ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

MATN VA PUNKTUATSİYA

Аннотация

Ushbu maqolada matn va punktuatsiya haqida atroflicha maʼlumot berishga harakat qilamiz. Matn va uning xususiyatlari, matn ustida hozirgi kunda olib borilayotgan tadqiqotlar haqida va shu bilan birga, punktuatsiya mavzusiga urgʻu berib oʻtamiz.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

MATN VA PUNKTUATSİYA

Fayziyeva Dilnoza Xidirovna

Samarqand shahar 80- maktab ona tili va adabiyot fanlari o‘qituvchisi

Annatotsiya: Ushbu maqolada matn va punktuatsiya haqida atroflicha maʼlumot berishga harakat qilamiz. Matn va uning xususiyatlari, matn ustida hozirgi kunda olib borilayotgan tadqiqotlar haqida va shu bilan birga, punktuatsiya mavzusiga urgʻu berib oʻtamiz.

Kalit soʻzlar: punktuatsiya, matn, tinish belgilar, sintaktik birlik, ma’no, mazmun, oʻzbek tilshunosligi.

Abstract: In this article, we will try to provide detailed information about text and punctuation. We will talk about the text and its features, the current research on the text, and at the same time, we will emphasize the topic of punctuation.

Key words: punctuation, text, punctuation, syntactic unity, meaning, content, Uzbek linguistics.

Hozirgi kunda tilga berilayotgan eʼtibor har doimgidan kuchliroq, chunki tilimiz kundan kunga yangilanyapti, yangidan-yangi qoidalar, terminlar kirib kelmoqda. Biz ushbu maqolada hozirgi eng koʻp muhokamalarga sabab boʻlayotgan matn va punktuatsiya mavzusini tanladik. Demak, avval ular oʻzi nima ekanligi, ularning oʻziga xos xususiyatlari, yoinki ularni qoʻllashda qoʻyiladigan xatoliklar haqida fikr yuritamiz.

“Matn” atamasi ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida “Matn” so‘zining arabchadan o‘zlashganligi, eskirgan kitobiy so‘z ekanligi va aynan tekst so‘zi anglatgan ma’noga tengligiga ishora qilinadi. Izohli lug‘atning 156-betida tekst so‘ziga quyidagicha ta’rif beriladi: yozilgan, ko‘chirilgan yoki bosilgan ijodiy, ilmiy asar, nutq, hujjat va shu kabilar yoki ularning bir parchasi; matn. Bu ta’rifda matnning asosiy хususiyatlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan. Faqat aхborotkommunikatsiya vositalarining taraqqiy etishi natijasida matn (tekst) so‘zi anglatadigan ma’no yanada ortganligini ko‘rishimiz mumkin. Hozirgi kunda matnga e’tibor ancha kuchaygan. Hozirgi kunda maktab darsliklariga ham qoidadanda koʻra koʻproq matn kiritilayotgani bejizga emas, albatta. Chunki matn fikrlashni oʻstiradigan eng yaxshi vositalardan biri hisoblanadi. Hamma jumla ham matn boʻla oladimi, degan savol tugʻiladi. Yoʻq, har bir jumla ham matn boʻla olmaydi, uning oʻziga xos xususiyatlari va talablari mavjud. I.R.Galperin, frazadan katta butunlikning tarkibiy qismi bo‘lgan gap bir paytning o‘zida yaхlit matnning ham tarkibiy qismi bo‘la olmasligini aytadi. Darhaqiqat, har qanday jumlalar yigʻindisi ham matn boʻla olmaydi. Matnga qoʻyilgan sarlavha asosida, matndagi jumlalar mazmun jihatdan oʻzaro birikishi zarur. Agar unda bunday xususiyat boʻlmasa, Galperin aytganidek, uni matn deya olmaymiz. Matnning qamrovi ancha keng, shuning uchun ham u eng katta sintaktik birlik hisoblanadi. Ma’no qamroviga koʻra bitta soʻz matn boʻla oladimi, ya’ni atov soʻzlar matn boʻlib keladi oladimi, degan savol paydo boʻladi. Chunki, uniyam ma’no qamrovi keng. Oddiygina, bahor deganimizda koʻz oldimizda judayam koʻp narsa gavdalandi. Lekin, u matn boʻla olmaydi, chunki matnga qoʻyilgan talablarga atov soʻzlar javob bera olmaydi. Unda abzast yoʻq, jumlalar yoʻq, demak u matn emas. Matn tarkibidagi uzvlarning o‘zaro munosabati gapdagi so‘zlarning bir-biri bilan bo‘lgan munosabatiga o‘хshaydi. Matnda so‘zlar orasidagi munosabatdan ko‘ra gaplar o‘rtasidagi aloqadorlik muhim hisoblanadi. Agar gaplararo ham mazmunan, ham shaklan aloqadorlik mavjud bo‘lmasa, matn butunligi haqida ham gapirish mumkin emas.

Matnning oʻrganilishi qay tartibda kechganligi haqida ham toʻxtalib oʻtamiz. Demak, tilshunoslikda o‘tgan asrning 70-yillaridan boshlab matn lingvistikasi yo‘nalishi tez sur’atlarda rivojlana boshladi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida matn lingvistikasi bo‘yicha davriy nashrlar, ilmiy maqolalar to‘plami, monografiya, o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar nashr qilindi. Rus tilshunosligida matn lingvistikasining shakllanishi va rivojlanishida I.R.Galperin, K.Kojevnikova, E.A.Referovskaya, G.Ya.Solganik, V.G.Gak, M.V.Lyapon, O.I.Maskalskaya, A.A.Metsler, O.L.Kamenskaya kabi olimlarning хizmati katta bo‘ldi. O‘zbek tilshunosligiga matn nazariyasining olib kirilishi va yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilishida N.M.Turniyozov, B.Yo‘ldoshev, A.Mamajonov, E.Qilichev, M.Hakimov, M.Yo‘ldoshev, S.Boymirzayevaning tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etdi. Shu tariqa o‘zbek tilshunosligida ham matn har tomonlama turli aspektlarda tadqiq qilindi va bu boradagi tadqiqotlar davom etmoqda. O‘zbek til ilmida birinchilardan bo‘lib akademik G‘.Abdurahmonov matn nazariyasi, mohiyati va yechimlari haqida o‘z fikrlarini bildirgan, bir qator matn turlarini ajratib ko‘rsatgan. Matnning oʻrganilishi bu bilan toʻxtab qolmagan, hozirda ham bu kabi tadqiqotlar davom etib kelmoqda.

Endi maqolamizning ikkinchi mavzusi punktuatsiya haqida ma’lumot berishga harakat qilamiz. Punktuatsiya (lot. Punctum — nuqta; kichkina dogʻ) —

• alifbodan tashqari boʻlgan grafik belgilar (tinish belgilari) tizimi boʻlib, grafika va orfografiya (imlo) bilan birgalikda yozma tilning asosiy vositalarini tashkil etadi. Punktuatsiyaning asosiy vazifasi yozma (bosma) matnni qismlarga ajra-tish, grafik jihatdan shakllantirishdir;

• yozma matnni punktuatsion rasmiylashtirishni tartibga soluvchi, har bir til uchun tarixan shakllangan qoidalar, meʼyorlar;

• punktuatsiya tizimi qonuniyatlarini, shuningdek, tinish belgilarining qoʻllanish meʼyorlarini oʻrganadigan tilshunoslik boʻlimi.

Tinish belgilarining asosiy vazifasi nutqning mazmuniy bo‘linishini ko‘rsatish, shuningdek, uning sintaktik tuzilishi va intonatsion jihatini aniqlashga yordam berishdir. Hozirgi o‘zbek yozuvida tinish belgilari soni 10 ta: nuqta, so‘roq belgisi, undov belgisi, vergul, qavs, tire, ko‘p nuqta, nuqtali vergul, qavs, qo‘shtirnoq. Ularning aksariyati 19-asrning 2-yarmida ayrim gaz va toshbosma kitoblarning nashr etilishi bilan paydo bo‘lgan.

Punktuatsiya tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez tushunilishini ta’minlashda benihoya zaruriy vositadir. Ular yozuvchiga yozma nutqni tuzishga imkon beradigan alomatlar yoki grafik belgilar bo’lib, o’quvchiga matnning burilishlarini, ya’ni intonatsiya rejimini va uni tushunishni osonlashtiradigan zarur pauzalarni aniqlashga imkon beradi. Tinish belgilari yozma tilda muhim rol o’ynaydi, chunki ularni to’g’ri ishlatish matn mazmunini izchil va aniq tushunishga imkon beradi.Tinish belgilarining maqsadi o’quvchiga yozilgan narsaning ma’nosini to’g’ri tushunishni ta’minlashdir. Tinish belgilarining asosini nutqning semantik artikulyatsiyasi tashkil etadi. Ko’pincha semantik bo’linish uning grammatik bo’linishiga, og’zaki nutqda esa intonatsion bo’linishga mos keladi; boshqacha aytganda, semantik artikulyatsiya grammatik va intonatsion jihatdan ifodalanadi. Bunda tinish belgilari uchun semantik, grammatik va intonatsiya asoslarining mos kelishi yoki tinish belgilarining strukturaviy-semantik asoslari haqida gapirish mumkin. Tinish belgilarida ulardan to’g’ri foydalanish uchun belgilangan umumiy qoidalar mavjud. Shu bilan birga, har bir inson uchun alomatlardan alohida foydalanish mumkin, lekin har doim amalga oshirilgan umumiy qoidalarni hisobga olgan holda.

Tinish belgilari yordamida matnlar tuzilgan, g’oyalarni tartibda va asosiy va ikkinchi darajali tartibda joylashtirilgan, bu o’quvchiga mazmunini yaxshiroq talqin qilish, tahlil qilish va tushunish imkonini beradi.Shunday qilib, ko’rib chiqilgan barcha holatlarda tinish belgilarining asosi aynan nutqning semantik bo’linishi bo’lib, ular grammatik va intonatsiya bo’linmalariga mos kelishi mumkin, lekin ulardan biri bilan mos kelmasligi va hatto unga zid bo’lishi mumkin.Bir elementli tinish belgilari tarkibi jihatidan qismlarga ajralmaydi. Ular shartli bir belgidan (bir grafik shakldan) iborat bo‘ladi. Ularni o‘z mohiyatiga ko‘ra sodda tinish belgilari deb yuritiladi.

Ko‘p elementli tinish belgilari birdan ortiq tinish belgilarining birikuvidan tashkil topadi. Bularni qo‘shma yoki tarkibli tinish belgilari deyiladi.Tinish belgilarini toʻgʻri qoʻllay bilmaslik, judayam katta muammolarga olib kelishi, kulgili holatlarga solib qoʻyishi mumkin. Chunki, birgina vergulning oʻrnini almashtirish bilan butunlay ma’no oʻzgarish ketishi mumkin. Masalan:

Siz ahmoq odam emassiz.

Siz ahmoq, odam emassiz.

Bu kabi xatolar barchadan e’tiborliroq boʻlishimizni, tilimiz sinoatlarni yaxshiroq bilishimizni talab qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. N.Mahmudov A.Madvaliyev N.Mahkamov O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari. -Toshkent-2015

2. S.Muhamedova, M.Saparniyazova Matn lingvistikasi. -Toshkent-2011

3. Yo‘ldоshev B. Matnni o‘rganishning lingvоstatistik metоdlari. - Samarqand-2008.

4. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 1981-yil

5. Shadiev R., Shadiev N., Fayziev M. Exploring influence of cultural constructs and social network on cross-cultural learning //Innovative Technologies and Learning: First International Conference, ICITL 2018, Portoroz, Slovenia, August 27– 30, 2018, Proceedings 1. – Springer International Publishing, 2018. – С. 345-350.

6. Shadiev R. et al. Exploring Affordances and Student Perceptions of MALL in Familiar Environments //Innovative Technologies and Learning: 4th International Conference, ICITL 2021, Virtual Event, November 29–December 1, 2021, Proceedings 4. – Springer International Publishing, 2021. – С. 397-412.

7. Lutfillaev M. X., Fayziev M. A., Lutfullaeva F. Pedagogical bases of use of multimedia electronic educational literature in educational process //New pedagogical and information technologies in continuing education. Samarkand. – 2003.

8. Shadiev R. et al. Comparing effects of STR versus SELT on cognitive load //2019 Twelfth International Conference on Ubi-Media Computing (Ubi-Media). –

IEEE, 2019. – С. 284-287.

9. Shadiev R. et al. Impact of Speech-Enabled Language Translation Application on Perceived Learning Emotions in Lectures in English as a Medium of Instruction //Innovative Technologies and Learning: Second International Conference, ICITL 2019, Tromsø, Norway, December 2–5, 2019, Proceedings 2. – Springer International Publishing, 2019. – С. 809-814.

10. Файзиев М. А. Талабаларнинг билим ва кўникмаларини компьютер имитацион модели асосида шакллантириш методикаси («Информатика ва ахборот технологиялари» фани мисолида) //П. ф. н. дисс. Самарқанд. – 2008.

11. Lutfullaev M. H., Fayziev M. A. Basics of the Internet. – 2001.

12. Fayziev M. A. Methods of formation of knowledge and skills of students on the basis of computer simulation model (on the example of the subject" Computer Science and Information Technology"): Dis.… Kand. ped. science //Tashkent: TDPU. – 2008.

13. Shadiev R. et al. Correction to: Familiarization Strategies to Facilitate Mobile-Assisted Language Learning in Unfamiliar Learning Environments: A Study of Strategies Development and Their Validation //Innovative Technologies and Learning: 5th International Conference, ICITL 2022, Virtual Event, August 29–31, 2022, Proceedings. – Cham: Springer International Publishing, 2022. – С. C1-C1.

14. Shadiev R. et al. Familiarization Strategies to Facilitate Mobile-Assisted Language Learning in Unfamiliar Learning Environments: A Study of Strategies Development and Their Validation //Innovative Technologies and Learning: 5th International Conference, ICITL 2022, Virtual Event, August 29–31, 2022, Proceedings. – Cham: Springer International Publishing, 2022. – С. 213-217.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.