ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

MАTEMАTIKА FANINI MODULLI OʼQITISH TEXNOLOGIYASI

Аннотация

Matematika oʼqituvchilarining ilmiy metodik tayyorgarligida pedagogik texnologiyalarga oid nazariy bilimlarning muhimligi tahlili haqida ma’lumot berilgan.  Matematika fanini o’rganishning talabalar uchun qanchalar muhimligi, talabalarning teran fikrlashida fanning ahamiyati ko’rsatilgan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

MАTEMАTIKА FANINI MODULLI OʼQITISH TEXNOLOGIYASI

Farg'ona viloyati Dang'ara ko'p tarmoqli texnikumi o'qituvchisi

Maxkamova Shalolaxon Yusufjonovna

Аnnotatsiya: Matematika oʼqituvchilarining ilmiy metodik tayyorgarligida pedagogik texnologiyalarga oid nazariy bilimlarning muhimligi tahlili haqida ma’lumot berilgan. Matematika fanini o’rganishning talabalar uchun qanchalar muhimligi, talabalarning teran fikrlashida fanning ahamiyati ko’rsatilgan.

Kalit soʼzlar. Ilmiy metodik tayyorgarlik, matematika taʼlimi, ta’lim jarayoni, texnologiya.

Ayrim texnikaviy-nazariy fanlar o‘zining amaliyoti hisobiga to‘ldirib boriladi, shu bilan birga amaliy tadbiqni kengaytirib, yangi-yangi yo‘nalishlarni yuzaga keltiradi. Shuning uchun ham, matematika o‘qitish jarayonida nazariya bilan amaliyotning o‘zaro bog’lanishi, o‘quvchilarda mantiqiy tafakkurning rivojlanishi va fazoviy tasavvurni, fikrlashning kengayishi, olgan bilimlarga yangi sharoitni tadbiq qilishni, real hodisalarda qatnashayotgan komponentlar, parametrlarni inobatga olib modellashtirishlarni amalga oshirishda yordam berishning o‘zi o‘quvchilarning har bir fikr yoki matematik jarayonga ijodiy yondashishlariga, ayniqsa, izchillik asosida matematik ko‘nikma va malakaning dars yoki o‘tkaziladigan har bir mashg’ulotlarda shakllanishi, rivojlanishi uchun juda muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd qilish mumkin. Shuning uchun har bir darsni metodik jihatdan to‘g’ri tashkil etilishi o‘quvchilarda matematik bilim, ko‘nikma va malakaning rivojlanishida didaktik tamoyillar bilan metodlarni izchil yo’naltirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Matematika fanini o‘qitishda uni fanlararo aloqadorlik funksiyasiga suyangan holda amalga oshirilishi bevosita bilimlarni qayta tartibga keltirish, tushunchalar orasidagi izchillikni ta’minlash va faollashtirish qismi uchun o‘ziga xos ahamiyatga ega. Dars jarayonida o‘quvchilarni hayotiy tajriba asosida nazariya bilan amaliyotni bog’lab, maqsadga yo‘naltirishning faol usullari tadbiq etiladi. Ta’kidlash kerakki, maktab matematika kursidan farqli o’laroq matematika kursi har doim ham yaqqol ko‘rinmasada, umumta’lim va maxsus predmetlarni ongli ravishda o‘zlashtirishni ta’minlovchi tadbiqiy yo‘nalishga ega. Matematika bo‘yicha yangi dasturlarda matematika kursining tadbiqiy mazmuniga, amaliy masalalarni yechishga tadbiq qilishni amalga oshirishning boshlang’ich ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Matematika o‘qitishning masalalaridan biri – o‘quvchilarni ishlab chiqarish jarayonida fikrni jamlashga o‘rgatish jarayonlarning ayrim tomonlarini funksional bog‘liqlikda ko‘ra olish, agar iloji bo‘lsa, ular orasidagi miqdoriy munosabatlarni ochib berish.

Аristotel oʼz vaqtida aytganidek, har doim va har joyda ezgulikka erishish ikki shartning bajarilishiga:

1. Har qanday faoliyat yakunidagi maqsadni toʼgʼri belgilash:

2. Pirovard maqsadga erishish, chora-tadbirlarni izlab topishga bogʼliqdir.

Ilmiy tilda buni faoliyatning metodologik asosini aniqlash va maqsadga etishish usul va uslublarni toʼgʼri belgilash deyiladi.

Murakkab texnika bilan ishlay oladigan, ishlab chiqarish jarayonining mohiyatini toʼlaqonli anglash imkoniyatiga ega, favqulodda roʼy beruvchi vazifalarda ham yuzaga kelgan muammolarni ijobiy hal eta oluvchi malakali mutaxasisni tayyorlashga boʼlgan ijtimoiy ehtiyoj ta’lim jarayonini texnologik yondoshuv asosida tashkil etishni taqozo etmoqda.

Аyni vaqtda Respublika ijtimoiy hayotiga shiddatli tezlikda axborotlar oqimi kirib kelmoqda va keng koʼlamni qamrab olmoqda. Аxborotlarni tezkor surʼatda qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalash hamda oʼquvchiga yetkaza berishni yoʼlga qoʼyish taʼlim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Pedagogik texnologiyalarning matematika taʼlimi jarayoniga jadal kirib kelishi, matematika oʼqituvchilarining ilmiy metodik tayyorgarligida pedagogik texnologiyalarga oid nazariy bilimlarning muhimligini taqozo etmoqda.

Pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi uning maqsadlari hamda tashkiliy shakl va usullarini falsafiy jihatdan toʼgʼri yoʼnalishda boʼlishini taʼminlashga xizmat qiladi.

Pedagogik texnologiyaning pedagogik asosi. Zamonaviy pedagogika fanining ilmiy xulosalaridan kelib chiqadi. Bunda pedagogik texnologiyaning umumiy tarkibiy tuzilmasi, mazmuni, shakli, usullari, vositalari, pedagogik jarayonninng tashkil qilinishi, olib borilishi, uning diagnostikasi, monitoringi, oʼquv-mavzu rejalar va shu kabilarning ilmiy jihatdan toʼgʼri boʼlishi taʼminlanadi.

Taʼlim psixologiyasi va matematika taʼlimi muammolariga bagʼishlangan koʼplab, ishlarda matematika oʼqituvchisining kasbiy bilimlari masalasi tadqiqot obʼyektiga aylanmoqda. Oʼquv rejalari va taʼlim metodlaridagi innovatsiyalar muvaffaqiyati oʼqituvchi tomonidan ularni inobatga olish va qoʼllashiga bogʼliq (Shteyner,1987). Oʼqituvchilar oʼquvchilar bilan dars davomida muhokama etadigan bilimlardan koʼra, koʼproq bilimlarga ega boʼlishlari lozim.

Taʼlim psixologiyasining oxirgi yillardagi tadqiqotlari oʼqituvchilarni ekspertlar sifatida oʼrganishga bagʼishlanmoqda. Bunday yondashuv maʼlum faoliyat sohasida kasbiy bilimlar va kasbiy faoliyat orasidagi bogʼlanishlarni oʼrganadi.

Oʼquvchilar matematik tafakkurini rivojlantirish uchun, avvalo tafakkur metodlari yordamida ularning matematik tafakkuri darajasini aniqlash zarur.

Oʼquvchining uy vazifasini bajarish va mustaqil bilim olish, qoʼyilgan muammoni paydo boʼlishi, uni hal qilish imkoniyatlari toʼgʼrisida oʼylash masala yoki topshiriqni yechishga kirishish, yechish variantlari, yoʼllari va usullarini tanlash, yechish davomida vaqti-vaqti bilan ichki nutqning tashqi nutqqa koʼchib turishi, psixofiziologik xatti-harakatlarning namoyon boʼlish jarayonini kuzatish orqali uning aqliy faoliyatiga baho beriladi.

Oʼquvchi bilan maʼlum bir muammoni hal qilish maqsad qilib olingan suhbat qurish orqali uning matematik tafakkuri, aql-zakovati, mulohaza yuritish uslubi aniqlanadi. Suhbat yordamida oʼz-oʼzini nazorat qilish, oʼz-oʼzini baholash, tafakkurning tanqidiyligi, mahsuldorligi, teranligi kabi fikr yuritish xususiyatlarini oʼrganish mumkin.

Oʼquvchilar tomonidan tayyorlangan koʼrgazmali qurollar, chizmalar, yozilgan yozma ishlar, ishlangan misol va masalalarni tahlil qilish orqali oʼquvchining ijodkorligi, topqirligi, idroki, fikr yuritish doirasi haqida xulosalar chiqariladi.

Bu matematik ilmiy bilimlarning ilmiy sohadan turli muayyan ijtimoiy sharoitda, jumladan maktab taʼlimi uchun muhim hisoblanadigan, chuqur oʼylangan (oʼqitiladigan bilimlar) hamda talabalar ongi va qalbida aks etuvchi (oʼrgatilgan bilimlar)ga muqarrar koʼchishini ifodalaydi.

Bunday tor maʼnoda elementarlashtirish har bir mavzuni yoki mavzuning muhim qaysidir bir jihatlarini yoki shu mavzuning oʼzini taʼlim oluvchilar turli guruhlariga oʼqitayotgan har bir oʼqituvchi, darslikning har bir muallifidan tortib matematikani oʼqitishning avvaldan mavjud anʼanalari qatorida matematik mazmun yoki uning asosiy gʼoyalarini soddalashtirilgan holda taqdim etishga harakat qilish odati mavjud.

Moʼljallangan oʼquvchilar uchun mavzu oson, yengil koʼrinishda, yaʼni avvaldan egallangan bilimlar bilan bogʼlanishlar asosida tushunarli, matematik tafakkur kabi matematikaning ahamiyatini tushungan holda muhim muammolarni yechish orqali qandaydir umumiy maqsadlarga olib keluvchi yoʼl sifatida taqdim etilishi kerak.

Muvaffaqiyatli oʼqituvchi yoki darslik muallifi ilmiy tavsiflanmagan boʼlsada, elementarlashtirish texnologiyasini va texnologiyadan matematika taʼlimida foydalanish imkoniyatlarini ishlab chiqishi kerak. Bu jarayon texnologiya sifatida soddalik, nafosat va aniqlik elementlarini oʼz ichiga oladi. Ilmiy soha sifatida matematika didaktikasida bu texnologiya, bundan tashqari matematik bilimlarni maktab va taʼlim maqsadlariga mos qayta ishlashni tashkil etish bayon etilgan va metodologik ifodalangan. Didaktik tamoyillar yoki muayyan amallar va jarayonlar asosida bu texnologiya metodik takomillashadi, bu jarayonda tizimlilik ila boshqa fanlar bilan bogʼliqda butun jarayonning yashiringan kamchiliklarini muqarrar aniqlash imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Ochilov M., Ochilova N. Oliy maktab pedagogikasi. – T.:2007.- 300 b.

2. Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. - T., Moliya, 2003.- 172 b.

3. Akbarova, N., & Azamatov, Z. (2023). Deformation measurement by digital holographic interferometry. In E3S Web of Conferences (Vol. 434, p. 01039). EDP Sciences.

4. Dilafruz, Y., Odina, N., & Otabek, K. (2023). EFFECT OF THE FUNGUS

STIGMINA CARPOPHILA (LEV) ON ALMOND FRUIT WEIGHT. American

Journal of Technology and Applied Sciences, 16, 1-3.

5. M.Z. Kuvatova,Sh.A.Turdiyeva,R.R. Kochkarova. (2023). USE OF

VENN DIAGRAM AND NETWORK METHOD IN TEACHING THE TOPIC OF

"IMPORTANT CLASSES OF INORGANIC COMPOUNDS" TEACHING

METHODOLOGY IMPROVEMENT. International Multidisciplinary Journal for Research & Development, 10(10). Retrieved from

6. Xolmanova, Z. (2020). Kompyuter lingvistikasi. Nodirabegim:.-Toshkent, 247.

7. Yuldashev Sanjarbek Arslon o‘g‘li. (2023). The Solution of Economic Tasks with the Help of Probability Theory. Texas Journal of Engineering and Technology, 26, 26–29. Retrieved from

8. Аскарова, Р., & Джуманиязова, З. (2023). Распространённость туберкулёза среди детского и подросткового населения Хорезмской области в современных условиях . in Library, 17(4). извлечено от

9. Джуманиязова, З. Ф. (1996). Агрегационная активность тромбоцитов и гемодинамика при гломерулонефритах.

10. УЗБЕКИСТАН, О. Р. республиканской научной конференции с участием зарубежных ученых Современные методы математической физики и их приложения 17-18 ноября 2020 г.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.