ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

MAMLAKATIMIZDA KAPITAL BOZORNI RIVOJLANTIRISH YO`LLARI

Аннотация

Ushbu maqolada soʻngi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni joriy etishda xalqaro miqyosda tajribali mutaxassislar va ekspertlarni jalb etgan holda mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda yoʻl xaritalari tuzish va rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqilishi koʻrsatilgan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

YO`LLARI

Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti

Saidamatov Yusufjon Jalaliddin oʻgʻli

201- Menejment(Madaniy merosni boshqarish)

Otajonova Sabina Gʼayrat qizi

221- Menejment(Madaniy merosni boshqarish)

Annotatsiya: Ushbu maqolada soʻngi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni joriy etishda xalqaro miqyosda tajribali mutaxassislar va ekspertlarni jalb etgan holda mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda yoʻl xaritalari tuzish va rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqilishi koʻrsatilgan.

Kalit so`zlar: Jahon banki, tijorat bank, investitsiya, iqtisodiyot, korxonalar, investitsiya fondlari, aksiyador, dividend, kapital bozor, moliya bozor.

Investitsiyalarni jalb etishda asosiy yoʻl xaritasi hisoblanayotgan Oʻzbekiston Respublikasining 2035-yilgacha rivojlanish Strategiyasining konsepsiyasini, “Buyuk kelajak” Xalqaro nodavlat va notijorat tashkiloti tomonidan koʻrsatib berilgan maʼlumotlariga asosan 2020-yilda Oʻzbekistonda jami investitsiyalarni hajmi 2019- yilning shu davriga nisbatan 101,5 foizni yoki 6,6 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bu koʻrsatkichlarga “Oʻzbekistonning 2035 yilgacha rivojlanishi konsepsiyasi” loyihasi toʻgʻri yoʻlga quyilganidan dalolat beradi. Albatta, bu hisob kitoblarga asoslangan kelajak rejalar va bu rivojlanishni taʼminlash koʻplab muammoli munosabatlarni hal qilish orqaligina amalga oshirilishi mumkin boʻladi.

Iqtisodiyotni liberallashtirishda muhim qadamlardan biri sifatida amalga oshirilishi koʻzda tutilgan 2020-yilning 26-fevralida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”dagi Qarori loyihasi internet tarmogʻida muhokamaga joylashtirildi. Ushbu qaror loyihasiga koʻra Oʻzbekistonda 115ta davlat ulushi mavjud korxonalarni xususiy sektorga davlat ulushini sotish taklif etilgani ijobiy holat ammo bu kabi yirik miqdorda davlat ulushini realizatsiya qilishda baʼzi tizimli yondashuvlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq boʻladi nazarimizda. Yaʼni Davlat koʻchmas mulki obyektlari belgilangan shartlarda ikki oy mobaynida (E-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasida) sotilmagan taqdirda, bir soʻm qiymatda sotishga taklif etilgan. Albatta, bu kabi katta miqdordagi taklifni qondirish uchun investorlarda yetarli mablagʻlarning mavjud boʻlmaslik ehtimoli yuqori shu boisdan, Investitsiya fondlari (IF) rolini oshirish ushbu fondlarni kapital jamlash va takliflarni qanoatlantirish uchun moliyaviy resurslarni jamlashlari va nisbatan kam moliyaviy resurslari mavjud investorlarni ham ushbu savdolarda qatnashish imkoniyatlarini yaratishlari zarur nazarimizda. Chunki, ikki oy davomida 1 soʻm qiymatda olingan obyektlarga investitsiyalar kiritishda yana tijorat banklari resurslariga boʻlgan talabning oshib ketishi kuzatiladi, aslida esa ushbu subyektlar harakatda boʻlmagan moliyaviy resurslarni harakatlantirish orqali xususiylashtirsa nafaqat davlat ulushi xususiy sektorga oʻtib ularni rentabelligi oshiriladi balki, pul massasini yuqori darajada oshirib yubormasdan jarayonni amalga oshirish imkoniyati paydo boʻladi.

Bundan tashqari, iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirishda kapital jalb qilish mexanizmining eng asosiy dastaklaridan biri bu kapital bozorining regulyatori hisoblanadi. Albatta, Oʻzbekistonda ushbu faoliyatni amalga oshirish tizimi soʻngi yillarda ancha yaxshilandi ayniqsa Kapital bozorini rivojlantirish agentligining tashkil etilishi bu borada muhim qadam boʻldi desak mubolagʻa boʻlmaydi nazarimizda. Shu boisda dunyo mamlakatlarida bu borada qanday amaliyotlar joriy etilganligi va ularning samaradorligini oʻrganish va bu orqali Oʻzbekiston uchun zaruriy xulosalarga kelishimizda muhim axborot manbai boʻlsa ajab emas.

AQSHda bir vaqtning oʻzida moliyaviy resurslar bozorini quyidagi 3 ta regulyator boshqaradi:

1. Qoʻshma shtatlar qimmatli qogʻozlar va birjalar komissiyasi (SEC- The United States Securities and Exchange Commission); 2. Fyucherslar bilan savdolar qumitasi (Commodity Futures Trading Committee); 3. Milliy fyucherslar assosatsiyasi (National Futures Association) Ammo AQSHda 3 ta regulyator mavjud boʻlishiga qaramasdan qimmatli qogʻozlar boʻyicha yagona siyosat olib boruvchi bu Qoʻshma shtatlar qimmatli qogʻozlar va birjalar komissiyasi (SEC) boʻlib hisoblanadi.

Hozirgi kunda dunyo mamlakatlari moliya bozoridagi munosabatlarni tartibga solish va nazorat qilishda turli yoʻllardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. Fikrimizcha ulardan moliya bozorini davlat organi sifatida yagona nazorat qiluvchi organ (bitta regulyator)ning mavjud boʻlishi eng samarali yoʻl boʻladi nazarimizda, chunki bunda nazorat qilish, istiqbollarni belgilash, rivojlantirish va shunga muvofiq huquqiy bazani shakllantirish bitta tizimda birlashsagina eng optimal natijalarga erishish mumkin boʻladi. Bundan tashqari kapital bozorini tartibga solishda qabul qilingan va qabul qilinayotgan huquqiy bazani ham soddalashtirish, tartiblashtirish va jahon standartlariga moslashtirish talab etiladi. Buning uchun albatta soʻngi yillarda kapital bozorini rivojlantirish agentligi “Kapital bozorining yagona kodeksi” 3 ni amaliyotga tatbiq etish choralarini koʻrayotganligidan xabarimiz bor, bu albatta kapital bozorini tartibga solish, investorlar huquqlarini himoya qilish va yangi investorlarni iqtisodiyotimizga kapital kiritishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati:

1. Alikulov, A. T. (2022). In Uzbekistan, the use of the Stock Market in Attracting Financial Resources by Corporate Entities is One of the Tools. Journal of Marketing and Emerging Economics, 2(5), 66-69.

2. Rashidov, R., Turobov, S., Dustova, M., & Azamatova, G. (2020). The crisis conditions and the ways of solving them. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(7), 2104-2011.

3. Рашидов, Р. И., & Муртазаев, Н. Р. (2020). DIRECTIONS OF

INNOVATIVE

AGRICULTURAL DEVELOPMENT. ЖУРНАЛ АГРО ПРОЦЕССИНГ, 2(7).

4. Alikulоv, A. T., Iskandarоvich, R. R., & Kоmiljоn, О. (2022). ОʼZBEKISTОNDA

TIJОRAT BANKLARINING BARQARОR FAОLIYATINI AMALGA

ОSHIRISHDA RAQAMLI BANK HIZMATLARINI JОRIY ETISH. Results оf

Natiоnal Scientific Research, 1(2), 62-67.

5. TUYGUNОVICH, A. A., ОGLI, S. О. A., & QIZI, K. Z. K. Prоblems оf

Imprоving Stоck Market Trading Mechanisms in Uzbekistan. JоurnalNX, 6(07), 330- 334.

6. Аликулов, А. Т. (2020). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ МЕХАНИЗМОВ

ТОРГОВЛИ НА ФОНДОВОМ РЫНКЕ УЗБЕКИСТАНА. In Актуальные

вопросы экономики (b. 63-66).

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.