O‘RNI VAO‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Xoliqov Abdulfayz Tolib o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura bosqichi talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada yuzaga kelgan nizolarni hal qilishda mediatsiyaning o‘rni va o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganiladi. Rivojlangan mamlakatlarda mediatsiya institutini qo‘llashning o‘ziga xosligi tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasida mediatsiya institutini tartibga soluvchi qonunchilik va mazkur sohada mavjud muammolar o‘rganiladi. Mavjud muammolarga rivojlangan mamlakatlar tajribasiga asoslanib muqobil еchimlar taklif qilinadi. Xulosa qilinadiki, bugungi kunda yuzaga kelayotgan nizolarni an’anaviy usulda emas, balki muqobil usullarda, xususan mediatsiya institutidan foydalanib hal qilish keng tarqalmoqda. Mamlakatimizda mediatsiya instituti rivojlanganligiga qaramasdan, ko‘plab muammolar mavjud va ushbu muammolarni hal qilish orqali mazkur institutni yanada rivojlantirish mumkin.
Kalit so‘zlar: nizolarni muqobil hal qilish, onlayn mediatsiya, mediatsiya kelishuvi, mediator, mediatsiya prinsiplari, sud, mediatsiya kelishuvini rasmiylashtirish.
АННОТATSIЯ
В данной статье будет рассмотрена роль и специфика посредничества в разрешении возникших конфликтов. Анализируется специфика применения института медиatsiи в развитых странах. Изучается законодательство, регулирующее институт медиatsiи в Республике Узбекистан, изучаются существующие проблемы. Существующим проблемам будут предложены отличные решения, основанные на опыте развитых стран. Делается вывод, что сегодня широкое распространение получает разрешение возникающих споров не традиционным способом, а альтернативными методами, в частности с использованием института посредничества. Несмотря на то, что в нашей стране развит институт медиatsiи, существует множество проблем, и путем решения этих проблем возможно дальнейшее развитие данного института.
Ключевые слова: альтернативное разрешение споров, онлайнпосредничество, соглашение о посредничестве, посредник, принципы посредничества, суд, оформление соглашения о посредничестве.
ABSTRACT
This article explores the role and specifics of mediatsiasis in resolving conflicts that arise. The specificity of the use of the Institute of mediation in developed countries is analyzed. In the Republic of Uzbekistan, the legislation regulating the institution of mediation is studied and the existing problems are studied. Alternative solutions are offered to existing problems based on the experience of developed countries. It is concluded that today it is becoming more common to resolve emerging disputes not in the traditional way, but in alternative ways, in particular using the institution of mediation. Despite the fact that the Institute of mediation has developed in our country, there are many problems, and it is possible to further develop this institute by solving these problems.
Keywords: alternative Dispute Resolution, online mediation, mediation agreement, mediator, mediation principles, court, mediation agreement formalization.
KIRISH
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga asoslangan munosabatlar rivojlanib borar ekan, bozor munosabatlarining subyektlari o‘rtasida turli nizolar vujudga kelishi tabiiy holat sanaladi. Shuningdek, amaliyot ham oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqayotgan nizoli holatlar kam emasligini ko‘rsatmoqda. Bu kabi nizolashayotgan taraflar masalaning еchimini topish maqsadida an’anaviy yo‘lni tanlashga, ya’ni sudga murojaat qilishlariga to‘g‘ri keladi. Hozirgi kunda rivojlangan xorijiy davlatlar huquqiy tizimida nizoni sudgacha olib bormasdan, muqobil yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan mediatsiya yarashtiruv protsedurasi alohida ahamiyat kasb etmoqda.
MATERIAL VA METODLAR
Mazkur maqolada mediatsiya tushunchasining yuridik tabiati ochib berilgan. Shuningdek, mediatsiya bo‘yicha xalqaro hamda milliy sudlarning o‘zaro munosabati amaldagi qonun hujjatlari asosida tavsiflangan. Muallif nizolarni hal qilishda mediatsiya hamda an’anaviy sudlarning o‘zaro munosabati muammolari va ularni bartaraf qilishda huquqiy mexanizmlarni samarali qo‘llash usullari ilmiy-huquqiy jihatdan o‘rgangan. Nizolarni hal qilishda mediatsiya va an’anaviy sudlar o‘rtasidagi farqli jihatlar tahlil qilingan. Mazkur maqola doktrinal tadqiqot sifatida qonun hujjatlari va ilmiy-nazariy manbalar tahlilini o‘z ichiga oladi. Unda sohaga oid ilmiy tushunchalar, nazariyotchi olimlarning qarashlari, xulosa va fikrlari o‘rganilgan. Maqola mavzuga oid asosiy tushunchalarni o‘rganishdan boshlangan, ushbu tushunchalarni rivojlantirish bilan davom ettirilgan hamda mavjud mexanizmlarni takomillashtirish, muammolarni hal qilish yo‘llarini ko‘rsatishga oid xulosalarga kelish bilan yakunlangan. Mazkur xulosalarning amaliyotga tatbiq etilishi mamlakatimizda mediatsiya institutini rivojiga xizmat qiladi.
Mazkur maqolani yoritish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi.
Mediatsiya institutini tartibga soluvchi konvensiyalar, bitimlar, xorij davlatlarining “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-iyuldagi “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni metodologik manba sifatida belgilandi.
Yurtimiz tadqiqotchilarning orasidan X.R.Rahmankulov, O.Oqyulov, M.M. Mamasiddiqov, I.Rustambekov kabi huquqshunoslar, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi olimlari va tadqiqotchilari orasidan esa Alekseychuk E.V., Asatur A.A., Balan O.I., Batir V.A., Berko A.V., Bliyenko I.P., Fisenko I.V., Lozbyakova V.P., Bogatirev A.G., Bogush G.I., Glotova S.V., Bondarev I.M., Vedernikova O.N., Rusakova E.P., Sutyagin A.V., Trikoz E.N, xorijiy tadqiqotchilarning orasidan Velc R.M., Friyel R.J., Slissel Harry B., kabilarning ilmiy ishlari, va shu kabi huquqshunos olimlarning ilmiy ishlari hamda tajribalaridan keng foydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Mediatsiya tushunchasi
Bugungi kunda qo‘llanilayotgan mediatsiya institutini tarixi o‘tmishga borib taqaladi. Tarixiy manbalarda ilk bor Vavilon, Qadimgi Gretsiya va Qadimgi Rimda mediatsiya qo‘llanilganligi qayd etilgan. Rim huquqida Yustinian kodeksidan boshlab (miloddan avvalgi VI asr) bahs-munozaralarni hal qilish uchun vositachilik, ya’ni mediatsiya tan olingan. Mediatsiya texnologiyasi asosan savdoda qo‘llanilgan. Rimliklar bahs-munozaralarni hal qiluvchi mutaxassislarni “medium” – “vositachi” so‘zi bilan ifodalashgan. Vositachilarga alohida hurmat bilan munosabatda bo‘lishgan. Ularni dohiylar va ruhoniylar bilan bir qatorga qo‘yishgan. Zamonaviy tushunchalarda mediatsiya XX asrning ikkinchi yarmida AQSh, Avstraliya va Buyuk Britaniyada rivojlana boshlagan. Ilk bor Yevropada mediatorlar oilaviy munozaralarni hal qilishga jalb qilingan1.
Bir so‘z bilan aytganda, koʻp asrlar davomida mediatsiya davlatlararo aloqalarda, oilalar, qoʻshnilar, siyosiy partiyalar, professional, diniy va boshqa jamoatchilik guruhlari oʻrtasida hamda parlamentda yuzaga keladigan nizolarni bartaraf etishda muvaffaqiyatli qoʻllanilgan. Bizning davrimizda mediatsiya va uning tarkibiga kiradigan usullarning ahamiyati kattadir. U nafaqat oila va mehnat nizolarida, balki har qanday darajadagi mulkiy munosabatlarda, jumladan, kompaniyalar, korporatsiya menejmenti va uning aksiyadorlari oʻrtasidagi, shuningdek, хalqaro huquq subyektlari orasidagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etishda qoʻllanilmoqda.
“Mediatsiya” soʻzi lotin tilidagi “mediare” soʻzidan olingan boʻlib, vositachilik qilish, kelishtirish maqsadida aralashish degan ma’nolarini bildiradi. Mediatsiya tushunchasiga olimlar o‘z faoliyati va tajribasidan kelib chiqib, turli xil ta’riflar berishgan.
Konfliktologiya sohasi boʻyicha mutaхassislar mediatsiya deganda, vositachilik qiluvchi tashqi uchinchi shaхs, ya’ni mediatorning avj olayotgan nizoni javobgarlikni oʻz zimmalariga olishga tayyor turgan barcha ishtirokchilari bilan birgalikda alohida holat uchun хarakterli boʻlgan tartibga solish varianti yoki mavjud nizoning kelajakda barqaror va taraflar uchun foydali еchimini ishlab chiqishdagi yordamini tushunadilar. I.Nosirova mediatsiyani uchinchi mustaqil ishtirokchi, ya’ni vositachi (mediator) yordamida taraflar orasidagi muammoni tartibga solish jarayoni sifatida ta’riflaydi. Konnov A.Yu. mediatsiyani muzokara sifatida koʻradi. Sh.M.Masadikov mediatsiyani taraflarga oʻzaro maqbul kelishuvga, ya’ni erishishiga koʻmaklashuvchi va qaror chiqarish huquqiga ega boʻlmagan betaraf mediator yordamida ular oʻrtasidagi nizoni hal qilish usuli sifatida tushunadi2. 1 Yakubova D.Sh. Mediatsiya: nizolarni hal qilishning muqobil usuli (uslubiy qo‘llanma). –Toshkent, 2020, 6-bet. 2 Отахонов Ф.Х. Медиatsiя в Узбекистане: проблемы и перспективы развития // “Конфликтология XXI века - пути и средсттва укрепления мира” - Материалы III Санкт-Петербургского международного конгресса конфликтологов. 15-16 ноября 2019 г., Санкт-Петербург, 2019. - С.25.
O‘zbekiston Respublikasi “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasiga ko‘ra, mediatsiya – kelib chiqqan nizoni taraflar o‘zaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko‘magida hal qilish usuli hisoblanadi.3
Mening fikrimcha, mediatsiya - bu bir-birini tushunish va nizoli holatni bartaraf etuvchi bitim tuzishga erishish maqsadida xolis shaxs – mediator ishtirokida taraflarning erkin muzokaraga kirish yoʻli bilan nizoni hal qilish tamoyilidir.
Yuqorida keltirilgan ta’riflar turli xil bo‘lishiga qaramasdan, ular mazmunan deyarli bir xil ma’noni anglatadi.
Mediatsiyaning o‘ziga xosligi va nizolarni hal qilishning an’anaviy usularidan farqli jihatlari
Jahonning aksariyat davlatlarida nizolarni hal qilishning muqobil usullaridan biri mediatsiya qonun bilan tartibga solingan bo‘lib, nizolarning asosiy qismi sudga murojaat etilmasdan muzokaralar yo‘li bilan hal qilib kelinmoqda. Buning asosiy sabablari keyingi o‘rinlarda yoritib o‘tiladi.
Nizolashuvchi shaxslar mediatorni o‘zlari tanlaydilar va mediatsiya jarayoniga ixtiyoriy kirishadilar. Sudda taraflar sudyani tanlay olmaydi, sudga esa faqat yashash joylari bo‘yicha murojaat qilishga majburlar, agar sudning vazifasi taraflarning qaysi biri haq yoki aybdorligini aniqlashdan iborat bo‘lsa, mediatsiya taraflarning kelishuviga erishishga hamda mediatorning yordami bilan nizoni hal qilishning turli xil еchimlarini muhokama qilishga qaratilgan; sudda nizolashayotgan taraflar sud qaroridan norozi bo‘lgan taqdirlarida ham uni bajarishga majburlar. Mediatsiyada barcha qarorlar faqat taraflarning o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinadi va ular ixtiyoriy ravishda uni bajarish majburiyatini oladilar; mediatsiya sud jarayoniga nisbatan maxfiy tarzda o‘tkaziladi va har bir taraf istagan vaqtida uni davom ettirishdan bosh tortishi mumkin, sudda esa aksincha, muzokaralarni istalgan vaqtda tugatib bo‘lmaydi, jarayon ham oshkora bo‘ladi; sudlarning ish hajmi shu darajada yuqoriki, ishlarni ko‘rib chiqish bir necha oy va undan ortiq vaqtga cho‘zilib ketadi, mediatsiya jarayoni esa juda qisqa muddatda ham yakunlanishi mumkin; mediatsiya sud jarayoniga qaraganda har tomonlama tejamli bo‘ladi. Mediatsiya sud jarayonining 3O‘zbekiston Respublikasi “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasi. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y., 03/18/482/1447-son; 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son; 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son. muqobil usuli bo‘lib, sudga nisbatan qator farqlarga ega: mediatsiyada taraflar istaganlaricha barcha masalalarni bemalol muhokama qiladilar; sud jarayoni protsessual qonunlar doirasida o‘tkaziladi, qaror faqat qonunga asoslanib qabul qilinadi, mediatsiyada esa qarorni taraflarning o‘zlari qabul qiladilar. Mediatsiya nazariy jihatdan nizolarni hal qilishning arzon va tezkor shakli hamda sud jarayoniga norasmiy alternativ hisoblanadi. Mediatsiya nizolarni hal qilishning boshqa usullari, xususan nizolarni sud tartibida hal qilishdan o‘zining bir qator afzalliklari bilan ajralib turadi. Jumladan, nizolarni hal qilishning muqobil protsedurasi sifatida, mojaro ishtirokchilariga nizolarni hal qilish variantlarini mustaqil ravishda belgilash huquqini berish kabi afzalliklarga ega. Shu bilan birga, nizo tomonlari moliyaviy mezonlari, raqobatbardoshligi, bozor narxlari va ishbilarmonlik obro‘sini hisobga olgan holda ularning tijorat ehtiyojlaridan kelib chiqib manfaatli еchim to‘g‘risida kelisha olishlari
Mediatsiya Sud jarayoni
Mediatorni taraflar tanlaydilar Sudiyani tanlash mumkin emas
Mediatsiya jarayonini o‘tkazish vaqti (muddati)ni taraflar belgilaydilar
Sud jarayoni ko‘p vaqt talab
qilishi mumkin (qancha davom etishi
noma’lum - apellyatsiya, kassatsiya va
hok.
Professional mediatorning xizmatlari pullik (qancha vaqt sarflanishiga bog‘liq), bepul ham o‘tkazilishi mumkin
Nizoning xususiyatiga qarab,
belgilangan miqdorda davlat boji
to‘lanadi
Maxfiy jarayon (taraflarning roziligisiz ma’lumot oshkor etilmaydi)
Jarayon oshkora o‘tadi, aytilgan
vajlar bayonnomaga tushiriladi
Taraflar nizoni hal qilish еchimlarini shaxsan belgilaydilar
Sud faqat qonun doirasida qaror
qabul qiladi
Taraflar mediator yordamida kelis hadilar
Faqat bir tarafning foydasiga
qaror qabul qilinadi
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Mediatsiyaning maqsadi – nizo ishtirokchilarining oʻz kelishmovchiliklarini mustaqil hal qilish layoqatiga, oʻzaro talablarini qondirishga va har ikki taraf uchun baravar foydali boʻlgan kelishuvga erishishlariga koʻmaklashishdan iboratdir. Mediatsiya konflikt va nizo holatida bo‘lgan shaxslarga ularning munosabatlarini tiklashga, manfaatlarini qanoatlantirishga va tinch yo‘l bilan nizoning еchimini topishga yordam beradi.
Nizoni hal qilishning eng sodda va eng samarali usuli bu mediatsiya. Mediatsiya jarayonida taraflar mustaqil ravishda nizoni hal qilish uchun o‘zlariga maqbul bo‘lgan еchimni topishda takliflar ishlab chiqadilar va qaror qabul qiladilar, shuningdek uni bajarishga harakat qiladilar. Muhimi, mediatsiyaning natijasi aynan taraflarning o‘zlariga bog‘liq. Shu sababli nizolarni hal qilishning usullari orasida mediatsiya alohida o‘rin tutadi.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda mediatsiya instituti
Yangi tarixiy davrlarga o‘tish jarayonida mediatsiyaga tegishli bir voqea sodir bo‘lgan. Shvetsariya, Germaniya va Fransiya o‘rtasidagi konfliktni hal qilishda vositachi (mediator) sifatida Napoleon Bonapart chiqqan. U 1803-yilda Shvetsariyaga mustaqillik va uning avvalgi davlat tuzilishini tiklashga qaratilgan “Mediatsiya nizomi”ni qabul qilgan. Mediatsiyani tarixi va uni rivojlanishida Amerika amaliyoti ham ahamiyatlidir. XX asr boshlarida Amerika iqtisodiyotida mojarolar (konflikt)ning yangi shakllari paydo bo‘la boshladi, xususan, kasaba uyushmalari va ish beruvchilar o‘rtasida qarama-qarshiliklar vujudga keldi. Bunday mojarolarni hal qilish maqsadida, AQSh hukumati Mehnat vazirligidan xolis va betaraf vositachi (mediator) sifatida foydalanishni tavsiya etadi va natijada kelishmovchiliklarga chek qo‘yiladi. Mediatsiya XX asrning ikkinchi yarmidan, dastlab anglo-sakson davlatlari - AQSh, Avstraliya, Buyuk Britaniyada qo‘llana boshlagan va keyinchalik Yevropaga tarqalgan. Mediatorlardan dastlab oilaviy nizolarni bartaraf etishda foydalanilgan. Keyinchalik mediatsiya mahalliy jamoalar o‘rtasidagi masalalarga еchim topishdan tortib, tijorat va ommaviy sohalardagi turli nizolarni hal qilishda ham keng qo‘llaniladigan bo‘ldi4.
Birlashgan millatlar tashkilotining Xalqaro savdo huquqi bo‘yicha komissiyasi (YuNSITRAL) tomonidan 2002-yilda “Xalqaro tijorat kelishtiruv protsedurasi haqida”gi namunaviy qonun qabul qilingan. Bundan tashqari, Yevropa parlamenti va Yevropa Ittifoqi Kengashi tomonidan 2008-yilda “Fuqarolik va tijorat ishlaridagi 4 Якубова Д.Ш. Медиatsiя – как альтернативный метод разрешения споров. Коммуникативные методы в медиatsiи. //Научный мультитематический журнал «Научные исследования XXI века» № 1 (3) 2020 г. -436 с. С.103. mediatsiyaning ayrim jihatlari haqida”gi Direktiva qabul qilingan. 2004-yilda qabul qilingan mediatorlar muomalasi va axloqini o‘zida aks ettirgan “Mediatorlar uchun Yevropa axloq kodeksi” ham mavjud. Ushbu normalar, asosan fuqarolik va tijorat ishlariga oid mediatsiyaga mo‘ljallangan. Mazkur hujjatlarda mediatorni tayinlash tartibi, unga qo‘yiladigan talablar, faoliyatida qo‘llanadigan tamoyillar o‘z ifodasini topgan. Birlashgan millatlar tashkiloti Ustavining 33-moddasida mediatsiya nizolarni hal qilish vositasi sifatida tasniflanadi. Hozirgi vaqtda mediatsiya Anglo-sakson huquq tizimida, shuningdek Yevropa, AQSh, Kanada, Yaponiya, Singapur, Hindiston, Yangi Zelandiya, Avstraliya va boshqa qotor davlatlarda keng qo‘llaniladi.
Mediatsiyani oʻrganish boʻyicha xalqaro tadbirlarda uning samaradorligi boʻyicha bir qancha raqamlar keltiriladi. Masalan, AQShda mazkur protseduradan oʻtgan ishlarning 95 foizi sud muhokamasigacha еtib bormagan. Germaniyada mediatsiyaning koʻrsatkichlari katta taassurot qoldiradi – 90 foizdan koʻproq muzokaralar taraflarning kelishuv bitimi bilan yakunlangan. Buyuk Britaniyada 90-95 foiz nizoli holatlar sud muhokamasigacha hal etiladi. Yevropada mediatsiyaning samaradorligi oʻrtacha 40-80 foizini tashkil etadi5.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida iqtisodiyot, siyosat, biznes sohasidagi har qanday jiddiy muzokara jarayoni mediatorlarsiz o‘tmaydi. Sud jarayoni boshlangan bo‘lsa ham sudya tomonlarga nizoni mediator yordamida hal etishni tavsiya qilishi va bunga asosan jarayonni to‘xtatishi mumkin. Amerikaning huquq tizimi aksariyat nizolarni taraflar ixtiyoriy ravishda sudgacha hal etishini ta’minlashga qaratilgan. Shunday qilib, AQShda mediatsiya tartib-taomilidan o‘tgan 95 foiz ish sudga еtib bormaydi. Amerikaning ko‘p shtatlarida oilaviy mediatsiya bo‘yicha alohida qonunlar qabul qilingan.
Buyuk Britaniya qonunlarida nizoni suddan tashqari tartibda mediatsiya yo‘li bilan hal qilishni xohlamagan tomonga, u sudda g‘olib bo‘lganligidan qat’iy nazar unga barcha sud xarajatlari yuklanadi. Angliyada hatto “Maxsus telefon” (Hot line) xizmati mavjud, unga mamlakatning xohlagan chekkasidan qo‘ng‘iroq qilish, kelib chiqqan nizoni vaqt jihatdan cheklanmagan holda ta’riflash, mediatorlikka ma’qul nomzodlarni tanlash, nizo holatiga mos mutaxassisdan takliflar olish mumkin. Kichik nizolarning deyarli 96 foizi ana shu telefon orqali hal qilinadi. 5 Yakubova D.Sh. Mediatsiya: nizolarni hal qilishning muqobil usuli (uslubiy qo‘llanma). –Toshkent, 2020, 75-bet.
Oilaviy nizolarda mediatsiya xarajatlari oilaning moliyaviy ahvoli tekshirilganidan so‘ng, davlat tomonidan qoplanishi mumkin. Ayrim tashkilotlar ham mediatsiya xizmatlarini bepul ko‘rsatadilar, bu sudlardagi mediatsiya dasturlari yuridik yordam doirasida sud muhokamasidagi kabi bir xil shartlarda va bir xil prinsip asosida qoplanadi.
Germaniyada mediatsiya odil sudlov tizimining ajralmas qismidir. Tajribali mediatorlar sudlarning ichida faoliyat olib borganliklari sababli, sudlarning ish hajmi sezilarli ravishda kamayib boradi. Germaniyaning huquq sohasiga ixtisoslashtirilgan maktablarning aksariyat qismida mediatsiya kurslari mavjud. Qonunlarga asosan muomala layoqatiga ega bo‘lgan har qanday jismoniy shaxs mediator bo‘lishi mumkin. Ularga nisbatan ma’lum bir mutaxassislik bo‘yicha ma’lumot va sertifikatga ega bo‘lish yoki sudlanmaganlik holatlari yuzasidan alohida talablar qo‘yilmagan. Lekin shunday bo‘lsada, mediatorlik sertifikatini olish uchun ixtiyoriy ravishda tayanch kurslarida o‘qish mumkinligi belgilangan. Hozirgi vaqtda Germaniyada oilaviy mediatsiyani xususiy mediatorlar hamda bolalar tarbiyasiga doir nizolarda yoshlar ishlari bilan shug‘ullanadigan davlat xizmatchilari ham o‘tkazishi mumkin. Oilaviy mediatsiyani o‘tkazish uchun asosan psixologiya sohasida maxsus bilimlarga ega mutaxassislar jalb qilinadi.
Yaponiyada mediatsiya sud tomonidan olib boriladi (suddagi mediatsiya). Asosan fuqarolik-huquqiy munosabatlar, shu jumladan tijoratga doir nizolar hamda oilaviy nizolarni hal qilinadi. Suddagi mediatsiyadan tashqari, davlat idoralari tomonidan ham mediatsiya tartib-taomili amalga oshiriladi. Ushbu mediatsiyada, asosan iste’molchilar bilan bog‘liq va mehnat munosabatlaridan kelib chiqqan nizolar hal qilinadi. Shuningdek mediatsiya xususiy mediatorlar tomonidan ham amalga oshiriladi.
Avstriyada mediator - kasblar nomenklaturasiga kiritilgan. Oilaviy nizolarda mediatsiya majburiy bo‘lib, u ikki mediator (gender tengligiga tayangan holda ayol va erkak) tomonidan o‘tkaziladi, ulardan biri yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan, ikkinchisi ijtimoiy-psixologiya sohasidagi mutaxassis bo‘lishi lozim. Oilaviy mediatsiyaning xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi.
Saudiya Arabistonida mediatsiyani tartibga solish qoidalari va tartib-taomili Saudiya tijorat arbitraj Markazi tomonidan belgilanadi. Nizolar mediatsiya va arbitraj orqali hal qilinadi. Saudiya tijorat arbitraj Markazi – mediatsiya va arbitraj tartib taomili orqali fuqarolik va tijorat munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni hal qilishni amalga oshiradigan notijorat tashkilot hisoblanadi. Saudiya Arabistoni Mediatsiya to‘g‘risidagi Singapur Konvensiyasini ratifikatsiya qilgan.
Fransiyada mediatsiya fuqarolik, tijorat, mehnat, oilaviy nizolarni hal qilishda va voyaga еtmagan bolalar tomonidan jinoyat sodir etilgan hollarda ham qo‘llaniladi. Mediatsiyaning suddan tashqari va sudning yo‘llanmasiga asosan turlari mavjud bo‘lib, sudyalarga taraflarni majburiy ravishda oilaviy mediatorga yuborish huquqi berilgan. Sudyalar tomonidan taraflar mediatorga yuborilsa mediator bepul ravishda oilaviy mediatsiyaning maqsadi va tartib taomillarini tushuntirishi lozim. Sudning yo‘llanmasiga binoan o‘tkazilgan mediatsiyada, mediatorning xizmatlari yuridik yordam uchun taqdim etilgan mablag‘ hisobidan qoplanadi. Fransiyada oilaviy mediatorlarni tayyorlash davlat tomonidan nazoratga olingan.
Rossiyada mediatsiya institutini tartibga soluvchi alohida qonun 2011-yilda qabul qilingan. Unga asosan professional mediatorlar – 25 yoshga to‘lgan, oliy ma’lumotga ega va mediatorlik programmasi bo‘yicha kurslarini bitirgan shaxslar bo‘lishi lozim. Noprofessional mediator – 18 yoshga to‘lgan, muomalaga layoqatli va sudlanmagan shaxslar bo‘la oladi.
Qozog‘istonda “Mediatsiya to‘g‘risida”gi qonun 2011-yilda qabul qilingan bo‘lib, unda ham mediatorlarga nisbatan yosh senzi belgilangan. Professional mediatorlarga – 25 yoshga to‘lgan, oliy ma’lumotga va tegishli sertifikatga ega shaxslar hamda nafaqadagi sudyalar kiradi. Noprofessional mediatorlar – 40 yoshga to‘lgan va noprofessional mediatorlar reestriga kiritilgan shaxslar, sudda yarashtiruv tartib taomillarini qo‘llayotgan sudyalar ham bo‘lishi mumkin.
Qozog‘iston va Qirg‘izistonda boshqa munosabatlardan kelib chiqqan nizolar bo‘yicha qo‘llaniladigan mediatsiyadan tashqari jinoiy-huquqiy munosabatlarda ham mediatsiyani o‘tkazish qonunlar bilan belgilangan.
Qirg‘izistonda “Mediatsiya to‘g‘risida”gi qonun 2017-yilda qabul qilingan bo‘lib, mediatorlar professional va norpofessional turlariga ajratilmagan. Sudyalarga ular ko‘rayotgan har bir ish doirasida fuqarolarga mediator bilan uchrashish haqida tavsiya berishi qonun bilan tartibga solingan. Bu o‘z navbatida nizoni nafaqat suddan tashqari shaklda hal qilishga, balki mediatsiyaning sudga nisbatan samarali usuli haqida aholiga еtkazishda targ‘ibot vositalardan biri hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, MDH davlatlari orasida Belorusiya, Gruziya, Qozog‘iston, Armaniston, Rossiya kabi davlatlar qonunchiligida mediatsiya ixtiyoriy etib belgilangan. Vengriya, Irlandiya, Gresiya, Slovakiya, Italiya, Malta, Xorvatiya, Estoniya, Sloveniya, Polsha kabi davlatlar o‘z qonunlarida nizolar vujudga kelganda uni hal qilishda mediatsiyaga murojaat qilinmaganligi uchun turli sanksiyalarni kiritganlar, bunday choralar asosan, aholi o‘rtasida mediatsiyani ommalashtirishga qaratilgan. Ba’zi davlatlarda, jumladan Ozarbayjon, Chexiya va Italiyada sudga beriladigan da’volarning ayrim turlari bo‘yicha mediator bilan bir martalik uchrashuv majburiy bo‘lishi belgilangan. Xitoy va Moldova davlatlarida esa, da’vo summasining miqdori katta bo‘lmagan nizolarda, sudga murojaat qilishdan avval mediatsiya tartibtaomilini o‘tkazish majburiy qilib belgilangan6.
O‘zbekiston Respublikasida mediatsiya instituti
Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar qatorida Respublikamizda ham ushbu sohani rivojlantirishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilgan va amalga oshirilib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-fevraldagi PF-60-son farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” 15-maqsadida “Nizolarni hal etishning muqobil usullaridan keng foydalanish uchun zarur tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratish, yarashuv institutini qo‘llash doirasini yanada kengaytirish” belgilab qo‘yilgan7. Yurtimizda sud-huquq tizimidagi katta o‘zgarishlar asosan fuqarolarga va tadbirkorlarga qulayliklar va еngilliklar yaratishga, biznes sohasida raqobatbardosh muhitni yaratishga yordam beradi.
Shu sababli ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Yangi O‘zbekistonni qurishda sud tizimi mustaqil bo‘lishi, shu bilan birgalikda suddagi ish hajmini kamaytirish uchun nizolarni sudgacha hal etishning muqobil usullarini rivojlantirish kabi asosiy g‘oyani mamlakat taraqqiyot strategiyasida keltirib o‘tgan. 2018-yil 28-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis senati tomonidan “Mediatsiya to‘g‘risida”gi qonun ma’qullanib, 3-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 6 Якубова Д.Ш. Процедура медиации: основные этапы ее проведения //Материалы Международной научнопрактической конференции «Инновационная наука в современном мире», Беларусь: Выдавецтва «Навуковы свет», 2020. – С. 25. 7https://lex.uz/docs/-5841063 PF-60-сон 28.01.2022. 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida tomonidan imzolandi. Ushbu qonun qabul qilinishi nizolarni hal etishning muqobil usullaridan biri bo‘lgan mediatsiyaning qanday tartibda olib borilishi belgilab qo‘yildi. Ushbu qonun nizolarni hal etishning muqobil usullarining yurtimizga kirib kelishiga asosiy turtki bo‘ldi. Ushbu qonun bilan fuqarolik huquqiy munosabatlar, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolar, shuningdek yakka mehnat nizolari va oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, taraflarning mediatsiyani qo‘llash bilan bogʼliq munosabatlarga nisbatan, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa taraflarning xohish-istagi asosida, suddan tashqari tartibda, nizoni sud tartibida ko‘rish jarayonida, sud hujjatini qabul qilish uchun sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirganiga qadar, shuningdek sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida mediatsiya tartibtaomili qo‘llanilishi belgilandi.
Ushbu qonunda mediatsiyani amalga oshirishning o‘ziga xosligi, bosqichlari belgilab berilgan. Mediatsiya maxfiylik, ixtiyoriylik, taraflarning hamkorligi va teng huquqliligi, mediatorning mustaqilligi va xolisligi prinsiplari asosida amalga oshiriladi. Mediatsiyani amalga oshirishda taraflar tegishli huquq va majburiyatga ega bo‘ladilar. Ular mediatorni erkin tanlaydilar. Mediatsiya yakuni bo‘yicha mediativ kelishuv imzolaydi.
Bugungi kunda Respublikamiz fuqarolari mediatsiyani quyidagi afzalliklari mavjudligi sabab, nizolarni aynan ushbu jarayon orqali hal qilishni afzal ko‘rishmoqda: tanlov erkinligi, adolatga tayanish, qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilishdagi bevosita ishtirok, taraflarning qabul qilingan qarorlarga roziligi, protsessdan istalgan paytda chiqib ketish imkoniyati borligi, ishni ko‘rib chiqishga ketadigan vaqt va ko‘rib chiqish qiymati, maxfiylik ta’minlanishi, protsessning moslashuvchanligi hamda vaziyat va talablarga mutanosibligi, butun jarayon korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlaridan holi ekani.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mamlakatimizda mediatsiyani amalga oshirish mexanizmi yildan yilga rivojlanib va keng qo‘llanib borishiga qaramasdan ushbu sohada bir necha muammolar ham mavjud.
Bugungi kunda jamiyatimiz o‘rtasida turli xil ijtimoiy munosabatlarni rivojlanishi sababli insonlar o‘rtasida turli nizolar ham kelib chiqmoqda. Taraflar ushbu nizolarni hal qilishda hali ham muqobil usullardan emas, balki an’anaviy usullardan foydalanmoqda. Bunga asosiy sabab taraflar mediatsiya institutidan to‘liq xabardor emasligi va mediatsiya jarayoni ular o‘rtasidagi nizoni hal qilishiga ishonchi pastligida.
Shuningdek, hozirgi paytda Respublikamizdagi sudlarda ish hajmi juda ham katta. Natijada yuzaga kelgan nizolarni hal qilish uzoqroq davom etmoqda va sud tizimidagi xodimlarga yuqori bosimdagi ish hajmi yuklanmoqda. Ushbu muammolarni oldini olish va sudlardagi ish hajmini kamaytirish uchun nizolarni muqobil hal qilish usullari, xususan, mediatsiya institutini rivojlantirish va mediatsiyani amalga oshirishda muhim o‘rin egallovchi professional mediatorlarni еtishtirish muhim hisoblanadi.
XULOSA
Fuqarolik huquqiy munosabatlardan, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolarga, shuningdek yakka mehnat nizolariga va oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni samarali hal qilishda mediatsiyaning ahamiyati haqida qisqacha tushuncha berildi. Haqiqatdan ham, mediatsiya orqali nizoda bo‘lgan taraflarni yarashtirishning to‘liq imkoniyati bo‘lmasa ham, ammo nizoga sabab bo‘lgan muammolarni еchimini topishga va aynan shu masalada kelishtirishga hamda ularning munosabatlarini saqlab qolishga yordam beradi. Muhimi, bunday kelishuvga erishish uchun taraflarning vaqti va mablag‘lari tejaladi.
Mamlakatimizda mediatsiyani amalga oshirish mexanizmi yildan yilga rivojlanib va keng qo‘llanib borishiga qaramasdan ushbu sohada bir necha muammolar ham mavjud.
1. “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonun kuchga kirganiga deyarli 5 yil bo‘ldi, lekin suddan tashqari yoki sud jarayonida mediatsiyaning imkoniyatlaridan foydalanish darajasi barmoq bilan sanagulik. “Mediatsiya to‘g‘risida”gi qonun 2019-yil yanvarda kuchga kirgan bo‘lsada, bugungi kunga qadar mediatorlarning faoliyati, ular tomonidan ko‘rilgan nizoli ishlar bo‘yicha statistik ma’lumotlar yuritilmaganligi va mediatsiya mexanizmlari haqida jamoatchilikning xabardorlik darajasi pastligi natijasida u nizolarni hal etuvchi muqobil institutga aylana olmaganligini ta’kidlash
Demak, mediatsiyani amaliyotga tatbiq etish va aholiga еtkazish uchun ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot va tushuntirish ishlarini yanada jadallashtirish maqsadga muvofiq. Shu o‘rinda, nizolarni hal qilishning muqobil usullaridan biri bo‘lgan mediatsiyani rivojlantirish va unga bo‘lgan ehtiyojni oshirishda mazkur qo‘llanma oz bo‘lsada yordam beradi degan umiddamiz. Mediatsiyaning yana bir muhim jihati, uni kitoblardan to‘liq o‘rganish qiyin, buning uchun nazariy bilimlardan foydalanib, amaliy mashg‘ulotlarni ham o‘zlashtirish zarur. Chunki mediatsiya qanday jarayon ekanligini faqat amalda ko‘rgandan keyingina bilish mumkin. Aynan mediatsiya usullarini to‘liq o‘zlashtirish uchun mediatsiyaga o‘tkazishda kommunikatsiya texnikalaridan foydalanish va mediatsiyaning nozik tomonlarini o‘rganish uchun katta imkoniyatdir.
2. Bugungi kunda ijtimoiy munosabatlarni rivojlanganligi sari insonlar o‘rtasida turli xil nizolar ham vujudga kelmoqda. Fuqarolar mazkur nizolarni hal qilish uchun mamlakatimizdagi sudlarga murojaat qilmoqda. Natijada sudlarda ish hajmi ko‘payib, ushbu nizolarni hal qilish uzoqqa cho‘zilmoqda.
Rivojlangan mamlakatlar, xususan, Buyuk Britaniya, Avstraliya va AQSH tajribasiga asoslanib, fuqarolar o‘rtasida yuzaga kelgan kichik nizolarni birinchi navbatda sudga emas, balki mediatsiya institutiga murojaat qilish orqali hal qilish mexanizimini qonunchiligimizga tadbiq qilish lozim. Bu jarayonda qonunchilikda qanday nizolar kichik nizolar hisoblanishi, ya’ni ularning kategoriyasi aniq belgilab qo‘yilishi kerak. Shuningdek, fuqarolar o‘rtasida yuzaga kelgan oilaviy nizolarni hal qilishda fuqarolar mediatsiya institutiga murojaat qilganda, davlat tomonidan professional mediatorlar bilan ta’minlash va barcha xarajatlarni qoplash amaliyotini yo‘lga qo‘yish.
Foydalanilgan normativ-huquqiy hujjatlar va adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi “Mediatsiya to‘g‘risida”gi qonun, 03.07.2018-yil, O‘RQ-482-son;
2. O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonun 29.08.2001 yil, 258-II-son;
3. Азарнова А.Н. Медиатсия: искусство примирят: технология посредничества в урегулировании конфликтов. М.: Инфотропик Медиа, 2015;
4. Аллахвердова О.В., Карпенко А.Д. Медиатсия – переговоры в ситуатсии конфликта. СПб.: Издателский Сентр «Академия», 2010;
5. Бесемер Х. Медиатсия. Посредничество в конфликтах. Калуга: Духовное познание. 2004;
6. Берок Буш Р.А. Фолджер Д.П. Что может медиатсия. Трансформативный подход к конфликту. Пер с англ. – Киев: Издател Захаренко В.А.- 2007, 264 с.;
7. Гаролд Абрамсон. Сопровождение сторон в протседуре медиатсии— М.: Издателство МСУПК, 2009. — 542 с.;
8. Давыденко Д. Л. Примирителные протседуры в европейской правовой традитсии. - М.: Инфотропик Медиа, 2013. — 176 с.;
9. Якубова Д.Ш. Процедура медиации: основные этапы ее проведения //Материалы Международной научно-практической конференции «Инновационная наука в современном мире», Беларусь: Выдавецтва «Навуковы свет», 2020. – 100 с.;
10. Yakubova D.Sh. Mediatsiya: nizolarni hal qilishning muqobil usuli (uslubiy qo‘llanma). –Toshkent, 2020, 134 b.;
11. Nurumbetova, S. (2022). VAIN ASPECTS OF PRACTICAL RELIGIOUS
EXAMINATION IN THE INVESTIGATION OF CRIMES RELATED TO
PROHIBITED RELIGIOUS MATERIALS. Science and Innovation, 1(6), 108-113.
12. Якубова Д.Ш. Медиatsiя – как альтернативный метод разрешения споров. Коммуникативные методы в медиatsiи. //Научный мультитематический журнал «Научные исследования XXI века» № 1 (3) 2020 г. -436 с.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.