ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

MAKTABGACHA YOSHDAGI TARBIYALANUVCHILARDA KOMPETENSIYALARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Аннотация

Bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarining kichik sohalari. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan talablar va kutilayotgan natijalar yoritilgan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

--⊱⊱ 330 ⊰⊰--

KOMPETENSIYALARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Xamidova Nilufar Xikmatovna

Toshkent shahar Chilonzor tuman

309 sonli МТТ direktori

Annotatsiya: Bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarining kichik sohalari. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan talablar va kutilayotgan natijalar yoritilgan.

Kalit so’zlar: Kompetensiya, rivojlanish sohalari, kompetentli bola, bilish jarayonining rivojlanishi.

Bugungi kunda har bir bola maktabgacha ta’lim va tarbiya olish huquqiga ega. Davlat har bir bolaning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirishidan bir yil oldin davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tishga bo‘lgan huquqini kafolatlaydi [1]. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim jarayonining maqsadi - bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iborat.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda alohida yondashuv o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan, axloqiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, “Men” obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni nazarda tutadi. Boshlang‘ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va axloq subyekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi.

Kompetentli bola o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini muayyan vaziyatda safarbar qilishi va qo‘llashi, o‘z maqsadiga erishishi va rivojlanishning har bir bosqichida yoshiga mos keladigan vazifalarni hal qilishi mumkin[3]. Barcha bolalar katta imkoniyat egasi bo‘lib dunyoga keladi va har biri tug‘ma iste’dodga ega. Har bir bola o‘ziga xos individualdir. Bolalik – bu muhim ahamiyatga molik yosh va hayotiy davr. Bolalikning o‘ziga xos xususiyati - bu bolalarning ta’lim olish tajribasi natijasida kattalardan ko‘ra ko‘proq o‘rganish va o‘zgarish qobiliyatiga ega ekanligidir. Bolalik – bu baxtli bolalik huquqi tan olinadigan, bola rivojlanishining muhim bosqichi. Bolalarning o‘z milliy madaniyati, tili, an’analarini hurmat bilan e’tirof etilganda ular yaxshiroq ta’lim oladilar va rivojlanadilar.

Maktabgacha ta’lim bolaning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. U ta’limning keyingi bosqichlarida, shuningdek, butun hayoti davomida rivojlanib boradi. Maktabgacha ta’lim va tarbiya jarayonida bolalar faoliyatining turli-tuman turlarida shakllanadigan kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning umumiy muhim kompetensiyalari quyidagilardan iborat:

kommunikativ kompetensiya - muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi;

o‘yin kompetensiyasi - bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi;

ijtimoiy kompetensiya - hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati;

--⊱⊱ 331 ⊰⊰--

bilish kompetensiyasi - atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.

Bola kompetensiyalari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo‘yicha belgilanadi:

✓ jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;

✓ ijtimoiy-hissiy rivojlanish;

✓ nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;

✓ bilish jarayonining rivojlanishi;

✓ ijodiy rivojlanish.

1-chizma. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarining kichik sohalarga bo‘linishi.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari davlat tomonidan belgilangan talablarni bajarishlari lozim. Tarbiyalanuvchilarga qo’yilgan talablar bolada kompetentni shakllantiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan talablar va kutilayotgan natijalarni ushbu jadvaldan ko’rishimiz mumkin.

Davlat o‘quv dasturi guruhdagi beshta asosiy rivojlanish markazlarini tavsiya qiladi: fan va tabiat; til va nutq; syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish; san'at; qurish, konstruksiyalash va matematika. Guruhda boshqa rivojlanish markazlarini ham tashkil etish mumkin, ularni tashkil etish bolalarning manfaatlariga, guruhning bo‘sh makoniga va maktabgacha ta’lim tashkilotining moddiy-texnik imkoniyatlariga bog‘liq. Bunday markazlar vaqtinchalik yoki faqat bolalar faoliyatining maxsus turlari (qum va suv markazi; pazandachilik markazi; musiqa markazi) uchun tashkil etilishi mumkin. Ta’lim muhitini yaratishda pedagoglar bolalar faol bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylar mavjudligini ta'minlashi kerak. Faoliyatning ustuvor yo‘nalishiga ega bo‘lgan MTTda ish profili tegishli dasturlar va texnologiyalar bilan tasdiqlanishini e’tiborga olish kerak (masalan, ekologik yo‘naltirilgan MTT lar dastur va texnologiyalarida badiiy-ijodiy emas, ekologik mazmun ustunlik qiladi).

Barcha beshta rivojlanish sohasi: jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijtimoiy-hissiy rivojlanish hamda ijodiy rivojlanishni amalga oshirishga kompleks yondashuv ko‘zda tutilgan natijani beradi. [10]. Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida” qonuni. 595-son

6-modda. 16.12.2019.

2. O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining qarori, Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning

davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida, 802-son, 22.12.2020.

3. “Ilk qadam” Maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi. T.: 2022 y.

4. Valiyeva F.R. Ensuring continuity in the traning of future professionals in the educatication

system.// Europen Journal of Research and Reflection in Educational Sciences/ Volume 7

Number 6, 2019. ISSN 2056-5852

5. Abdullayeva N.Sh. Leader competency and its specific characteristics in managing the school

education system// American Journal Of Social Sciences And Humanity

ResearcheISSN:2771-2141Pages:152-158|Crossref

29http://theusajournals.com/index.php/ajsshr/article/view/2548

6. Абдуллаева Н.Ш. Мактабгача таълим ташкилоти раҳбарининг менежерлик

кўникмасини шакллантиришга замонавий ёндашувлар// Муғаллим ҳәм үзликсиз

билимлендириў» № 1/1 Нөкис — 2025 Б 360-368

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.