ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

MA’NAVIY TAHDID” TUSHUNCHASI: YONDASHUVLAR VA TALQINLAR

Аннотация

Maqolada globallashuv jarayoni, bosqichlari hamda maʼnaviy tahdid tushunchasi yondashuvlar va talqinlar ularning mazmun mohiyati haqida soʻz boradi. Shuningdek, maʼnaviy tahdidlarning salbiy jihatlari va milliy maʼnaviyatga taʼsiri toʻgʻrisida fikr mulohazalar yuritilgan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

MA’NAVIY TAHDID” TUSHUNCHASI: YONDASHUVLAR VA TALQINLAR

Eshov Xurshid Xurramovich

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar

vazirligi bosh mutaxassisi

Annotasiya: Maqolada globallashuv jarayoni, bosqichlari hamda maʼnaviy tahdid tushunchasi yondashuvlar va talqinlar ularning mazmun mohiyati haqida soʻz boradi. Shuningdek, maʼnaviy tahdidlarning salbiy jihatlari va milliy maʼnaviyatga taʼsiri toʻgʻrisida fikr mulohazalar yuritilgan.

Kalit soʻzlar : globallashuv, globallashuv jarayonlari, milliy maʼnaviyat, maʼnaviy tahdid, tushuncha, yondashuv, talqin.

Аннотация: В статье рассматривается процесс глобализации, эго этапы, сущность понятий, связанных с глобализацией, ее положительные и отрицательные стороны, а также влияние глобализации и угрозы на национальную духовность.

Ключевые слова: глобализация, процесс глобализации, эпоха глобализации, глобальные проблемы, национальная духовность, угроза, опасность, массовая культура, идеологические течения.

Abstrakt: The article discusses the process of globalization, its stages, the essence of consepts related to globalization, its positive and negative aspects, as well as the impact of globalization and threats on national spirituality

Keywords: globalization, globalization process, globalization era, global problems, national spirituality, threat, danger, mass culture, ideological currents.

Globallashuv jarayonining chuqurlashib borishi natijasida inson uchun xavfli bo‘lgan turli xil noan’anaviy tahdidlar yuzaga kelmoqda. Bulardan eng xavflilari insonlarning ruhiyatiga ta’sir o‘tkazish orqali millatlarning qadriyatlari va turmush tarzini izdan chiqarishga qaratilgan axloq-odob, oila va jamiyat hayotida jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan ma’naviy tahdidlar hisoblanadi. G‘arb faylasufi Alber Shveyster : “Voqelikni shakllantiradigan kuchlar ichida birinchisi – ma’naviyat va axloq. Qolgan barchasi ozmi – ko’pmi ikkinchi darajali”1 degan edi.

Darhaqiqat, bugun olimlarimiz tomonidan bunday tahdidlarning millat va jamiyat taraqqiyoti uchun, ma’naviy parokandalikni keltirib chiqarishga qaratilgan zararlari ilmiy asosini topib bormoqda. Bugungi kunda “Ma’naviy tahdid” tushunchasi keng ishlatilmoqda. Ba’zida bu tushunchaning ma’nosini anglash qiyin kechmoqda.

Ma’naviy tahdidlar shaxs axloqiy ongida salbiy tushunchalar, tuyg‘ular, xususiyatlar va sifatlarni hosil qiluvchi illatlar majmuidir. Chunki “Tahdid” so‘zi xavfxatar, xuruj va buzish ma’nolarini anglatadi. Shu ma’noda ma’naviy tahdidlar shaxsni aqliy va axloqiy jihatdan buzishga qaratilgan maqsadli xurujlar hisoblanadi.

Yangi jamiyat barpo etish sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy hayotda turli mazmunda, turli maqsadda, turli shaklda munosabatlar paydo bo‘ladi.. O‘zbekiston uchun ham shunday rangbarang munosabatlar davom etmoqda. Ayniqsa, chetdan turib ongli va maqsadli ravishda uyushtirilayotgan ma’naviy tahdidlar bunday munosabatlarning asosini tashkil qilmoqda. Bugungi kunda ma’naviy tahdidlar bir necha xil ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda.

Shuni ta’kidlash lozimki, ma’naviy tahdidlar tili, dini va e’tiqodidan qat’iy nazar har bir insonga qaratilgan. Bundan maqsad, birinchidan, shaxsning ma’naviy-axloqiy olamini buzish; ikkinchidan, o‘z vatani va jamiyatiga nisbatan yovuzlik fikrini uyg‘otish; uchinchidan, milliy axloqiy qadriyatlarni aynitish; to‘rtinchidan, o‘zgalar jamiyatini ideal deb bilish ko‘nikmasini hosil qilish; beshinchidan, zararli odatlarga xuruj qo‘yish. Diqqat qilsak ma’naviy tahdidlarning barcha turi nosog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liqligiga va u mafkuraviy nuqtai nazardan eng xavfli omil ekanligiga amin bo‘lamiz. Chunki uning negizini shaxs tarbiyasini izdan chiqarishga qaratilgan zararli g‘oya tashkil etadi.

Ma’naviy tahdidlarni o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

Birinchidan, ma’naviy tahdidlar nosog‘lom turmush tarzi asoratidir;

Ikkinchidan, ma’naviy tahdidlar ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini ifodalaydigan sub’ektiv omillar majmuidir;

Uchinchidan, ma’naviy tahdidlar shaxs axloqiy ongini buzish vositasida jamiyat hayotini izdan chiqarishga, nosog‘lom turmush tarzini yoyishga yo‘naltirilgan.

Nosog‘lom turmush tarzi asoratlari natijasida ma’naviy tahdidlar quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi: Xudpisandlik - bu illat jamoatparvarlik fazilatlariga qarshi 1 Albert Shveyser - Kultura i etika (1973).str-36 o‘laroq, shaxs axloqiy ongida noto‘g‘ri tushuncha va qarashlarni hosil qiladi. Shu sababli xudpisand kimsalarda burch va mas’uliyat tuyg‘usi bo‘lmaydi. Bundaylar faqat bugungi kunni o‘ylab yashaydi, ertangi kunni o‘ylash, ezgulik va haqiqat uchun kurashish fazilatlaridan xoli bo‘ladi.

Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda ma’naviy tahdidlar quyidagi illatlarni targ‘ib qilayotgani bilan namoyon bo‘lmoqda: xudbinlik, nopoklik, nafs qutqusiga uchish, huzur-halovatga berilish, еngil-yelpi umr kechirishga da’vat, giyohvandlik, mutaasiblik, tajovvuzkorlik, molu-dunyoga o‘chlik, axloqiy buzuqlik, zo‘ravonlik, axloqsizlikni madaniyat deb bilish, va aksincha asl ma’naviy qadiryatlarni eskilik sarqiti deb qarash, loqaydlik, mahalliychilik, hasadgo‘ylik, baxllik, sotqinlik, irodasizlik, beparvolik.

Bunday ma’naviy axloqiy tubanlik illatlariga qarshi shaxs axloqida eng muhim insoniy sifat va fazilatlarni shakllantirishga diqqat qilinishi kerak. Bunday sifat va fazilatlarning asosiylari quyidagilar: insoniylik, mehr-oqibatlilik, ezgulik, vatanparvarlik, haqgo‘ylik, adolatlilik, muruvatlilik, sahovatlik, vatanparvarlik, oilaparvarlik, hamkorlik, totuvlik, ahillik, inoqlik, tashabbuskorlik, birodarlik va faollik. Bular shaxsning ongi va qalbida sezgirlik, ogohlik va hushyorlik holatlarini hosil qiladi.

Shu ma’noda ma’naviy tahdidlardan shaxs axloqini himoya qilish yo‘lining eng samarali usuli shaxsda axloqiy immunitetni hosil qilishdir. Bunday immunitet shaxs axloqida ideal darajadagi sifat va fazilatlarni shakllantirishni taqazo etadi. Xalqimiz ma’naviyatini asrash va uni yuksaltirish, ayniqsa, yosh avlodni turli zararli g‘oya va mafkuralar ta’siridan, bir so‘z bilan aytganda, ma’naviy tahdidlardan himoyalash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.

Ilmiy leksikonimizda nisbatan yangi kirib kelgan “Ma’naviy tahdid” tushunchasiga turlicha yondoshuvlar mavjud. Falsafa fanlari doktori G.Tulenovaning «O‘zbekistonda ma’naviy xavfsizlikni ta’minlash muammolari” maqolasida “mafkuraviy tahdidlar, jumladan terrorizm, aqidaparastlik va diniy ekstremizm ma’naviy tahdid”2 sifatida qaralgan. Rossiyalik tadqiqotchilarning “Rossiya ma’naviy xavfsizligi (ma’naviy xavfsizlikning dolzarb nazariymetodologik va amaliy muammolari) nomli ilmiy – metodik qo‘llanmasida ma’naviy tahdidlarga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Mazkur qo‘llanmada hozirgi vaqtda ma’naviy xavfsizlikka yеtarli darajada e’tibor qaratilmayotganligi ta’kidlangan va ma’naviy tahdidlar sifatida demografik va diniy ongga ta’sir etuvchi tahdidlar tahlil qilingan. 2 Tulenova.G «O‘zbekistonda ma’naviy xavfsizlikni ta’minlash muammolari” maqola

Yuqoridagi fikr-mulohazalardan shuni anglash mumkinki ma’naviy tahdidlar va ularga qarshi kurashishda odob-axloq masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Odob-axloq masalalarini ma’naviy qadriyatlar orqali yuksaltirish bugungi davr talabidir. O'zbekiston respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev aytganlaridek “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir. Biz yangi O'zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat.”3

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, ma’naviyatga tahdid kelajakka tahdid, demakdir. O‘zbekiston xalqi jahon taraqqiyotiga ulkan ulush qo‘shgan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Forobiy, buyuk imomlar al-Buxoriy, Moturidiy, at-Termiziy, hazrat Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburlarning avlodidir. Ular va boshqa ulug‘larimizning ma’naviy merosini butun dunyo ahli hayrat bilan o‘rganayotgan bir paytda bizning zamonaviylik, madaniyatlilik niqobi ostida turli yengil-elpi, ma’naviyatsizlikni targ‘ib etuvchi omillarga berilishimiz kechirilmas holdir. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev yoshlar tarbiyasi butun millat oldidagi ulkan mas'uliyatli vazifa ekanligini ta'kidlab: “Agar farzandimizga to'g'ri tarbiya bermasak, har kuni, har daqiqada uning yurish-turishi, kayfiyatidan ogoh bo'lib turmasak, ularni ilmu hunarga o'rgatmasak, munosib ish topib bermasak, bu omonatni boy berib qo'yishimiz hech gap emas”4, deya takidlaydilar.

Ma’naviy tahdidla avj olib borayotgan bir vaqtda ichki va tashqi tahdidlar ta'siridan yoshlarni asrab avaylash, bunday salbiy illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish, bugungi kunning dolzarb masalasi bo‘lmog‘i darkor.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари. – Тошкент: Ўзбекистон, 1999.

2. Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси – халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. – Тошкент: Ўзбекистон, 2000. 3 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev.Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishidan ma'ruzasi . 2021yil 19 yanvar 4 Shavkat Mirziyoev. Vatanimiz taqdiri va kelajagi yo'lida yanada hamjihat bo'lib, qat'iyat bilan harakat qilaylik. – T.: O'zbekiston, 2017- B 21

3. Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008.

4. Каримов И.А. Энг асосий мезон – ҳаёт ҳақиқатини акс эттириш. – Тошкент: Ўзбекистон, 2009.

5. Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси (Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қўшма мажлисидаги маъруза). –Тошкент: Ўзбекистон, 2010.

6. Аристотель. Сочинения. В 4-х томах. Т. 4. – Москва: Мысль, 1984.

7. Арслонзода Р.А Туркистонда миллий озодлик ҳаракатининг айрим методологик муаммолари / “Ўзбекистоннинг янги тарихи. Концептуал-методологик муаммолар” мавзусидаги Республика илмий-назарий анжуман материаллари. //. – Тошкент: Академия, 1998.

8. Ахмедов Г.Г. Развитие национальной авиации в условиях независимого Узбекистана: Автореф. Дисс. ... канд. Философ. Наук. -Ташкент, 2012.

9. Ачилдиев А.А. Проблема взаимодействия самосознания и национальной культуры: Автореф. Дисс. ... канд. Философ. Наук. – Tашкент, 1994.

10. Баҳронов Ж. Мустақил Ўзбекистон давлати сиёсатида шахс миллий ўзлигини англаш муаммолари: Сиёсий фанлар докт ... дисс. Автореф. – Тошкент, 1997.

11. Баҳронов Ж. Шахс миллий ўзликни англаши қонуниятлари. – Самарқанд: Зарафшон,1995.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.