ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

MILLIY TARBIYA TIZIMI VA REGGIO EMILIA YONDASHUVIDA BOLANING IJODIY FAOLIYATI: MADANIY QADRIYATLAR, TAʼLIM MUHITI VA PEDAGOGIK AMALIYOTLAR ASOSIDA QIYOSIY TAHLIL

Аннотация

Ushbu maqola oʻzbek anʼanaviy tarbiya tizimi va Reggio Emilia yondashuvini qiyosiy tahlil qiladi. Oʻzbek tarbiyasi — kattaga hurmat, kichiklarga izzat, bola odobi, oila markaziyligi, mahalla instituti, mehnat tarbiyasi va anʼanaviy ijtimoiylashuv kabi qadriyatlarga tayangan holda bola shaxsini ijtimoiy-axloqiy asosda shakllantiradi. Reggio yondashuvi bolani ijodkor subekt sifatida koʻrib, uning “yuz til” orqali oʻrganish va izlanish qobiliyatini qoʻllab-quvvatlaydi. Tadqiqot har bir komponent boʻyicha Oʻzbekiston modeli → Reggio modeli → qiyosiy xulosani beradi va ikki yondashuvni uygʻunlashtirish imkoniyatlarini asoslaydi. Natijada Oʻzbekiston sharoiti uchun madaniy moslashgan gibrid taʼlim modeli taklif qilinadi.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

--⊱⊱ 81 ⊰⊰--

AMALIYOTLAR ASOSIDA QIYOSIY TAHLIL

Zuparova Dilnoza Dadaxonovna

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor

va mutaxassislarini qayta tayyorlash va

ularning malakasini oshirish instituti

“Pedagogika va psixologiya” pedagogika

fanlari falsafa doktori (PhD) kafedrasi

dotsenti

Annotatsiya: Ushbu maqola oʻzbek anʼanaviy tarbiya tizimi va Reggio Emilia yondashuvini qiyosiy tahlil qiladi. Oʻzbek tarbiyasi — kattaga hurmat, kichiklarga izzat, bola odobi, oila markaziyligi, mahalla instituti, mehnat tarbiyasi va anʼanaviy ijtimoiylashuv kabi qadriyatlarga tayangan holda bola shaxsini ijtimoiy-axloqiy asosda shakllantiradi. Reggio yondashuvi bolani ijodkor subekt sifatida koʻrib, uning “yuz til” orqali oʻrganish va izlanish qobiliyatini qoʻllabquvvatlaydi. Tadqiqot har bir komponent boʻyicha Oʻzbekiston modeli → Reggio modeli → qiyosiy xulosani beradi va ikki yondashuvni uygʻunlashtirish imkoniyatlarini asoslaydi. Natijada Oʻzbekiston sharoiti uchun madaniy moslashgan gibrid taʼlim modeli taklif qilinadi.

Kalit soʻzlar: milliy tarbiya; mahalla; bola odobi; izzat-hurmat; mehnat tarbiyasi; marosimiy ijtimoiylashuv; Reggio Emilia; bola shaxsi; fassilitatsiya; taʼlim muhiti; uchinchi oʻqituvchi; SEL; kuzatish; hujjatlashtirish.

Abstract: This article provides a comparative analysis of the Uzbek traditional upbringing system and the Reggio Emilia approach. The Uzbek model develops child agency within moral–social frameworks such as respect for elders, respect for the young, child etiquette, mahalla-based socialisation, labour upbringing and ritual practices. Reggio Emilia positions the child as a creative protagonist who learns through multiple expressive “hundred languages” supported by a facilitating teacher and a responsive learning environment. Each analytical section is structured as: Uzbek model, Reggio model, comparative conclusion. The study identifies strong compatibility between the two systems and proposes a culturally grounded hybrid ECE framework for Uzbekistan.

Keywords: National upbringing; mahalla; child etiquette; respect norms; Reggio Emilia; agency; facilitation; learning environment; documentation; SEL; rituals; labour upbringing.

Annotatsiya: В статье проводится сравнительный анализ узбекской традиционной системы воспитания и подхода Реджо Эмилия. Узбекская модель формирует агентность ребёнка через нравственно-социальные категории: почитание старших, уважение к младшим, детский этикет, социализация через махаллю, трудовое воспитание и ритуалы. Подход Реджо рассматривает ребёнка как творческого субъекта, использующего «сто языков» выражения при поддержке фасилитатора и среды. Каждая часть включает: национальную модель, модель Реджо, сравнительный вывод. Делается вывод о возможной интеграции двух систем в гибридную культурно адаптированную модель.

Ключевые слова: национальное воспитание; махалля; детский этикет; уважение; Реджо Эмилия; фасилитация; среда обучения; SEL; документация; ритуалы; трудовое воспитание.

--⊱⊱ 82 ⊰⊰--

Yurtimizda asrlar davomida shakllanib kelayotgan milliy tarbiya oʻzida goʻzal urf-odatlarimiz, anʼanalar va qadriyatlarimizni ʼaks etgan holda farzandlarimizni jamiyatga moslashgan, axloqan yetuk, ijtimoiy masʼuliyatli shaxs sifatida tarbiyalashga qaratilgan. Milliy tarbiyaning asosini asosini kattaga hurmat, kichiklarga izzat, odob-axloq, mahalla institutining tarbiyaviy kuchi, anʼanaviy ijtimoiylashuv, mehnat va jamoaviy qadriyatlar tashkil etadi [18;19;20;21]. Bu qadriyatlar bola shaxsini ijtimoiy meyorlar orqali boshqaradi. Reggio Emilia yondashuvi bolani “yuz tilga ega ijodkor shaxs” sifatida talqin qiladi [1]. Bu modelda pedagog fassilitator boʻlib, bolani kuzatadi, uning fikriga quloq soladi va muhitni bola tadqiq etishi uchun qulay tarzda tashkil qiladi [2;3]. Taʼlim muhiti — “uchinchi pedagog” sifatida— bolaning oʻrganishiga xizmat qiluvchi asosiy omildir [4;5]. Ushbu tadqiqot qiyosiy tahliliy yondashuvi asosida amalga oshirildi. Milliy tarbiya yuzasidan Avloniy[18], Fitrat[19], Qodirov[20], Sharipova[22], Azimova[23], Sultonov[21] va Boymurodova [25] kabi manbalarda ayni masalaga eʼtibor qaratilgan. Reggio Emilia boʻyicha esa Edwards, Gandini & Forman[1], Rinaldi [2], Vecchi[3], Malaguzzi[4] va Fabbi [9–13] tadqiqotlari asos qilib olindi. Tahlil bola shaxsi va odobi, fassilitatsiya va ustoz-shogirdlik, taʼlim muhiti va mahalla instituti, oʻyin, hunarmandchilik va materiallar, ijtimoiy-hissiy rivojlanish (SEL), kuzatish va hujjatlashtirish kabi pedagogik komponentlar doirasida olib borildi

Bolaning ijodiy faoliyati va odobi. Oʻzbek milliy tarbiyasida bola shaxsi kattaga hurmat, kichiklarga izzat, odoblilik, jamoaga moslashuv kabi axloqiy meyorlarga asoslanadi. Bu ijodiy faoliyat ijtimoiy-axloqiy nazorat orqali shakllanadi [18;19;20]. Bola avtonom emas, balki “jamiyat ichida shakllanuvchi subekt” sifatida qaraladi. Reggio Emilia yondashuvi bolani mustaqil faoliyat yurituvchi, ijodkor va tadqiqotchi subekt sifatida talqin qiladi [1;4]. Bola tashabbus koʻrsatadi, savol beradi, fikr yaratadi va tajriba dizayneriga aylanadi. Oʻzbek modelida agentlik — axloqiy; Reggioda agentlik — ijodiy. Ularni integratsiya qilish bola shaxsiyatini barqaror va ijodiy rivojlantirishga xizmat qiladi.

Fassilitatsiya va ustoz-shogirdlik anʼanalari. Ustoz-shogirdlik tizimi koʻp asrlar davomida shakllangan. Ustoz — bilim egasi, maʼnaviy yetakchi, tarbiya namunasidir [19;22]. Munosabatlar vertikal: ustoz boshqaradi, shogird izzat qiladi. Reggio pedagogi — fassilitator, kuzatuvchi va hamkordir [2;9;10,11,13]. U rahbar emas, balki jarayonni qoʻllab-quvvatlovchi shaxsdir.Bunda savollar berish, jarayonni qayta talqin qilish va dialog qurishmuhim oʻrinda. Oʻzbek modeli — axloqiy ustozlikdir. Bunda ustoz shaxsiy namuna koʻrsatish orqali tarbiya beradi. Reggio yondashuvi — pedagogik hamkorlikdir. Har ikki yondashuvni umumlashtirganda ustoz — ham madaniy yoʻlboshchi, ham fassilitator sifatida yangi rolga ega boʻlishi mumkin.

Taʼlim muhiti va mahalla instituti. Mahalla bolani tabiatdan ajralmagan ijtimoiy muhitga joylashtiradi. Unda bola ijtimoiylashadi, jamoaviy qadriyatlarni oʻrganadi, kattalar bilan muloqot qiladi [21;25]. Muhit — tarbiya beruvchi ijtimoiy institut. Reggio muhiti — “uchinchi pedagog” [3]. Unda estetika, tabiiylik, ochiq materiallar, yorugʻlik va makon tashkiloti bola oʻrganishini kuchaytiradi [3;4;5]. Mahalla — ijtimoiy muhit boʻlsa Reggio muhiti — didaktik muhitdir. Ularning integratsiyasi Oʻzbekiston maktabgacha taʼlimida estetik, funksional va ijtimoiy jihatdan boy makonlar yaratishga asos boʻlishi mumkin.

Oʻyin, hunarmandchilik. Bolalarda mehnat, hunarmandchilik, amaliy faoliyat juda erta shakllanadi: kulolchilik, yogʻoch oʻymakorligi, kashtachilik, hasharda ishtirok, dala-mehnat tajribasi [20;23]. Bu jarayon sensor, ijtimoiy va mehnat madaniyatini rivojlantiradi. Reggio yondashuvi ochiq materiallar, tabiiy resurslar, qayta ishlanadigan predmetlar orqali ijodiy oʻyin va tadqiqotni ragʻbatlantiradi [1;3;5]. Milliy halq amaliy bezak sanʼati va hunarmandchilik Reggiodagi atelier

--⊱⊱ 83 ⊰⊰-- konsepsiyasiga juda mos keladi. Ikkinchi yondashuv birinchini boyitadi: oʻzbek materiallari + Reggio estetika — oʻziga hos, milliy elementlardan tarkib topgan kreativ muhit yaratishi mumkin.

Ijtimoiy-hissiy rivojlanish (SEL). SEL anʼanaviy ravishda urf-odatlar, jamoaviy tajribalar, oilaviy ierarxiya, kattaga hurmat, oʻzini tutish meyorlari orqali shakllanadi [18;21;23;24]. Bola histuygʻularini tartib bilan boshqarishni ijtimoiy kontekstda oʻrganadi. Reggio SELni bolalarning birgalikdagi oʻyinlari, muloqot, kelishuv, fikr almashish jarayonida shakllantiradi [6;7]. Pedagog — hissiy muhitni boshqaruvchi hamkordir. Oʻzbek milliy ijtimoiy muhiti — madaniy ijtimoiyemotsional oʻrganish muhitidir, Reggio yondashuvi — konstruktiv SEL sifatida namoyon boʻladi. Birgalikda ular bolalarda kuchli emotsional savodxonlikni yaratishi mumkin.

Kuzatish va hujjatlashtirish Maktabgacha taʼlim-tarbiya jarayonida pedagog kuzatishga katta eʼtibor beriladi, ammo bu jarayon rasmiy shakllanmagan. Odatda kuzatuv jarayoni koʻproq ogʻzaki xotira, tajriba va sezgi bilan bogʻliq [22]. Reggio yondashuvida kuzatuv va hujjatlashtirish — taʼlim jarayonining koʻrinarliligi, pedagog refleksiyasi va bola fikrining rivojini aks ettiruvchi asosiy metod [9;10;11]. Reggio hujjatlashtirish amaliyotini oʻzbek pedagoglarining intuitiv kuzatuvi bilan integratsiya qilish — ilmiy asoslangan, tizimli nazorat mexanizmini yaratishi mumkin.

Qiyosiy tahlil shuni koʻrsatadiki, Oʻzbekistonning milliy anʼanaviy tarbiyasi va Reggio uygʻunligi kuchli axloqiy poydevor yaratadi va pedagogik innovatsiya va ijodkorlik madaniyatini olib kiradi. Integratsiya madaniy jihatdan moslashgan bolaga yoʻnaltirilgan taʼlim, mahalla qadriyatlariga tayangan estetik taʼlim muhiti, ijodkorlik va axloqiy tarbiya uygʻunligi, SELning madaniy va konstruktiv komponentlarini birlashtirish, ustoz-shogirdlikning fassilitativ shakliga oʻtish imkoniyatlarini beradi:

Milliy tarbiya — ijtimoiy barqarorlik, axloqiy komillik va jamoaviylikni shakllantiruvchi tizimdir. Reggio Emilia yondashuvi — ijodiy fikrlash, mustaqil oʻrganish va multimodal ifoda imkoniyatini beruvchi metodologiya. Ularning uygʻunlashuvi: ijodiy + axloqiy, jamoaviy + individual, intuitiv + ilmiy, anʼanaviy + innovatsion taʼlim strukturasini yaratadi. Bu Oʻzbekiston sharoiti uchun yangi, milliy gibrid pedagogik modelni yaratishga asos boʻladi. Bunda madaniy jihatdan asoslangan, global metodologiyalar bilan uygʻunlashgan, milliy pedagogik model shakllanishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Edwards, C., Gandini, L., & Forman, G. (2012). The Hundred Languages of Children. Praeger.

2. Rinaldi, C. (2006). In Dialogue with Reggio Emilia. Routledge.

3. Vecchi, V. (2010). Art and Creativity in Reggio Emilia. Routledge.

4. Malaguzzi, L. (1993). For an Education Based on Relationships. Young Children, 49(1), 9– 12.

5. Project Zero & Reggio Children. (2001). Making Learning Visible. Harvard.

6. Brackett, M. (2019). Permission to Feel. Celadon.

7. Immordino-Yang, M. H. (2016). Emotions, Learning, and the Brain. Norton.

8. Rogoff, B. (2003). The Cultural Nature of Human Development. Oxford University Press.

9. Fabbi, C. (2016). Participation, Learning and Co-responsibility. Reggio Children.

10. Fabbi, C. (2018). Educational Documentation as a Tool for Professional Growth. Reggio Children.

11. Fabbi, C. (2019). Learning and Relationships. Reggio Children.

12. Fabbi, C. (2020). Schools as Research Communities. Reggio Publications.

13. Fabbi, C., & Rinaldi, C. (2021). The Visibility of Learning. Reggio Children.

--⊱⊱ 84 ⊰⊰--

18. Avloniy, A. (1913/1992). Turkiy Guliston yo Haxloq. Maʼnaviyat.

19. Fitrat, A. (1924/1995). Oila. Sharq.

20. Qodirov, N. (2008). Oʻzbek Xalq Pedagogikasi. TDPU.

21. Sultonov, K. (2009). Mahalla va Tarbiya. Ijtimoiy Hayot, 4, 12–18.

22. Sharipova, Z. (2015). Milliy Tarbiya Konsepsiyasi. Pedagogika, 3(2), 44–51.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.