MILLIY TIL VA MILLIY MANFAAT
L.Eryigitova - sots.f.f.d., (Pd) CAMU xalqaro tibbiyot universiteti
Annotatsiya: Mazkur maqolada eski o‘zbek tilining taraqqiyot bosqichlari va turkiy adabiy til rivoji haqida tahlillar bilan birga bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohatlarda til muammolari bilan bog‘liq masalalarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida so‘z boradi.
Kalit so’zlar: Eski o'zbek tili, «turkiy», «chig'atoy tili», «O'rta Osiyo turkiy adabiy tili», qarluq, o'g'uz, qipchoq, Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig", Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'atit turk", Ahmad Yassaviyning "Hikmatlar", Ahmad Yugnakiyning "Hibatul haqoyiq", Xorazmiyning "Muhabbatnoma", Rabg'uziyning "Qissasi Rabg'uziy", "Nahjul Farodis", "Me'rojnoma” .
НАЦИОНАЛЬНЫЙ ЯЗЫК И НАЦИОНАЛЬНЫЙ ИНТЕРЕС
Эрйигитова Л. - кандидат социальных наук, Международный медицинский университет САМУ.
Аннотация: В данной статье рассматриваются этапы развития староузбекского языка и развития турецкого литературного языка, а также изменения, которые реализуются в нашей стране в вопросах, связанных с языковыми проблемами в реформах, реализуемых сегодня в Узбекистане.
Ключевые слова: староузбекский язык, «турецкий», «чигатайский язык», «тюркский литературный язык Средней Азии», карлукский, огузский, кыпчакский, «Кутадгу билиг» Юсуфа Хоса Хаджиба, «Девону Лугатит Тюрк» Махмуда Кошгари, «Девону Лугатит Тюрк» Ахмада Яссави». Пословицы», «Хибатул Хакайик» Ахмада Юннаки, «Мухаббатнама» Хорезми, «Кисси Рабгузи» Рабгузи, «Нахул Фародис», «Ме'дневник».
NATIONAL LANGUAGE AND NATIONAL INTEREST
L. Eryigitova - soc. Ph.D., (Pd) CAMU International Medical University.
Abstract: This article discusses the stages of the development of the old Uzbek language and the development of the Turkish literary language, as well as the changes that are being implemented in our country in the issues related to language problems in the reforms implemented in Uzbekistan today.
Key words: Old Uzbek language, "Turkish", "Chigatai language", "Turkish literary language of Central Asia", Qarluq, Oghuz, Kipchak, Yusuf Khos Hajib's "Kutadgu bilig ", Mahmud Koshgari's "Devonu Lugatit Turk", Ahmad Yassavi's "Proverbs", Ahmad Yugnaki's "Hibatul Haqayik", Khorezmi's "Muhabbatnama", Rabguzi's "Kissasi Rabguzi", "Nakhul Farodis", "Me' diary".
“Davlat tiliga bo'lgan e'tiborni mustaqillikka
bo'lgan e'tibor deb bilishimiz kerak”.
SH.Mirziyoev.
Eski o'zbek tili - turkiy tillar dasht qarluq guruhiga mansub tillardan biri; mahalliy turkiy lahjalar negizida o'zidan oldingi davrlar (mas, qoraxoniylar – XI-XII asrlar; Oltin O'rda – XIII-XIY asrlar)ning adabiy lisoniy an'analari ta'siri ostida shakllangan va XIY asr II yarmidan XIX asr oxirlarigacha mavjud bo'lgan yozma kitobiy til.
O'zbek tili tarixini davrlashtirish va bunda Eski o'zbek tilining o'rni va qaysi davr (yillar)ni qamrab olishi haqida yagona fikr mavjud emas. O'zbek tili tarixini davrlashtirish bo'yicha rus olimlaridan S.YE.Malov, P.M.Melioranskiy, A.N. Samoylovich, A.K.Borovkov, A.M.Shcherbak, venger olimi YA.Ekman, o'zbek olimlaridan O.Usmonov, G'.Abdurahmonov, U.Tursunov bilan B. O'rinboev, A.Muxtorov bilan U.Sanaqulov va boshqalarning tadqiqotlari mavjud (ularning ba'zilarida «Eski o'zbek tili» termini o'rnida «turkiy», «chig'atoy tili», «O'rta Osiyo turkiy adabiy tili» terminlari qo'llangan).
Eski o'zbek tili qadimgi turkiy tilning bevosita davomi va hoz. o'zbek tilining asosi hisoblanadi. Ayrim ilmiy manbalarda «chig'atoy tili» deb ham ataladi, ammo Eski o'zbek tilining Chig'aytoyga, mo'g'ullarga hech qanday aloqasi yo'q, buning ustiga o'sha davr yozuvchi va shoirlari o'z tillarini turkiy (til) deb nomlaganlar. Qarluq, o'g'uz, qipchoq guruhlariga mansub turkiy tillar o'rtasidagi mintaqaviy variantlashuv (o'zgarishlar) va jadal, samarali aloqamunosabatlar tufayli kelib chiqqan turli lahjaviy shakllarni o'z ichiga olgan Eski o'zbek tili umumlahjaviy (barcha lahjalar uchun umumiy) xususiyatga ega bo'ladi. Bu xususiyat ko'plab arabcha, forscha o'zlashmalar, shuningdek, arab grafikasining qo'llanishi oqibatida yanada chuqurlashadi, murakkablashadi. Buning natijasida Eski o'zbek tili dagi asarlar Bosfordan Oltoy va Hindistongacha cho'zilgan hududda yashovchi turkiyzabon xalqlar tomonidan keng o'qiladigan bo'lgan. Shuni aytish kerakki, arabcha, forscha so'z va iboralarning ko'plab qo'llanishi va uslubiy vositalar sababli kitobiy til jonli tildan jiddiy farq qilgan. Yozma adabiyotning kam tarqalganligi tufayli lahja xususiyatlari saqlanib qolgan. Bunday xususiyatlar adabiy asarlarda ham ma'lum darajada o'z aksini topgan. Farg'ona va Movarounnahrda yozilgan adabiy asarlar tili bilan Xorazmda yozilgan adabiy asarlar tili urtasida ma'lum lahjaviy farqlar sezilib turgan.
Eski o'zbek tilining ilk shakllanish davrida (XII-XIII) bu narsa yaqqol ko'rinar edi, keyinchalik esa bunday lahjaviy xususiyatlar aralashib ketadi. Mas, Xorazmiyning «Muhabbatnoma» va Said Ahmadning «Taashshuqnoma» asarlarida o'g'uz lahjasi xususiyatlari, Qutbning «Xusrav va Shirin» asarida qipchoq lahjasi xususiyati o'z aksini topgan bo'lsa, XYI asrga oid «Boburnoma»da qarluq, o'g'uz va qipchoq lahjalarining xususiyatlari aralash hodda qo'llangan. Shu tariqa lahja xususiyatlari astasekin yo'qola borib, XY-XYI asrlarda yagona, umumiy adabiy til xususiyatlari asosiy o'rinni egallaydi. Eski o'zbek adabiy tili ancha keng hududga yoyilib, uning barqarorlashgan me'yorlari asosida yozuvchi va shoirlar XIX asr oxiri – XX asr boshlarigacha ijod qilib keldilar.
Eski o'zbek tili Alisher Navoiy davrida, uning asarlarida o'z rivojining eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. Shoir o'zining o'nlab nazmiy va nasriy asarlari bilan bu tilni kamolotga yetkazdi, uni davlat tili darajasiga olib chiqishga harakat qildi. U nafaqat o'sha va keyingi davrlar o'zbek adabiy tilining asoschisi, rivojlantiruvchisi, balki tadqiqotchisi hamdir. Navoiy o'zining «Muhokamat ullug'atayn» asarida Eski o'zbek tili (turkiy)ni fors tiliga qiyoslash asosida uning fonetik, leksik va grammatik sohalarda rivojlangan til ekanligini nazariy jihatdan asoslab, ko'rsatib beradi.
Boburning nasriy asari «Boburnoma» Navoiyning nasriy asarlaridan tilining ancha soddaligi, jonli tilga yaqinligi bilan hatto hoz. zamon o'quvchisiga ham tushunarlidir. Alisher Navoiydan keyin yaratilgan nasriy asarlar va ayrim dostonlarda Eski o'zbek tilining an'anaviy me'yorlaridan bir oz uzoqlashish, uni xalq tiliga yaqinlashtirish tamoyili kuzatiladi. Ko'plab she'riy asarlarda, g'azallarda esa eski o'zbek adabiy tili an'analari davom etadi. XIX asrning II-yarmiga kelib nasriy asarlargina emas, nazmiy asarlar ham jonli tilga yaqinlashadi. Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqalar shoirlarning asarlari ana shular jumlasidandir.
Ayni shu davr, ya'ni XIX asr oxiri – XX asr boshlari eski o'zbek adabiy tilidan hoz. o'zbek adabiy tiliga o'tish bosqichi hisoblanadi.
Agar til madaniyat ko'zgusi bo'lsa, xalqning moddiy, ma'naviy va madaniy saviyasi, birinchi navbatda, uning tilida namoyon bo'ladi. O'zbeklar o'z tillarida (bir necha alifboda) juda ko'p badiiy, tarixiy-filologik, jug'rofiy va boshqa yozuv yodgorliklarini yaratganlarki, ular o'zbek adabiy tili tarixini o'rganishda katta ahamiyatga ega. O'zbek xalqi madaniyati tarixi taraqqiyotida o'zbek adabiy tili ulkan rol` o'ynagan. O'zbek (turkiy) tilida davrlar osha yozilgan badiiy, tarixiy, ilmiy yodgorliklar umumxalq tilining eng yaxshi xususiyatlarini o'zida saqlagan bo'lib, xalqimizning qadimgi madaniyatini aks ettirgan obidalar ham hisoblanadi.
Bizgacha yetib kelgan obidalarni kuzatish orqali xalqimiz tarixi va tilimiz tarixiy taraqqiyotiga oid ko'pgina qimmatli ma'lumotlarga ega bo'lamiz. XI–XIV asrlarda yaratilgan asarlarning ko'pchiligi turkiy xalqlarning mushtarak merosidir. Bunga Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig", Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'atit turk", Ahmad Yassaviyning "Hikmatlar", Ahmad Yugnakiyning "Hibatul haqoyiq", Xorazmiyning "Muhabbatnoma", Rabg'uziyning "Qissasi Rabg'uziy", "Nahjul Farodis", "Me'rojnoma” kabi asarlarni ko'rsatish mumkin.
Til ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotining barcha yo'llari bilan uzluksiz bog'langan. Shunday ekan, til har bir millat madaniyatining o'zagi bo'lib, tilning saqlanishi xalq taraqqiyoti va kelajagini belgilaydi. Til xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o'qitadi, urf-odat, an'analarini saqlaydi. Bosh Qomusimizning 4- moddasida «O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir», deb belgilab qo'yilgan.
YUNESKO ma'lumotiga ko'ra, xozirgi kunda dunyoda 6 ming 909 til mavjud bo'lib, ulardan 200 ga yaqini davlat tili maqomiga ega. Ular orasida ona tilimiz-o'zbek tilining ham borligi qalbimizni faxr-iftixorga to'ldiradi. Inson qalbiga jamiki ezgu fazilatlar ona allasi, ona tilining betakror jozibasi orqali singadi. O'zlikni anglash, milliy ong va qadriyatlar, avlodlarni bir-biriga ruhiy va ma'naviy jihatdan bog'lovchi vosita bu tildir.
Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo'lgan o'zbek tili xalqimiz uchun milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma'naviy boylik, buyuk qadriyatdir. Kimda-kim o'zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta'sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo'lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o'lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo'shiqlariga quloq tutsin", dedi Prezident Shavkat Miromonovich.
So'z mulkining sultoni Alisher Navoiy bobomiz “Ko'ngil qulfi maxraning qulfi til va gulfin kalitin so'z bil”. Ya'ni inson qalbining xazinasining kaliti so'zdir, deganlarida tilning nainki muloqot, balki dillarni bog'lovchi vosita ekanligiga e'tibor qaratgan. Xalqimizning necha asrlik boy tarixi tarixi, ko'hna va serqirra madaniyati o'zbek tili ta'sirida shakllangan. Ulug' shoirimiz Alisher Navoiy shu tilda bebaho asarlar yaratib, dunyoni lol qoldirgan. 1470 yillarning oxirlarida Alisher Navoiy o'zining o'zbek tilida yozgan shehrlaridan iborat ilk devoni – “Badoe' ul-bidoya” (“Badiiylik ibtidosi”)ni tuzdi.
1989 yilda qabul qilingan qonunga asosan o'zbek tili O'zbekiston Respublikasida yagona davlat tili sifatida tan olindi. 1995 yil 21 dekabrda qonun yangi tahrirda qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasining davlat tili to'g'risidagi qonuni qabul qilingan kunni bayram etib nishonlash to'g'risida 2020 yil 23 martda Oliy Majlis qonunchilik palatasining qonuni qabul qilindi. Shunday ekan o'zbek adabiy tilni asrash va uni rivojlantirish har birimizning burchimiz. O'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va bu davlatimizning Asosiy Qonunida mustahkamlab qo'yilishi xalqimiz tarixida buyuk voqea bo'lganligi shubhasiz. O'zbek tili davlatimiz ramzlari qatorida turadigan muqaddas timsollardan biriga aylandi, bu timsolga ehtirom ko'rsatishni yurtimizdagi, millatidan qat'iy nazar, barcha kishilar o'zlarining fuqarolik burchi deb biladi. Ayni paytda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillarining tillari va milliy qadriyatlarining rivoji uchun tegishli sharoitlar yaratilgan.
Til-millat qiyofasi, ma'naviy boyligimiz timsoli. Til tufayli xalq va elatlarning madaniy urf –odatlari saqlanib qoladi. Qachonki bolalar o'z ona tillarida o'qishni to'xtatar ekan, o'sha til yo'qolish sari yuz tutadi. Tillarni saqlab qolish bu o'sha xalqning madaniyati, urf –odati, rasm-rusumlarining boqiyligini anglatadi.
Yoshlarimiz bugungi kunda o'z ona tilimiz bilan bir qatorda ko'plab chet tillarni ham o'rganmoqda. Globallashuv davrida milliy tilimizning sofligini asrash, uning lug'aviy boyligini oshirish, turli sohalarda tilimizga chet tillardan kirib kelayotgan atamalarning o'zbekcha muqobillarini yaratish va iste'molga kiritish vazifalari turibdi.
Mamlakatimizning ta'lim-tarbiya muassasalarida turk, ingliz, xitoy, rus, yapon, koreys, nemis, ispan, frantsuz, arab va hind tillari o'rganilmoqda. Yoshlarimiz chet tillarini yaxshi bilishi ularning kamolotida katta ahamiyat kasb etadi. Lekin har bir yigit-qiz avvalo, o'z ona tilisini mukammal bilishi va uni rivojlantirishga o'z hissasini qo'shishi lozim. Demak xalqimizga tilimizning boyligi va go'zalligini uqtira bilish har birimizning vazifamizdir. Biz tilni asrash uchun, uni rivojlantirish uchun avvalo yoshlarimizda, rahbaru fuqaroda o'zlikni anglash ruhini shakllantirishimiz, ularga o'zbek tilini tanitishimiz va sevdira olishimiz darkor.
Ma'lumki, bugungi kunda ingliz tili xalqaro muloqot tillarining asosiylaridan biri hisoblanadi. U hayotimizning har bir jabhasiga kirib borgan va siyosiy hamda iqtisodiy masalalarni hal etishni osonlashtiradi, desak adashmagan bo'lamiz. Biroq har bir mamlakat o'z tilini saqlab qolishga harakat qilishi kerak, chunki aynan til uni o'ziga xos qiladi va boshqa mamlakatlardan ajratib turadi.
Davlatimiz rahbari “Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo'lgan o'zbek tili xalqimiz uchun milliy o'zlik va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma'naviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyotida g'oyat muhim o'rin egallab kelayotgan buyuk qadriyat”, ekanini alohida ta'kidlab o'tgandi. Darhaqiqat, til –millat tafakkurining bebaho mahzani, ulkan boyligi sifatida ijtimoiy hayotimizda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dunyo tillarini saqlab qolish, madaniy, intellektual merosning yo'q bo'lib ketish xavfining oldini olish maqsadida BMTning Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti (YUNESKO) tomonidan 1999 yil noyabrda “21 fevral – Xalqaro ona tili kuni”, deb e'lon qilingan. Mazkur sana dunyoda tillarga bo'lgan e'tibor va hurmatning ramziy ma'nosini ifodalab keladi. Quvonarlisi, yurtimizda davlat tiliga bo'lgan e'tibor har qachongidanda kuchaydi. Bugun ona tilimizni ulug'lash, uning boy xazinasi, tarovati va nafosatini yosh avlodga yetkazish maqsadida yurtimizda atoqli shoir va adiblarimiz nomlaridagi ijod maktablari tashkil etildi. Muhammad Rizo Ogahiy, Is'hoqxon Ibrat, Abdulla Qodiriy, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov, Halima Xudoyberdieva, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktablarida saboq olgan yoshlar o'zbek tili va adabiyoti, badiiy ijod sirlarini chuqur o'rganishi sir emas. Buning uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.
Tarixga yuzlanadigan bo'lsak, taassufki, mustabid tuzum davrida millat ruhi, g'ururi bo'lmish o'zbek tilining mavqeini pasaytirishga urinishlar ko'p bo'ldi. Millat oydini, ma'rifatparvar adib Abdulla Qodiriy “O'zbek tili kambag'al til emas, balki o'zbek tilini kambag'al deguvchilarning o'zi kambag'al. Ular o'z nodonliklarini o'zbek tiliga to'nkamasinlar”, degan xitobi bilan o'tmishning achchiq sitamlarini namoyon etdi. Sobiq ittifoq davrida ona tiliga bo'lgan bepisandlikka qaramay, xalqimiz o'z milliy tilini saqlab qoldi.
1989 yil 21 oktyabr kuni qabul qilingan “Davlat tili to'g'risida”gi qonunga muvofiq, o'zbek tili davlat tili, deb e'lon qilindi. Mazkur tarixiy sanadan o'ttiz yil o'tib, ona tilimizni e'zozlash yangi bosqichga ko'tarildi.
Prezidentimizning 2019 yil 4 oktyabrdagi “O'zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganining o'ttiz yilligini keng nishonlash to'g'risida”gi qarori hamda 21 oktyabrdagi “O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni buning yorqin dalilidir. Farmonga binoan 21 oktyabr yurtimizda “O'zbek tili bayrami kuni”, deb e'lon qilindi. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tuzilmasining tashkil etilgani o'zbek tilining nufuzini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi, sohaga oid muammolarni tahlil etib, bu borada yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlash uchun xizmat qilishi shubhasiz.Bundan tashqari, ona tilimizning tarixiy ildizlarini chuqur o'rganish, uni ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish va qo'llanish doirasini kengaytirish, filolog kadrlar tayyorlash borasidagi ishlarni yangi pog'onaga ko'tarish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etildi. Bu esa ajdodlardan avlodlarga o'tib kelayotgan bebaho ma'naviy merosni kelajak avlodga yetkazish, uni asrab-avaylash yo'lidagi muhim qadamlardan biri bo'ldi. Yana bir jihatga to'xtalib o'tsak maqsadga muvofiq bo'ladi. Fan-texnika rivojlanib, ilmiy atamalar ko'paygani sari milliy tilimizning sofligini saqlash, uning lug'at boyligini oshirish, turli sohalarda zamonaviy atamalarning o'zbekcha muqobilini yaratish, ularning bir xil qo'llanishini ta'minlash dolzarb vazifaga aylandi. Shu maqsadda Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan yuqoridagi farmonga muvofiq, yangi so'z va atamalarni rasmiy iste'molga kiritish borasidagi ishlarni tartibga soladigan Atamalar komissiyasini tuzish masalasi kun tartibiga qo'yildi. Ayniqsa, Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilk marta o'zbek tilida nutq so'zlashi ona tilimizning nufuzi va mavqeini yanada oshirdi. Xalqaro hamjamiyat tomonidan “Navoiy tili” deb e'tirof etiladigan ona tilimizning jahonda e'tirof etilishi nihoyatda katta va muhim tarixiy voqelik bo'ldi. Bu har bir yurtdoshimiz ko'nglida g'urur-iftixor tuyg'usini yanada oshirdi.
Shu o'rinda ma'rifatparvar bobomiz Alixonto'ra Sog'uniyning quyidagi fikrlari e'tiborga molik: “Qaysi bir millatning ona tili o'z hojatini o'tayolmay, boshqa yot tillar oldida mag'lubiyatga uchrab tiz bukar ekan, unday millat ko'p uzoqlamay, insoniy tuyg'ularidan ajragan holda hayot daftari ustiga inqiroz qalami chekilishi shubhasizdir. Unday millatlar yolg'izgina Vatanlaridan emas, balki butun borlig'i bilan tarix yuzidan yo'qolishga majbur bo'ladi”. Zero, Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, “Har birimiz davlat tiliga bo'lgan e'tiborni mustaqillikka bo'lgan e'tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozim”. Chunki yillar o'tib, qaysi yurtning farzandlari o'z ona tillarida o'qishni to'xtatsa, o'sha til yo'qlik qa'riga singib ketadi. Shu sababli ham tilning yot ta'sirlardan saqlash xalq taraqqiyoti va kelajagini belgilaydi. Ona tili xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o'qitadi, urf-odat, an'analarini saqlaydi. Shunday ekan, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro'- e'tiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo'shishda har birimiz tilimizga chuqur hurmat bilan yondashimiz kerak. Zero, til bor ekan, millat barhayotdir
Foydalangan adabiyotlar
1.Sh.M.Mirziyoyev. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari.O‘zbekiston, to‘la tasarlar to‘plami 4 jild, Toshkent, 2022,
2. Sh.Mirziyoyev. Xalqimizning hayot darajasi va sifatini yangi bosqichga ko‘tarish – eng muhim vazifamiz. O‘zbekiston, Toshkent, 2020,
3. O‘zbekiston Respublikasining 2022- 2026 yillardagi taraqqiyot
strategiyasi. PF-60, 2022, 28.01.lex .uz.
4. M.Bekmurodov .O‘zbek mentaliteti. Toshkent, 2011.
5. Sh.M.Sodiqova. Sosiologiyaning dolzarb masalalari. Renessasnss, 2022, №9
6. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. Yangi asr avlodi.Toshkent, 2016, - 320 bet
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.