RIVOJLANTIRISH ORQALI KASBIY TARBIYANI TAKOMILLASHTIRISH
(1-4-sinflar misolida)
Odinaboboyev Fazliddin Bahriddin o‘g‘li
Denov tadbirkorlik va pedagogika institute tayanch doktoranti,
@mail: odinaboboyevf@gmail.com
telefon: +998 (99) 376-62-56
Annotatsiya: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy hunarmandchilikga oid bilim, ko’nikma va malakalariga oid qiziqarli vazamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida kasbiy tarbiyani takomillashitirshning samarali shakl va usullarini aniqlashdan borasidagi tadqiqotlar yoritilgan.
Kalit so‘zlar: Boshlang‘ich sinf, milliy hunarmandchilik, texnologiya, rivojlanish,mazmun,mohiyat, shakl, metod, vositalar, dars, ,sinfdan tashqari mashg‘ulotlar
“Kim hunarni desa, u dono bo‘lur,
nodonlar qudrat deb boylikni bilur”
Abdurahmon Jomiy
Jahonda ta’lim va madaniyatlarning integrallashuvi, “gibrid madaniyat”, “ommaviy madaniyat”, individualizm hodisasi milliy ta’lim modelini takomillashtirish, o‘quvchi-yoshlarni milliy an’analar ruhida tarbiyalashni dolzarb ilmiy-pedagogik muammoga aylantirmoqda. Ushbu muammo yechimi milliy tuyg‘u va g‘ururni shakllantirishga xizmat qiluvchi xalq hunarmanchiligi vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning kasbiy tarbiya, ijodkorlik va kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning progressiv milliy ta’lim-tarbiya, usul va vositalarini, o‘qitishning innovasion texnologiyalarni joriy etish ehtiyoji va zaruratini kuchaytirmoqda.
Jahon ta’lim muassasalarida innovasion yondashuvlar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda texnologik kompetensiyalarni shakllantirishning kreativ- modulli texnologiyalari ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan. YUNESKOning “Barcha uchun ilmiy va texnologik savodxonlik” Xalqaro loyihasi doirasida ta’limning global vazifalarini amalga oshirish, texnologik dunyoqarash, texnologik savodxonlik, texnologik kompetentlikni shakllantirish, innovasion yondashuvlarni amaliyotga samarali tatbiq etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Madaniy-ma’naviy qadriyatlarni saqlash, xalq amaliy san’ati, milliy hunarmandchilik an’analarini qayta tiklash va ularning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ta’lim-tarbiya ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz umumta’lim maktablarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishda yanada yuqori natijalarga erishish uchun o‘quvchilarga xalq hunarmanchiligining zamonaviy shakllari va yo‘nalishlarini o‘rgatish metodini innovasion texnologiyalar asosida takomillashtirish va mazmunan zamonaviylashtirish, ayniqsa, o‘qitishning interfaol metodlari va didaktik vositalari, kompyuter grafikasi va pedagogik dasturiy vositalarni qo‘llash borasida keng qamrovli, maqsadli ishlar amalga oshirildi. Hozirgi zamon ta’lim-tarbiya sohasidagi strategik vazifalarning muhim yo‘nalishlarini belgilash uchun imkoniyatlar yaratildi. “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llabquvvatlash chora- tadbirlari to‘g‘risida”1 gi farmonda o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy barkamol shaxs bo‘lib yetishishida, ularda milliy ruh va iftixor hissini uyg‘otishda xalq hunarmandchiligi va ustoz-shogirdlik maktablarining ustuvor ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. O‘zbekiston Respublikasi 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi” 1059-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017-yil 17-noyabrdagi «Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5242-son, 2019- yil 29-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF- 5712-sonli, 2020-yil 6- noyabrdagi «O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6108-son Farmonlari, 2019- yil 28-noyabrdagi «Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4539-son, 2020-yil 6-noyabrdagi «Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4884-son qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi. 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi «Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5242-son farmoni. manba:www.lex.uz
Kasb-hunar egallashning muhimligi, hunarmandchilikning turli sohalari va xalq amaliy bezak san’ati turlari bo‘yicha mamlakatimiz va xorijiy davlatlar olimlari keng qamrovli ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar. Tadqiqot muammosi sohasida vatanimiz olimlaridan A.I.Vorobyev, I.T.Choriyev, Yu.Gʻ.Mahmudov, I.I.Karimov, P.T.Magzumov, Z.Ochilov, S.S.Bulatov, N.A.Muslimov, R.M.Sarsenbayeva, D.A.Zohidov, X.J.Xudoyqulov, A.E.Kenjaboyev, R.N.Ashurov, I.B.Kamolov, M.X.Shomirzayev, L.R.Zaripov, B.E.Qodirov, A.A.Abdurashidov, M.Q.Bozorovalar ilmiy izlanishlar olib borishgan bo‘lib, ularning ishlarida o‘quvchilarning bilish samaradorligini oshirish, ularning hamkorlikdagi ijodiy faoliyatini tashkil etish muammolari yoritilgan. Pedagog olimlardan O.Jamoliddinova, O.Musurmonova, M.Urazova, N.Egamberdiyeva, E.Yuzlikayeva, B.Imanov, Sh.S.Sharipov, O.A.Qo‘ysinov, Sh.Shodmonovalarning ilmiy izlanishlarida kasbiy tarbiyani takomillashtirshning o‘ziga xos jihatlari, shakllari, pedagogik shart- sharoitlar, didaktik ta’minoti, shuningdek, pedagogik kreativlik mazmuni yoritib berilgan. Innovasion ta’lim va interfaol ta’lim metodlari o‘quvchilarda o‘z- o‘zini ijodiy faollashtirish, kreativ ishlanmalar (mahsulotlar)ni yaratishga xizmat qiluvchi shaxsga yo‘naltirilgan erkin ta’lim muhitini tashkil etish muammolari A.A.Abduqodirov, N.N.Azizxodjayeva, U.Sh.Begimqulov, J.F.Yo‘ldoshev, Yu.Kruglova, I.Ridanova, V.Slastenin, N.Sayidahmedov, O‘.Q.Tolipov, B.H.Xodjayevlarning ilmiy tadqiqot ishlarida asoslangan. MDH mamlakatlarida o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini muammoli vaziyatlar yordamida tashkil etish, ularda ijodkorlik jarayonini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari P.N.Andrianov, V.A.Gorskiy, V.I.Kachnev, V.G.Razumovskiy, G.Noyner, V.Kalveyt, N.F.Talыzina X.Kleyn, Yu.S.Stolyarov, V.S.Pel, A.V.Yefanov, A.Yu.Okladnikov, T.B.Antipova, O.A.Serenko, G.A. Ball, M.I. Maxmutov, Ye.I. Mashbis, A.I. Uman, T.I. Shamovalar tomonidan batafsil o‘rganilgan. Xorijiy mamlakatlar olimlari G. Spenser, H.Miyakawa, B.Blumlar o‘zlarining falsafiy, eksperimental psixologik tadqiqot ishlarida o‘quvchilarning bilish, kreativ qobiliyati, ayniqsa, ularni o‘quvchilar dars va sinfdan tashqari faoliyatida rivojlantirish, kasbiy tarbiya shakllantirish muhitining ta’sirini ochib berishgan.
Tadqiqotda tahlil qilish, anketa, savol- javob, xorijiy va ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va umumlashtirish, suhbat, pedagogik eksperiment, kuzatish, ekspert baholash, test va so‘rovnomalar o‘tkazish, pedagogik tajriba-sinov natijalariga matematik-statistik ishlov berish metodlaridan foydalanildi.
Milliy hunarmandchilik mehnat ta’limi va kasbga yo‘naltirish asosida o‘rganish va o‘rgatishda quyidagi holatlarga e’tiborni qaratish lozim:
1. Hozirgi davrda hukum surayotgan texnologiya ta’limi va kasbga yo‘naltirish ishlarining an’anaviy tuzilmasi asosida yangi zamon kishisini shakllantirish uchun, ushbu sohaning yangi tizimi loyihasi ishlab chiqish.
2. Texnologiya ta’limi va kasbga yo‘naltirish ishlarining yangi tizimi loyixasida xalq hunarmandchiligini nazariy, ma’naviy, metodologik, tarixiy poydevor sifatida tanlab olish.
3. Ushbu ta’lim tizimida xalq hunarmandchiligini o‘rganish va o‘rgatishning didaktik asoslarini yaratish:
a) Ta’lim mazmunini tanlab olish (nimani o‘rgatish);
b) Shakl va uslublarini, vositalarini aniqlash-o‘qituvchi vazifasini belgilash (qanday qilib o‘rgatish?);
v) O‘rganilgan va o‘rgatilgan ta’lim mazmunining o‘zlashtirish darajasini aniqlash (qanday darajada o‘rgatildi?) kabi asosiy tamoyillarga diqqat e’tibor qaratildi.
4. Texnologiya ta’limi va kabsga yo‘naltirish ishlarining yangi tizimi mazmuni o‘quv-me’yoriy xujjatlar va o‘quv-metodik majmualarda o‘z aksini topishi lozimligi ko‘rsatish.
5. Ushbu ta’lim tizimini amalga oshirishda o‘quv-dars mashg’ulotlari, turli ta’limiy-tarbiyaviy, tashkiliy tadbirlarning o‘rni tashkil etilishi yo‘llari namunalari ishlab chiqish va amalda sinab ko‘rish.
6. Texnologiya ta’limi, kasbga yo‘naltirish ishlari va xalq hunarmandchiligini amalga oshirishda yetakchilik vazifasini bajaradigan o‘qituvchi-murabbiy-ustozlarni amaliy, kasbiy, pedagogik faoliyatga tayyorlashning yaxlit texnologiyasi namunasi yaratish va uning ba’zi qismlari amalda sinab ko‘rish.
7. Texnologiya ta’limi va kasbga yo‘naltirish bo‘yicha o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtirish darajasini, mezonlarini belgilash.
8. O‘quvchi va talabalarning texnologiya ta’limi, kasbga yo‘naltirish, xalq hunarmandchiligini o‘rganishlari jarayonida ularning jinsiy, yosh, individual, ruxiy, aqliy, jismoniy xususiyatlarini hisobga olish .
9. Ushbu ta’lim sohasi, boshqa fanlardan farqli ravishda, alohida o‘quv, moddiy, xom ashyo ta’minotini talab etadi, ushbu ta’minotni maxalliy sharoitlarda ijobiy amalga oshirish uchun mehnat va ishlab chiqarish amaliyotlari dasturi va metodikalari ishlab chiqish.
10. Xalq hunarmandchiligi risolalari, o‘gitlari, pand-nasixatlari, hunarmandlar sulolalari aqidalari, qoidalari yirik tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, ular bo‘lg’usi hunarmandning barkamol shaxs fazilatlariga ega bo‘lishlariga yordam beradi.
11. Texnologiya ta’limi va hunarmandchilik sohalarini umumta’lim maktablarida muntazam o‘rgatib borish, o‘quvchilarga faqatgina ma’naviy, ma’rifiy, odob-axloq, aqliy, jismoniy, ekologik, estetik, ruxiy jihatdangina shakllanishiga yordam beribgina qolmasdan, balki ularning moddiy sharoitlarini, ta’lim muassasasining, oilaning o‘z-o‘zini iqtisodiy ta’minlashlarini shakl yaxshilanishiga ham yordam beradi.
Bugungi kundа mustаqil mаmаlаkаtimizdа хаlqimizning аsrlаr dаvоmidа yarаtgаn ijоdiy mehnаti nаtijаsi bo‘lmish аmаliy bezаk sаn’аtini ko‘z qоrаchig’idek аsrаsh, qаdrlаsh, ulаrdаn аmаliy fоydаlаnish, yoshlаr estetik didini o‘stirish hаmdа yuksаk mаdаniyatli kishilаr qilib tаrbiyalаsh uchun keng imkоniyatlаr оchildi. Аbu Rаyхоn Beruniy, Аbu Аli ibn Sinо, Аl Хоrаzmiy, Nizоmiy Gаnjаviy, Хisrаv Dehlаviy, Аlisher Nаvоiy, Kаmоliddin Behzоd, Zаhiriddin Muhаmmаd Bоbur kаbi jаhоngа mаshхur оlim, shоir vа musаvvirlаrning betаkrоr mаdаniyat durdоnаlаri, хаlq ustаlаri yarаtgаn nоdir аsаrlаr ruhidа yoshlаrni tаrbiyalаsh, ustаchilik vа hunаrmаndchilik sirlаrini ulаrgа me’rоs qоldirishgа chаqirgаnlаr.
Xalq hunarmandchiligi insonning nisbatan qulayroq va chiroyliroq yashashini ta’minlovchi asosiy faoliyat turlaridan hisoblanib, ongli odam paydo bo‘lishi bilan dunyoga keldi va rivojlandi. Respublikamizda yashaydigan 130 dan ziyod millat va elatlar vakillarining uzoq mehnati o‘tmishini, sharqona tafakkurini, madaniyatini ifodalovchi vosita hisoblangan xalq hunarmandchiligini tizimli, mukamallashgan, tartibli, doimiy fan sifatida o‘rganish davri yetib keldi. Respublikaning mustaqillikka erishishi, davlat sifatida shakllanish tariximizni, ma’naviyatimizni va milliy merosimiz hisoblangan hunarmandchiligimizni, o‘zimiz uchun va boshqalar uchun, o‘zimiz o‘rganishimizga, talqin qilishimizga imkoniyatlar yaratdi.
Xalq hunarmandchiligining hozirda saqlanib qolgan 150 dan ziyod sohasi bevosita o‘rganish va yoshlarga o‘rgatish obyekti hisoblansa-da, yo‘qolib ketgan, hozirgi davrda nomlari adabiy manbalardagina saqlanib qolgan yana 100 dan ziyod turi esa turli tadqiqotlar, izlanishlar manbai bo‘lishi mumkin. Biz o‘z tadqiqotimizni xalq hunarmandchiligining mazmuni, tarixi, tuzilishi, xususiyatlari, bajarilish texnologiyasini aniq bir umumta’lim o‘quv fani predmeti hisoblangan texnologiya ta’limi asosida amaliyotga qo‘llanilishining asoslarini ishlab chiqishga qaratdik.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Norbutaevna, N. D., & Kizi, M. R. S. (2022). PEDAGOGICAL SYSTEM
FOR FORMING SPIRITUAL COMPETENCE OF STUDENTS IN MODERN
CONDITIONS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(3), 754- 760.
2. Donaeva, N. (2022). PEDAGOGICAL SYSTEM OF FORMING
SPIRITUAL MATURITY IN STUDENTS IN INFORMATION
ENVIRONMENT. Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL), 3(12), 64-72.
3. Donayeva, N. N., & Normurodova, F. A. (2021). O’QUVCHILARDA
MANAVIY-AXLOQIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY
AXBOROT VOSITALARIDAN FOYDALANISH. Academic research in educational sciences, 2(NUU Conference 1), 214-216.
4. Donayeva, N. N. T. (2020). ZAMONAVIY AXBOROT MUHITIDA
O’QUVCHI YOSHLARNING MA’NAVIY-AXLOQIY QIYOFASINI
YUKSALTIRISH. Студенческий вестник, (22-8), 65-66.
5. Чарыев, И. Профессор кафедры Педагогики ТерГУ. Одинабобоев Фазлиддин, Магистрант 2-курса ТерГУ. СОВРЕМЕННЫЕ ПРИНЦИПЫ И МЕТОДЫ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ. Научно-практический журнал «Энигма» Выпуск № 32 (Апрель 2021)., 93.
6. Baxriddin o‘g‘li, F. O., Abdunabiyevich, F. A., & Norbo‘Tayevna, N. D.
7. Abdurazakov, F. A., & Meliev, S. K. (2022). Interactive Methods Used In The Formation Of Creative Activity (On The Example Of Primary School Students). Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(1), 257-262.
8. Abdurazakov, F. A., & ugli Odinaboboev, F. B. (2022). Pedagogical importance of using module educational Technologies in the system of continuous education on the basis of modern approaches. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(1), 173-180.
9. Abdunabievich, F. A., Ugli, F. O. B., & Norbutaevna, N. D. (2022).
TYPES OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES THAT CORRESPOND TO THE
SPECIFICS OF MORAL AND AESTHETIC EDUCATION AND TEACHING OF
STUDENTS.
10. Абдуразақов, Ф. (2022, October). ЎҚУВЧИЛАРГА АХЛОҚИЙ-
ЭСТЕТИК ТАРБИЯ БЕРИШДА НОТИҚЛИК МАДАНИЯТИНИ
ШАКЛЛАНТИРИШ МЕХАНИЗМЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. In E
Conference Zone (pp. 110-115).
11. Абдуразақов, Ф. (2022). ЎҚУВ МАШҒУЛОТЛАРИДА
УҚУВЧИЛАРНИНГ НОТИҚЛИК МАДАНИЯТИНИ
ШАКЛЛАНТИРИШ. Conferencea, 78-84.
12. Чарыев, И., & Абдураззоков, Ф. (2021). СОВРЕМЕННЫЕ
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ОБРАЗОВАНИИ В
УЗБЕКИСТАНЕ. Энигма, (32), 86-93.
13. Abdurazakov, F. (2022). SPEAKING SKILLS FORMATION
MECHANISMS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(11), 91-100.
14. Xudayqulov, X., & Abdurazaqov, F. (2022). ЁШЛАР ОРАСИДА НУТҚ
МАДАНИЯТИ РИВОЖЛАНТИРИШ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ. Science and
innovation, 1(B7), 815-821.
15. Абдуразақов, Ф. А. (2023). ОҒЗАКИ ВА ЁЗМА НУТҚҚА ҚЎЙИЛАДИГАН ТАЛАБЛАР. Journal of Universal Science Research, 1(1), 36-42.
16. Чарыев, И. Профессор кафедры Педагогики ТерГУ. Абдураззоков Фазлиддин, Магистрант 2-курса ТерГУ. СОВРЕМЕННЫЕ
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ОБРАЗОВАНИИ В
УЗБЕКИСТАНЕ. Научно-практический журнал «Энигма» Выпуск № 32 (Апрель 2021)., 86.
17. Абдуразаков, Ф. (2022). У^ УВ МАШЕУЛОТЛАРИДА У^
УВЧИЛАРНИНГ НОТЩЛИК МАДАНИЯТИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ.
18. Аbdurаzаqоv Fаzliddin Аbdunаbiyеvich. (2023). ОLIY TА’LIM
MUАSSАSАSI TАLАBАLАRIGА TАRBIYА BЕRISHDА PЕDАGОG
NUTQI. Journal of Universal Science Research, 1(4), 16–23. Retrieved from
19. Baxriddin o‘g‘li, F. O., Abdunabiyevich, F. A., & Norbo‘Tayevna, N. D.
20. Абдуразаков, Ф. (2022). O ‘quvchilarga axloqiy-estetik tarbiya berishda notiqlik madaniyatini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 16-22.
21. ABDUNAYEVICH, F. тикланишдан-миллий юксалиш” деган дастурий ғоя ёшларни Она юртга са-доқат руҳида тарбиялаш, уларда ташаббускорлик, фидойилик, ахлоқий фази-латларни шакллантириш-ўта шарафли вазифа эканлигини таъкидлаган1.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.