy-vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash
CHORA-TADBIRLAR REJASI
T/r Chora-tadbirlar Bajarish
muddati
Ijro uchun masʼullar 1. Yozgi oromgohlar tarbiyalanuvchilari uchun
«Men harbiy boʻlaman» mashgʻulotlarini
tashkil etish.
iyun-
avgust
tizimining (hududiy, tuma-
shahar) barcha tashkilotlari
rahbar va mutaxassislari. 2. Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari
tarbiyalanuvchilarini mard va pahlavon yigit
boʻlishga boʻlgan havaslarini oshirishga va ona-
yurtga sodiq farzand boʻlish tuygʻularini
shakllantirishga qaratilgan «Jaloliddin
bahodirlari nomli sport oʻyinlarini tashkil etib
borish.
har yili 1
iyun
arafasida
tizimining (hududiy, tuma-
shahar) barcha tashkilotlari
rahbar va mutaxassislari. 3. Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari
tarbiyalanuvchilarini harbiy-texnika vositalari
bilan muntazam tanishtirib borish. 4. Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi va
Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari
tomonidan harbiylar ishtirokida bolajonlar
uchun turli tadbirlarni tashkil etish, davlat
ramzlari (bayroq, gerb, madhiya) bilan tanishish
asosida ularda ona-yurtga muhabbat tuygʻusini
shakllantirish lozim.
Maktabgacha va maktab taʼlimi tarbiyalanuvchilarini ona vatanga sodiq farzand boʻlib
yetishishi uchun Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarida tarbiyachilar tomonidan
quydagi mashgʻulotlarga eʼtibor qaratish lozim. 1. Harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishida dastlabki
tasavvurlarni shakllantirish maqsadida ertak va
hikoyalar aytib berish.
Har hafta Maktabgacha va maktab taʼlimi 2. Ona-Vatanga muhabbat, Vatan himoyasi
muqaddas burch ekani bilan bogʻliq
mavzulardagi sheʼr va qoʻshiqlarni yod oldirish.
--⊱⊱ 107 ⊰⊰-- 3. Bolalarning tasavvurini kengaytirishga doir
rasmlar chizdirish va jismoniy qobiliyatini
mustahkamlash uchun turli musobaqa va
tanlovlar tashkil etish, shu orqali ularni
maʼnaviy ragʻbatlantirish. 4. Harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi multfilmlar
namoyish etish va turli oʻyinlar oʻtkazish. 5. Harbiy muzeylar va harbiy-vatanparvarlik
mavzusi bilan bogʻliq madaniyat va istirohat
bogʻlariga ekskursiyalar uyushtirish
Xulosa oʻrnida shuni taʼkidlash lozimki, bolalarni harbiy-vatanparvarlikka tayyorlashda nafaqat Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari, balki, ota-ona, mahalla va jamiyat aʼzolari ham maʼsuldirlar.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018 yil 23 fevral, “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi” 140-sonli Qarori
2. «Ilk Qadam » davlat dasturi. - T., 2018.
3. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat dasturlari. - T., 2018.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.