ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA HISSIY INTELLEKTNI RIVOJLANITIRISH

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda hissiy intellektni rivojlantirishning nazariy asoslari, AQSh, Finlyandiya, Yaponiya, Kanada va Avstraliya tajribalari tahlil qilindi. CASEL modeli va Second Step dasturi metodik jihatdan ochib berildi. “Emotsional chek-in” usuli va EI komponentlari ilmiy nuqtai nazardan yoritildi. Shuningdek, Oʻzbekistondagi “Ilk qadam” davlat dasturida hissiy rivojlanish uchun mavjud imkoniyatlar, muammo va yechimlar tahlil qilinib, amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachilari, metodistlari va psixologlari uchun metodik qoʻllanma sifatida moʻljallangan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

--⊱⊱ 194 ⊰⊰--

RIVOJLANITIRISH

Zaynitdinova Masuda Abdukadirovna

Toshkent viloyati PMM, kafedra

mudiri, dotsent

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda hissiy intellektni rivojlantirishning nazariy asoslari, AQSh, Finlyandiya, Yaponiya, Kanada va Avstraliya tajribalari tahlil qilindi. CASEL modeli va Second Step dasturi metodik jihatdan ochib berildi. “Emotsional chek-in” usuli va EI komponentlari ilmiy nuqtai nazardan yoritildi. Shuningdek, Oʻzbekistondagi “Ilk qadam” davlat dasturida hissiy rivojlanish uchun mavjud imkoniyatlar, muammo va yechimlar tahlil qilinib, amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachilari, metodistlari va psixologlari uchun metodik qoʻllanma sifatida moʻljallangan.

Tayanch atamalar: hissiy intellekt, CASEL modeli, Second Step dasturi, emotsional chek-in, emotsional rivojlanish, empatiya, SEL, Ilk qadam, ijtimoiy koʻnikmalar.

Abstract. This article explores the theoretical foundations of developing emotional intelligence (EI) in preschool children and analyzes international SEL practices in the USA, Finland, Japan, Canada, and Australia. The CASEL framework and Second Step program are fully described. The study highlights the “emotional check-in” method and EI components. Opportunities, challenges, and practical recommendations are provided for the integration of these methods into Uzbekistanʼs “Ilk qadam” program. The article serves as a practical guide for preschool educators, methodologists, and psychologists.

Keywords: emotional intelligence, CASEL framework, Second Step program, emotional check-in, emotional development, empathy, SEL, Ilk qadam, social skills.

Maktabgacha yosh bolalarida hissiy intellekt (EI)ni rivojlantirish zamonaviy pedagogikaning ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. EI — bu bolaning oʻz hissiyotlarini anglash, boshqarish, empatiya koʻrsatish va ijtimoiy munosabatlar qurish qobiliyatidir. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, EI yuqori bolalarda stressga chidamlilik, oʻzini boshqarish va oʻqishdagi muvaffaqiyat ancha yuqori boʻladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda hissiy intellektni rivojlantirish erta yoshdan boshlab ularning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. Hissiy intellekt bolalarning oʻz histuygʻularini anglash, ifodalash, boshqarish, shuningdek boshqalarning hislarini tushunish qobiliyatini oʻz ichiga oladi. Mazkur koʻnikmalar bolaning keyingi taʼlim jarayoniga, ijtimoiy munosabatlarga va stress holatlariga moslashuvchanlikka bevosita taʼsir koʻrsatadi.

Hissiy intellektning rivojlanishida bolaning atrof-muhiti, ayniqsa oiladagi mehr-muruvvat va tarbiya uslublari katta rol oʻynaydi. Kattalarning mehribon, sabrli, qoʻllab-quvvatlovchi munosabati bola uchun xavfsiz psixologik muhit yaratadi va unda oʻz his-tuygʻularini erkin ifodalashga imkon beradi. Shuningdek, maktabgacha taʼlim muassasalarida pedagogning hissiy sezgirligi, muloqot madaniyati va bolalar bilan individual ishlash uslublari hissiy intellekt shakllanishining muhim omillaridan biridir.

Bu yoshda bolalar koʻproq taqlid va kuzatish orqali oʻrganadilar. Shuning uchun kattalarning real hayotdagi his-tuygʻularni boshqarish namunalari ularga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Kattalar oʻz

--⊱⊱ 195 ⊰⊰-- hislarini sogʻlom tarzda ifodalaganda, masalan, gʻazablanayotganda tinchlanishga harakat qilishi yoki quvonchni boshqalar bilan baham koʻrishi bolalarga hissiy tartibga solishning tabiiy modelini namoyish etadi.

AQSh va boshqa xorijiy mamlakatlarda SEL (Social-Emotional Learning) dasturlari keng qoʻllaniladi. Oʻzbekistonda esa “Ilk qadam” dasturi bolalarning kompleks rivojlanishini koʻzlaydi, ammo EIni chuqurroq rivojlantirish uchun ilmiy asoslangan metod va instrumentlardan foydalanish zarur.

Hissiy intellekt (EI) besh asosiy komponentdan iborat:

Emotsiyalarni anglash – bola oʻz hissiyotlarini tanib, nomlashi va ajrata olishi.

Emotsiyalarni ifoda etish – hissiyotlarni madaniyatli va toʻgʻri ifoda etish.

Oʻz-oʻzini boshqarish – salbiy hissiyotlar paytida oʻzini tinchlantirish va boshqarish qobiliyati.

Empatiya (Empathy) - boshqalarning hissiyotlarini tushunish va ularga hamdardlik koʻrsatish.

Ijtimoiy koʻnikmalar - jamoada muloqot qilish, hamkorlik, navbatni saqlash va nizolarni tinch yoʻl bilan hal qilish.

CASEL (Collaborative for Academic, Social, and Emotional Learning) modeli — bu maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda SELni tizimli rivojlantirish uchun yaratilgan standart ramka. U 5 asosiy kompetensiyani rivojlantirishni nazarda tutadi: oʻzini anglash, oʻzini boshqarish, empatiya, ijtimoiy koʻnikmalar va masʼuliyatni his qilish.

Second Step dasturi — CASEL tamoyillariga asoslangan amaliy dastur boʻlib, quyidagi metodlarni oʻz ichiga oladi:

• Rolli oʻyinlar orqali hissiyotlarni va muloqotni rivojlantirish

• Nizolarni tinch yoʻl bilan hal qilish mashqlari

• Empatiya va hamkorlik mashgʻulotlari

• Oʻzini boshqarish va stressni nazorat qilish texnikalari

Dastur bolalarda ijtimoiy masʼuliyat va oʻzini nazorat qilish koʻnikmalarini shakllantiradi.

Finlyandiya boʻgʻchalarida har kuni “emotsional chek-in” amaliyoti bilan boshlanadi. Bola oʻz hissiyotini qisqa vaqt ichida, smaylik, rang, yurakcha yoki “emotsional termometr” orqali ifodalaydi:

• Smayliklar: , , ☹, , ,

• Ranglar: sariq – xursand, koʻk – tinch, qizil – gʻazab

• Termometr: 1–5 bal tizimi

• Yurak panellari

Bu orqali tarbiyachi guruhning hissiy holatini darhol biladi, stress va muammolarni erta aniqlash mumkin, bolada oʻzini anglash va empatiya rivojlanadi

Yaponiya – jamoaviy masʼuliyat va “Yarashuv doirasi”. Bolalar nizolarni muloyim va tinch yoʻl bilan hal qilishni oʻrganadilar, jamoadagi hurmat va masʼuliyatni shakllantiradilar.

Kanada va Avstraliya – art-terapiya va tabiat pedagogikasi

• Sanʼat va musiqa orqali hissiyotlarni ifodalash

• Tabiatdagi faoliyat orqali stressni kamaytirish va empatiya rivojlantirish

“Ilk qadam” — Oʻzbekistonda maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qaratilgan universal dastur boʻlib, unda maʼnaviy rivojlanish, ijtimoiy faoliyat, folklor, sanʼat, muloqot, hamkorlik kabi yoʻnalishlar mavjud.

“Ilk qadam” dasturida hissiy rivojlanishga "Ijtimoiy-hissiy rivojlanish" sohasi kompetensiyalari mavjud boʻlib, quyidagicha:

"Ijtimoiy-hissiy rivojlanish“ sohasidagi taʼlim va tarbiya jarayoni yakunida 6-7 yoshli bola:

--⊱⊱ 196 ⊰⊰--

● oʻz ʼMen“i va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi roli toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻladi;

● oʻz hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi;

● oʻzgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi;

● kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi;

● murakkab vaziyatlardan chiqishning amaliy yoʻllarini topadi.

Shunigdek, bolalarda quyidagi yoʻnalishlar orqali EIni rivojlantirish mumkin:

Maktabgacha yoshdagi bolalarda hissiy intellektni rivojlantirish turli madaniy, oʻyin va ijodiy faoliyatlar orqali chuqur va tabiiy ravishda shakllanadi. Milliy ertaklar bolalar uchun empatiyani rivojlantirishning eng tabiiy manbalaridan biri hisoblanadi. Ertak qahramonlarining quvonchi, tashvishi, qiyinchiliklarni yengishi yoki mehribonligi orqali bola turli his-tuygʻularni boshdan kechiradi va ularni tushunishni oʻrganadi. Ertaklarda aks etgan ezgulik, yordam, adolat, muruvvat kabi qadriyatlar bolalarning ichki axloqiy va hissiy dunyosini boyitadi. Qahramonlarning hislarini muhokama qilish yoki voqeaga doir savollar berish esa bolada boshqaning nuqtai nazariga kirish, uning nima his qilganini tasavvur qilish koʻnikmasini mustahkamlaydi.

Rolli oʻyinlar bolada ijtimoiy munosabatlarni oʻrganishning eng samarali vositalaridan biri boʻlib, ular orqali bola turli ijtimoiy rollar, muloqot shakllari va vaziyatlarni tajriba tarzida boshdan kechiradi. Doktor, sotuvchi, mehmon, tarbiyachi yoki ertak qahramonlari roliga kirish davomida bola boshqalar bilan qanday muomala qilishni, navbat kutishni, kelishishni, hamkorlik qilishni oʻzlashtiradi. Rol almashish esa bolaga turli nuqtai nazarlarni koʻrish va ijtimoiy moslashuvchanlikni shakllantirishga yordam beradi. Ushbu oʻyinlar bolaning muloqotga ochiqligini, oʻz fikrini ifodalashni, boshqalar bilan muvofiq munosabat qurishni tabiiy shaklda rivojlantiradi.

Sanʼat va ijod faoliyatlari bolaga oʻz his-tuygʻularini bevosita ifodalash imkonini beradi. Rasm chizish, loy ishlari, applikatsiya, musiqa yoki raqs orqali bola ichki kechinmalarini soʻzsiz tarzda tashqi shaklga koʻchira oladi. Ijod jarayoni bolani tinchlantiradi, his-tuygʻularni tartibga solishda yordam beradi va oʻzini erkin ifoda etish uchun qulay muhit yaratadi. Ranglar, shakllar, ritm yoki harakat orqali ifoda topgan hissiyotlar bolaning oʻz hislarini anglash va boshqarishni yaxshilaydi. Shuningdek, ijodiy faoliyat davomida bolalar birgalikda ishlash, fikr almashish, oʻzaro hurmat qilish kabi ijtimoiy koʻnikmalarni ham rivojlantiradilar.

Oila bilan hamkorlikda yaratilgan ijobiy muhit bolaning hissiy intellekti shakllanishida eng asosiy poydevor boʻlib xizmat qiladi. Uyda mehr-muhabbat, qoʻllab-quvvatlovchi muloqot, hissiyotlar haqida erkin suhbatlar boʻlishi bola uchun oʻz hislarini yashirmaslikka, ularni tushunishga va toʻgʻri ifodalashga yordam beradi. Ota-onaning mehribon, tinglovchi va sabrli munosabati bolaga hissiy xavfsizlik beradi, bu esa oʻz navbatida uning hissiy barqarorligi va oʻziga boʻlgan ishonchini mustahkamlaydi. Oila va tarbiyachi oʻrtasidagi hamkorlik — kundalik suhbatlar, mashgʻulotlar haqida fikr almashish, hissiyotlarga oid umumiy qoidalar — bolaga bir xil, barqaror tarbiyaviy yondashuvni taʼminlaydi. Shu tarzda oila va taʼlim muassasasi tomonidan yaratilgan uygʻun muhit bola hissiy intellektining izchil va sogʻlom rivojlanishiga keng imkoniyat yaratadi.

EIni rivojlantirish uchun amaliy modul. Maktabgacha yoshdagi bolalarda hissiy intellektni rivojlantirishga qaratilgan amaliy modulning mazmuni, avvalo, bolalarning hissiy dunyosini chuqurroq anglash, ularni ifodalash va boshqarish koʻnikmalarini bosqichma-bosqich shakllantirishga qaratilgan.

--⊱⊱ 197 ⊰⊰--

1-blok: Emotsiyalarni tanish. Modulning birinchi yoʻnalishi bolalarda emotsiyalarni tanish va farqlash qobiliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi. Smayliklar, obrazlar va yuz ifodalarini koʻrish orqali bola turli hislarni nomlashni, quvonch, xafalik, hayajon, qoʻrquv yoki lapar kabi holatlarni birbiridan ajratishni oʻrganadi. Oyna yordamida bajariladigan mashqlar bolaga oʻz yuz ifodasini kuzatish, u orqali oʻz holatini anglash va hislari tanada qanday aks etishini tushunish imkonini beradi. Bu jarayon hissiy ongning shakllanishiga zamin yaratadi.

2-blok: Empatiya. Modulning keyingi yoʻnalishi empatiya, yaʼni boshqalarning his-tuygʻularini sezish va ularga mos javob qaytarish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan. Bolalar tengdoshlari yoki kattalar yuz ifodasi, ovoz ohangi va vaziyatning mazmuniga qarab ularning nimalar his qilayotganini taxmin qilishni mashq qiladilar. Qoʻgʻirchoq teatrida turli syujetlar yaratish orqali bola boshqa odamning oʻrniga kirishga, uning hislari va ehtiyojlarini tushunishga urinadi. Bu jarayon ijtimoiy sezgirlik va hamkorlik koʻnikmalarining mustahkamlanishiga yordam beradi.

3-blok: Oʻz-oʻzini boshqarish. Amaliy modulning muhim boʻlimlaridan yana biri bolada oʻzoʻzini boshqarish qobiliyatini shakllantirishdir. Nafas mashqlari bolaga tashvish, qoʻrquv yoki gʻazab kabi kuchli hislar paydo boʻlganda tinchlanishning sodda va samarali yoʻllarini oʻrgatadi. Tinchlanish burchagi esa bolaning oʻziga kelish, oʻz holatini tartibga solish uchun maxsus joy sifatida xizmat qiladi. Bunda yumshoq oʻyinchoqlar, rangli kartochkalar, qulay yostiqchalar yoki tasalli beruvchi rasmlar boʻlishi mumkin. Bola bu joyni ijobiy holat bilan bogʻlay boshlaydi va oʻzini boshqarishning amaliy usullarini oʻzlashtiradi.

4-blok: Emotsional chek-in. Emotsional chek-in odatda kunning boshida yoki muhim faoliyat oldidan qisqa suhbat shaklida oʻtkaziladi. Bu jarayonda bola oʻzining hozirgi hissiy holatini tarbiyachiga yoki guruhga qisqa tarzda bildiradi. Bunday muntazam muloqot bola uchun oʻz hislarini ifodalashning tabiiy mexanizmiga aylanadi. Tarbiyachi esa bolalarning kundalik emotsional profilini kuzatib boradi, shuning orqali stress yoki noqulaylik belgilarini erta aniqlashi mumkin boʻladi. Oldindan aniqlangan muammolar esa tezroq hal qilinadi va bolaning umumiy farovonligi taʼminlanadi.

5. Ota-ona va tarbiyachi hamkorligi. Modulning yakuniy qismi oila va tarbiyachi oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan. Hisslar kundaligi orqali bola har kuni oʻz kechinmalarini sodda belgilar, ranglar yoki rasmlar yordamida ifodalaydi, ota-ona va tarbiyachi esa bu maʼlumotlar asosida bolaning hissiy holatini yaxshiroq tushunib boradi. Uy sharoitida bajariladigan sodda empatiya mashqlari, birgalikda oʻqiladigan ertaklar, rollar almashiladigan oʻyinlar oiladagi emotsional madaniyatni mustahkamlaydi. Shuningdek, ota-onalarga beriladigan qisqa tavsiyalar ularga bolani qanday qoʻllab-quvvatlash, hissiy qiyinchiliklar vaqtida qanday yondashish va bolada sogʻlom emotsional muvozanatni shakllantirish boʻyicha aniq yoʻnalish beradi. Shu tarzda modulning barcha qirralari bola hissiy intellektining izchil va uygʻun rivojlanishiga xizmat qiladi.

Mazkur modullar asosida metodik ishlar va tadbirlarni maqsadli tashkil etilishi bolalarda oʻz hissiyotlarini tanish va nazorat qilish, empatiya va ijtimoiy koʻnikmalarni, tarbiyachilarda emotsional kompetensiya, individual yondashuvni, shuningdek, MTTlarida barqaror emotsional muhit hamda jamoaviy munosabatlarni mustahkamlanishi imkonini beradi.

Xulosa qilib aytganda, CASEL modeli va Second Step dasturi xorijiy tajribalar sifatida bolalarda EIni tizimli rivojlantirishni koʻrsatadi. “Emotsional chek-in” va besh EI komponentini qoʻllash, shuningdek, “Ilk qadam” dasturiga moslashtirish maktabgacha taʼlim sifatini oshiradi va bolalarning kelajakdagi muvaffaqiyatiga poydevor yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

--⊱⊱ 198 ⊰⊰--

1. Abduqodirova, M., & Xoliyorova, Z. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. – Toshkent: Oʻqituvchi, 2020.

2. Joʻrayev, A. Pedagogik psixologiya. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2019.

3. Raxmonqulova, R. Bolalar rivojlanishi va ijtimoiy-hissiy kompetensiya. – Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2021.

4. Qodirova, N. Maktabgacha taʼlim metodologiyasi. – Toshkent: Ilm Ziyo, 2022.

5. Гоулман, Д. Эмоциональный интеллект. – Москва: АСТ, 2020.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.