JALB ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Jumayeva Sayyora Baxromovna
Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti
Buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo’nalishi talabasi
ANNOTATSIYA.
Mazkur maqola O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga jalb qilingan investitsiyalar va hududlar kesimida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni va ulushi tahlilini o‘z ichiga oladi.
WAYS TO IMPROVE THE ATTRACTION OF FOREIGN INVESTMENTS
TO THE ECONOMY OF OUR COUNTRY
ANNOTATION.
This article includes an analysis of the number and share of enterprises with foreign investments in the region of investments involved in the economy of the Republic of Uzbekistan.
ПУТИ ПОВЫШЕНИЯ ПРИВЛЕЧЕНИЯ ИНОСТРАННЫХ
ИНВЕСТИЦИЙ В ЭКОНОМИКУ НАШЕЙ СТРАНЫ
АННОТАЦИЯ.
В данной статье проведен анализ количества и доли предприятий с иностранными инвестициями в регионах, задействованных в экономике Республики Узбекистан.
So‘nggi yillarda iqtisodiyot jadal rivojlanayotgan sharoitda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi nufuzi va obro‘sining sezilarli darajada oshib borishida hamda iqtisodiy barqarorlik darajasining o‘sib borishida mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Investitsiyalar iqtisodiyotni rivojlantirishning bosh omili hamda davlatning doimiy va o‘sib boruvchi iste’mol ehtiyojlarini ta’minlash imkonini beruvchi ne’matlarini yaratishga qodir yagona vositadir. Milliy iqtisodiyot uchun xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni jadallashtirishga, barqaror moliyalashtirish manbasiga ega bo‘lishga, zamonaviy texnologiyalar va savdo belgilarining kirib kelishiga va raqobatbardosh muhitning paydo bo‘lishiga zamin yaratadi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga alohida e’tibor qaratilgan.
2005-yil 11-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridanto‘g‘ri xususiy xorijiy investiytsiyalarni jalb etishni rag`batlantirish borasidagi qo‘chimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonda chet el investorlari uchun qulay shart-sharoitlar belgilab berilgan. Shular jumlasidan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari asosiy faoliyati bo‘yicha daromad (foyda) solig‘i, mulk solig‘i, ekologiya solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to‘lashdan ozod qilinadi. Shuning uchun O‘zbekiston Respubikasiga iqtisodiyotiga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi yildan-yilga oshib bormoqda (1-jadval).
1-jadval
Hududlar kesimida asosiy kapitalga investitsiyalarda chet el investitsiyalari va kreditlarining ulushi (foiz hisobida) Hududlar 2017 2018 2019 2020 2021 2022 O‘zbekiston Respublikasi 23.8 24.3 43.6 42.7 42.3 42.8 Qoraqolpog`iston Respublikasi 10.0 23.7 36.9 38.9 37.4 38.7 Andijon viloyati 7.2 14.8 39.6 36.3 45.6 48.4 Buxoro viloyati 71.0 44.0 53.9 48.2 58.5 58.4 Jizzax viloyati 10.8 8.7 48.8 61.9 44.5 47.3 Qashqadaryo viloyati 18.0 51.1 70.3 69.3 53.6 47.0 Navoiy viloyati 24.2 34.0 39.9 67.8 61.3 54.4 Namangan viloyati 31.6 33.5 45.8 37.2 29.8 34.7 Samarqand viloyati 2.8 4.7 27.8 27.0 34.9 52.7 Surxondaryo viloyati 11.5 21.4 66.3 60.1 45.2 42.3 Sirdaryo viloyati 4.6 9.6 44.8 48.7 59.8 79.1 Toshkent viloyati 12.0 9.6 26.0 26.7 34.3 32.4 Farg‘ona viloyati 5.8 19.4 42.7 41.3 39.1 44.8 Xorazm viloyati 6.8 8.5 42.5 32.0 33.5 32.3
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko`rinib turibdiki, O`zbekiston iqtisodiyotida asosiy kapitalga investitsiyalar tarkibida chet el investitsiyalari va kreditlarining ulushi oshib borgan. Mazkur ko‘rsatkich 2022-yilda 2017-yilga nisbatan qariyb 19 foizga o`sganligini ko`rishimiz mumkin. Eng keskin o`ish sur’ati 2019-yilda kuzatilgan. Biroq, 2019-yil dekabr oyida yuzaga kelgan koronavirus pandemiyasi oqibatida nafaqat O`zbekistonda, balki butun jahon iqtisodiyotida global inqirozni yuzaga keltirdi. Tahlil etilgan davr ichida 2020-yilda iqtisodiyotga jalb etilgan xorijiy investitsiyalarning 2019-yilga nisbatan 0,9 foizli punktga kamaygan, biroq, 2017-yildagi xorijiy investitsiyalar hajmiga nisbatan taxminan 2 marotabaga yuqori foizni tashkil etgan. Agar bu jadvalni viloyatlar kesimida tahlil etsak, so‘nggi uch yilda, ya`ni 2020-2021- 2022-yillarda bu ko‘rsatkich o‘sganini, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida esa o`zgarib turganini ko‘rishimiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida mamlakatda xo`rijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni keskin ortib bormoqda. Quyidagi 2-jadvalda O`zbekiston hududlari kesimida faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni keltirilgan (2-jadval).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 12 750 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilning 1-fevral holatiga xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 14 199 tani tashkil etgan (2-jadval).
O‘zbekiston hududlari kesimida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni va ulushi № Hududlar 2023-yil 2024-yil
Soni
Jamiga
nisbatan
ulushi, foizda
Soni
Jamiga
nisbatan
ulushi, foizda 1 Toshkent shahri 8 139 63,8% 9240 65.01% 2 Toshkent viloyati 1 457 11,4% 1597 11.2% 3 Samarqand viloyati 543 4,3% 565 3.9% 4 Farg‘ona viloyati 441 3,5% 502 3.5% 5 Surxondaryo viloyati 336 2,6% 348 2.5% 6 Andijon viloyati 308 2,4% 309 2.2% 7 Buxoro viloyati 298 2,3% 341 2.4% 8 Namangan viloyati 210 1,6% 231 1.6% 9 Navoiy viloyati 202 1,6% 218 1.5% 10 Sirdaryo viloyati 191 1,5% 204 1.4% 11 Jizzax viloyati 175 1,4% 178 1.3% 12 Qashqadaryo viloyati 169 1,3% 163 1.1% 13 Qoraqalpog‘iston Respublikasi 155 1,2% 171 1.2% 14 Xorazm viloyati 126 1,0% 132 0.9%
Bu jadvalldan shuni tahlil qilishimiz mumkinki, mamlakatimizda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonlar soni 2024-yilda 2023-yilga nisbatan 1449 taga oshgan. Bunda eng ko‘p hissa qo‘shgan hudud Toshkent shahri hisoblanadi. Bu jadvalni tahlil qilar ekanmiz, bunda mamlakatimiz hududida xorijiy investitsiya asosida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni respublika hududlari bo`yicha o‘sganligini ko`rishimiz mumkin.
Oʻzbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi eng koʻp korxonalar quyidagi davlatlar ishtirokida tashkil etilgan:
• Rossiya – 2849 ta yoki jamiga nisbatan 22,3 foiz;
• Xitoy – 1929 ta yoki jamiga nisbatan 15,1 foiz;
• Turkiya – 1719 ta yoki jamiga nisbatan 13,5 foiz;
• Qozog‘iston – 949 ta yoki jamiga nisbatan 7,4 foiz;
• Janubiy Koreya – 696 ta yoki jamiga nisbatan 5,5 foiz.
Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanishdagi o‘ziga xos xususiyatlar va mavjud muommolardan kelib chiqqan holda quyidagi takliflarni berishimiz mumkin:
1. Respublikamizning hududlari kesimida chet el investitsiyalarini mutanosib ravishda jalb etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
2. Hududlardagi mavjud resurs salohiyatidan kelib chiqqan holda xorijiy investitsiyalarni jalb etishga e’tiborni kuchaytirish;
3. Investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha mamlakatimizda mavjud imkoniyatlarni xorijiy investorlarga faol targ‘ib qilish, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonning investitsion salohiyatini keng yoritishni tashkil etish;
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, amalga oshirilayotgan islohotlar va amaliy ishlar natijasida mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanib, aholi farovonligi oshib bormoqda. Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotini jadal tarzda rivojlantirishning asosiy shartidan biri - investitsiyalarni faol jalb etishdir. Shu qatorda respublikamiz bo‘yicha xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun ham qator islohotlar olib borilmoqda va bu o‘z natijasini bermoqda. 2019-yildan 2022-yilgacha bo‘lgan davrda mamlakatimzda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarda chet el investitsiyalari va kreditlarining ulushi keskin darajada oshganligining guvohi bo‘ldik. Bu kabi investitsiyalarning oshishi nafaqat mamlakatimiz iqtisodiyoti rovojlanishiga, balki aholi turmush farovonligi oshishiga ham ijobiy ta’sir qiladi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni 2005-yil 11-apreldagi “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-3594-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 15-16-son, 109-modda.
2. Vaxabov A.V., Xajibakiyev Sh.X, Muminov N.G. Xorijiy investitsiyalar. O‘quv qo‘llanma. -T.: “Moliya”. 2010, 303 b.
3. www.stat.uz - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rasmiy veb sahifasi.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.