ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

MUHAMMAD TARAG‘AYNING ILMIY MEROSI VA HUKUMDORLIK HAYOTI.

Аннотация

Bu tadqiqot Mirzo Ulug’bek haqida so’z yuritadi. Ulug’bekning ilmiy hayot yo’lini tahlil qilish bilan birgalikda, u qurdirgan madrasalar va shu ilm maskanida astronomiya va matematika sohalarida qo’shgan hissalari, yozgan asarlari, xususan, “Ziji jadidi Koʻragoniy”, “Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola”, “Risolayi Ulugʻbek” va “To’rt ulus tarixi” kitoblarini o’rganadi. Shuningdek, ushbu ilmiy izlanish Ulug’bekning hukumdorlik yillarida otasi Shohrux Mirzo bilan bo’lgan janglari va Temuriylar davrida bo’lgan siyosiy nizolarni yoritib beradi. Maqolada Ulug’bek hayoti va ijodi kerakli ma’lumotlar va aniq raqamlar yordamida taqdim etiladi.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

HUKUMDORLIK HAYOTI.

Usmonova Nilufar Anvarjon qizi

“Ipak Yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: Ingliz tili yo’nalishi

2 kurs talabasi

usnian2007@gmail.com Annotatsiya.

Bu tadqiqot Mirzo Ulug’bek haqida so’z yuritadi. Ulug’bekning ilmiy hayot yo’lini tahlil qilish bilan birgalikda, u qurdirgan madrasalar va shu ilm maskanida astronomiya va matematika sohalarida qo’shgan hissalari, yozgan asarlari, xususan, “Ziji jadidi Koʻragoniy”, “Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola”, “Risolayi Ulugʻbek” va “To’rt ulus tarixi” kitoblarini o’rganadi. Shuningdek, ushbu ilmiy izlanish Ulug’bekning hukumdorlik yillarida otasi Shohrux Mirzo bilan bo’lgan janglari va Temuriylar davrida bo’lgan siyosiy nizolarni yoritib beradi. Maqolada Ulug’bek hayoti va ijodi kerakli ma’lumotlar va aniq raqamlar yordamida taqdim etiladi. Kalit so‘zlar: Muhammad Tarag’ay, O’z davrining Aflotuni, O’z zamonasining Ptolomeyi, rasadxona, sekstant, Zij-i Sultani, Abdulatif Mirzo. Kirish.

Mirzo Ulug’bek o’z davrining buyuk olimlaridan biri. Uning ijodi va hayot yo’li asosan ilm-fan bilan bog’liq. Otasi Shohrux Mirzo bilan birgalikda olib borgan janglari Ulug’bek uchun ilk saboqlaridan biridir. Uning madrasalari bilim maskani sifatida xizmat qilgan. Madrasalardagi ilmiy izlanishlar tufayli o’zining mashhur asarlari vujudga kelgan va bizgacha madaniy merosga aylanib kelmoqda. Ulug’bek shaxsiyati.

Muhammad Tarag’ay- Mirzo Ulug’bek (1394-1449) yillarda yashab ijod etgan buyuk alloma. Amir Temur sulolasiga mansub ulug’ zot, davlat arbobi va buyuk dahodir. Amaliy faoliyatida davlat arboblikni olimlik, olimlikni esa davlat arboblik bilan qo’shib olib borish Mirzo Ulug’bekka xos bo’lgan nodir fazilatdir. Ulug’bek podshohlar ichra donishmand, donishmanlar ichra podshohdir. U- insoniyat tarixida ahyon-ahyondagina uchraydigan noyob fenomen.

Buyuk va sohibqiron Amir Temur bobomiz avlodiga mansub Shohrux Mirzoning o’g’li Ulug’bek Eronning Sultoniya shahrida 1394-yil 22-mart kuni tavallud topgan. Onasi turkiy qabila zodagonlaridan Gavharshodbegim bo’lgan. Asl ismi Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulug’bek Qo’rag’oniy. Ulug’bek- “Buyuk hukumdor (bek)” manosini beruvchi taxallus edi. “Yoshligidan ilmga chanqoq va qiziquvchan edi, ayniqsa fan va san’at turlariga, matematika, astronomiyaga katta qiziqish bildiradi. Uning aqliy dunyoqarashi kengayishida otasi va bobosi to’plagan boy kutubxona zamin bo’ldi, mana shu kutubxonada u ko’p vaqtini samarali o’tkazardi. Ulug’bek u vaqtlar o’lchovi bilan qaraganda, juda yaxshi ta’lim olgan. Ajoyib xotira egasi bo’lib, arab va fors tillarida erkin muloqot qila olgan.” [1] Bundan tashqari, turk she’riyatini yaxshi bilgan, adabiy uslublarni egallagan va shu bilan birgalikda, adabiy bahslarda ishtirok etgan. O’zi ham she’rlar yozgan. Ulug’bek asosan “O’z davrining Aflotuni” ya’ni ustozi Qozizoda Rumiy (madrasining eng ko’zga ko’ringan muallifi) va “O’z zamonasining Ptolomeyi” bo’lgan Ali Qushchi va yana bir nechta matematik va astronomlar Mansur Koshiy, G’iyosiddin Jamshid kabi olimlar bilan bir davrada bo’lgan.

“O’z zamonasining Ptolomeyi” Ulug’bekning astronomiya bo’yicha eng mashhur shogirdlaridan bo’lgan, uni “Farzandi arjumandim” ya’ni “Aziz farzandim” deb atagan. Aslida Ali Qushchi uning farzandi emas, shogirdi bo’lib, ilm sohasida ustoziga o’g’illari Abdulatif va Abdulazizlardan ham sodiq va vafodor edi. Shuning uchun ham Ulug’bek unga o’z o’g’lidek qarardi. [2] Mirzo Ulug‘bek madrasasi.

Ulug’bek davrida Samarqand ilm-fan o’chog’iga aylangan. XV asr boshlarida Samarqandda ilmiy madrasalar qurdirgan. Shu ilm o’chog’iga tarixshunos Hofiziy Abru, o’z davrining taniqli kishilaridan bo’lgan Mavlona Nefis, shoirlardan Sirojiddin Samarqandiy, Sakkokiy, Lutfiy, Badaxshiylarni jamlagan. 1417-1420-yillarda Registonda Muhammad Tarag’ay Ulug’bek madrasasini qurdirdi va bu Registondagi birinchi ansambl bo’ldi. Bu markazni ilm-fan o’chog’iga aylantirishni maqsad qilgan Tarag’ay o’z davrining mashhur matematik va astronomlarini shu mardarasada birlashtirdi. Madrasa islom universiteti sifatida qaralgan va qurilish jarayoni ham musulmon qonunlari asosida qurilgan. Ulug’bek madrasasi 2 qavatli, tog’ri to’rtburchak tarhli (56x81m), ikki yonida guldastalar (balandligi 32m). Ravoq tepasida yulduzli osmon aks etgan qanos bezaklari bor. Geometrik naqshlar bilan bezatilgan devor satqi yozuvlar bilan o’zaro uyg’unlashib, ko’zga yaqqol tashlanib turadi. Peshtoq orqali hovliga o’tiladi, hovli atrofi 2 qavatli hujralar (48ta) bilan o’ralgan. Madrasanining 4 tomoni darsxona va ayvon egallagan. “Xonaqoh va bazi hujralar ichkarisi naqshin bezaklar bilan pardozlangan. Bezaklar orasida kufiy va suls yozuvlari uchraydi. Vayron bo’lgan 2- qavati, qiyshaygan guldastasi, devorlardagi ko’chib ketgan bezaklar qayta tiklangan (1936), Vladimir Shuxov va M.Mauerlar loyihasi asosida shimoli-sharqiy minorasi ta’mirlangan (1932). E. Gendel qiyshaygan minorani o’z holiga keltirgan (1965). Ta’mirlashda Umarov Akrom, G’afurov Shamsuddin, Quli Jalilov, I. Shermuhamedov, A. Quliyev kabi ustalar qatnashgan.” [3]

Ma’lumot o’rnida shuni aytib o’tish kerakki, 1417-yili Buxoroda, 1433-yilda G’ijduvonda qolgan 2 madrasalarni barpo etadi. Quyidagi madrasalarda Ulug’bek o’z davrining Aflotuni va o’z zamonasining Ptolomeyi bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borishgan. Ular birgalikda osmon jismlarini kuzatishgan, har kecha yulduzlarni kuzatish orqali ularning joylashuvini va harakatini yozib borishgan. Bu kuzatishlar bir necha yillar davom etgan. Rasadxona yer silkinishlariga bardoshli bo’lishi uchun Qo’hak tepaligining toshli hududida qurilgan. Rasadxonada sekstant- astronomik o’lchov asbobi bo’lgan va bu instrument yordamida yulduzlarning balandligi va burchagi o’lchangan. Astronomik kuzatishlarni amalga oshirishda sekstantning aniq o’lchami, qulay tuzilishi, Ulug’bekning bilimlari va uning sheriklari yordam bergan. Mirzo Ulug’bek ushbu kuzatishlar natijasida 1018 ta yulduzlarning joylashuvini va koordinatalari keltirilgan va “Zij-i Sultani” (Sultonning astronomiya jadvallari) kitobiga kiritgan. Ushbu kitob XV asrda eng aniq astronomiya jadvali bo’lib, Yevropa va Sharqda asosiy manba hisoblangan. Ulug‘bekning madaniy merosi.

Mirzo Ulugʻbek ilm-fan tarixida mashhur astronomlardan biri hisoblanadi. Uning bu sohadagi eng muhim ishlari orasida “Ziji jadidi Koʻragoniy” nomli astronomik jadvali alohida o‘rin tutadi. Ulugʻbek faqat astronomiya bilan cheklanmay, tibbiyot va musiqa bilan ham shug‘ullangan. Alisher Navoiy o‘zining “Majolis un-nafois” asarida Ulugʻbekning she’rlaridan ayrim namunalarni ham keltiradi. Olimdan bizgacha to‘rtta muhim asar yetib kelgan:

1) “Ziji jadidi Koʻragoniy” – astronomiyaga sohasiga bag’ishlangan. “Ulug’bek ziji” yoki “Ziji sultoni”- Mirzo Ulug’bek tomonidan 1437-yilda nashr etilgan. Asar fors tilidan yozilgan bo’lib, keyinchalik G’iyosiddin Al-Koshiy tomonidan arab tiliga tarjima qilingan. Ushbu asar Ulug’bekning qariyb 30 yillik izlanishlar natijasidir. Hozirgi kunda 150 dan ortiq nusxasi chop etilgan va mashhur olimlar Ptolemey va Tycho Brahening ijod sahifalari qatorida, eng ulug’ yulduz kataloglari qatorida turadi;

2) “Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola”– matematika ilmiga oid. Asar matematika fani uchun ilmiy asoslardan biri bo’lib, 1 gradusli yoy sinusi o’nli kasr ko’rinishida 10 ta xona aniqligida ko’rasatib bergan. Bu aniq hisoblar o’sha davr uchun misli ko’rinmagan yangi matematik aniqlik bo’lgan. Bundan tashqari, trigonametrik formulalar va bir nechta geometrik usullarni G’iyosiddin Koshiy bilan birgalikdan fanda qo’llashgan. Asarning yagona qo’lyozma nusxasi hozirgi kunda Hindistondagi Aligarh universiteti kutubxonasida saqlanadi;

3) “Risolayi Ulugʻbek” – yulduzlar va astronomiyaga bagʻishlangan asar. Ushbu ilmiy risola “Ziji sultoniy” asaridek tushuniladi va 1018 ta yulduzlar joylashuvini o’z ichiga oladi, shuningdek, yerni 23,52 daraja kajligini belgilab, astronomiya tarixida aniq o’lchovlar sifatida tan olingan. Bundan tashqari, Ulug’bek yilni 365 kun, 5 soat, 49 daqiqa va 15 soniya deb hisoblagan, bu borada atigi 25 soniyaga adashgan. Asar 1665-yilda Oxfordda va Yevropada qayta nashr etilgan;

4) “Tarixi arbaʼ ulus” – tarixiy mazmundagi asar. Asarning “Ulusi arba’-yi Chingiziy” (Chingiziylar to’rt ulusi) yoki “To’rt ulus tarixi” kabi nomlari bor. XV asrda yozilgan ushbu asar, islom jamiyatida yashab o’tgan payg’ambarlar, turklarning afsonaviy ajdodi sifatida qaralgan Yofas ibn Nuh va uning naslidan bo’lgan turkxon hamda turkmo’g’ul qabilalari va Chingizxon tarixi haqida so’z boradi. “Ulusi arba’-yi Chingiziy” asarida o‘zbek etnomining vujudga kelish tarixi haqida ham qiziqarli va qimmatbaho ma’lumotlarni topishimiz mumkin. Asarning bizgacha atigi 4 mo’tabar qo’lyozmasi yetib kela olgan. Bittasi Hindistonda, ikkitasi Angliyada, to’rtinchisi esa AQSHda saqlanmoqda. Rasm 1 Mirzo Ulugʻbek sharafiga SSSR pochta markasi.

“Mirzo Ulug’bek 1437-yilda 1018 yulduz toʻplamini “Ziji sultoniy” asarida keltirib o’tadi, u hozirgi paytda ham yulduzlar bilimi sohasida dunyoning eng buyuk asarlaridan biri sanaladi. Ushbu asar 1665-yilda Oxfordda Thomas Hyde tomonidan, 1843-yilda Fransiya Bailly tomonidan va 1917-yilda Edward Ball Knobel tomonidan yangidan tahrirlanib bosilgan. Rasm 2

Oydagi Mirzo Ulugʻbek sharafiga nomlangan krater.

Ulugʻbek davrida koʻpgina asarlar arab va fors tilidan eski oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Qolaversa, u tashkil etgan boy kutubxonada 15000 dan ortiq kitob boʻlgan. Mirzo Ulug’bek o’z davrida ilm-fanda ayniqsa, matematika va astronomiya rivoji uchun katta hissa qo’shgan buyuk va mutafakkir olim hisoblangan. Uning asarlari o’zidan keyingi olimlar uchun muhim ilmiy manba sifatida xizmat qilgan va hozirgacha foydalanib kelinmoqda. Muhammad Tarag‘ayning hukumdorlik yillari.

Muhammad Tarag’ay ham bobolari kabi taxtga erta qadam bosadi. 17 yoshni endigina qarshilagan yosh va o’spirin bo’lgan Ulug’bek 1409-yilda Samarqand, 1411- yilda butun Movarounnahr hokimi bo’ldi. Shu yillar atrofida, Buxoro yaqinada joylashgan hududlardan biri Karmana tayanch nuqtasi sifatida qaralayotgani tufayli hukumdorlar o’rtasida bu hududga erishish uchun kurash ketayotgan edi. Shohrux Mirzo o’g’li Ulug’bekni Samarqand hukumdori etib saylaydi va tabiiyki, Karmana ham Ulug’bekka qarashli hududga aylanadi. Ulug’bek ilm-fanga qiziqishi kuchli bo’lganli sababli Buxoroda madrasa qurdiradi va qurilish jarayonini ko’rishga Karmana orqali boradi. “Mirzo Ulug’bek bobosi Amir Temur an’analarini davom ettirib, turli davlatlar bilan diplomatik munosabatlarni yaxshilashga harakat qiladi. Bu davrda Xitoy bilan diplomatik munosabatlar o’rnatiladi va 1920-yili Ulug’bek elchilik karvonlarini Xitoyga yuboradi. 1921-yili Tibetdan Buxoro va Samarqandga Elchilar keladi.” [5] XV asrning 30-40- yillarida Shoxrux Mirzo va Ulug’beklar Dashti Qipchoq yerlaridagi O’zbeklar hukumdori Abulxayrxonga qarshi jang qiladilar. Chunki ko’chmanchilar turli fasllarda Movarounnarh hududlariga bostirib kirishar va qishloq aholisining uylarini talon-taroj qilishardi. 1431-1435-yillarda Abulxayrxon hujumi Samarqanddan Xorazm hududlarigacha cho’ziladi va bu janglar Karmana hududlarida bo’lib o’tadi. Keyinchalik, Ulug’bek G’ijduvonda Abdulxoliq G’ijduvoniy maqbari yonida madrasa qurdiradi. Bugungi kunda ushbu madrasa G’ijduvonliklar va Abdulxoliq G’ijduvoniy maqbarisini ziyorat qilishga keluvchilarning qardli va dilga yaqin maskani hisoblanadi. Ulug’bek esa Samarqandga qaytib, o’zining ilmiy ishlari bilan shug’ullanishda davom etadi va “Zij-i Sultani” (Sultonning astronomiya jadvallari) asarini tugatadi. Oradan vaqt o’tib, mamlakat bo’ylab nizolar kuchayadi, Temuriylar o’rtasida hokimiyat uchun kurash boshlanadi. Hattoki, o’zining o’g’li Abdulatif Mirzo unga qarshi chiqadi va taxtdan tushiradi. 1449-yilning oktabr oyida Makkaga ziyorat uchun yo’lga chiqqan Ulug’bek safar davomida Abdulatif Mirzo buyrug’i bilan o’ldiriladi. O’sha paytda Ulug’bek hali 60 yoshni ham qarshilamagan edi. Mirzo Ulug’bek ilm-fan sohasida buyuk alloma bo’lishiga qaramasdan, davlatni ham adolat bilan boshqargan ulug’ hukumdor edi. Manbalarga ko‘ra, 2021-yilda Muhammad Tarag’ay tavalludining 625 yilligi nishonlandi, bu esa olimning ilmiy va madaniy merosini yodga olish va yosh avlodga tanitish namunasi bo’ldi. Xulosa.

Muhammad Tarag’ay ilm-fan va astronomiya tarixida buyuk olim sifatida qaraladi va uning asarlari bizga madaniy va ilmiy merosdir. Samarqand va Buxoroda madrasalar barpo etib, yoshligidan qiziqib kelgan matematika va astronomiya sohalarida tadqiqotlar olib borgan. Ularga asoslanib ko’plab asarlar yozgan. Bundan tashqari, hukumdor bo’lgan yillari otasi bilan birgalikda davlatni adolat bilan boshqargan. Bir nechta hududlar uchun otasi Shohrux Mirzo bilan janglar olib borgan, xususan, Karmana yerlari unga har tomonlama qulay hududga aylangan, ammo siyosiy nizolar va Temuriylar sulolasidagi hokimiyat kurashlari tufayli o’g’li tomonidan hayotning og’ir taqdiriga duch keladi. Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Ruhshona Toshtemirova, “Mirzo Ulug’bek hayoti va ijodi”, 2021-yil.

2. Danabekov Azimbek, “Muhammad Tarag’ay Mirzo Ulug’bek Ko’ragoniy (1394-

1449)”, 2025-yil

3. Abduxoliqov F.F, “Oʻzbekiston obidalaridagi bitiklar:Samarqand”, Toshkent,

Uzbekistan Today, 2015-yil, 380-bet.

ISBN 978-9943-4509-1-2.

4. Hugh Thurston, Early Astrononomy, (New York: Springer-Verlag), p.194,

ISBN 0-387-94107-X

5. Мухаммаджонов. А, “Темур ва Темурийлар султанати.”, тарихий очерк.

Тошкент, 1996-йил, Б-85

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.