ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

Milliy oʻquv dasturining hayotimizdagi oʻrni

Аннотация

Milliy oʻquv dasturi oʻquv-meʼyoriy hujjat boʻlib, u oʻquv reja va fanlarning oʻquv dasturlari, oʻqitish metodologiyasi va baholashni ishlab chiqishga asos boʻladi. U boʻyicha yaratilayotgan yangi darsliklar, oʻqituvchilar uchun qoʻllanmalar – oʻqituvchi kitoblari, mashq daftarlari, oʻquv-metodik materiallar taʼlimni rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolada Milliy oʻquv dasturining oʻziga xosligi va yangiliklari, ahamiyati haqida soʻz boradi.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

Milliy oʻquv dasturining hayotimizdagi oʻrni

Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li

DTPI, Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi

Hakimova Nigina Ma`mur qizi DTPI, Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta`lim yo‘nalishi 3BT-21 guruh talabasi

hakimovanigina32@gmail.com

Annotatsiya: Milliy oʻquv dasturi oʻquv-meʼyoriy hujjat boʻlib, u oʻquv reja va fanlarning oʻquv dasturlari, oʻqitish metodologiyasi va baholashni ishlab chiqishga asos boʻladi. U boʻyicha yaratilayotgan yangi darsliklar, oʻqituvchilar uchun qoʻllanmalar – oʻqituvchi kitoblari, mashq daftarlari, oʻquv-metodik materiallar taʼlimni rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolada Milliy oʻquv dasturining oʻziga xosligi va yangiliklari, ahamiyati haqida soʻz boradi.

Kalit so‘zlar: dastur, darslik, o‘quvchi mashq daftari, o‘quv-metodik material, ta'lim, standart, davlat ta'lim standarti,STEM,STEAM,taʼlim,dastur,4k,speralsimon

Hozir har bir soha muntazam islohotlar, yangilanish va yaxshilanishlar sari qadam qo‘ymoqda, jumladan, ta'lim ham. Chunki dunyo ta'limi bugunning ehtiyojlari, mehnat bozorining talablariga moslashyapti. O‘zgarishlar uchun esa mustahkam asos, poydevor kerak.

Ta'lim sohasidagi standartlar dunyo mamlakatlarida turli shakl va uslublarga ega. Fransiya, Yaponiya, Italiya, Xitoy, MDH mamlakatlarida ta'lim markazlashtirilgan va standartlar butun mamlakat uchun yagona o‘quv dasturlari va rejalar ko‘rinishida joriy etilgan. Ana shu mamlakatlarda ham so‘ngi 10-20 yil ichida ta'lim standartlari bo‘yicha yangiliklar, yangicha yondashuvlar yuzaga keldi. AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada kabi ta'lim markazlashmagan mamlakatlarda ham ta'lim standartlari va o‘quv dasturlari mavjud. Masalan, Shvetsiyada o‘quv dasturi fanlar bo‘yicha o‘quv soatlarini tartibga solinmaydi. U yerda standartlar 5- va 9-sinf bitiruvchilari fanlar bo‘yicha egallashi kerak bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni belgilab beradi. AQSHda Ta'lim departamenti (vazirligi) bo‘lsa-da, standartlarni ishlab chiqish haqidagi qarorlar shtatlar va ta'lim okruglari darajasida qabul qilinadi. Ta'lim markazlashmagan mamlakatlarda standartlar dasturlarga emas, asosan o‘quv fanlariga nisbatan o‘rnatiladi. AQSHda ta'lim standartlari mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Mahalliy standartlar maktabdan keyingi ta'lim va ish beruvchi kutilmalariga mos kelishi, aniq, lo‘nda va izchil bo‘lishi, qat'iy mazmun va yuqori darajadagi ko‘nikmalarni aks ettirishi, davlat standartlarining kuchli va ahamiyatli jihatlarini qamrab olishi, o‘quvchilar global raqobatga tayyor bo‘lishi uchun baland ko‘rsatkichlarga ega boshqa mamlakatlarning tajribalaridan xabardor holda ishlab chiqilishi va faktik ma'lumotlarga asoslanishi kerak.

Mamlakatimiz Xalq ta'limi tizimidagi katta yangilanishlardan biri darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlarni xorijiy tajribalar asosida zamon talablariga mos shaklda ishlab chiqishdir. Bu yo‘nalishda bugungacha ham o‘ziga yarasha qoidalar, standartlar bo‘lgan va ular o‘z vaqtida o‘zini oqlagan. Masalan, shu paytgacha umumiy o‘rta ta'limning davlat ta'lim standartlari bu borada asosiy yo‘l ko‘rsatkich vazifasini o‘tagan. Lekin bugun ilm-fan, texnika, texnologoya shiddat bilan rivojlanyapti, odamlarning ehtiyojlari va imkoniyatlari kengayyapti, yangi fan tarmoqlari, innovatsion yondashuvlar o‘rtaga chiqyapti va yangidan yangi kasblar payda bo‘layapdi. Bular rabotatexnika, dasturlash kabi sohalarni misol keltirishimiz mumkin.

Bunday vaziyatda dunyodan ortda qolmaslik uchun ta'lim sohasida jiddiy sa samarali o‘zgarishlar qilish zarur. Bu harakat esa mustahkam, puxta o‘ylangan dastur asosida amalga oshirilishi kerak.

Ta'limni isloh qilish bo‘yicha keng amaliy harakatlar 2017-yildan boshlandi. Umumiy o‘rta ta'limda eski davlat ta'lim standartlari (DTS) o‘rnini bosadigan va ta'limga o‘zgarishlar kirita oladigan Milliy o‘quv dasturi ishlab chiqilmoqda.

Umumiy o‘rta ta'limning Milliy o‘quv dasturi (MO‘D) o‘quv-me'yoriy hujjat bo‘lib, u o‘quv reja va fanlarning o‘quv dasturlari, o‘qitish metodologiyasi va baholashni ishlab chiqishga asos bo‘ladi. U bo‘yicha yaratilayotgan yangi darsliklar, o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalar, mashq daftarlari, o‘quv-metodik materiallar ta'limni rivojlantirishga xizmat qiladi. U pedagogik amaliyotni va baholash yondashuvlarini qo‘llab-quvvatlaydi va ushbu elementlarning barchasini birlashtirishga imkon beradigan dasturdir.

Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida 100 ta maqsad belgilab olingan. Undagi 5 ta maqsad va 18 ta vazifa bevosita umumiy o‘rta ta'lim bilan bog‘liq.

Taraqqiyot strategiyasining 42-maqsadiga ko‘ra, 2026-yilga qadar o‘quv dasturlari va darsliklar ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘la qayta ko‘rib chiqilib, amalda joriy etiladi92. Milliy o‘quv dasturiga asosan 2026-yilga qadar 699 nomdagi, shu jumladan, 2022-yilda 296 nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalar hamda mobil ilovalar yaratiladi. Milliy o‘quv dasturi bo‘yicha yangi metodikalarga o‘qituvchilarni o‘qitish maqsadida Elektron malaka oshirish platformasi uchun 2026-yilga qadar jami 769 ta videodars yaratiladi. Umumta'lim maktablarida darslik va o‘quv-metodik majmualarni tajriba-sinovdan hamda chet ellik mutaxassislar ishtirokida ekspertizadan o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Milliy o‘quv dasturini joriy qilish bo‘yicha ishlarni Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta'lim markazi amalga oshiradi. Xalq ta'limi vazirligining 2020- yil 31-martdagi "Umumiy o‘rta ta'limning Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish to‘g‘risida"gi buyrug‘i asosida xalqaro talablarga javob beruvchi umumiy o‘rta ta'limning Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish boshlangan. Uning loyihasi yuqori salohiyatli milliy va xalqaro ekspertlar, UNICEF, USAID va boshqa xalqaro tashkilotlarning maslahatchilari ishtirokida.

Milliy o‘quv dasturlarining yaratilishi ta’limdagi yutuqlarimizni oshirishga xizmat qiladi. Yangilanayotgan darsliklar va boshqa o‘quv materiallari o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishga, ularda tanqidiy va ijodiy tafakkurni o‘stirishga qaratilgan. Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yoshlar esa mamlakatning ertangi istiqboli va taraqqiyotining hal qiluvchi kuchidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022-yildagi PF-60-son farmoni va uning 1-ilovasi - // Elektron manba. O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi: https://lex.uz/uz/docs/-5841063

2. Umumiy o‘rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti. Xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. - Toshkent, 2020.

3. Zamonaviy darsliklar qanday bo‘lishi kerak? - // Elektron manba. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi sayti: http://uza.uz/posts/208815

4. Akbar T. Opportunities to Form Spiritual Competence in Students of the 10-11th Class //Web of Scholars: Multidimensional Research Journal. – 2022. – Т. 1. – №. 8. – С. 160-167.

5. Rustamovich T. A. Islom Ta’limotlarda Shaxs Ma’naviyati Masalalari

//TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2021. – Т.

1. – №. 5. – С. 186-190.

6. Milliy o‘quv dasturi loyihalari, loyiha bo‘yicha taqdimotlar. - // Elektron manba. Respublika ta'lim markazi rasmiy telegram kanali: https://t.me/edurtm uz

7. Norbutaevna, N. D., & Kizi, M. R. S. (2022). PEDAGOGICAL SYSTEM

FOR FORMING SPIRITUAL COMPETENCE OF STUDENTS IN MODERN

CONDITIONS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(3), 754- 760.

8. Donaeva, N. (2022). PEDAGOGICAL SYSTEM OF FORMING

SPIRITUAL MATURITY IN STUDENTS IN INFORMATION

ENVIRONMENT. Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL), 3(12), 64-72.

9. Donayeva, N. N., & Normurodova, F. A. (2021). O’QUVCHILARDA

MANAVIY-AXLOQIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY

AXBOROT VOSITALARIDAN FOYDALANISH. Academic research in educational sciences, 2(NUU Conference 1), 214-216.

10. Donayeva, N. N. T. (2020). ZAMONAVIY AXBOROT MUHITIDA

O’QUVCHI YOSHLARNING MA’NAVIY-AXLOQIY QIYOFASINI

YUKSALTIRISH. Студенческий вестник, (22-8), 65-66.

11. Rustamovich, T. R. A. (2021). Islom Ta’limotlarda Shaxs Ma’naviyati

Masalalari. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY

JURNALI, 1(5), 186-190.

12. TA Rustamovich (2021) Issues of Personal Spirituality in Islamic Teaching International Journal of Trend in Scientific Research and Development

(IJTSRD) 1(6), 886-889

13. Akbar, T. (2022). Opportunities to Form Spiritual Competence in Students of the 10-11th Class. Web of Scholars: Multidimensional Research Journal, 1(8), 160- 167.

14. Чарыев, И. Профессор кафедры Педагогики ТерГУ. Одинабобоев Фазлиддин, Магистрант 2-курса ТерГУ. СОВРЕМЕННЫЕ ПРИНЦИПЫ И МЕТОДЫ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ. Научно-практический журнал «Энигма» Выпуск № 32 (Апрель 2021)., 93.

15. Abdurazakov, F. A., & Meliev, S. K. (2022). Interactive Methods Used In The Formation Of Creative Activity (On The Example Of Primary School Students). Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(1), 257-262.

16. Abdurazakov, F. A., & ugli Odinaboboev, F. B. (2022). Pedagogical importance of using module educational Technologies in the system of continuous education on the basis of modern approaches. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(1), 173-180.

17. Abdunabievich, F. A., Ugli, F. O. B., & Norbutaevna, N. D. (2022).

TYPES OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES THAT CORRESPOND TO THE

SPECIFICS OF MORAL AND AESTHETIC EDUCATION AND TEACHING OF

STUDENTS.

18. Абдуразақов, Ф. (2022, October). ЎҚУВЧИЛАРГА АХЛОҚИЙ-

ЭСТЕТИК ТАРБИЯ БЕРИШДА НОТИҚЛИК МАДАНИЯТИНИ

ШАКЛЛАНТИРИШ МЕХАНИЗМЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. In E

Conference Zone (pp. 110-115).

19. Абдуразақов, Ф. (2022). ЎҚУВ МАШҒУЛОТЛАРИДА

УҚУВЧИЛАРНИНГ НОТИҚЛИК МАДАНИЯТИНИ

ШАКЛЛАНТИРИШ. Conferencea, 78-84.

20. Чарыев, И., & Абдураззоков, Ф. (2021). СОВРЕМЕННЫЕ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ОБРАЗОВАНИИ В

УЗБЕКИСТАНЕ. Энигма, (32), 86-93.

21. Abdurazakov, F. (2022). SPEAKING SKILLS FORMATION

MECHANISMS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(11), 91-100.

22. Xudayqulov, X., & Abdurazaqov, F. (2022). ЁШЛАР ОРАСИДА НУТҚ

МАДАНИЯТИ РИВОЖЛАНТИРИШ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ. Science and

innovation, 1(B7), 815-821.

23. Абдуразақов, Ф. А. (2023). ОҒЗАКИ ВА ЁЗМА НУТҚҚА ҚЎЙИЛАДИГАН ТАЛАБЛАР. Journal of Universal Science Research, 1(1), 36-42.

24. Чарыев, И. Профессор кафедры Педагогики ТерГУ. Абдураззоков Фазлиддин, Магистрант 2-курса ТерГУ. СОВРЕМЕННЫЕ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ОБРАЗОВАНИИ В

УЗБЕКИСТАНЕ. Научно-практический журнал «Энигма» Выпуск № 32 (Апрель 2021)., 86.

25. Абдуразаков, Ф. (2022). У^ УВ МАШЕУЛОТЛАРИДА У^

УВЧИЛАРНИНГ НОТЩЛИК МАДАНИЯТИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ.

26. Аbdurаzаqоv Fаzliddin Аbdunаbiyеvich. (2023). ОLIY TА’LIM

MUАSSАSАSI TАLАBАLАRIGА TАRBIYА BЕRISHDА PЕDАGОG

NUTQI. Journal of Universal Science Research, 1(4), 16–23. Retrieved from

27. Baxriddin o‘g‘li, F. O., Abdunabiyevich, F. A., & Norbo‘Tayevna, N. D.

(2022). IMPROVING VOCATIONAL EDUCATION IN PRIMARY SCHOOL

STUDENTS BY DEVELOPING PRIMARY MECHANISMS OF NATIONAL

CRAFTS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(02), 577-580.

28. Абдуразаков, Ф. (2022). O ‘quvchilarga axloqiy-estetik tarbiya berishda notiqlik madaniyatini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 16-22.

29. ABDUNAYEVICH, F. тикланишдан-миллий юксалиш” деган дастурий ғоя ёшларни Она юртга са-доқат руҳида тарбиялаш, уларда ташаббускорлик, фидойилик, ахлоқий фази-латларни шакллантириш-ўта шарафли вазифа эканлигини таъкидлаган1.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.