SOHANING TUTGAN OʻRNI
Xamidov Asilbek Umuruzoqovich
Termiz davlat universiteti talabasi
Ashurov Jaloliddin Eshpo’latovich
Termiz davlat universiteti o’qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolda agrar sohadagi muammolar, rivojlanish, muammolarga yechimlar, agrar soha va agroturizm o’rtasidagi bog’liqliklar haqida so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar: agrar soha, paxtachilik,strategiya, agroturizm.
Markaziy Osiyo qadimdan o’zining qishloq xo’jaligi sohasining eng yuksak cho’qqilariga erishgan, ya’ni g’alla yetishtirish, yilqichilik, qoýchilik kabi. Ko’rinib turibdiki, Markaziy Osiyo aynan, O’zbekiston mintaqasida agrar sektorda ishlovchi aholining bilim va tajribalari ko’p. Ammo Chor Rossiyasining O’rta Osiyo mamlakatlarini bosib olishi, undan so’ng paxtachilik siyosati doirasida, yuksak taraqqiy etgan qishloq xo’jaligi tanazzulga yuz tutdi, keyin Sobiq sovet ittifoqi(SSSR)ning kollektivlashtirishidan so’ng qishloq xo’jaligi tanazzuli yakunlandi, ya’ni unumdor bo’lgan yerlar paxta ekish uchun berildi, mamlakatda paxta xalq uchun yetishtiriluvchi g’alla miqdoridan ko’p edi va bu uzoq yillar davomida saqlanib kelgan qishloq xo’jaligi yutuqlarini yo’qqa chiqardi. Bu siyosatlar birgina qishloq xo’jaligi sohasiga emas, balki O’rta Osiyo tabiatiga ham o’zining aks ta’sirini ko’rsatmasdan qolmadi. Daryo suvlari orqali yangi, o’zlashtirilmagan cho’l hududlarini o’zlashtirish, paxta dalalarini sugórish maqsadida foydalanish oqibatida Orol dengiziga suv yetib bormay, ko’lning qurib ketishiga olib keldi. Bu muvafaqqiyatsiz siyosatlar oqibatida yuzaga kelgan tabiiy va ijtimoiy muammolardan Markaziy Osiyo(O’zbekiston) hozirgi vaqtgacha ziyat chekib kelmoqda. Yuqoridagi fiklar asosida, agrar sanoat mintaqa iqtisodiyotini, hamda tabiatini rivojlantirishi ham yoki tanazzulga olib kelishi ham mumkin. Mintaqada agrar soha orqali iqtisodiyotni rivojlantirish bilan bir qatorda, o’sha hududning flora va faunasini ham rivojlantirish, faqat iqtisodiyotni emas, balki tabiatni ham o’ylash zarurligi tarixdan ma’lum.
O’zbekiston mustaqillika erishgandan so’ng, yerlarni fermerlarga bo’lib berish, agrar sohani rivojlanishida dastlabki qadamlardan biri bo’ldi. Ammo 1991-yildan keyin ham paxta yetishtirish, qishloq xo’jaligida katta ulushga ega bo’lib keldi. Yana bir muhim faktga yuzlansak, 2003 yilda Jahon savdo tashkiloti kam rivojlangan mamlakatlarning paxta va paxta mahsulotlarining bozorga kirish imkoniyatlarini yaxshilash maqsadida "Paxta tashabbusi"ni ishlab chiqdi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlar uchun paxta muhim mahsulot sifatida qaraladi. Ammo rivojlanayotgan va kam rivojlangan mamlakatlar uchun u “xavfsizlik yostig‘i” hisoblanadi. Paxta ko‘plab kichik qishloq fermerlari va ishchilari, ayniqsa, ayollar uchun keng foydalanuvchi manba bo‘lib, dunyodagi eng qashshoq qishloq joylarida ish va daromad keltiruvchi mahsulotdir.1
Agrar sohadagi muammolar. Agrar soha faoliyati mintaqada to’g’ri yo’lga qo’yilmasa, iqtisodiyotda kerakli rivojlanishni bermaydi. Ya’ni dehqon va fermerlarga islohotlar orqali yetarli sharoit yaratib berilmas ekan soha rivojlanishda orqada qolib ketadi. O’zbekiston sharoitida qishloq xo’jaligi rivojlanishi sust ekanligining eng katta sabablaridan biri bu- mulk huquqi juda zaif himoyalanganligidadir. Buni quyidagicha izohlash mumkin: fermerlarning mulk daxlsizligi yaxshi himoya qilinmaganligi, mahalliy davlat organlari tomonidan oson olib qo’yilishi mumkinligi uchun yerga katta investitsiyalarni jalb qilmaydi va ekin miqdorining kamayib ketishiga olib keladi. Agarda fermerlar huquqlari to’la davlat himoyasiga olinsa, ular yerga katta investitsiyalarni jalb etadi va soha yaqin yillar ichida misli ko’rilmagan rivojlanishga erishadi. Keyingi muammolardan biri esa fermerlardan davlat xarid stavkalarining kamligi sababidan keyingi ekin mavsumigacha foyda va zarar bir bo’lib qoladi, keyingi rivojlanish uchun kam miqdordagi pul mablag’i jab etishiga olib keladi. Ammo bu muammolar sharotida ham qishloq xo’jaligi 2023- yilda yetarli darajada o’sdi.(1- diagramma). 2040-yilga borib Markaziy Osiyo mamlakatlarida qurg’oqchilik bo’lishi prognoz qilinayabdi. Bu esa nafaqat qishloq xo’jaligiga, balki barcha sohalarga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatmasdan qolmaydi. Shu sababli ham keyingi yillarda suv muammosi ham agrar sohada dolzarb bo’lib boradi, bu esa oldimizda yechilishi qiyin bo’lgan katta boshqotirma turganidan darak beradi. Tomchilatib sug’orish, yokida 1 https://qalampir.uz/uz/news/-2249-69895 sug’orishda boshqa suvni tejovchi vositalardan foydalanilmasa, yomon oqibatlar tez orada o’zini ta’sirini ko’rsatishni boshlaydi.
1-rasm. 2023-yil holatiga O’zbekiston Respublikasi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning o’ish sur’atlari(o’tgan yildagiga nisbatan, % da)
Agrar sohani rivojlantirish. Agrar sohani rivojlantirish uchun hozirda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasi qabul qilingani sohani tubdan isloh qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hozirda ushbu strategiya belgilab berilgan ishlarning amalga oshirilishi natijasida, qishloq xo’jaligida ko’plab sezilarli o’zgarishlar yuz berdmoqda. Shu o’zgarishlarga misol qilib, Xo'jalik yuritishning zamonaviy uslublari va ilg'or shakllari, jumladan, turli ixtisoslashuvdagi klasterlar, qishloq xo'jaligi birlashmalari (kooperatsiya) tashkil etildi. Shu bilan birga, hududlarda jami 51,9 ming gektar er qayta foydalanishga kiritildi.2 Qishloq xo’jaligini rivojlantirishda bir qator ustuvor yo’nalishda sanab o’tishni lozim topdim:
1. Femerlarga yer egaligini berish, ularning mulk himoyasini davlat tomonidan qat’iy nazoartga olish, bu bo’yicha qaror, farmon va qonunlarni ishlab chiqish. Fermerlarning yerdan uzoq vaqt foydalanishlariga imkoniyat yaratib berish. Bu esa ularga yerga uzoq vaqtli investitsiya kiritishlariga yordam beradi va hosilning oshishiga olib keladi.
2. Jahonning ilg’or texnologiyalaridan foydalanishni o’rgatish, fermerlar uchun chetdan qishloq xo’jaligida foydalaniladigan texnologiyalarni olib kirishda, bojxona qiymatlarini minimallashtirish. 2 https://yuz.uz/uz/news/qishloq-xojaligini-rivojlantirishda-qanday-muammolar-bor-
0 1 2 3 4 5 6 7
Qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi
Xizmatlar
Qurilish
Sanoat
YaIM
3. Femerlarga agrar sohada dunyoning yetakchi o’rinlarda boruvchi, Germaniya, Amerika fermerlari bilan fikr, tajriba almashishlariga imkoniyatlar yaratib berish.
Agrar soha va Agroturizm o’rtasidagi bog’liqliklar. Agrar soha rivojlanib borar ekan, unga bog’liq bo’lgan agroturizm ham bir qatorda rivojlanishi uchun qulay sharoit bo’ladi. Sharq madaniyati, oilaviy tamoyillari, yashash sharoiti kabilarga qiziquvchi turistlarni mamlakatga jalb etadi. Bunda qishloqlarda turistlar yashashi uchun ”sayyohlik uylari” tashkil etish, ularga qulay sharqona madaniyatni ko’rsatuvchi sharoitlar yaratib berishdan iborat bo’ladi. Agroturizmni tashkil etishning kompleksli tamoyili. Unga muvofiq qishloq joylarining tabbiy, ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy, ekologik, tarixiy resurlardan foydalanish maqsadida agroturizmni, tarixiy, diniy, etnik turizm turlaru bilan birga qo’shib tashkil etish zaruratga aylanadi.3 Agrar sohani barqaror rivojlantirish uchun imkoniyatlar juda ham kо‘p bо‘lib, shulardan biri sifatida agroturizmni olishimiz mumkin. Agroturizmni tashkil etish va rivojlantirish orqali mintaqalarda qishloq aholisini ish bilan ta’minlanishiga, ularning qо‘shimcha daromadlari oshishiga, agrar korxonalar va turistik korxonalarning foydalilik darajalarining yuqori bо‘lishiga, qishloq infratuzilmasining yaxshilanishiga erishiladi. Zero, turizm daromadli soha ekanligi jahon amaliyotida о‘z isbotini topgan. Ba’zi bir xorijiy mamlakatlarda agroturizm qishloq joylarni va qishloq xо‘jaligini rivojlantirish va qо‘shimcha daromad manbai bо‘lib qolmoqda4
XULOSA
Yuqorida yuritilgan fikrlarni jamlagan holda, agro soha iqtisodiyot uchun juda katta foyda olib keladi, ammo undagi muammolar hal qilinmasa, soha O’zbekiston iqtisodiyotida ulkan foyda olib kelolmaydi. Agro sohani rivojlantirish barobarida mamlakat infratuzilmasi, agroturizmini rivojlantirish uchun yetarli sharoitlarni yarata oladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1. D.A.Nazarova, Sh.S.Yusubova Agroturizmni hududiy tashkil etishning tamoyillari, rivojlanish modellari va ulardan amaliyotda foydalanish. 3 D.A.Nazarova, Sh.S.Yusubova Agroturizmni hududiy tashkil etishning tamoyillari, rivojlanish modellari va ulardan amaliyotda foydalanish. Ijodkor o’qituvchi ilmiy-amaliy jurnali. T.2021 4 S.N.Abdurahimov. Mamlakatda agroturizmni rivojlantirishda investitsiyalarni о‘rni. “O’zbekistonda “Aqlli qishloq xo’jaligi” va “Qishloq xo’jaligi-4.0” konsepsiyalarini amalga oshirish: muammo va yechimlar“mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani. T.2021
2. S.N.Abdurahimov. Mamlakatda agroturizmni rivojlantirishda investitsiyalarni о‘rni. “O’zbekistonda ”Aqlli qishloq xo’jaligi” va “Qishloq xo’jaligi-4.0” konsepsiyalarini amalga oshirish: muammo va yechimlar“mavzusida Respublika ilmiyamaliy anjumani. T.2021
3. 6. I.Sh.Egamberdiyeva, “Ekoturizm”, 25-bet, Toshkent-2021
4. 7. R.Xaitboyev, Ekologik Turizm
5. 8. M.A.Boltaboyev, I.S.Tuxliyev, B.SH.Safarov, S.A.Abduxamidov. Turizm: nazariya va amaliyot. 2018
6. Xursanova, S. A., & Turayev, B. E. (2024). Hudud dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini trend modellari yordamida prognozlashtirish. Technical science research in Uzbekistan, 2(2), 200-208.
7. Khurramov, E. X. (2019). Role of innovation in increasing efficiency of production of agricultural products in forestry. Theoretical & Applied Science, (10), 518-521.
8. Алтиев, А. С., Очилов, И. С., & Султонов, Х. Ғ. (2021). Global experiences in improving the economic mechanisms of irrigated land improvement. Экономика и социум, (6-1), 418-426.
9. Xudoyberdievich, X. E. (2023). Qishloq xo’jaligidagi asosiy vositalarni takomillashtirish va ularning iqtisodiy jarayonlari. Journal of innovations in scientific and educational research, 6(4), 1093-1096.
10. Xudoyberdievich, X. E. (2023). Qishloq xo’jaligida iqtisodiy kontsentratsiyaning roli. Ijodkor o'qituvchi, 3(29), 466-470.
11. Xudoyberdiyevich, X. E. (2023). Qishloq xo'jaligida investitsiya va uning samaradorligini oshirish. Journal of Universal Science Research, 1(5), 622-627.
12. Khurrama, E. X. (2020). Эффективное увеличение сельскохозяйственного производства на землях лесного фонда. Theoretical & Applied Science, (7), 5-9.
13. Sultonov, X. G. (2022). Effectiveness of attracting investments in improving the ecological condition of irrigated lands. Экономика и социум, (4-1 (95)), 56-60.
14. Алтиев, А. С., Очилов, И. С., & Султонов, Х. Ғ. (2021). Суғориладиган ерлар экологик ҳодатини яҳшилашнинг иқтисодий механизмини такомиллаштиришда жаҳон тажрибалари. Экономика и социум, (6-1 (85)), 418- 426.
15. Алтиев, А. С., Очилов, И. С., & Султонов, Х. Ғ. (2021). Global experiences in improving the economic mechanisms of irrigated land improvement. Экономика и социум, (6-1), 418-426.
16. Ibragimov, A., & Sultonov, X. (2019). Bioecology rare s'ecies and extinction of the surkhan state natural reservoir. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(2), 77-81.
17. Нормуратов, О. У., Султонов, Х. Г., & Турсунова, Ш. Г. (2017). Влияние различных норм минеральных и органических удобрений на динамику питательных элементов почв и их вынос хлопчатником. In international innovation research (pp. 119-123).
18. https://kun.uz/
19. https://yuz.uz
20. https://qalampir.uz
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.