ZARURATI
Utegenova Jamila Djolmurzayevna
Innovatsion texnologiyalar universiteti Tarix va ijtimoiy fanlar kafedrasi v.v.b.
dotsenti
Suyunov Sherzod Bolikulovich
SamDCHTI dotsenti
Annotatsiya. Ushbu maqola Milliy o‘zlikni anglashda o‘zbek tilining ijtimoiy zaruratini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Til mentalitet ko‘zgusi, etnik guruhlar va xalqlar madaniyati darajasining ko‘zgusi ekanligi ko‘rsatilgan.
Kalit so‘zlar: til, milliy o‘zlik, tafakkur, mentalitet, madaniyat.
Аннотация. Статья посвящена анализу социальной необходимости узбекского языка в понимании национальной идентичности. Доказано, что язык является зеркалом менталитета, отражением уровня культуры этносов и народов.
Ключевые слова: язык, национальное самосознание, мышление, ментальность, культура.
Annotation. The article is devoted to the analysis of the social necessity of the Uzbek language in understanding national identity. It is proven that language is a mirror of mentality, a reflection of the level of culture of ethnic groups and peoples.
Key words: language, national identity, thinking, mentality, culture.
Milliy til muayyan kishilar o‘rtasida faqatgina aloqa vositasi bo‘lib qolmasdan, u o‘z yo‘nalishiga ko‘ra o‘zining qaysi millatga mansubligini belgilab beruvchi vositadir. Shunday ekan dunyo tillari ichida eng go‘zal va betakror til har bir kishining milliy tilidir. Milliy til yo‘qolsa millat ham yo‘qoladi, aksincha milliy til qanchalik sog‘lom va bardavom bo‘lsa, shu tilda so‘zlashuvchi millatlar ham bardavom rivojlanadi, millat sog‘lom fikrli bo‘ladi. Sog‘lom fikrli millat esa milliy o‘zligini teran anglaydi. Shunday ekan milliy o‘zligini teran anglagan millat hech qachon boshqa bir xalq yoki millatga mute bo‘lmaydi. Milliy til xalqni birlashishga, o‘z milliyligini asrab avaylashga chorlaydi.
Bugungi kunda o‘zbek tili ham millatning aloqa vositasi va ham shu tilni o‘rganadigan fan sifatida e’tirof etiladi. “O‘zbek tili” atamasi esa o‘z navbatida “ona tili” atamasi bilan ma’nodoshlikni hosil qilib, o‘zbek millatining milliy tilini anglatadi1.
O‘zbek tili davlatimizning milliy tili sifatida e’tirof etilishi bilan birga, Tojikiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston respublikalarida, shuningdek, Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Xitoyning Sinszyan muxtor viloyati kabi mamlakatlarda ham tarqalgan. Bugungi kunda, yer yuzida o‘zbek tilida so‘zlashuvchi kishilarning umumiy soni qariyib ellik million kishini tashkil etadi.
Manbalarga ko‘ra qadimgi Hindiston, Xitoy, qadimgi Misr va Yunon rivoyatlarida til yaratganing insonlarga oliy marhamati sifatida talqin qilingan. Shuningdek diniy muqaddas kitoblarda ham tilning vujudga kelishi ilohiy hodisa sifatida e’tirof etilgan.
Mir Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi o‘zbek millatining buyuk shoir va mutafakkirlari o‘z ona tillarida ijod qilib, uni “turkiy”, “turkcha” deb atab turkiy tillar ichidan alohida ajratib mavqeyini ko‘tarishga intilganlar.
Eski o‘zbek tili qadimgi turkiy tilning bevosita davomi va hozirgi o‘zbek tilining asosi sifatida e’tirof etiladi. Manbalarga ko‘ra, Turk xoqonligidan so‘ng boshlangan murakkab etnolisoniy jarayonlar Qoraxoniylar davrigacha davom etib, “qarluq-chigiluyg‘ur” til birligi va madaniyatining vujudga kelishiga zamin yaratgan. Mazkur til birligi va madaniyatini o‘zida mujassam etgan ittifoqdosh qabilalar Qoraxoniylar saltanatida alohida o‘rin tutganligi ham ba’zi tadqiqotlarda batafsil yoritilgan.X asr oxiri va XI asr boshlariga kelib esa mazkur qabilalar ittifoqi o‘zbek millatining tashkil topishiga va o‘zbek tilining vujudga kelishiga asos bo‘lib xizmat qilgan. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo xalqlarining adabiy tili namunalari sifatida e’tirof etiladigan “Devonu lug‘otit turk” va “Qutadg‘u bilig” kabi qomusiy asarlar ham o‘zbek tilining asosini yaratgan o‘zbek xalqining dastlabki yozma yodgorliklaridir.
Tadrijiy rivojlanish jarayonida o‘ta muhim harbiy harakatlar yoki yig‘inlarda azaldan milliy til millatni birlashtiruvchi vosita vazifasini bajarish bilan birga insonlar orasida o‘zaro hamjihatlik va yakdillikni ta’milash rolini o‘ynagan. Tilning paydo bo‘lishi bilan, uning ramziy funksiyalari rivojlanib borib, inson nafaqat mehnat qilish, balki endi ma’lum tilda tahsil olish, o‘z tarixidan xabardor bo‘lish, uni dastlab afsona va rivoyatlar shaklida avloddan-avlodga meros qilib qoldirish kabi imkoniyatlarni shakllantirgan. 1 Rahmatullayev Sh., Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –Т., 2005.
Davlatlararo va millatlaro munosabatlarda ma’lum siyosiy tizim faoliyatidan norozilik kuchayganda millatchilik harakatlari paydo bo‘lib, ushbu harakatning asl maqsadi mustaqil davlatlar yoki milliy dalatchilik tuzish borasidagi harakatlar sifatida baholanadi. Ma’lum davlat tarkibidagi millat o‘zining suveren tengligini e’tirof etgani holda azaldan mavjud o‘zining milliy chegarlarini belgilab olish va milliy tiliga asoslangan milliy suveren davlatini tuzishni talab qiladi va ba’zan o‘z maqsadlariga evolyutsion gohida esa revolyutsion yo‘l bilan erishadi. Shuni ham alohida ta’kdlab o‘tish kerakki, ushbu davlat tuzilmasi (uning tili, millati va ma’muriy chegarasi) kechagina vujudga kelgan emas, balki allaqachon shakllangan va ma’lum bosqichda bevosita boshqa davlatning mustamlakasi yoki tarkibidagi “qaram” davlat sifatida e’tirof etilgan.
Davr o‘tishi bilan milliy tuyg‘uning shakllanishi yoki hukmron mafkuraning yemirilishi evaziga ommada milliy davlatchilikni tuzish va haqiqiy o‘z milliyligini yaratilish to‘g‘risidagi tuyg‘ularning ildiz otganligi shubhasizdir.
O‘zbek tilinning alohida yaxlitlik maqomiga ko‘tarilishi va mushtarak til sifatida baholanishida XI asrda yashab o‘tgan tilshunos Mahmud Qoshg‘ariyning xizmatlari beqiyosdir. Turkiyshunoslik ilmining asoschisi Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad al-Qoshg‘ariy o‘zining 1071-yillarda yozilgan “Turkiy so‘zlar devoni” (“Devonu lug‘otit turk”) asari orqali mashhurdir. Mazkur asarda turkiy va arabiy so‘zlar batafsil izohlangan bo‘lib, O‘rta Osiyoda tarqalgan ko‘plab turkiy xalqlarning milliy tiliga oid qimmatli ma’lumotlar bayon etilgan. Mahmud Qoshg‘ariyning mazkur asarida arab alifbosi asosida tuzilgan lug‘atlarga xos uslub qo‘llanilib, qiyosiy va tarixiy usullardan mukammal foydalanilgan.
Aynan shu sabab Qoshg‘ariy “turkiyshunoslikning otasi” yoki “turkiyshunoslik bahodiri” sifatida e’tirof etilgan. Chunki Mahmud Qoshg‘ariy ulkan Qoraxoniylar davlati xalqlarini “turklar” atamasi bilan qayd etib, ularning tilini, shu mintaqada faoliyat yuritayotgan o‘g‘uz, turkman va uyg‘ur kabi qavmlardan ajratib ko‘rsatadi va bugungi o‘zbek tilining negizini ifodalaydi2.
Xalqaro ilmiy tadqiqotlarda o‘zining ilg‘or nazariyalari bilan shuhrat qozongan A.Kononov, V.Radlov, (Rossiya), Mahmed Fuad Ko‘pruluzoda, Ahmad Arat, Basim Atalay (Turkiya), Kari Brokkelman, Anna Mari fon Gaben (Olmoniya), Yuliy Nemet (Mojoriston), Karl Menges, Omelyan Pritsak (AQSH) kabi mashhur turkiy tilshunos olimlarning e’tirof etishicha, qarluq (o‘zbek) tilining “Qutadg‘u bilig” va “Devonu 2.Менглиев Б. “Тил - миллат тимсоли, халқ ғурури”. Ҳуррият газетаси 2009. ttps://ziyouz.uz/suhbatlar/baxtiyor-menglievtil-millat-timsoli-xalq-gururi/ lug‘otit turk” kabi mashhur lisoniy asarlarni yozish darajasiga kelishi uchun mazkur til kamida uch yuz yoki besh yuz yillik tarixiy tarqqiyotga ega bo‘lishi lozim.
XIV asr oxiri va XV asr boshlaridagi davr esa eski o‘zbek tilining shakllanishidagi mumtoz davr sanaladi. O‘zbek adabiy tilining shakllanishida Nosiriddin Burhoniddin Rabg‘uziy, Sayfi Saroyi, Atoiy, Sakkokiy va Lutfiy singari mutafakkirlar o‘z hissalarini qo‘shgan bo‘lsalar, o‘zbek tilining adabiy shakllanishi va ravnaq topishida Alisher Navoiy xizmatlari beqiyosdir. Alisher Navoiy o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini o‘zining “Xazoyin ul-maoniy” va “Xamsa” kabi shoh asarlarida yoritib dunyo ahlini hayratda qoldirgan. Shuningdek, Alisher Navoiyning yana bir buyuk xizmatlaridan biri u o‘zining “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida eski o‘zbek tilini fors tiliga qiyoslash orqali uning fors tili bilan barobar ekanligini va hatto ayrim jihatlarda undan ustun ekanligini nazariy jihatdan ilmiy asoslab berganidadir.
Uzoq o‘tmishdagi tadrijiy rivojlanish natijasida qarluq, o‘g‘uz, qipchoq tillari oilasiga kiruvchi guruhlarga mansub bo‘lgan turkiy tillar orasidagi mintaqaviy o‘zgarish va moslashuvlar sabab ijtimoiy aloqa munosabatlari tufayli vujudga kelgan hamda bir necha lahjalarni o‘z ichiga olgan eski o‘zbek tili Markaziy Osiyo mintaqasida muhim xususiyatga ega bo‘la boshladi. Shu bilan birga, geografik jihatdan ko‘hna Movarounnahrning “taraqqiyot chorrahasida” joylashganligi qadimgi turkiy, arab va forsiy tillardan ko‘plab o‘zlashmalarning kirib kelishiga va qadimgi o‘zbek tili asosining kuchayishiga zamin yaratdi.
O‘zbek tilining qadimiyligi va boy o‘tmishga ega ekanligini uning qadimdan yozuv madaniyatiga ega ekanligi ham isbotlaydi. Jumladan, qadimgi sug‘d va pahlaviy yozuvlari, o‘rxun-enisey, qadimgi oromiy va uyg‘ur hamda arab yozuvlarining o‘zi o‘zbek tiling milliy til sifatida shakllanishidagi o‘ziga xos poydevor bo‘lib xizmat qilgan.
Antik davrda qadimgi Xorazm davlati tilida oromiy yozuvlardan foydalanilganligi tadqiqotlarda keltirilgan3. Keyinchalik esa oromiy yozuvi asosida sug‘d yozuvi va pahlaviy yozuvlari ham shakllangan. O‘zbek xalqi o‘zining uzoq asrlik o‘tmishida ushbu yozuvlardan foydalanib uni milliy tilga moslashtirib kelganlar4. Asosan Markaziy Osiyoning yetakchi mutafakkir allomalari eski turkiy, arab va forsiy tili hamda yozuvlaridan foydalangan holda o‘zlarining betakror ilmiy meroslarini yozib qoldirganlar. Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, XX asr boshlaridagi berilgan manbalarda 1920-1921-yillarda Turkiston o‘lkasida isloh etilgan arab yozuvi, 1929- 3 Ўзбекистон Миллий Энциклиопедияси. Тупроққалъадан топилган Хоразм архивига оид ҳужжат. 4 Rahmatullayev Sh., Ноjiуеv A., O‘zbek tilining imlo lug’ati. –Т., 1995; yillarda esa bosqichma-bosqich eski lotin yozuvi, 1940-yillardan boshlab esa rus kirill yozuvlari qo‘llanilgan bo‘lsada, o‘zbek tili o‘zining milliy ahamiyati va xususiyatini saqlab, o‘zbek millatining boy madaniy merosini milliy tilda ifodalashda davom etgan.
Dastlabki adabiy o‘zbek tili so‘zlashuv tilidan keskin farq qilib, ilk davrda yaratilgan badiiy asarlarda turli lahjalarining xususiyatlari ham namoyon bo‘lgan. Masalan, o‘z davrining nodir qo‘lyozma manbalari sifatida e’tirof etiladigan Komil Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asarida qadimgi o‘g‘uz lahjasining xususiyatlari aks etgan bo‘lsa, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida esa o‘g‘uz, qipchoq va qarluq lahjalarining xususiyatlari namoyon bo‘lgan. Natijada XVI asr oxirlariga kelib turli lahjalarga mansub shakllar asta-sekin yo‘qolib, uning o‘rniga umumadabiy qo‘llaniladigan yagona adabiy til shakllari vujudga kela boshlagan. Shu tariqa Lutfiy, Sakkokiy, Alisher Navoiy va Mirzo Bobur singari buyuk tilshunos mutafakkirlar yozma asarlarining “tili” sifatida shakllangan eski o‘zbek adabiy tili keyinchalik katta geografik hududlarga yoyilgan. XIX asr oxiri va XX boshlariga kelib esa eski o‘zbek tilining barqaror, rivojlangan me’yorlari asosida Ogahiy, Munis, Muqimiy, Zavqiy, Furqat va Hamza Hakimzoda Niyoziy kabi yozuvchi va shoirlar ijod qilganlar5.
Mantiqiy falsafiy nuqtai nazardan olib qaralganda, aynan shu davrga kelib eski o‘zbek adabiy tili o‘zining yuqori uslubiyligi va jimjimadorligidan voz kechib, oddiy xalqning muomala so‘zlashuv tiliga aylanagan. Bu an’anaga o‘zining betakror hissasini qo‘shgan va o‘zbek tilining xalqchilligini oshirgan Abdurauf Fitrat, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy va Cho‘lpon kabi zabardast mutafakkirlarning betakror ilmiy meroslaridir. Zero XX asrning 20-yillariga kelib Abdurauf Fitrat boshchiligida tuzilgan “Chig‘atoy gurungi” a’zolarining maxsus faoliyatlari eski o‘zbek adabiy tilidan zamonaviy o‘zbek adabiy tiliga o‘tish bosqichidagi “madaniy ko‘prik” sifatida e’tirof etiladi.
Tarixiy-falsafiy nuqtai nazardan olib qaralganda o‘zbek tilini fan sifatida e’tirof etish va uning ilmiy rivojlanishiga keng yo‘l ochishga harakat qilish XX asr boshlaridagi jadid ma’rifatparvarlarining faoliyatida yaqqol namoyon bo‘ladi. Aniqrog‘i XX asrning 20-30-yillarida o‘zbek tilini tilshunoslik ilmidan ajratib olish yoki yangi ochilgan maktablarda tahsil oluvchi bolalarning o‘z ona tillarida fikrlarini to‘g‘ri bayon eta olish ko‘nikmasini shakllantirish jadidlarning ma’rifatparvarlik harakatlarining debochasi edi. Natijada o‘zbek tilining zamon ehtiyojlarini qondiruvchi 5 Нурмонов А., Ўзбек тилшунослиги тарихи. – Т., 2002. Б-94 va millatning dardiga darmon bo‘lib shakllanuvchi til sifatida shakllanishida Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat kabi ma’rifatparvarlarning xizmatlari beqiyos bo‘ldi. Aniqrog‘i ilk o‘zbek darsliklari va maorif sohasida qo‘llaniladigan ilk o‘zbek tilidagi adabiy-falsafiy tadqiqotlar dunyo yuzini ko‘rdi. 1934-yilga kelib, O‘zbekiston fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti tuzildi. 1981-yilda esa “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyotida ikki jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” nashr etildi.
Mustabid sho‘ro hukmronligi davrida olib borilgan siyosiy tazyiqlarga ko‘ra o‘zbek tilining faoliyati birmuncha cheklanganligi ham ayni haqiqatdir. Ko‘plab o‘zbek tilidagi so‘zlar ruscha talqin qilinib bunday so‘zlarini qo‘llash siyosiy jihatdan rag‘batlantirildi. Natijada o‘zbek tiliga kirib kelgan yangi atamalar hisobiga sof o‘zbek tilining rivojlanishiga ta’sir qilib, turli tadbirlar va yig‘inlar rus tilida olib boriladigan bo‘ldi. Oxir oqibat o‘zbek tilining mavqei sun’iy ravishda cheklanib milliy g‘urur va milliy iftixor tuyg‘usining uyg‘onishiga olib keldi.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi yoki o‘zbek xalqining milliy ona tilining tan olinishi 1989-yil 21-oktabrdagi “Davlat tili haqida”gi qonunga muvofiq rasman O‘zbekiston Respublikasining davlat tili sifatida e’tirof etilganligidir. Mustaqillik ostonasida aniqrog‘i, 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi milliy istiqlol tomon qo‘yilgan ilk qadamning debochasidir. Sobiq ittifoqning shijoati so‘nmay turib, hukmron kommunistik g‘oyaga qarshi bunday izchil o‘zgarishga qo‘l urish o‘zbek xalqining haqiqiy jasoratidir.
Mustabid tuzumning siyosiy tazyiqlari hali o‘tib ketmay turib xalq va milat kelajagini belgilaydigan bunday qonun loyihasining ikki marotaba umumxalq muhokamasiga qo‘yilishi va qat’iy shijoat bilan qonunning qabul qilinishi Vatan tarixida istiqlol tomon katta shaxdam qadam edi.
Asriy orzular ushaldi. O‘z haq-huquqlarini va milliy tilining mavqeyi ustuvor bo‘lishini talab qilish millatimizning muqaddas qadriyatlaridan sanalgan milliy tilimizni qonuniy maqomga ega bo‘lishiga zamin yaratdi. Ushbu qonunning qabul qilinishi o‘z davri uchun ulkan tarixiy ahamiyat kasb etib, o‘zbek tilini oliy darajadagi siyosiy va davlat anjumanlarida qo‘llaniladigan hamda O‘zbekiston Respublikasi rasmiy hujjatlari yoziladigan tilga aylantirdi.
O‘zbek tilining davlat tili sifatida e’tirof etilishi bilan birga, ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi tan olinib dunyoga tarannum etildi. Shuningdek, davlat tili maqomining qudrati shu darajada mustahkamlandiki, natijada Bosh qomusimiz sanalgan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining sof o‘zbek tilida yaratilishiga, davlat ramzlari va madhiyasining nafaqat mamlakatimiz balki butun dunyoda Ona tilimizda baralla yangrashiga zamin yaratdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida milliy o‘zbek tilining “davlat tili” maqomida huquqiy jihatdan belgilab berilishi milliyligimizni mustahkamlashga kamarbasta bo‘ldi va milliy tilimiz qonun bilan himoyalangan muqaddas timsol sifatida e’tirof etildi.
Xulosa qilib aytganda, milliy o‘zlikni anglash faqat milliy manfaatlarni himoya qilish bilan cheklanib qolmasdan balki, millat taraqqiyoti yo‘lida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohada millatni umummaqsadlar yo‘lida haraktga keltirib birlashtiruvchi vositadir. Shunday ekan, milliy o‘zlikni anglash har qanday millatning ilg‘or va etakchi belgilaridan sanaladi. Milliy o‘zlikni anglash shunchalik salohiyatli kuchga egaki u go‘yoki millatning qalbi, tomirlarida oqadigan qoni va uning asosini tashkil etuvchi joni kabidir. Aynan shuning uchun ham milliy o‘zlikni anglash millat abadiyligini ta’minlaydigan himoyachi kabidir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Президент Шавкат Мирзиёевнинг ўзбек тилига давлат тили мақоми
берилганининг ўттиз йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи.
21.10.2019. https://uza.uz/uz/posts/prezident-shavkat-mirziyeevning-zbek-tiliga-
davlat-tili-ma-o-21-10-2019\ 2. Rahmatullayev Sh., Ноjiуеv A., O‘zbek tilining imlo lug’ati. –Т., 1995; 3. Rahmatullayev Sh., Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –Т., 2005 4. Менглиев Б. “Тил - миллат тимсоли, халқ ғурури”. Ҳуррият газетаси 2009.
ttps://ziyouz.uz/suhbatlar/baxtiyor-mengliev-til-millat-timsoli-xalq-gururi/ 5. Нурмонов А., Ўзбек тилшунослиги тарихи. – Т., 2002. Б-94
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.