ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA IJTIMOIY KO’NIKMALARNI SHAKILLANTIRISH

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy koʻnikmalarni shakllantirish jarayoni, uning ahamiyati hamda samarali usullari haqida soʻz yuritiladi. Bola shaxsining toʻlaqonli rivojlanishida ijtimoiy muhit, oila va tarbiyachi hamkorligi muhim oʻrin tutadi. Tadqiqot davomida bolalarda muloqot, hamkorlik, hurmat, bagʻrikenglik, hamdardlik kabi ijtimoiy sifatlarni shakllantirishning amaliy yoʻllari tahlil qilindi. Shuningdek, oʻyin faoliyati, rolli oʻyinlar va turli interfaol metodlar orqali ijtimoiy koʻnikmalarni mustahkamlash imkoniyatlari yoritilgan. Maqolada bolani jamoaga tayyorlash, boshqalar bilan muomala qilish madaniyatini oʻrgatish hamda ijtimoiy moslashuv jarayonini samarali tashkil etish boʻyicha tavsiyalar berilgan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

SHAKILLANTIRISH

Egamberdiyeva Barno

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar: Ma’rufjonova Rohila Lutfulla qizi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim

nazaryasi kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy koʻnikmalarni shakllantirish jarayoni, uning ahamiyati hamda samarali usullari haqida soʻz yuritiladi. Bola shaxsining toʻlaqonli rivojlanishida ijtimoiy muhit, oila va tarbiyachi hamkorligi muhim oʻrin tutadi. Tadqiqot davomida bolalarda muloqot, hamkorlik, hurmat, bagʻrikenglik, hamdardlik kabi ijtimoiy sifatlarni shakllantirishning amaliy yoʻllari tahlil qilindi. Shuningdek, oʻyin faoliyati, rolli oʻyinlar va turli interfaol metodlar orqali ijtimoiy koʻnikmalarni mustahkamlash imkoniyatlari yoritilgan. Maqolada bolani jamoaga tayyorlash, boshqalar bilan muomala qilish madaniyatini oʻrgatish hamda ijtimoiy moslashuv jarayonini samarali tashkil etish boʻyicha tavsiyalar berilgan.

Kalit soʻzlar: maktabgacha ta’lim, bola shaxsi, ijtimoiy koʻnikma,bola, muloqot, tarbiya jarayoni, o‘yin faoliyati, ijtimoiy moslashuv, hamkorlik, tarbiyachi roli.

Аннотация: В данной статье рассматривается процесс формирования социальных навыков у детей дошкольного возраста, его важность и эффективные методы. Социальная среда, семья и сотрудничество воспитателя играют важную роль в полноценном развитии личности ребенка. В ходе исследования были проанализированы практические способы формирования у детей таких социальных качеств, как коммуникабельность, сотрудничество, уважение, терпимость, эмпатия. Также были выделены возможности укрепления социальных навыков посредством игровых занятий, ролевых игр и различных интерактивных методов. В статье представлены рекомендации по подготовке ребенка к командной работе, обучению культуре взаимодействия с другими и эффективной организации процесса социальной адаптации.

Ключевые слова: дошкольное образование, личность ребенка, социальные навыки, ребенок, общение, образовательный процесс, игровая деятельность, социальная адаптация, сотрудничество, роль воспитателя.

Abstract: This article discusses the process of forming social skills in preschool children, its importance and effective methods. The social environment, family and educator cooperation play an important role in the full development of a child's personality. During the study, practical ways of forming social qualities such as communication, cooperation, respect, tolerance, empathy in children were analyzed. Also, the possibilities of strengthening social skills through game activities, roleplaying games and various interactive methods were highlighted. The article provides recommendations for preparing a child for a team, teaching the culture of dealing with others, and effectively organizing the process of social adaptation.

Keywords: preschool education, child's personality, social skills, child, communication, educational process, play activities, social adaptation, cooperation, the role of the educator.

Kirish: Bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimining eng muhim bosqichlaridan biri - bu maktabgacha ta’lim jarayonidir. Chunki inson shaxsining asosi, uning xarakteri, axloqiy fazilatlari va ijtimoiy munosabatlarga kirishish qobiliyati aynan shu davrda shakllanadi. Maktabgacha yosh davri bola hayotida eng faol o‘sish va rivojlanish bosqichi bo‘lib, unda bola atrof-muhitni o‘rganadi, muloqot qilishni, o‘z fikrini ifoda etishni, o‘zini jamiyat a’zosi sifatida his etishni o‘rganadi. Ijtimoiy ko‘nikmalar -bu bolaning boshqalar bilan muloqot qilish, jamoada o‘zini tutish, yordam berish, tinglash, hurmat qilish va hamkorlik qilish kabi insoniy fazilatlarni egallash jarayonidir. Mazkur ko‘nikmalarni shakllantirish orqali bola nafaqat o‘zini, balki atrofdagilarni ham to‘g‘ri anglay boshlaydi. Bu esa uning keyingi ta’lim bosqichlariga, xususan, maktab hayotiga moslashuvini osonlashtiradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishda o‘yin faoliyati, muloqot, jamoaviy ishlar, rolli o‘yinlar va interfaol metodlardan keng foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘yin orqali bola nafaqat bilim oladi, balki ijtimoiy rollarni sinab ko‘radi, his-tuyg‘ularini ifoda etishni o‘rganadi. Shu sababli pedagoglar har bir bolaning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, ijtimoiy ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich shakllantirishi zarur.

Shuningdek, bu jarayonda oila va tarbiyachi hamkorligi alohida o‘rin tutadi. Ota-onalar farzandining kundalik hayotida o‘zini tutish, boshqalar bilan muomala qilish, navbat kutish, yordam so‘rash yoki yordam berish kabi oddiy, ammo muhim ijtimoiy odatlarni singdirishlari kerak. Tarbiyachilar esa bu jarayonni ta’limiy faoliyat bilan uyg‘unlashtirgan holda, har bir bola uchun qulay psixologik muhit yaratishlari lozim.

Demak, maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish — bu nafaqat ta’limiy, balki tarbiyaviy jarayon bo‘lib, u bolaning shaxs sifatida kamol topishida poydevor vazifasini bajaradi. Shu bois ushbu masalaga tizimli yondashuv, zamonaviy metodlardan foydalanish va tarbiya subyektlari o‘rtasidagi uzviy hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili: Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish masalasi ko‘plab mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy izlanishlarida o‘z aksini topgan. Ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlar shaxsning ijtimoiylashuvi, muloqot madaniyati, axloqiy tarbiya va kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari hamda “Maktabgacha va maktab ta’limi to‘g‘risida”gi qonuni bolalarda ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etishni belgilab bergan. Ushbu hujjatlarda bolaning har tomonlama barkamol rivojlanishini ta’minlash, ijtimoiy faol, mustaqil fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash asosiy vazifa sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.

Pedagogika va psixologiya sohasidagi olimlar — L.S. Vygotskiy, A.V. Zaporojets, D.B. Elkonin, E.Erikson kabi mutaxassislar bolalarning ijtimoiy rivojlanishini o‘yin faoliyati orqali ta’minlash mumkinligini ta’kidlaganlar. Ularning fikricha, bola ijtimoiy tajribani kattalarning faoliyati va muloqoti jarayonida o‘zlashtiradi. Shuningdek, J. Piaget o‘z tadqiqotlarida bolalar ijtimoiy ko‘nikmalarni kuzatish, taqlid va tajriba orqali egallashini asoslab bergan. Mahalliy olimlardan N. G‘aybullayeva, G. To‘xtayeva, R. Tursunova, M. Xoliqova, D. Qodirova kabi tadqiqotchilar maktabgacha ta’lim jarayonida bolalarda ijtimoiy-emotsional rivojlanish, muloqot madaniyati va hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganganlar. Ularning ilmiy ishlari maktabgacha yoshdagi bolalarda mustaqil fikrlash, o‘zini ifoda etish va jamoaga moslashuv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlarda ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishda interfaol o‘yinlar, treninglar, dramatizatsiya mashg‘ulotlari, loyihaviy faoliyat kabi metodlarning samaradorligi e’tirof etilmoqda. Xususan, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish bolalarda ijtimoiy muloqot va hamkorlik madaniyatini shakllantirishga yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Umuman olganda, mavjud ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish ko‘p yo‘nalishli, kompleks jarayon bo‘lib, u psixologik, pedagogik, kommunikativ va axloqiy komponentlarning uyg‘unligida amalga oshiriladi. Bu esa zamonaviy tarbiyachidan nafaqat kasbiy bilim, balki bola psixologiyasini chuqur anglash, ijtimoiy muhitni to‘g‘ri tashkil etish hamda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni talab etadi.

Tadqiqot metodologiyasi: Ushbu tadqiqotning metodologik asosini shaxs rivojlanishi, ijtimoiylashuv jarayoni va maktabgacha ta’lim nazariyalariga oid ilmiy qarashlar tashkil etadi. Tadqiqotda bola shaxsini ijtimoiy rivojlantirish, ijtimoiy-psixologik moslashuv, muloqot kompetensiyasi va emotsional-intellektual rivojlanish kabi ilmiy tushunchalarga tayanildi. Tadqiqot jarayonida L.S. Vygotskiy, A.N. Leontyev, D.B. Elkonin, J. Piaget, E. Erikson kabi olimlarning shaxs rivojlanishi va ijtimoiy tajriba egallash haqidagi g‘oyalari, shuningdek, o‘zbek pedagog olimlari N. G‘aybullayeva, R. Tursunova, M. Xoliqovalarning maktabgacha ta’lim va bola psixologiyasi sohasidagi ilmiy ishlari nazariy asos sifatida foydalanildi. Tadqiqotning metodik yo‘nalishini aniqlashda quyidagi yondashuvlardan foydalanildi:

 Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv – har bir bolaning individual psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish;

 Faoliyatga asoslangan yondashuv – o‘yin, muloqot, ijodiy mashg‘ulotlar orqali ijtimoiy tajribani egallash;

 Hamkorlik pedagogikasi – tarbiyachi, ota-ona va bola o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali ijtimoiy rivojlanishni ta’minlash.

 Suhbat va so‘rovnoma – tarbiyachilar, ota-onalar va bolalar bilan suhbatlar o‘tkazish orqali ijtimoiy ko‘nikmalar shakllanish darajasini aniqlash;

 Pedagogik eksperiment – o‘quv-tarbiyaviy faoliyat jarayonida ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan metodlarni sinovdan o‘tkazish.

Tahlil, natija va mulohaza: Tadqiqot davomida maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish jarayoni kuzatildi va uning samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilindi. O‘tkazilgan kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, bolalarning aksariyati jamoada o‘z fikrini erkin bildirish, navbat kutish, boshqalarni tinglash va hamkorlikda faoliyat yuritish ko‘nikmalarini yetarlicha egallamagan. Buning asosiy sabablari sifatida oila va ta’lim tashkilotlari o‘rtasidagi uzviy hamkorlikning yetarli emasligi, o‘yin faoliyatining maqsadli tashkil etilmasligi hamda tarbiyachilarning individual yondashuvdan to‘liq foydalanmasligi aniqlandi.Tadqiqot jarayonida o‘yin faoliyati, muloqot mashg‘ulotlari, rolli o‘yinlar, guruhli topshiriqlar va interfaol usullardan foydalanish orqali ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar tashkil etildi. Natijalarga ko‘ra, bunday mashg‘ulotlar bolalarning muloqot madaniyati, o‘z fikrini ifoda etish, yordam so‘rash va yordam berish, bir-birini hurmat qilish kabi fazilatlarini rivojlantirishda samarali bo‘lganini ko‘rsatdi. Shuningdek, otaonalar bilan olib borilgan suhbatlar natijasida ularning aksariyati farzandining ijtimoiy xulq-atvoriga yetarli e’tibor bermasligi, asosan intellektual rivojlanishga urg‘u berayotgani aniqlandi. Shu sababli tadqiqot jarayonida ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish, ularga bola shaxsining ijtimoiy rivojlanishidagi oilaning o‘rni haqida ma’lumot berish muhim deb topildi. Pedagogik eksperiment natijalari shuni ko‘rsatdiki, o‘yin asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda qatnashgan bolalarda ijtimoiy moslashuv darajasi 25–30% ga oshgan. Ular o‘zaro munosabatlarda ko‘proq ijobiy emotsiyalar namoyon qilgan, muloqot jarayonida faollik va ishonch ortgan. Bu esa o‘yin faoliyati va interfaol metodlarning ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim vosita ekanini tasdiqlaydi.

Xulosa

Xulosa qilin aytganda,maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish – bu bolaning shaxsiy rivojlanishida, jamiyat hayotiga moslashuvida va keyingi ta’lim bosqichlariga tayyorlanishida hal qiluvchi o‘rin tutadigan jarayondir. Tadqiqot davomida aniqlanishicha, ijtimoiy ko‘nikmalar bolaning tabiiy faoliyati – o‘yin, muloqot va kuzatish orqali shakllanadi. Shu sababli, bu jarayonni to‘g‘ri tashkil etish tarbiyachi, ota-ona va bola o‘rtasidagi uzviy hamkorlikka, bolaga nisbatan shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvga tayanishi zarur.Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning ijtimoiy faolligini oshirish, jamoada o‘zini erkin tutish, boshqalar fikrini tinglash, hamkorlikda ishlash kabi fazilatlarni shakllantirish hali ham dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Ayrim hollarda ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga nisbatan tizimli yondashuv yetarli emas, mashg‘ulotlarda asosan bilim berish tomoniga e’tibor qaratilmoqda. Shu bois, tarbiyaviy faoliyatni ijtimoiy-emotsional rivojlanish bilan uyg‘unlashtirish, har bir mashg‘ulotda muloqot, o‘yin va hamkorlik elementlarini kiritish muhim ahamiyat kasb etadi.Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘yin faoliyati va rolli mashg‘ulotlar ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishda eng samarali metodlardan biri ekanligi tasdiqlandi. O‘yin jarayonida bola ijtimoiy rollarni sinovdan o‘tkazadi, o‘zini boshqalar o‘rniga qo‘yib ko‘radi, his-tuyg‘ularini boshqarishni, navbat kutishni, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etishni o‘rganadi. Bu esa bolaning ijtimoiy moslashuvini kuchaytiradi va uning kommunikativ madaniyatini rivojlantiradi.Shuningdek, oilaning bola ijtimoiylashuvidagi o‘rni beqiyosdir. Ota-onalar tomonidan beriladigan ijobiy namuna, mehr, e’tibor va rag‘bat bolada ishonch, o‘zini qadrlash hissini shakllantiradi. Shu sababli, tarbiyachi va otaonalar o‘rtasida doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bola bilan ishlashda yagona pedagogik yondashuvni qo‘llash juda muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1. O‘zbekiston Respublikasi “Maktabgacha va maktab ta’limi to‘g‘risida”gi Qonuni. — Toshkent, 2020-yil.

2. Vygotskiy L.S. Psixologiya razvitiya rebenka. — Moskva: Pedagogika, 1991.

3. Piaget J. Psixologiya intellektualnogo razvitiya rebenka. — Moskva: Prosveshchenie, 1997.

4. Erikson E. Detstvo i obshchestvo. — Sankt-Peterburg: Rech, 2000.

5. Elkonin D.B. Psixologiya igri. — Moskva: Pedagogika, 1989.

6. G‘aybullayeva N. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy-emotsional rivojlanish. — Toshkent: O‘qituvchi, 2018.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.