“Muqaddimat ul-adab” asaridagi teologizmlar
Rajabov Doniyor
UrDU 1-kurs magistranti
Tel: +998 97 605 30 91
Annotatsiya. Ushbu maqolada ilm-fan rivojiga sezilarli hissa qo‘shgan, nafaqat turkiy, balki arab dunyosida ham o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, bir qancha asarlari bilan o‘lmas nom qoldirgan qomusiy olimlardan biri Mahmud Zamaxshariyning “Muqaddimat ul-adab” asaridagi teologizmlar tadqiq qilingan. Bugungacha bu asarning ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan u yoki bu jihatdan o‘rganilganligini bilamiz, bizning ushbu tadqiqotimiz boshqalaridan teologizmlar jihatdan o‘rganilmaganligi bilan ajralib turadi. Maqolada teologizmlarning asardagi qo‘llanish o‘rni hamda hozirgi kundagi variantdoshligi tadqiq qilingan.
Аннотация. В данной статье один из ученых-энциклопедистов, внесших значительный вклад в развитие науки, имевший место не только в тюркском, но и в арабском мире, оставивший бессмертное имя несколькими трудами, Махмуд Замахшари, в в работе «Мукаддимат уль-адаб» исследуются теологии. До сегодняшнего дня мы знаем, что эта работа так или иначе изучалась многими исследователями. В статье рассматривается использование богословия в работе и его современные варианты.
Abstract. In this article, one of the encyclopedic scientists who made a significant contribution to the development of science, who had a place not only in the Turkish, but also in the Arab world, who left an immortal name with several works, Mahmud Zamakhshari, in the work "Muqaddimat ul-adab" theologies are explored. Until today, we know that this work has been studied by many researchers in one way or another. The article examines the use of theology in the work and its current variants.
Kalit so‘zlar: teologiya, termin, so‘zlar, lug‘at, texnika, arabcha so‘zlar, yordamchi so‘zlar
Ключевые слова: богословие, термин, слова, лексика, техника, арабские слова, вспомогательные слова.
Keywords: theology, term, words, vocabulary, technique, Arabic words, auxiliary words
Mamlakatimizda ilm-fan rivojiga bugungi kunda alohida e’tibor qaratilmoqda. “Ilm-fan – taraqqiyot asosi. Zamonaviy ilm-fan yutuqlariga, innovatsion g‘oyalarga tayanmagan davlatning ham, jamiyatning ham kelajagi yo‘q1”,- deydi muhtaram Prezidentimiz o‘z nutqida. Haqiqatan ham, faqat ilm va ma’rifat, intellektual salohiyat, har tomonlama bilimli kadrlar hisobidan biz O‘zbekistonni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqa olamiz. Buning uchun esa nafaqat zamondosh olimlarning, balki oradan qancha vaqt o‘tishiga qaramasdan o‘z asarlari bilan hozirgi ilm-fanga ham katta ta’sir ko‘rsatayotgan qomusiy bilimdonlarning ham asarlarini o‘rganishimiz, ularni tadqiq qilishimiz va bugungi davr ilmiga moslashtirishimiz kerak. Shunday qomusiy bilimdonlardan biri Mahmud Zamaxshariydir.
Mahmud Zamaxshariy 1075-yilning 18-mart kuni Xorazmning Zamaxshar (hozirgi Dosho‘g‘uz viloyatining Izmixshir qishlog‘i) qishlog‘ida dunyoga kelgan. U qomusiy bilim sohibi bo‘lib, o‘zidan sarf, nahv, tafsir, mantiq kabi fan sohalariga oid “al-Kashshof”, “al-Mufassal”, “Atvoq uz-zahab” va “Navobig‘ ul-kalim” singari o‘nlagan asarlarni yozib qoldirgan. Uning “Muqaddamat ul-adab” asari ayniqsa katta shuhrat qozongan.
Asar besh katta qismga bo‘lingan bo‘lib — otlar, fe’llar, bog‘lovchilar, ot o‘zgarishlari va fe’l o‘zgarishlari haqida bahs yuritadi. Asar 1137-yillari yozib tugallangan. Az-Zamaxshariy o‘z asarida o‘sha davr arab tilining iste’molda bo‘lgan barcha so‘zlari, iboralarini qamrashga intilgan, ularning etimologiyasiga katta e’tibor qilgan. Shu boisdan ham, az-Zamaxshariyning bu yirik asarini mazkur yo‘nalishdagi dastlabki asarlardan deyishga haqlimiz. Asar bir necha asrlar davomida olimlar, tadqiqotchilar diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib kelayotir. O‘ylaymizki, asarning teologiya sohasida olib boradigan tadqiqotlarimiz ham e’tiborga molik bo‘lib, bizdan keyingi tadqiqotchilarga asqotadi deb o‘ylaymiz.
Teologiya (yun. theos — xudo va ...logiya) — xudoning mohiyati va irodasi haqidagi diniy ta’limotlar majmuyi. Xudo shaxsan oʻzini vahiy orqali kishilarga maʼlum qiladi degan konsepsiyaga asoslanadi. Muqaddas kitoblar va muqaddaslashtirilgan yozuvlar teologiyaning asosiy manbalari hisoblanadi. Teologiya turli diniy oʻquv yurtlari — seminariyalar, akademiyalar, madrasalar va boshqalarda 1 Toshkentda 7-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat mukofotlarini tantanali topshirishga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi nutqidan oʻqitiladi. Teologiya tushunchasi, avvalo, induizm va xristianlikka nisbatan qoʻllangan. Teologiya islomda ilohiyot, kalom atamalari bilan ham ataladi2.
TurkiychaForschaArabcha
[din, oyin]کیش
kesh
دِینٌ,أَدْیَان ٌ ج
din, adyon j
[chin musulmon]مسلمان راست
musulmoni rost
حَنیفٌ, حُنَفَاء ُ ج
hanif, hunafo j
[tahorat]آبدست
obdastٌ
وُضُوء
vuzu’
غُسْل ٌ ف
gʻusl
[gʻuslda suv
yetishmasligi]
آنج آب نرسد در غسل
onch, ob narsad dar
gʻuslٌ
لُمْعَة
lum’a
[namoz]نماز
namoz
صَلَوةٌ, صَلَوَات ٌ ج
salo, salavot j
زَکَوة ٌ ف, زَکَوَات ٌ ج
zako, zakavot j
صَدَقَة ٌ ف, صَدَقَات ٌ ج
sadaqa, sadaqot j
[Alloh
buyurgani]
فرموده ٔ خدا
farmudayi Xudo
فَریضَةٌ, فَرَائض ُ ج
fariza, faroiz j
[Rasululloh
buyurgani]
فرموده ٔ رسول
farmudayi rasul
سُنَّةٌ, سُنَن ٌ ج
sunna, sunan j
[qoʻshimcha
toat-ibodat]
طاعت افزونی
toati afzuniy
نَفْلٌ, نَافلَة ٌ ج, نَوَافل ُ جnafl,
nofila, navofil j 2 Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2005).
[toʻgʻri, haq yoʻl]راه راست
rohi rostٌ
سَمْت
Samt
[va’da, kelishuv]زینهارzinhorٌذمَّةٌ, ذمَمzimma,
zimam jٌ
ذمَام
Zimom
ذمَار ٌ م
zimor mٌ
عَقْد ٌ م, عُقُود
aqd m, uqud j
میثَاق ٌ م, مَوَاثیق ُ ج
misoq m , mavosiq j
مَوْثق ٌ م, مَوَاثق ُ ج
mavsiq m, mavosiq j
[xayrli, yashi ish,
amal]
کار نیک
kori nekٌ
مَعْرُوف
ma’ruf
[yomon, gunoh
amal]
کار بد
kori badٌ
مُنْکَر
Munkar
[harom]حرام
haromٌ
سُحْت
Suht
[ezgu amal]کردار نیک
kirdori nek
حَسَنَةٌ, حَسَنَات ٌ ج
hasana, hasanot j
[savob, ajr ]پاداش نیکpodoshi nekٌثَوَاب
Savob
[gunoh, yomon
amal]
کردار بد
kirdori bad
سَیئَةٌ, سَیئَات ٌ ج
sayyi’a, sayyi’ot j
[qabih ish]کار زشت
kori zishtُ
فَحْشَاء
fahsho’
[fahshgoʻy,
yomon soʻzlar
aytuvchi, ogʻzi shaloq]
فحش گوی
fahshgoʻyٌ
فَحَّاش
Fahhosh
[yaxshi, ezgu]نیک
nek
خَیْرٌ, أَخْیَار ٌ ج, خیَار ٌ ج
xayr, axyor j, xiyor j
[yomonlik]بدی
badiy
شَر
Шарр
[gunoh,
ma’siyat]
گناه
gunoh
ذَنْبٌ, ذُنُوب ٌ ج
zanb, zunub j
جَریمَة ٌ م, جَرَائم ُ ج
jarima m, jaroim j
جَریرَة ٌ م, جَرَائر ُ ج
jarira m, jaroir j
جُرْم ٌ م
jurm m
جُنَاح ٌ م
junoh m
[yolgʻon]دروغ
durugʻٌ
زُور
Zur
حَق
Haqqٌ
بَاطل
Botil
Izoh: ushbu jadvalda ba’zi shartli belgilardan foydalandik. Bu yerdagi m
harfi ma’nodoshni ifodalash uchun va j harf jamni, ya’ni koʻplik uchun ishlatildi.
Asarda soʻzlar arabcha, forscha va turkiychada oʻzaro solishtirilgan. Asardagi arabiy soʻzlarga qaraydigan boʻlsak, ularning ba’zilari turkiy tildagi, ba’zilari ham turkiy, ham forsiy tildagi muqobili yoʻqligini koʻramiz. Shunga koʻra bu teoloizmlarni shartli ravishda uch turga boʻlishimiz mumkin:
a) har uchala tilda oʻzaro muqobili bor soʻzlar;
b) ikki tilda boʻlib, uchinchisida muqobili yoʻq soʻzlar;
c) faqat arabiychasi mavjud boʻlib, turkiychada va forschada muqobili boʻlmagan soʻzlar.
Bu soʻzlardan savob, din, vuzu’ kabi soʻzlar arabiy va forschasi mavjud boʻlgan soʻzlar hisoblanadi va turkiycha muqobili yoʻq.
Din soʻzining forschadagi muqobili sifatida kish soʻzi berilgan boʻlsa-da, hozirda bu soʻz faol emas, vuzu’ soʻzining forschasi obdast soʻzi esa abdest shaklida forschadan tashqari zamonaviy turk tiliga ham oʻzlashgan.
Haqq, botil, zakot kabi soʻzlar forscha va turkiychada muqobili yoʻq soʻzlar qatoriga kiradi. Yuqoridagi jadvalni diqqat bilan kuzatadigan boʻlsak, ba’zilari bizning lugʻatimizda umuman ishlatilmaganini koʻrishimiz mumkin, jumladan, zimor, jarira, samt, suht kabi soʻzlar faqat diniy kitoblardagina uchraydi va boshqa soʻzlar kundalik hayotimizda qoʻllaniladi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, bu asardagi teologizmlar nafaqat turkiy xalqlar adabiyoti va tarixi uchun, balki arab adabiyoti, ilm-fani uchun ham katta va muhim manba hisoblanar ekan. Biz bu asarni bitta yo‘nalish bo‘yicha tahlil qildik, biroq asardagi hali tadqiq ostiga olinadigan o‘rinlar ko‘p bo‘lib, ularni keyingi ilmiy ishlarimizda davom ettiramiz, deb umid qilamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Toshkentda 7-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat mukofotlarini tantanali topshirishga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi nutqidan
2. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2005).
3. 1. Mahmud Zamaxshariy. – Toshkent: “Tafakkur” nashriyoti, 2019.
4. Solijon Hasanov. “Xorazm ma’naviyati darg‘alari”. – Toshkent: “Adolat”, 2001. B.123-130.
5. Ozod Masharipov, Alisher Masharipov. “Xorazmnoma”. – Toshkent: “Istiqlol nuri” nashriyoti, 2014. B. 201-218.
6. “Ma’naviyat yulduzlari” (To‘plovchi va mas’ul muharrir M. Xayrullaev). – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2001.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.