MUSTAQILLIK – ENG BUYUK NE‘MAT
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Islomshunoslik yo‘nalishi talabasi
Lapasov Muxammadsodiq Akromjon o‘g‘li
Annotatsiya: Mamlakatimizdagi bunyodkorlik, jo‘shqinlikning asosiy sababi, eng avvalo, mustaqillik bergan huquq va erkinlikdir.
Kalit so‘zlar: stiqlol, g‘oya, an’ana, dunyoqarash, davlat arbobi, millat, mehnat, Harakatlar strategiyasi, mulohaza.
Mustaqillik yillarida ko‘hna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi. Bugungi kunda mehroqibat, bag‘rikenglik, hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi yuragimizning tub-tubidan o‘rin oldi.
Jonajon Vatanimiz – O‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgani va mustaqil taraqqiyot yo‘lini boshlaganiga 31- yil to‘ldi. Istiqlol elyurtimiz uchun o‘z taqdirining haqiqiy egasi bo‘lib, qadr-qimmatini anglab, munosib hayot kechirish, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish imkoniyatini yaratdi. Ayni paytda u har bir odamning iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda iste’dod va qobiliyatini to‘la namoyon etishi, huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishining mustahkam zaminidir.
1991- yilning 31- avgust kuni tariximiz solnomasida xuddi shunday mo‘’tabar kun sifatida muhrlanib qoldi. Shu kuni qabul qilingan tarixiy qarorga binoan, 1- sentyabr yurtimizda Mustaqillik kuni, umumxalq bayrami deb e’lon qilindi. Xalqimizning asriy orzularini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z orzu-umidlariga mos ravishda hayot kechirish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratib berish, yangi mustaqil Vatanni butun choralar bilan mustahkamlash, uni turli xurujlardan himoya qilish istiqlolimizning bosh g‘oyasi, asosiy maqsadi deb belgilandi.
Darhaqiqat, dunyoda mamlakatlar, davlatlar ko‘p. Lekin shu aziz zaminning farzandlari, salkam 35 millionlik xalqimiz uchun muqaddas O‘zbekistonimiz yagona. Uning zamini aziz va qadrli. Vatan mustaqilligi – bu qadr-qimmatini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydigan, bebaho ne’mat. Shu bois ham biz uchun eng ulug‘, eng aziz ayyom bo‘lmish Mustaqillik bayramini har tomonlama chuqur tayyorgarlik bilan kutib olish mamlakatimizda ezgu an’anaga aylanib qolgan. Mustaqillik – bu eng avvalo huquq demakdir. Faqat mustaqillik orqaligina yurtimizda yashayotgan har bir inson o‘z qadr-qimmati, or-nomusi va g‘ururini angladi, istiqlol yurtimizda yashayotgan, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, barcha fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashning asosiy omili bo‘ldi.
Xalqning ma’naviy ruhi mustahkamlandi, ijtimoiy faolligi oshdi, ogohligi ta’minlandi. Yanada muhimi — bugun mamlakatimizda istiqomat qilayotgan har bir fuqaro, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi va mavqeidan qat’i nazar, O‘zbekistonni o‘zining aziz Vatani, oltin beshigi deb hisoblaydi. Bu beshikning tinch-totuvligi, yanada gullab-yashnashi uchun o‘zini mas’ul deb biladi. O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori kun sayin oshib borayotganidan, nufuzi mustahkamlanayotganidan cheksiz faxrlanadi.
Yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-totuvlikka, ahil-inoqlikka hammaning havasi keladi. Mamlakatimizning tarixan qisqa davrda o‘zini o‘zi boqishga qurbi yetmagan nochor o‘lkadan o‘z kuchi va salohiyatiga tayangan, o‘z sarhadlari, o‘zining tinch va osuda hayotini himoyalashga qodir bo‘lgan, bugun izchil va barqaror sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan zamonaviy, mustaqil va suveren davlatga aylangani barchamizga g‘urur-iftixor bag‘ishlamoqda.
Bu yutuqlarga mustaqillik bois erishildi, davlatimiz rahbarining qat’iyatli, shijoatli xalqchil siyosati, xalqimizning sabr-bardoshi, g‘ayrat-shijoati, ulug‘ kelajakka bo‘lgan qat’iy ishonchi, oliyjanob fazilatlari bois, mustaqil taraqqiyot yo‘lida uchrayotgan turli sun’iy to‘siqlar yengib o‘tilmoqda. Dunyoning turli mamlakatlari millatlararo majarolar, eksterimizm, terrorizm, narkotrafik, odam savdosi kabi balolardan ozor chekib turgan bir paytda, yurtimizda xalqimizning moddiy farovonligi tobora yaxshilanib, yangi ishchi o‘rinlari barpo etilayotgani, oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanib, daromad manbalari ko‘payayotgani havas qilishga arziydi. Xalqimiz chindan ham, bugungi dunyoqarashi, ongu tafakkuri, hayotga, mehnatga, yon-atrofda kechayotgan voqea-hodisalarga munosabati, ijtimioiy-siyosiy qarashlari bilan o‘tgan asrning 90-yillari odamlaridan keskin farq qiladi. Zamonaviy bilimlarni puxta egallagan, jismonan chiniqqan, xalqaro fan olimpiadalari va sport musobaqalarida oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritib, g‘oliblik shahsupalarini birin-ketin zabt etayotgan yoshlar esa buyuk istiqlolimizning umidbaxsh mevalari, xalqimizning ishonchi va tayanchidirlar.[1]1 Dunyo mamlakatlari tarixidan yaxshi ma’lumki, mustaqil fikrlay oladigan, har jihatdan malakali va bilimdon, barkamol yoshlar millat oldida turgan har qanday murakkab,
1. 1 https://zarnews.uz mas’uliyatli vazifani hal etishga qodir bo‘ladilar. Biz bugun bosib o‘tilgan o‘ttiz yillik tarixan qisqa, ammo zalvorli davr ichida erishgan yutuqlarimiz haqida o‘ylar ekanmiz, davlatimizning bu borada tutgan yo‘li naqadar to‘g‘ri ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilamiz.
Tarixda jangu jadallar bilan mustaqillikka erishgan, ammo beparvolikka yo‘l qo‘yib, hamjihat bo‘lmay, yagona maqsad yo‘lida birlashmay, uni qo‘ldan boy bergan mamlakatlar, xalqlar ko‘p bo‘lgan. Ne baxtki, xalqimiz tarixning bu achchiq saboqlaridan to‘g‘ri xulosa chiqarib, mustaqillikni, mamlakatdagi tinch-totuv hayotni, millatlararo ahil-inoqlikni saqlab qoldi. Milliy mahdudlikka berilmadi, jahon hamjamiyati bilan ikki va ko‘p tomonlama manfaatli hamkorlik aloqalarni keng miqyosda yo‘lga qo‘ydi. Turmush tarzimizda, ong-shuurimizda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi o‘z ifodasini topdi.
Istiqlolni qo‘lga kiritish millat uchun katta bir yutuq bo‘lsa, uni asrab-avaylash, mustahkamlash, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy asoslarini yaratish, jamiyat hayotini tamomila yangitdan izga solish va rivojlantirish, yangi jamiyatning yangi a’zolarini tarbiyalashdek muhim vazifalarni xuddi shunday buyuk g‘alabaga tenglash mumkin.
Istiqlolimizning har kuni, har oyi, ta’bir joiz bo‘lsa, har daqiqasi tinimsiz kurashlar, izlanishlar bilan o‘tmoqda. Hamma sohani isloh qilishga, mustaqillik imoratini poydevoridan boshlab qayta qurishga, mamlakat iqtisodini yanada sog‘lomlashtirishga, iqtisodiy uzilishlarning oldini olishga, ya’nikim omilkorlik va tadbirkorlik bilan ish tutishga to‘g‘ri kelmoqda.
Donishmand bobolarimiz pandu o‘gitlarida, davlat arboblarining siyosiyhuquqiy qarashlarida har qanday millat ahil va inoq bo‘lmasa, o‘zi ko‘zlagan maqsad sari intilishida bir yoqadan bosh chiqarib, sog‘lom fikr asosida bahamjihat harakat qilmasa, mas’uliyat va hushyorligini yo‘qotadigan bo‘lsa, oxir-oqibatda o‘zining eng katta, tengsiz boyligi bo‘lmish mustaqilligi va ozodligidan judo bo‘lishi mumkinligi takror-takror uqtirilgan. Bundan anglashiladiki, “ommaviy madaniyat” va boshqa turli jozibali niqoblarga burkalib, ong-shuurimizga oshkora-pinhona yopirilib kelayotgan, hayotiy tajribasi hali yetarli bo‘lmagan o‘smirlarni nishonga olayotgan, asl maqsadi buzg‘unchilik, yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itish, dunyoqarashini egallash bo‘lgan xatti-harakatlarga aslo befarq bo‘lmaslik kerak.
Istiqlol daraxtining har novdasi, har bir bargini begona shamollardan asrash lozim. Bu ish bilan har bir kishi, yoshi va kasbidan qat’i nazar, muttasil shug‘ullanishi, mehnat faoliyatida, oila va mahallada millat taqdiriga, mamlakat kelajagiga daxldorlik tuyg‘usini his etishi, atrofida kechayotgan voqea-hodisalarga befarq bo‘lmasligi kerak. Bir kishining befarqligidan bora-bora bir necha kishining befarq va loqaydligi kelib chiqadi. Bu illat juda tez urchiydi. Har bir kishining ogohligi, kuyunchakligi va fidoyiligi esa keyinchalik umumiy ogohlik va xushyorlikka aylanadi.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, hayotning barcha sohalarini liberallashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish bo‘yicha eng muhim ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida hamda butun xalqimiz, ayniqsa, uning eng faol qatlamiga aylanib borayotgan tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan va quyidagilarni nazarda tutadigan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.
Har qanday g‘oya, agar u kelajakka bo‘lgan ishonchni mustahkamlasa, jamiyatning kuchi va resurslarini jalb qila olsagina, muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Shuni g‘urur bilan aytish joizki, aholi turli qatlamlari bildirayotgan fikr-mulohazalar, takliflar Harakatlar strategiyasi loyihasi xalqimizning yaratuvchanlik salohiyatini yanada keng ro‘yobga chiqarib, odamlarimizni shijoat bilan ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtirishga qodirligini ko‘rsatdi.
Biz bugun, hayotimizda eng ulug‘ va eng aziz bo‘lib qolgan bayramimizning o‘ttizinchi yilida shu to‘g‘risida o‘ylar ekanmiz, nechog‘li qiyin va murakkab yo‘lni bosib o‘tganimizni, xalqimizning peshonasiga mustaqillik nuri tekkanida mamlakatda, mintaqa hududida, dunyoda qanday qaltis vaziyat mavjudligini doimo yodda tutishimiz zarurligini his etamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. SH.M.M Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent “O‘zbekiston”, 2016 2. Karimov.I.A “Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori”, - T: O‘zbekiston, 1997. 3. Internet: https://www.gazeta.uz 4. Internet: https://zarnews.uz
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.