ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning oʻyin faoliyatidan taʼlim faoliyatiga oʻtish jarayonilari yoritib berilgan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

XUSUSIYATLARI

Bobomurodova Iroda

Termiz davlat i Pedagogika instituti

Maktabgacha taʼlim psixоlogiyasi va

pedagogikasi yoʻnalishi 2- kurs talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning oʻyin faoliyatidan taʼlim faoliyatiga oʻtish jarayonilari yoritib berilgan. Kalit so`zlar: Maktabgach ta’lim, “Ilk qadam”, faoliyat turlari, o`yin, ta’lim, nutq, mehnat.

Asosiy qism

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2019 - yil 13- maydagi 391- sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasining " Ilk qadam" davlat oʻquv dasturi ijrosini taʼminlash maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yuritilayotgan ish hujjatlarini tartibga solish xodimlarning taʼlim tarbiya jarayonidagi masʼuliyatini oshirish maqsadida. Faoliyat anglangan maqsad bilan boshqariladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) harakat rivojlanishi. Faoliyat voqellikga nisbatan faol munosabat bildirishning shunday bir shaklidirki u orqali kishi bilan uni qurshab turgan olam oʻrtasida real bogʻlanish hosil qilinadi. Odam faoliyat orqali tabiatga narsalarga boshqa kishilarga taʼsir koʻrsatadi.

Boshqacha soʻz bilan aytganda faoliyatda kishining shaxsi ifodalanadi va anglash chogʻida faoliyat uning shaxsini shakllantitadi. Kishida xilma xil faoliyati turlarining paydo boʻlishi va rivojlanishi murakkab hamda uzoq davom etadigan jarayondir. Bolalarning faolligi faqat asta sekinlik bilan rivojlanish jarayonida tarbiya va taʼlim taʼsiri ortsagina ongli ravishda maqsadga yoʻnaltirilgan faoliyat shaklini kasb etadi.

Faoliyatning shakllanishi bilan birgalikdagi kommunikativ xulq atvor bolaga oʻz ehtiyolari va istaklarini qondirish ijtimoiy talablarni va axborotni oʻzlashtirishga uchun yordam beradigan asosiy vosita rivojlana boshlaydi.

Faoliyat turlari 3 turga boʻlinadi va hozirgi kunga kelib bu faoliyat turiga yana bir faoliyat turi qoʻshildi. Bular:

1. Oʻyin

2. Taʼlim

3. Mehnat

4. Nutq kabilarga boʻlinadi.

Faoliyatning oddiy shakllaridan biri oʻyin hisoblanadi, lekin u tobora takomillashib sodda harakatlardan keyinchalik sujetli rolli oʻyinlarga hatto sportgacha murakkablashib boradi, atrof muhitni aks ettirishda ishtirok eta boshlaydi. Oʻyin faoliyatida bola ijtimoiy voqelikni taqlid roʻl orqali ijro etishga harakat qilmadi va shu yoʻsinda atrof muhit toʻgʻirisidagi ijtimoiy tushunishdagi shaxslararo munosabatlarni oʻzlashtira boradi. Ijtimoiy turmushdagi u yoki bu hodisani roʻl orqali ijro qiladi

Dastlabki oʻyin aynan kattalar xatti-harakatlarini takrorlash ularga taqlid qilish bilan tavsiflanadi. Oʻyin bola uchun vaqt oʻtgazish uni mashgʻul qilish funksiyasini bajarsa keyichalik ijtimoiy tarixiy taraqqiyot namunalarini ifodalash darajasiga oʻtadi. Bola tugʻulgada to maktab talimigacha davrida uning uchun oʻyin faoliyati yetakchi faoliyat roʻlini bajaradi.

Taʼlim ham jarayon ham faoliyat sifatida insonning hayotida muayyan davr uchun yetakchi faoliyat sifatida gavdalanishi mumkin. Talim oʻquv faoliyati aqliy faoliyat, bilish faoliyati turtkisi vazifasini oʻtaydi, chunki har qaysi faoliyatning shakli aqliy mehnat tufayli amalga oshadi. Taʼlimning boshqa faoliyat turlaridan farqi uning maqsulining oʻzing xosligi barcha bosqichlarga ongli yondashuvda va munosabatda boʻlishidir. Taʼlim tarbiya bilan uygʻunlashgan holda nomoyon boʻladi. Subʼektga obektiv taʼsir oʻtkazish tufayli bilimlar egallanadi, muayyan shaxsini fazilatlar tarkib topadi. Taʼlimning muhim funksiyasi shuki turli yoshdagi odamlarni kasb tanlashga yoʻnaltiradi, kasbiy tayyorgarlikni amalga oshirishga mutaxassis sifatida shakllanishiga muhim taʼsir oʻtkazadi. Mustaqil fikrlash psixologik imkoniyatlarni roʻyobga chiqarish barkamollikni egallash borasida ijtimoiy hayotning turli jabhalarida taʼlim yetakchi faoliyat tariqasida muhim roʻl oʻynaydi. Mehnat faoliyati yashash ehtiyojni qondirish kelajak uchun moʻl koʻllchilik vujudga keltirish yaratilgan mahsulotlarni saqlash asrash meʼros sifatida qondirish funksiyalarini bajaradi. Mehnat faoliyati kishida lazzatlanish hissini shakllantiradi, butun imkoniyatni ishga tushirishga moddiy maʼnaviy negiz yaratadi. Natijada qobiliyatli, salohiyatli mutaxassis, mahoratli navator kasb egasi bosqichlariga erishishiga shaxsni undaydi. Mehnat turlari maishiy ishlab chiqarish turlariga ajratilgan holda imkoniyatga, layoqatga, obilyatga, salohiyatga qarab taqsimlanadi. Nutq faoliyati bolalarning bu faoliyat turi har bir bolaning soʻzlarni toʻgʻiri talaffuz qilishi oʻzlarining soʻz boyliklarini kengaytirish. Bola 1,5 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalarda nutqni tushunish tez rivojlanadi. Lugʻat boyligi keskin ortadi, soʻz tarkibi takomillashadi. Shu boisdan ham Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida til va nutq faoliyati ham tashkil etilgan. Bunda bolalar tovush birikmalarini soʻngra esa oddiy ibora kichik sheʼrlarni oson takrorlaydilar.

Xulosa qilib aytganda bolalarning rivojlanishi uchun har bir faoliyat turlarining oʻz oʻrni bor. Bolalarning asosiy faoliyat turi bu oʻyin faoliyati hisoblanadi. Bu faoliyati turi bola uchun vaqt oʻtkazish uni mashgʻul qilish funksiyasini bajarsa keyinchalik ijtimoiy tarixiy taraqqiy etishini ifodalash darajasiga oʻtadi. Bolalarni oʻyin faoliyatidan taʼlim faoliyatga oʻtish jarayoni asta sekin rivojlanib boradi. Bu faoliyat bolaning oʻzining taʼlim faoliyatga intilishi oʻzini oʻzi ongli anglash orqali sodir boʻladigan faoliyat hisoblanadi. Yana bir nuqtayi nazar bilan qaraydigan boʻlsak bolalarga taʼlim berish jarayonida oʻyin faoliyati orqali ham turli metodlar bilan taʼlim faoliyatga qiziqtirish mumkin. Bunda pedagoglarning mahorati ham katta roʻl oʻynaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 1. Norbosheva M.A - “Maktabgacha ta’limda psixodiagnostika” T- 2015yil 2. Norbosheva M.A - "Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi" T-2020

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.