ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

Mutaxassislarni tayyorlashda kompetentli yondoshuv masalalari

Аннотация

Maqolada mutaxassisning kasbiy kompetensiyalari ixtisoslikning eng asosiy va muhim jihatini ifodalashga xizmat qilishi, kompetentli yondoshuvda mutaxassisning nafaqat kasbiy bilimlarga ega bo‘lishi, balki ularni amaliyotda qo‘llay olish malakasiga asosiy e’tibor qaratiladi.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

Mutaxassislarni tayyorlashda kompetentli yondoshuv masalalari

CHo‘lponova Xadicha Toshbaevna

Toshkent davlat transport universiteti katta o‘qituvchisi

Issues of competent approach in training specialists

Chulponova Khadicha Toshbaevna

Senior Lecturer, Tashkent State Transport University

Annotatsiya

Maqolada mutaxassisning kasbiy kompetensiyalari ixtisoslikning eng asosiy va muhim jihatini ifodalashga xizmat qilishi, kompetentli yondoshuvda mutaxassisning nafaqat kasbiy bilimlarga ega bo‘lishi, balki ularni amaliyotda qo‘llay olish malakasiga asosiy e’tibor qaratiladi.

Kalit so‘zlar: Kompetensiya, kompetentli yondoshuv, kompetentlik, bilim, ko‘nikma, kasbiy kompetensiya

Annotation

The article focuses on the fact that the professional competencies of the specialist serve to express the most basic and important aspect of the specialization, and the specialist’s competentce in the competent approach is not only to have knowledge, but also to able to apply it in practice.

Key words: Competence, competent approach, competence, knowledge, skill, professional competence

Jahon andozalariga mos yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash ko‘p jihatdan kadrlar tayyorlash tizimining barqaror rivojlanishiga hamda uni ta’minlovchi bo‘lajak kadrlarni maxsus tayyorgarligi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘qitish jarayonini ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish orqali amalga oshirilishini taqozo qiladi. Bu esa ta’lim jarayonini doimiy ravishda yangilab borishga qaratilgan ilmiyuslubiy ta’minotini takomillashtirish zaruratini keltirib chiqaradi.

Bugungi kunga kelib, mutaxassislarga kompetentli yondoshuvning quyidagi jihatlari bayon etiladi:

1) kompetensiyalar an’anaviy bilimlarning insondagi intellektual, kommunikativ, kreativ, metodologik, dunyoqarashga oid ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashgan holatidir;

2)kompetentli yondoshuv asosida ta’lim jarayonining maqsadga muvofiqlik va maqsadga yo‘nalganlik g‘oyasi yotadi. Bunday yondoshuvda kompetensiyalar yosh mutaxassis malaka va ko‘nikmalarining eng yuksak darajasini ifodalagan holda tashkiliy jihatdan quyidagi komponentlardan iborat bo‘ladi: bilim, malaka, ijodiy faoliyatga oid tajriba va qadriyatga asoslangan munosabat;

3) kompetentli yondoshuv asosida ikkita asosiy tushuncha farqlanadi: kompetensiya va kompetentlik. Kompetensiya – ma’lum bir vazifani hal etish imkonini beruvchi shaxs sifatlari majmui. Kompetentlik esa, insonning ma’lum bir kompetensiyaga egaligi, bunday egalikka va faoliyat ob’ektiga bo‘lgan munosabatni anglatadi.

Kompetentli yondoshuvga asosan ma’lumotlilik bilim bilan o‘lchanmaydi, balki bilimlar asosida shaxsning turli murakkab vazifalarni hal qila olish qobiliyatida ifodalanadi. Kompetentli yondoshuvda bilimning ahamiyati inkor etilmaydi, lekin asosiy e’tibor olingan bilimni amalda qo‘llay olish qobiliyatiga qaratiladi. Bunda ta’lim maqsadi shaxsning o‘sishi, barkamolligi va uning yangi imkoniyatlariga oid ibora va atamalarda ifodalanadi.

SHaxsning kasbiy-psixologik tuzilmasini ifodalashda «kompetenlik» va «kompetensiya» atamalarini izohlab o‘tish o‘rinli bo‘lardi. Bu ikki tushunchani farqlashdagi asosiy jihat shundan iboratki, kompetensiya shaxs sifati yoki xislati bo‘lsa, kompetentlik esa shu sifat yoki xislatning amalda namoyon bo‘lishidir. Kompetentlik – kasbiy va ijtimoiy sohada samarali faoliyat yuritish maqsadida shaxsning potensialini amalga oshirish istagi va qobiliyati bo‘lib, bunda inson faoliyat natijasining yuksak ijtimoiy ahamiyatini shaxsiy mas’uliyat sifatida his etadi hamda natijani mukammallashtirib borish haqida qayg‘uradi. Ushbu ikki ta’rifni o‘zaro qiyoslaganda ular o‘rtasidagi quyidagi uzviylikni ko‘rishimiz mumkin. Avvaliga, kasb talablari asosida kompetensiyalar shakllanadi, keyinchalik esa inson bu kompetensiyalarni amalda qo‘llashga, kompetentlikka qodir bo‘ladi.

Kompetensiyalar konsepsiyasining asoschilaridan biri Richard Boyasis, kompetensiyani shaxsga o‘z vazifasini yuksak darajada bajarish imkonini beruvchi asosiy xarakteristika, deb ta’riflaydi.

Kompetentli bo‘lish o‘zbek tilidagi «mutasaddi», «mutasaddilik» kabi tushunchalar bilan xamohangdir. Lekin amaldagi mavjud «mutasaddilik» atamasi kompetentlikning bir tomonini ifodalaydi xolos va u ko‘proq mutaxassisning xuquqiy jihatdan biron faoliyat turini bajarishga vakolati borligini bildiradi. Qabul qilingan va amaldagi atamalardan chetlashmagan holda «mutasaddi» so‘zini o‘z mazmuniga ko‘ra talqin etib, faoliyat sifatiga oid mazmunni ta’riflashda «kompetentlik» atamasini ishlatishni o‘rinli deb topamiz. YA’ni, kompetentlik deganda biron ishni belgilangan standartlar asosida bajarish deb tushuniladi. Ushbu talqinda mazkur mehnatni bajara olish imkonini beruvchi bilim, malaka va ko‘nikmalargina emas, balki insoning o‘z salohiyatini amalda qo‘llay olishga qodirligi ham nazarda tutiladi. Demak, insonning biron vazifani echishga ichki imkoniyatlarining mavjudligi kompetensiya, shu salohiyatni amalda qo‘llay olish, kasbiy hayotga tatbiq eta olish esa kompetentlikdir.

T.YU. Bazarov fikriga ko‘ra, mutaxassis kompetensiyasi va kompetentligi haqida so‘z yuritganda, ma’lum bir ishni talab darajasida bajarish qobiliyati nazarda tutiladi (masalan, muzoqaralar olib borish yoki moliyaviy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish). Kompetentlik – shaxsning xislati, qobiliyati, malakasi va motivatsiya xususiyatlarining yig‘indisi bo‘lib, ularga ega bo‘lgan inson konkret lavozim yoki kompaniya tomonidan belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli tarzda bajarishi mumkin. SHunday ta’rifga asoslangan xolda, personal kompetentligi tashkilot kompetensiyalarini amalga oshirish vositasi sifatida talqin qilinadi.

B I.Bespalov fikricha, kasbiy faoliyatning eng umumiy xususiyatlariga ko‘ra umumiy va maxsus kompetensiyalar farqlanadi. Umumiy kompetensiya deganda shu tashkilot miqyosida barcha xodimlar uchun yagona standart sifatida qabul qilingan xulq shakllari nazarda tutiladi. Maxsus kompetensiyalar esa, muayyan faoliyat turi uchun yoki mutaxassisning aynan damdagi egallagan mavqei toifasi tomonidan kutiladigan xulq standartlarida ifodalanadi.

Kasbiy kompetensiyalar bitiruvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilim va malakalar asosida, maqsadga muvofiq, tizimli va mustaqil tarzda muammo hamda vazifalarni hal etishlari, shuningdek, o‘z faoliyat natijalarini baholay olishini anglatadi. SHaxsiy kompetensiyalar insonning o‘zini shaxs sifatida rivojlanish imkoniyatini baholay olishi, oilasi, kasbi va ijtimoiy hayot talablariga binoan o‘zini namoyon qila olish qudratini nazarda tutadi. Bundan tashqari, ushbu kompetensiyalar, shaxsning o‘z qobiliyatini namoyon qilishi, o‘z hayotiy reja hamda intilishlarini anglab etishi va rivojlantirishini ham anglatadi. Ijtimoiy kompetensiyalar insonning shaxslararo o‘zaro munosabatlari tizimida shakllanishi va yashay olish qobiliyati, bunga tayyorligi, o‘zgarishlarni hisobga olish va o‘zgaruvchan ijtimoiy muhitga moslashish extiyojining mavjudligini, boshqalar bilan kelishish sharti bo‘lgan ratsional diskussiya qoidalari va tamoyillarini tushunish, ularga amal qilishni nazarda tutadi.

F. S.Ismagilova kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarni farqlar ekan, kasbiy kompetensiyalar – ish beruvchi tomonidan konkret ish o‘rniga belgilangan funksional majburiyatlarni bajarish uchun zarur bilim, malaka va ko‘nikmalar majmuini tashkil etadi. Bu kompetensiyalar insonning ish joyida butun mehnat faoliyati davomida shakllanadi. SHaxsiy kompetensiyalar esa, insonning biron lavozimda yoki faoliyat turida samarali ishlashini ta’minlovchi shaxsiy sifatlar yig‘indisini nazarda tutadi.

Bunday tahlilda kasbiy kompetensiyalar faoliyat va hayot davomida orttirilgan deb ta’kidlansa, shaxsiy kompetensiyalar ko‘proq tug‘ma, ya’ni genetik darajada tarkib topgan, deb e’tirof etiladi. Turli shakldagi o‘quv mashg‘ulotlari orqali mazkur kompetensiyalarni ma’lum bir darajagacha rivojlantirish mumkin. F.S.Ismagilova talqinidagi eng asosiy g‘oya shundan iboratki, kompetensiya o‘ziga xos psixologik tuzilma bo‘lib, uning asosida bilim, malaka va ko‘nimalarning shakllanishi va rivoji ta’minlanadi. Bunday tuzilmaning mohiyati shaxsning, ya’ni mutaxassisning ichki faolligida, o‘z-o‘zini kasbiy jihatdan mukammalashtirib borish ishtiyoqiga egaligida namoyon bo‘ladi. Masalan, F.S.Ismagilova tomonidan «vazifani qanday bajarish kerakligini bilish malakasi» degan ibora ishlatiladi.

SHunday qilib, kompetensiyalar o‘ziga xos psixologik tuzilma bo‘lib, uning asosida bilim, malaka va ko‘nimalarning shakllanishi va rivoji ta’minlanadi. Bunda mutaxassis mehnat faoliyatidagi tajriba to‘plashi davomida o‘z-o‘zini kasbiy jihatdan mukammalashtirib borish ishtiyoqiga egaligini namoyon qiladi. Jamoada o‘zini shaxs sifatida rivojlanish imkoniyatini baholay olishi, oilasi, kasbi va ijtimoiy hayot talablariga binoan o‘zini namoyon qila olish qudratini nazarda tutadi. Bundan tashqari, ushbu kompetensiyalar, shaxsning o‘z qobiliyatini namoyon qilishi, o‘z hayotiy reja hamda intilishlarini anglab etishi va rivojlantirishini ham anglatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ismagilova F.S. Professionalnыy opыt spetsialista v organizatsii i na rыnke truda . - Ekaterinburg, 1999. - 208 s

2. Petrovskaya L.A. Kompetentnost v obщenii. – M.: Izd-vo MGU,1989.

3.Raven Djon. Kompetentnost v sovremennom obщestve. Vыyavlenie, razvitie i realizatsiya. – M.: Kogito- Sentr, 2002. – 396 s.

4. Maxmudov I.I. Boshqaruv professionalizmi psixologik tahlili. T. Akademiya 2011.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.