--⊱⊱ 10 ⊰⊰--
SOATLARINING O‘RNI
Turdiyev Azizbek Anvarjonovich
Maktabgacha va maktab ta’limi
vaziri oʻrinbosari
Annotatsiya: Ushbu tezisda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Kelajak soatlari” dasturi orqali yosh avlodni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning nazariymetodik asoslari, usullari va samaradorligi tahlil qilinadi. “Kelajak soatlari”ning zamonaviy pedagogik texnologiyalar vositasida milliy-ma’naviy merosni o‘rgatishdagi imkoniyatlari, shuningdek, bolalarda ma’naviy immunitet va milliy o‘zligini saqlash qobiliyatini shakllantirishdagi o‘rni o‘rganiladi.
Kalit so‘zlar: Maktabgacha ta’lim, milliy qadriyatlar, vatanparvarlik tarbiyasi, Kelajak soatlari, ma’naviy tarbiya, innovatsion ta’lim texnologiyalari, pedagogik metodika.
Abstract: This thesis analyzes the theoretical-methodological foundations, methods, and effectiveness of educating the young generation in the spirit of loyalty to national values and patriotism through the "Future Hours" program in preschool educational organizations. The possibilities of "Future Hours" in teaching national-spiritual heritage through modern pedagogical technologies, as well as its role in forming spiritual immunity and the ability to preserve national identity in children, are studied.
Keywords: Preschool education, national values, patriotic education, Future Hours, moral education, innovative educational technologies, pedagogical methodology.
Zamonaviy globallashuv sharoitida har qanday millatning kelajagini uning yosh avlodini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash samaradorligi belgilaydi. Maktabgacha ta’lim – bu inson shaxsiyati shakllanishining “oltin davri” bo‘lib, unda qadriyatlar tizimining asosiy tamal toshlari qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha: “Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishda ikkita mustahkam ustunga tayanamiz: bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot va ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat”.
“Kelajak soatlari” – nafaqat texnologik kompetensiyalarni, balki chuqur ma’naviy qadriyatlarni ham shakllantirishga qaratilgan innovatsion yondashuv sifatida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. “Kelajak soatlari” dasturlari STEM (fan, texnologiya, muhandislik, matematika) yo‘nalishlari bilan milliy-ma’naviy tarbiyani uyg‘unlashtirish orqali yosh avlodni zamon talablariga mos, ammo o‘z milliy qadriyatini saqlagan holda komil inson qilib tarbiyalash imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ- 4307-son qarorida[1] “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida jamiyatda uzluksiz ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil etish belgilangan. Har bir millatning o‘z ma’naviyatini chuqur anglashi, ongini tarkibiy qismiga aylantirishi millatning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. Yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada yaxshilash, ming yillar mobaynida uning bag‘rida sayqallanib kelayotgan ibratli an’ana va qadriyatlarni targ‘ib-tashviq etish borasida ko‘plab tadbirlar tashkil etilmoqda.
--⊱⊱ 11 ⊰⊰--
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviyma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-son qarorida [2] ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida, oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash belgilandi. Ma’lumki insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamga uning bo‘y basti, ko‘rinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqalar jihatlarni aks ettiradi. Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu intilishlari, his-tuyg‘ularini o‘z ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami ma’naviyatdir.
Ma’naviyat, ma’rifat va madaniyat o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ma’naviyat odamlarda tayyor holda vujudga kelmaydi. Unga o‘qish, o‘rganish, tajriba orttirish orqali erishiladi. Ma’naviyat qanchalik boyib borsa, jamiyat va millat shunchalik ravnaq topadi.
Mamlakatimizda yoshlarda Vatanga sadoqat, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni bolalikdan boshlab bosqichma-bosqich shakllantirish maqsadida 2019-yil 31- dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-son qarori qabul qilindi.[3]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 10-iyuldagi PQ-222- sonli qarorida ta’kidlanganidek, “Hech shubhasiz, 1991-yil 31-avgustda mard va oliyjanob xalqimizning xohish-irodasi va azm-u qarori bilan qo‘lga kiritilgan milliy istiqlolimiz Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi barcha islohotlarimiz hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi tarixiy sharoitda har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda” [4].
Mazkur qarorda belgilangan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” g‘oyasi doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Mustaqillik bayramining o‘ttiz to‘rt yilligini nishonlash va uning mazmun-mohiyatini yosh avlod ongiga singdirish strategik ahamiyatga ega. “Kelajak soatlari” dasturlari ushbu jarayonda zamonaviy pedagogik texnologiyalar vositasida mustaqillik g‘oyalarini, milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhini tarbiyalashning innovatsion platformasi sifatida xizmat qiladi.
Mazkur hujjatlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli va ilmiy asosli tashkil etish uchun muhim metodologik platforma yaratdi. Ushbu normativ-huquqiy bazalar zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirilgan holda ma’naviy tarbiyaning konseptual modelini shakllantirishga imkon beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 10-iyuldagi PQ-222-sonli qarorining 2-ilovasida belgilangan tashkiliy mexanizm, g‘oyaviy yo‘nalishlar va resurslar asosida “Kelajak soatlari” dasturlarini mustaqillik tarbiyasi va milliy qadriyatlarni shakllantirishga tatbiq etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligi sezilarli darajadagi yetdi. “Kelajak soatlari” dasturi maktabgacha ta’lim tizimida keng joriy etilishida tashkiliy mexanizmlari kun mavzulari doirasida interfaol suhbatlar va vizual kontentlar ishlab chiqish orqali interaktiv modullar ko‘lami kengaytirib borilmoqda va bu o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, XXI asrning globallashuv jarayoni milliy madaniy qadriyatlarning transformatsiyasiga olib kelmoqda. Shu bilan birga, raqamlashtirish va axborot oqimining intensivligi bolalarning qadriyatlar tizimiga kompleks ta’sir ko‘rsatadi. Ma’naviy tarbiyaning bugungi kundagi vazifasi an’anaviy qadriyatlar bilan zamonaviy hayot talablarini uyg‘unlashtirish, shu bilan birga bolalarda fuqarolik mas’uliyati, intellektual mustaqillik va ijtimoiy
--⊱⊱ 12 ⊰⊰-- faollikni rivojlantirishdir. Bu jarayonda maktabgacha ta’lim tashkilotlari – oila va jamiyat o‘rtasidagi muhim o‘rinni egallovchi ijtimoiylashtiruvchi institut sifatida faoliyat yuritadi.
Ma’naviy tarbiya – bu inson shaxsini shakllantirishning eng murakkab va ko‘p qirrali jarayonlaridan biri bo‘lib, u nafaqat an’anaviy qadriyatlar merosini saqlash, balki zamonaviy jamiyat talablariga mos shaxsni tarbiyalash vazifasini o‘z zimmasiga oladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ushbu jarayonning eng muhim bosqichi sifatida bolalarning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish, ularning axloqiy me’yorlarini rivojlantirish va jamiyatda qadrlanadigan fazilatlarni egallashlariga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni amalga oshiradi.
Bugungi kunda ma’naviy tarbiya tushunchasi an’anaviy ma’nolaridan tashqari, yangi qirralarni qamrab olmoqda. Globallashuv, raqamlashtirish va madaniy transformatsiya jarayonlari ma’naviy tarbiyaga zamonaviy talablar qo‘ymoqda. Shu sababli, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda ma’naviy tarbiyaning nazariy asoslarini chuqur o‘rganish va ularni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarning amaliy ifodasi sifatida “Kelajak soatlari” maktabgacha ta’lim tizimida milliy-ma’naviy tarbiyaning yangi modelini shakllantirish imkonini beradi. Ushbu dasturlar zamonaviy yondashuvlar bilan milliy qadriyatlarni uyg‘unlashtirib, zamon talablariga mos, lekin milliy o‘zligini saqlagan avlod tayyorlashga qaratilgan.
“Kelajak soatlari” dasturi orqali amalga oshirilgan vazifalar maktabgacha yoshdagi bolalarda Vatanparvarlik hissi va milliy g‘ururni sezilarli darajada rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda. Shuningdek, ma’naviy immunitet va milliy o‘zligini saqlash qobiliyatini shakllantirdi.
“Kelajak soatlari” dasturi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotiga joriy etishda qishloq va chekka hududlarda mobil laboratoriyalar tashkil etish. Metodik ta’minotni takomillashtirish uchun har yili mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan maxsus modullar ishlab chiqish, virtual ekskursiyalar va interfaol materiallar bazasini boyitish.
Kadrlar tayyorlash maqsadida muntazam ravishda pedagoglar uchun trening va malaka oshirish kurslari tashkil etish va “Kelajak soatlari” metodikasi bo‘yicha qo‘llanmalar nashr etish. “Kelajak soatlari” dasturlarini rivojlantirishda muvaffaqiyatli xorijiy tajribalarni o‘rganish va ularni milliy sharoitga moslashtirish.
Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi PQ- 4307-son “Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son “Ma’naviy-
ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi 1059-son “Uzluksiz
ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 10-iyuldagi PQ-222-son
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrt yillik bayramiga tayyorgarlik
koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.