ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

MTT RAHBARI VA PEDAGOGLARNING MEHNAT MUNOSABATLARI NORMALARI

Аннотация

Mazkur maqolada MTTda mehnat munosabatlarini boshqarish, mehnat samaradorligini oshirish, rahbar va xodimlarning oʻzaro munosabatlari qoidalari haqida maʼlumot berilgan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

--⊱⊱ 375 ⊰⊰--

MTT RAHBARI VA PEDAGOGLARNING MEHNAT MUNOSABATLARI NORMALARI

Rajabova Zilola Latifovna

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar 36-son

DMTT direktori

Annotatsiya: Mazkur maqolada MTTda mehnat munosabatlarini boshqarish, mehnat samaradorligini oshirish, rahbar va xodimlarning oʻzaro munosabatlari qoidalari haqida maʼlumot berilgan.

Kalit soʻzlar: boshqaruv, jamoa, munosabat, madaniyat, rahbar, pedagog, fazilat, faoliyat, samaradorlik, etiket.

Maktabgacha taʼlim tizimi zamonaviy rahbari – bu yuksak boshqaruv madaniyatiga ega shaxsdir. Koʻpgina mutaxassislar boshqaruvni faoliyat turi sifatida belgilab, obʼekt va subʼektga taʼsir oʻtqazish orqali pedagogik tizimni yangi sifatga oʻtkazish jarayoni deb qaraydilar.

Kompetentlik, keng dunyoqarash, tashabbuskorlik, umumiy madaniyat kabi fazilatlar MTT mudiriga pedagogik va adminstrativ vazifalarni tezkor yechishga yordam berib, mutaxassis va xodimlarni toʻgʻri taqsimlash va ularning vazifalarini belgilash, har bir xodim faoliyatini ragʻbatlantirish kabi jarayonlarni toʻgʻri tashkil etishga yordam beradi.

MTT rahbari oʻz boshqaruv faoliyatida yuksak natjalarga erishish uchun ish samaradorligiga taʼsir koʻrsatuvchi faktorlarni bilishi va hisobga olishi zarur. Shulardan biri rahbar va boʻysunuvchilarning jamoada shakllangan oʻzaro munosabatlaridir.

Oʻzaro munosabatlar xarakteri, jamoadagi mikroiqlim va undagi hukmron kayfiyat muassasa ishining muvafaqqiyatida hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Etika va etiket zamonaviy jamiyatda katta rol oʻynaydi va xatti-harakat madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda rahbarlar oʻzlarining yuksak madaniyatli, professional va kommunikativ fazilatlarini namoyish etishga yordam beruvchi etika va etiket qoidalariga yanada koʻroq eʼtibor qaratmoqdalar.

Jamoada ish hamkorligini yaratish – uzoq va murakkab jarayondir. U birinchi oʻrinda muassasa rahbarining xodimlar hamkorligi faoliyatini tashkillashtira olish, bolalar va ota-onalar bilan hamkorlikda ishlashda tarbiyachilarga yaqindan yordam berish, har bir xodimga individual yondoshuv qobiliyatiga bogʻliq.

Rahbarning axloqiy fazilati, xatti-harakatlari jamoadagi munosabatlarni belgilaydi. MTT rahbarining faoliyati murakkab va koʻpqirralidir. Umumiy maqsadlar, vazifalar ostida pedagogik jamoani jipslashtirish uning asosiy vazifasidir. Zamonaviy rahbardan quyidagi koʻnikmalar talab etiladi: - Xodimlarning shaxsiy intilishlariga asoslanib, ularning yaxshi tomonlarini koʻra bilish; - Jamoada doʻstona munosabatlarni oʻrnatishga taʼsir koʻrsatish; - Xodimlar bilan muloqot (pedagogik etika, xushmuomalalik, nafislik, ishonchli tondagi muloqot va h.k.)

Barcha koʻrsatilgan fazilatlar MTTda ishonchli atmosferani yaratilishiga xizmat qiladi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotining “yuzi”ni uning pedagogik jamoasi belgilaydi. Bu jamoani esa, jipslashtiradigan, ishchan ijodiy kuchga aylantiradigan – mudir va metodistdir. Direktor va direktor oʻrinbosari MTTdagi butun pedagogik jarayonni tashkillashtirish uchun javob beradi.

--⊱⊱ 376 ⊰⊰-- Shuning uchun ham rahbarning xatti-harakati, oʻzini tutishi, qatʼiyatliligi, maqsad sari intilishi, ish munosabatlari jarayonida yuzaga keladigan kasbiy faoliyat uchun zaruriy shartdir.

Maʼlumki, pedagoglar hurmat va oʻzaro hurmatga yuqori ehtiyojli insonlar hisoblanadi. Ular uchun jamoadagi yaxshi munosabatlar, axloqiy ragʻbatlantirishning turli formalari juda muhim. Shu sababli rahbar shu xususiyatlarni hisobga olib, pedagoglar bilan xushmuomala, yaqin va yaxshi muloqotda boʻlishi lozim. MTT rahbarining xatti-harakati maʼlum maʼnoda pedagoglarning axloqiy intilish moʻljali hisoblanadi. Bu esa unga masʼuliyat, oʻz kasbiy burchini mukammal bajarishga undaydi.

Koʻpincha jamoa qanday boʻlsa, rahbar ham shunaqa boʻladi deyishadi. Maʼlum maʼnoda bu toʻgʻri, chunki ishchi guruhning tepasida turgan inson mehnat muhitini tashkil etadi.

Uning xizmat xuquqlari uning masʼuliyatiga koʻpaytiriladi. Rahbar jamoa aʼzolarining oʻzining xatti-harakatlarida qaysi fazilatlari va xususiyatlarini koʻproq va qaysini kamroq qadrlashlarini koʻra bilishi kerak. Zamonaviy etiket insonning ichki olamini kengaytiradi, atrofdagilar bilan muvafaqqiyatli muloqot qilish imkonini beradi, nafaqat xatolarning oldini oladi balki, ish va shaxsiy hayotdagi boshqa kelib chiqadigan tushunmovchiliklarga barham beradi.

Rahbar faoliyatining muvafaqqiyati nafaqat uning kasbiy bilimlari, balki uning shaxsiy fazilatlari va boʻysunuvchilar bilan aloqa oʻrnatish va oʻzaro tushunishi bilan bogʻliqdir.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.