ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

MARKAZIY OSIYO VA QOZOG‘ISTON SELEKTSIYASIGA MANSUB YUMSHOQ BUG’DOY NAVLARINIG SIFATI.

Аннотация

Ushbu maqolada Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitida yumshoq bug‘doyning Markaziy Osiyo va Qozog‘iston selektsiyasiga mansub Durdona, Vostorg, Starshina, Kamol, Sila, Ayvina, Nikifor//Kroshka, Adyr, Kasiet, Vlada kabi navlarining sifat ko‘rsatkichlaridan umumiy oqsil miqdori bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

UDK: 633.111.1

YUMSHOQ BUG’DOY NAVLARINIG SIFATI.

Z. B. Alloberganova., M. F. Sultonov.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.

Annotatsiya. Ushbu maqolada Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitida yumshoq bug‘doyning Markaziy Osiyo va Qozog‘iston selektsiyasiga mansub Durdona, Vostorg, Starshina, Kamol, Sila, Ayvina, Nikifor//Kroshka, Adyr, Kasiet, Vlada kabi navlarining sifat ko‘rsatkichlaridan umumiy oqsil miqdori bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan.

Kalit so‘zlar: селекция, белок, клейковина, показатели качества, урожайность, лаборатория, сорта пшеницы

Аннотация. В статье представлены результаты исследования, проведенного в почвенно-климатических условиях Хорезмской области, по изучению качественных показателей сортов мягкой пшеницы среднеазиатской и казахской селекции, таких как Дурдона, Восторг, Старшина, Камол, Сила, Айвина, Никифор//Крошка, Адыр, Касиет, Влада и других.

Ключевые слова: селекция, белок, клейковина, показатели качества, урожайность, лаборатория, сорта пшеницы

Annotation. This article presents the results of a study conducted in the soilclimatic conditions of the Khorezm region on the quality indicators of soft wheat varieties of Central Asian and Kazakh selection, such as Durdona, Vostorg, Starshina, Kamol, Sila, Ayvina, Nikifor//Kroshka, Adyr, Kasiet, Vlada, and other varieties.

Keywords: breeding, protein, gluten, quality indicators, yield, laboratory, wheat varieties.

Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘lari tarkibidagi oqsil miqdorini ko‘paytirish bugungi kundagi eng dolzrab masalalardan biri hisoblanadi.

So‘ngi yillarda dunyo mamlakatlari aholisining ko‘pchilik qismi oziq-ovqat tarkibida oqsil yetishmasligi sharoitida hayot kechirmoqda. Hozirda genetik olimlar va selektsionerlar asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘lari tarkibidagi oqsil miqdorini ko‘paytirishni selektsiya yordamida yechishga xarakat qilishmoqda.

Urug‘larda oqsil biosintezi va to‘planishi bug‘doy o‘simligida yaxshi va to‘la o‘rganilgan. Bug‘doyning sifatini aniqlaydigan muhim belgilardan biri bu undagi oqsil miqdoridir. Oqsil miqdorining ko‘p yoki kam bo‘lishiga navning biologik xususiyati, yetishtirish uslubi va iqlim sharoitlari ta‘sir etadi [2,4,5].

Bug‘doy donini sifatini ko‘rsatuvchi asosiy sifat ko‘rsatkichlardan biri uning tarkibidagi umumiy oqsil va xo‘l kleykovina miqdori hamda IDK ko‘rsatkichi bo‘lib, u donning oziq qimmatliligi va texnologik xossalarini belgilaydi. Don tarkibidagi oqsil faqat donning sifatini emas, balki uning qayta ishlash mahsulotlari va texnologik xususiyatlariga ham ta‘sir ko‘rsatadi. Juda ko‘p sifat ko‘rsatkichlari don tarkibidagi kleykovina miqdori, uning non yopish xususiyatlari don tarkibidagi oqsil miqdoriga bog‘liq bo‘ladi [1,6].

Tadqiqotlardan ma‘lumki bug‘doy donidagi oqsil miqdori va uning sifati nav xususiyatlariga, tuproq iqlim sharoitiga, o‘g‘itlashga, o‘simlikni kasallik va zararkunandalar bilan zararlanishiga hamda boshqa omillarga bog‘liq holda keskin farqlanishi mumkin.

Xorazm viloyati hududi O‘zbekiston Respublikasining eng shimoliy mintaqasi hisoblanib, yerlari sho‘rlangan, qishloq xo‘jalik ekinlaridan rejalashtirilgan hosilni olishda ko‘p mehnat va xarajat sarf bo‘ladigan mintaqalardandir. Xorazm va Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitlarida shu mintaqaga mos, ertapishar, serhosil va yuqori sifatli don beradigan bug‘doy navlarni tanlash, ekishga tavsiya berish muhim ahamiyat kasb etadi. SHundan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligida ekinlardan mo‘l hosil olishning istiqbolli texnologiyalarini yaratish va joriy etish orqali hosildorlikni oshirish, jumladan yumshoq bug‘doyni Xorazm tuproq-iqlim sharoitiga mos yangi navlarini tanlash va yetishtirish agrotexnikasini ishlab chiqish, shu orqali respublika iqtisodiyotida qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ulushini ko‘paytirish va aholini bug‘doy unidan tayyorlanadigan mahsulotlarga bo‘lgan talabini qondirish mumkin.

SHulardan kelib chiqqan holda Xorazm viloyati hududida yumshoq bug‘doyning Markaziy Osiyo va Qozog‘iston selektsiyasiga mansub navlarni sifat ko‘rsatkichlaridan oqsil miqdori o‘rganilib tahlil qilindi [3,7,8].

Tadqiqot materiallari va uslubi. Tadqiqotlar PSU va YeAITI Xorazm viloyati filiali tajriba dalalarida olib borildi. Bunda yumshoq bug‘doyning Markaziy Osiyo va Qozog‘iston selektsiyasiga mansub Durdona, Vostorg, Starshina, Kamol, Sila, Ayvina, Nikifor//Kroshka, Adyr, Kasiet, Vlada kabi navlaridan foydalanildi. Navlarning umumiy oqsil miqdori Xorazm Ma‘mun Akademiyasi biokimyoviy laboratoriyasida Keldal usuli bo‘yicha amaldagi biokimyoviy analizatorlar yordamida uslubiy ko‘rsatmalarga asosan olib borildi.

Tahlil va natijalar. Tadqiqotlqr davomida o‘rganilgan bug‘doy navlari o‘zining genotipik xususiyatlari va muhit sharoitlariga nisbatan yaqqol reaksiyasini namoyon qilganligi kuzatildi (1-rasm).

1-rasm. Bug‘doy navlari bo‘yicha umumiy oqsil miqdori (%).

Olib borilgan tahlil natijalariga ko‘ra yumshoq bug‘doyning Markaziy Osiyo va Qozog‘iston selektsiyasiga mansub navlaridan Kamol (15,33 %) va Adyr (15,19 %) navlari tarkibidagi oqsil miqdori yuqori ekanligini bilan boshqa o’rganilayotgan navlardan ajralib turgan bo‘lsa, ayni vaqtda Ayvina (14,93), Sila (14,87), Kasiet (14,81), Starshina (14,78), Durdona (14,76) va Nikifor//Kroshka (14,61) nisbatan past ko‘rsatkicha ega ekanligi bilan alohidalandi.

O’rganishlarda ishtirok etayotgan Vostorg (14,10 %) va Vlada (14,10 %) navlari esa tarkibidagi oqsilning miqdori bo‘yicha eng past ko‘rsatkichga ega ekanligi aniqlandi.

Xulosa. Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida biokimyoviy sifati bo‘yicha yuqori natijalarga ega navlardan kelgusida seleksiya ishlarida foydalanish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1. Karimov T. Oziq-ovqat xavfsizligida bug‘doy mahsulotlarining ahamiyati. Agrar ilm. 2017. 4/12. 78-84-betlar. 2. Конарев В.Г. Белки пшеницы. М.Колос 1980, С.351. 3. Mirzayev A.X. Qishloq xo‘jaligi ekinlari biokimyosi. Samarqand. SamISI nashriyoti 2021. 16-bet. 4. Минеев В., Павлов А.Н. Агрохимические основы повышения качества зерна пшеницы. М.Колос 1981, С.288. 5. Павлов А.Н. Накопление белка в зерне пшеницы и кукурузы. М. Колос 1967. 339 С. 6. Sharipova G.G., Axmedov S. M va boshqalar. Bug‘doy navlarining oziq-ovqat sifat ko‘rsatkichlari. Toshkent. Fan. 2019. 49-bet. 7. Shamsiyev I. G‘alla yetishtirishda agroekologik omillarning ta’siri. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi jurnali. 2022. 2/45. 56-62-betlar. 8. FAO. Wheat quality and nutritional traits: Global approaches. Food and Agriculture Organization. Rome. 2020. 62-page.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.