MEDIATSIYANI QO‘LLASHNING O‘ZIGA XOS AFZALLIKLARI VA
Abdihakimov Samandar Salohiddin o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura bosqichi talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Onlayn mediatsiyani tahlil qilish jarayonida uni qo’llash bilan bog’liq afzalliklar va kamchiliklar tahlil etilgan bo’lib, onlayn mediatsiyaning afzalliklari sifatida mediatsiya jarayonining olib borishdagi qulayliklar, jumladan harajatlarning kamligi, yurisdiksiya muommosining yo’qligi va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulayligi keltiriladigan bo’lsa, kamchiliklari sifatida esa inson hissiyotining yetishmasligi, internet tarmog’iga kirishdagi muommolar, maxfiylik va xavfsizlik tizimidagi kamchiliklar keltirilib o’tiladi. Yuqorida keltirilib o’tilgan kamchiliklar va muommolar atroflicha o’rganilib, ularga muqobil yechimlar taklif etiladi. Ushbu fikrlar asosida yakuniy shaxsiy fikrlar bayon etiladi. Xulosa qilinadiki, onlayn mediatsiya instituti nizolarni hal etishda alohida ahamiyatga ega va uni qo’llash jarayonidagi muommolarga muqobil yechimlar ham mavjud.
Kalit so‘zlar: Mediatsiya, onlayn mediatsiya, nizolarni hal etishning muqobil usullari (ADR), nizolarni onlayn hal etish (ODR), muzokara, nizo
АННОТАЦИЯ
В этой статье анализируются преимущества и недостатки использования онлайн-медиации, а к преимуществам онлайн-медиации относятся простота проведения процесса медиации, в том числе ее низкая стоимость, отсутствие юрисдикционных проблем и простота использования для частных лиц. Отсутствие человеческих эмоций, проблемы с доступом в Интернет, а также недостатки конфиденциальности и безопасности были названы слабыми сторонами, если таковые имеются. Вышеуказанные недостатки и проблемы были тщательно изучены и предложены альтернативные решения. На основе этих соображений представлены окончательные личные мнения. Сделан вывод, что институт онлайн-медиации имеет особое значение при разрешении споров и существуют альтернативные варианты решения проблем в процессе его применения.
Ключевые слова: медиация, онлайн-медиация, альтернативное разрешение споров (ADR), онлайн-разрешение споров (ODR), переговоры, спор.
ABSTRACT
This article analyzes the advantages and disadvantages associated with the use of online mediation in the process of analysis, and the advantages of online mediation include the ease of conducting the mediation process, including low costs, lack of jurisdictional issues, and ease of use for persons with disabilities. if there is, the lack of human emotion, problems in accessing the Internet, and shortcomings in the privacy and security system have been mentioned as disadvantages. The shortcomings and problems mentioned above are thoroughly studied and alternative solutions are proposed. Based on these opinions, final personal opinions are presented. It is concluded that the institution of online mediation is of particular importance in resolving disputes, and there are alternative solutions to the problems in the process of its application.
Keywords: Mediation, online mediation, alternative dispute resolution (ADR), online dispute resolution (ODR), negotiation, dispute.
KIRISH
Turli nizolarni hal qilishda zamonaviy texnalogiyalardan foydalanish bugungi kunda avj olmoqda. Ayniqsa, iqtisodiy nizolarni masofadan turib hal etish ham milliy sud tizimi ham nizolarni hal etishning muqobil usullari (muzokara, mediatsiya, arbitraj) tizimida keng qo’llanilib kelinmoqda. Internet va boshqa elektron vositalari rivojlanishiga qadar nizolarni muqobil hal etish usullari faqatgina taraflar bir-biri bilan ma’lum bir joyda oldindan belgilangan holda amalga oshirilgan. Bunda taraflar yuzma yuz uchrashib o’zaro muzokaralar olib borishadi. Taraflarning hamma hujjatlari ham qog’oz shaklida topshiriladi. Onlayn mediatsiyaning kirib kelishiga asosiy sabab taraflarning vaqtini hamda ularning mablag’larini imkon qadar tejashdan iborat. Ma’lumki, xalqaro iqtisodiy nizolarda taraflar doimo turli davlatlardan hisoblanadi. Ushbu vaziyatda taraflar o’rtada kelib chiqqan nizolarni hal etishda biri ikkinchisining yashab turgan hududiga yoki joylashgan joyiga borishi, yoki ikkalasi uchun maqbul bo’lgan hududni tanlab, o’sha yerda muzokara olib borishi yoki mediatsiya jarayonini qo’llashi mumkin. Ammo, mediatsiya jarayonini onlayn tarzda olib borish taraflarga yuqorida keltirilgan ortiqcha harakatlardan xalos bo’lishiga
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Mazkur maqolani yoritish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Ushbu maqolada onlayn mediatsiya institutining rivojlanishi va o’ziga xos xususiyatlari tahlil qilindi. Onlayn mediatsiya institutining kelib chiqishi, rivojlanishi, onlayn mediatsiya tushunchasining nazariy tahlili, nizolarni onlayn mediatsiya yordamida hal etishdagi afzalliklar va kamchiliklar tahlil etildi.
Yevropa Parlamenti va Kengashining 2008-yil 21-maydagi 52-sonli fuqarolik va tijorat sohalarida mediatsiyani qo’llash bilan bog’liq Direktivasi va 2013-yil 21- maydagi 524/2013-sonli “Iste’molchi nizolari bo‘yicha nizolarni onlayn hal etish” to’g’risidagi reglamenti, O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 03-iyuldagi “Mediatsiya to‘g‘risida”gi qonuni metodologik manba bo‘lib belgilandi. Shu bilan birgalikda huquqshunos M.X Rustamboyev, M. Baxramovna hamda chet el huquqshunos olimlari N.Alexander, D.D.Noce, S.Hattotuva, M.C.Tyler, L.J.Gibbons, Fernanda S. Rossi, Amy Holtzworth-Munroe, Amy G. Applegate, Connie J. Beck, Jeannie M. Adams, Darrell F. Hale, Noam Ebner, Joseph W. Goodman, Andrea M Braeutigamlarning ilmiy ishlari hamda tajribalaridan keng foydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Onlayn mediatsiya institutining kelib chiqish va shakllanishi, nizolarni hal etishda onlayn mediatsiyaning o’rni, onlayn mediatsiyaning o’ziga xos afzalliklari va kamchiliklari, onlayn mediatsiyani qo’llashda kelib chiqadigan muommolar va ularga muqobil yechimlar.
ONLAYN MEDIATSIYA INSTITUTINING KELIB CHIQISHI VA
SHAKLLANISHI
Nizolarni muqobil hal etish (ADR)ning internet rivojlanishi natijasida nizolarni onlayn hal etih (ODR) shakli ham rivojlanib keng tarqalmoqda. Nizolarni onlayn hal etish (ODR) o’z ichiga asosan elektron tijorat va boshqa internet bilan bog’liq nizolarni ko’rib chiqishni olishidan tashqari, bugungi kunda ODR muzokara, mediatsiya va arbitraj protsesslarini ham o’z ichiga oladi. Ya’ni, muzokara, mediatsiya va arbitrajning ham onlayn o’takizsh shakllari mavjud. Biz esa, onlayn mediatsiya to’xtalsak.
Onlayn mediatsiya, xususan, an’anaviy mediatsiya texnikalarini onlayn muhitda foydalanishini o’z ichiga oladi. 1 Onlayn mediatsiya jarayonida an’anavaiy mediatsiyada qo’llaniladigan barcha jarayonlar masofadan turib olib boriladi. Ushbu jarayonlar zamonaviy texnika vositalari va bevosita internet orqali olib boriladi.
An’anaviy mediatsiya kabi, onlayn mediatsiya turli xil osonlashtiruvchi, baholovchi va o’zgartiruvchi vositalaridan foydalangan holda amalga oshirilishi
Nizolarni onlayn hal etish 1995-yilgacha muhim hisoblanmagan, chunki bu paytlarda internet asosan harbiy va akademik muassalarda qo’llanilgan, xolos. Internet omma orasida rivojlangan sari tijoratlashgan onlayn bozorlar paydo bo’la boshladi. Ushbu onlayn tijoratlarda kelib chiqadigan nizolarni hal etish uchun ham tez va samarali usullar kerak bo’la boshladi. Bu esa albatta nizolarni masofadan turib yechim topish edi. Shu sababli hukumatlar va boshqa xususiy tashkolotlar nizolarni onlayn hal etish (ODR)ning rivojlanishini qo’llab quvvatladi.
Oflayn mediatsiyada yuzma-yuz uchrashish muhim bo‘lsa, onlayn mediatsiyada uchrashuvlar virtual reallikda amalga oshiriladi, bu jarayonda nizo tomonlari va mediator aslida yuzma-yuz uchrashmaydi. Bu shuni anglatadiki, dunyoning turli burchaklaridagi odamlar xavfsiz shifrlangan elektron pochta yoki xavfsiz chat xonalari yoki ba'zi hollarda videokonferensaloqa orqali nizoni hal qilish uchun onlayn vositachilikdan foydalanishlari mumkin. Onlayn mediatsiyadan foydalanishni istagan tomonlar internet tarmoqlariga ulangan kompyuter kerak. Mediatsiya tizimi va fayl faqat vakolatli shaxslar kirishi mumkin bo'lgan serverda joylashgan bo’ladi. Tizim mediator yoki ko'p hollarda mediatsiya tashkiloti tomonidan taqdim etiladi.
Onlayn mediatsiya jarayoni oflayn jarayonidan unchalik katta farq qilmaydi. Chunki, onlayn mediatsiya jarayonida an’anaviy yuzma-yuz protseduradan ko'ra boshqa aloqa shakllari qo'llaniladi. Onlayn mediatsiya jarayonidagi birinchi bosqich nizoni onlayn mediator yoki mediatsiya tashkilotining veb-saytiga topshirish hisoblanadi. Keyingi bosqich esa mediatsiya tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. Tashkilot taraflar onlayn mediatsiya tartib-qoidalarida ishtirok etishga tayyormi yoki yo'qligini bilish uchun ular bilan bog'lanadi. Agar mediatsiya olib boruvchi tashkilot 1 PONTE & CAVENAGH, supra note 10, at 63; Lucille M. Ponte, Throwing Bad Money After Bad: Can Online Dispute Resolution (ODR) Really Deliver the Goods for the Unhappy Internet Shopper?, 3 TUL. J. TECH. & INTELL. PROP. 55, 75- 79 (2001) [hereinafter Ponte, Throwing Bad Money] taraflarni onlayn mediatsiyada qatnashishga tayyor ekanliklarini bilishsa, mediator tomonlar tomonidan tanlanadi yoki tashkilot tomonidan tayinlanadi. Ikkala tomon ham mediatsiya qoidalaridan xabardor bo'lishi kerak, odatda bunga tegishli vebsaytdagi havola orqali erishiladi. Mediator o‘zini tanishtiradi va tomonlarga jarayonni tushuntiradi. Ba'zi hollarda tomonlar o'z muammolarini mediatsiya yo'li bilan hal qilish niyatida ekanliklarini ko'rsatuvchi mediatsiya bitimi imzolanadi.
ONLAYN MEDIATSIYANING O‘ZIGA XOS AFZALLIKLARI VA
Nizolarni hal etishda onlayn mediatsiyaning bir qancha o’ziga xos afzalliklari mavjud. An'anaviy mediatsiyada bo'lgani kabi, onlayn mediatsiya ham mediatorga bahsli shaxslarning alohida ehtiyojlarini qondirish uchun jarayonni moslashtirish imkonini beradi.2 An’anaviy mediatsiyaning bir nechta afzalliklaridan tashqari, nizolarni internet orqali masofadan turib hal etishning ham o’ziga xos xususiyatlari mavjud, ya’ni: “Bu jarayon ko’proq moslashuvchanlik, ijodiy yechimlar va tezroq qarorlar qabul qilish imkonini beradi.”3 Xususan, onlayn mediatsiyaning afzalliklarini qulaylik, chiqimlarning kamligi va yurisdiksiya borasida muommolarning kamligi
Birinchidan, mediatsiya jarayonini olib borishdagi qulaylik. Onlayn mediatsiyaning taraflar uchun eng asosiy ijoboiy tarafi bu qulaylikdir. Taraflar kelib chiqqan nizo bo’yicha ularni hal etish uchun o’zi yashab turgan hududdan uzoq joyga borishi shart emas. Bilamizki, ko’plab iqtisodiy kelishuvlar turli davlat fuqarolari o’rtasida tuziladi. Bunda ular bir davlatdan ikkinchi davlat hududiga o’z mahsulotlarini jo’natishadi. Ushbu vaziyatlarda kelib chiqqan nizolarni hal etishda taraflar an’anaviy mediatsiyani qo’llashmoqchi bo’lishsa, ular bir tomonning sudiga borib murojaat qilishi lozim bo’ladi. Bu esa, albatta, ortiqcha vaqt va mablag’ talab qiladi. Onlayn mediatsiya esa ushbu muommoga yechim hisoblanadi. Ya’ni, taraflar onlayn mediatsiyani qo’llashmoqchi bo’lishsa, ularning o’z uyidan yiroqqa ketishiga hojat yo’q. Ular o’zi joylashgan joydan turib onlayn mediatsiyani qo’llab, nizoga 2 E. Casey Lide, ADR and Cyberspace: The Role of Alternative Dispute Resolution in Online Commerce, Intellectual Property and Defamation, 12 OHIO ST. J. ON DISP. RESOL. 193, at 208 (1996). 3 George H. Friedman, Alternative Dispute Resolution and Emerging Online Technologies: Challenges and Opportunities, 19 HASTINGS COMM. & ENT. L.J. 695, 712 (1997) yechim topa olishadi. Bunda ularga kompyuter va boshqa elektron texnika vositalari
Yana bir boshqa onlayn mediatsiyani qo’llashdagi qulayliklardan biri taraflarning nizoni hal etishda bir-biriga haftada yeti kun kunda yigirma to’rt soat murojaat qila olishidir. Ular nafaqat bir-birlari bilan balki o’zlari tanlagan mediator bilan ham xohlagan payti bog’lana olishlari mumkin. An’anaviy mediatsiyaning qo’llanilishiag asosiy sabablardan biri ham taraflarning sudga murojaat qilib, uning qarorini haftalab kutish muommosidan qutulish hisoblanadi. Ammo, onlayn mediatsiyada bu jarayon an’anaviy mediatsiyadan ham tezroq hal etilihsi mumkin. Chunki, taraflarning bir joyga yig’ilib muzokara qilishiga ham anchagina vaqt ketishi mumkin. Agar ular onlayn mediatsiyani qo’llashsa an’anaviy mediatsiyani tashkillashtirish uchun ketgan vaqtni ham tejab qolgan bo’lishadi.
Shuningdek, mediatsiyada kun tartibini belgilash ham ancha qulay hisoblanadi. Ya’ni, tomonlar onlayn mediatsiya jarayonida o’z pozitsiyalarini ma’lum elektron vositalar orqali bir-biriga jo’natishi mumkin. Bu xabarlarni taraflar xohlagan paytida o’qib va unga javob yuborishi mumkin. Ular ma’lum joyda yuzma yuz ko’rishishiga esa hojat yo’q.
Ba’zida tomonlar mediatorni tayinlashda ikkilanishi mumkin. Ammo, onlayn mediatsiya jarayonida bunday qilishga hojat yo’q. Chunki, onlayn nizolarni hal etish platformalarida arbitraj va mediatorlar haqida ma’lumotlar to’liq ko’rsatilgan bo’lib, ular kompyuter savodxonligi hamda onlayn nizolarni hal etishgda alohida malakaga ega shaxslar bo’lishadi.
Bundan tashqari taraflarga mediator kokus tayinlamoqchi bo’lsa, bir taraf ikkinchi tarafni kutib turmasdan, o’z vaqtini tejashi mumkin. Bu holatda kokus tayinlashda mediator ham taraflar ham o’z vaqtini tejab qoladi.
Ikkinchidan, nizoni hal etish uchun sarflanadigan chiqimlarning kamligi. Birinchi navbatda tomonlar nizolarni hal etishda mediatsiyani qo’llashsa, ular uchrashuvlar olib borishi lozim. Bunda uchrashuvlar tayinlanadigan joyga borish harajatlari masofadan turib mediatsiya qo’llanganda ancha tejaladi. Chunki, bilamizki an’anaviy mediatsiyada taraflar uchrashuv olib borishi uchun ma’lum bir bino yoki alohida joy ijaraga olinishi lozim bo’ladi. Bundan tashqari nizolashuvchi taraflar turli davlatlardan bo’lishsa, ularning yo’l harajatlari va boshqa vaqtincha yashash harajatlar talab etiladi. Onlayn mediatsiyada esa bu harajatlar anchayin qisqaradi.
Uchinchidan, yurisdiksiya muommosining yo’qligi. Ma’lumki, taraflar o’rtasidagi nizo milliy sud tizimida ko’rilsa ushbu muommoning sudga tegishlilik va taalluqlilk masalalari birinchi navbatda sud tomonidan ko’rib chiqiladi. Ushbu jarayonlar ancha vaqtni olishidan tashqari, ma’lum bir nizolar yurisdiksiyaga to’g’ri kelmasligi mumkin. Bu holatda taraflar asosan nizolarni hal etishning muqobil usullaridan foydalanishadi. Ayniqsa, nizolarni onlayn hal etish yurisdiksiya masalasiga e’tibor qaratmaydi. Chunki, nizolarni onlayn hal etish tizimida taraflar qonunga tayanishidan tashqari, ko’proq o’zlarining shaxsiy manfaatlariga e’tibor qaratishadi.
To’rtinchidan, imkoniyati cheklanganlar uchun qulay tizim ekanligi. An’anvaiy mediatsiyada jismoniy imkoniyati cheklanganlar uchun sharoit va imkoniyatlar yaratib berilishiga qaramasdan, ularning mediatsiya o’tkaziladigan hududga borishi ularga qiyinchilik tug’diradi. Chunki ular yo’lda turli to’siqlarga uchrashi mumkin. Shu sababli ular mediatsiya jarayoniga o’zi bilan yaqin shaxslaridan biri bilan kelishiga majbur bo’ladi. Bunda esa ushbu shaxslarning mediatsiyada maxfiylik prinsipiga oid huquqlari to’liq ta’minlanmasligi mumkin. Imkoniyati cheklangan shaxslar bilan kelgan shaxslar bunga monelik qilishi mumkin. Onlayn mediatsiya jarayonida esa bu to’siqlar mutlaqo muommo tug’dirmaydi. Chunki, ushbu shaxslar bemalol uyidan chiqmasdan turib muzokaralar olib borishi va hujjatlarni elektron ko’rinishda taqdim etishi mumkin bo’ladi.
Nizolarni onlayn muhitda hal etish uchun albatta internet veb-saytlari kata o’rin tutadi. Bu borada imkoniyati cheklanganlar uchun Ontario, Kanada nogironlar vebsaytlar va veb-kontent bilan samarali muloqot qilishlarini ta'minlash uchun aniq choralar ko'rgan birinchi qonunchilikka egaedi. Ontario nogironlar uchun imkoniyatlarni oshirish va ularning hayotda to'liq ishtirok etishi uchun to'siqlarni aniqlash, olib tashlash va oldini olishda ishtirok etishga imkon berish uchun 2001 yilda Ontariyalik nogironlar to'g'risidagi qonunni qabul qildi. Bu qonun davlat, xususiy va notijorat tashkilotlari rioya qilishlari kerak bo'lgan mavjud standartlarini yaratuvchi qonun hisoblanadi.
Onlayn mediatsiya yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, bir nechta afzalliklarga ega bo’lishiga qaramasdan, uni qo’llashda bir necha muommo va kamchiliklarga duch kelish mumkin. Nizolarni onlayn hal etishda an’anaviy mediatsiyada qo’llanilishi mumkin bo’lgan ba’zi qulayliklar cheklangan bo’ladi. Joel Eisen ham mediatsiya instutitini tahlil qilib shunday deydi: “mediatsiya amaliyoti onlayn muhitda takrorlab bo’lmaydi, chunki kibir muhit real dunyoning oyna tasviri emas.” Ushbu kelib chiqishi mumkin bo’lgan muommolarni ko’rib chiqsak.
Birinchidan, inson hissiyotlarining yetishmasligi (loss of face to face cantact). Bilamizki, an’anaviy mediatsiya jarayonida taraflar bir joyda turib birbirlari bilan o’rtadagi muommoni hal qilish uchun o’zaro muzokaralar olib boradi. Ushbu jarayon borishi va taraflarni kelishuvchanlikka undash uchun mediator ishtirok etadi. Masofadan turib nizolarni hal etishda esa taraflar bir-birini ko’rmasdan turib yoki real vaqt rejimida turli elektron vositalari orqali muommoni hal etadi. Bu jarayonning birinchisida, ya’ni bir-birini ko’rmasdan turib faqatgina hujjatlarni elektron pochta va boshqa aloqa vositalari orqali yuborishganida, ular o‘zlarining ichidagi his-tuyg’ularini namoyish eta olishmaydi. Shuningdek, ular bir-birini yetarli darajada bila olish imkoniga ega bo’lishmaydi. Chunki, inson ko’rmagan insoni bilan muloqat qilganida uning ichidagi asl niyati yoki nizo bo’yicha fikrlarini to’liq anglab yeta olmaydi. Masalan, mediatsiyaning bir qismi sifatida tomonlarga tashvishlarni tinglash va tushunishga yordam berish, bir-biriga hamdard bo'lish, his-tuyg'ularni oshkor etish va his-tuyg'ularga qarshi turish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ko'pgina mediatsiya ishtirokchilari mediatsiya jarayonida suddagidan ko’ra erkinroq va o’z his-tuyg'ularni tashqariga chiqarishga qulay his qilishadi. Ishning o'z versiyasini to'g'ridan-to'g'ri qarama-qarshi tomonga aytish va ifodalash imkoniyati masofadan turib nizoni hal etishda qiyinchiliklarga duch keladi.
Bundan tashqari, ushbu jarayonda mediator taraflar bilan yuzma yuz ko’rishmagani uchun, ularni bir qarorga kelishga undashda ba’zi qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Ya’ni, yuzma yuz uchrashuvda mediator o’zining xattiharakatlari va boshqa xil undash va ta’sir etish vositalarini bemalol qo’llashi mumkin. Bu harakatlar bevosita mediator uchun ikki taraf o’rtasidagi vaziyatni yumashatishi hamda ularni murosaga chaqirish uchun muhim vosita hisoblanadi. Ammo, yuqorida aytib o’tganimizdek onlayn mediatsiya faqat elektron vositalar orqali hal etilsa, bu xatti-harakatlar cheklanadi.
Onlayn mediatsiya yoki elektron pochta muhiti mediatorni o'zaro munosabatlarning ohangini boshqarish yoki tinchlantirishni qiyinlashtiradi. Mediator boshlanishdayoq tomonlarni tinchlantirish va muammolarni barqaror hal qilish uchun muhit yaratish uchun o'zining jismoniy "shaxsligi" dan foydalana olmaydi. Xuddi shunday, nizolashuvchilarning jismoniy ishtiroki bo'lmasa, mediator yuzma-yuz mediatsiya jarayonlarining bir qismi bo'lgan tana harakatlari orqali ta’sir etish, yuz ifodasi va og'zaki ohangning intuitiv belgilaridan foydalanishda qiynaladi.4
Mediatsiyani masofadan turib olib borishda taraflarning bir biri bilan bo’lgan dialoglari o‘rniga elektron pochta yoki boshqa masofadan turib suhbatlashish imkonini beruvchi elektron vositalar o‘rnini bosadi. Bu esa taraflarning bir-biriga xabar berish jarayonini qiyinlashtiradi. Internetdagi nizolar o'rtasida katta masofalar mavjud. Tomonlar ochiq muloqotni yaratish uchun turli psixologik va katta to'siqlarga duch kelishadi. Chunki, ular bir-birlari to’g’risida kam ma’lumotlarga ega bo’lishadi. Shu sababli ham ularning bir-biriga ishonchini baholash va ular o’rtasidagi moslashuvchanlikni kuchaytirish qiyin kechadi.
Ikkinchidan, onlayn mediatsiyaga qatnashish uchun internet va boshqa elektron muhitga kirishdagi cheklovlar. Ma’lumki, onlayn mediatsiyani olib borishda internet va elektron aloqa vositalari muhim ro’l o’ynaydi. Onlayn kompyuterlarga kirish esa ba’zi shaxslar, ayniqsa oflayn tranzaktsiyalar natijasida kelib chiqadigan nizolar bilan shug'ullanuvchilar uchun muammo tug'dirishi mumkin. Chunki, bu shaxslar doimo o’z tijorat bitimlari yoki boshqa aloqalarni bevosita yuzma yuz olib borishga o’rganib qolishgan. Munozarani hal qilish uchun zarur bo'lgan vaqt davomida uzluksiz Internetga kirish (bu bir necha soatdan tortib bir necha kungacha farq qilishi mumkin) imkoniyati cheklanganlar yoki buni qilish noqulay yoki noqulay deb hisoblaganlar uchun ham muammo tug'dirishi mumkin. Bu, shuningdek, kompyuterlar va ulardan foydalanish bilan kamroq tanish bo'lganlar yoki batafsil yozma aloqalarni amalga oshirishga qodir bo'lmaganlar uchun noqulay bo'lishi
Bundan tashqari, kiber-vositachilik nizolarni hal qilishning eng arzon muqobillaridan biri bo'lishi mumkin bo'lsa-da, u talab qiladigan nisbatan oddiy to'lovlar hali ham elektron tijorat nizolarida ishtirok etayotgan ko'plab shaxslar uchun imkonsiz bo'lishi mumkin. Onlayn nizolar odatda kichik summalarga taalluqli boʻlgani uchun kiber vositachilik narxi muhim ahamiyatga ega.
Misol uchun, SettlementOnline har bir kelishuv uchun 300 dollar toʻlovni talab qiladi (har bir hal qilingan daʼvo uchun 150 AQSh dollari toʻlovi, qoʻshimcha hisob4 Ethan Katsh, Janet Rifkin and Alan Gaitenby, E-Commerce, E-Disputes, and E-Dispute Resolution: In the Shadow of
“eBay Law,” 15 OHIO ST. J. ON DISP. RESOL. 705, 714 (2000)
kitob summasidan tashqari 150 AQSh dollari miqdorida toʻlov olinadi).5 CyberSettle 5000 dollardan kam bo'lgan har qanday hisob-kitob uchun 100 AQSh dollari miqdorida to'lov talab qiladi.6
Shu sababli ham taraflar bir necha yuz dollarlik nizolar uchun nizoni hal qilishga yordam beradigan xizmatga potensial kelishuvning uchdan bir qismini to'lashni xohlamasliklari mumkin. Natijada, nizolarni onlayn hal qilishda da’vo miqdori kam bo’lgan nizolar ko’rilishi samarasiz bo’lib qoladi. Ushbu saytlar oladigan to’lovlar ba’zi nizolarni ko’rib chiqilishiga to’siq bo’lishi mumkin.
Uchinchidan, maxfiylik va xavfsizlikdagi kamchiliklar. Bilamizki, mediatsiyaga taraflarning murojaat qilishining asosiy sabablaridan biri bu maxfiylik prinsipining mavjudligi. Ya’ni, mediatsiya jarayonida ma’lum bo’lgan har qanday ma’lumot taraflarning ruxsatisiz oshkor etilishi mumkin emas. Bu prinsipga amal qilish an’anaviy mediatsiya jarayonida muommo tug’dirmaydi. Chunki, taraflar birbirini yuzma yuz ko’rib odatda og’zaki muzokaralar olib boriladi. Faqatgina mediatior ba’zi ma’lumotlarni yozib borishi mumkin. Lekin mediatsiya tugashi bilan mediator ushbu yozuvlarni yo’q qiladi. Bu jarayon onlayn mediatsiyada qo’llash va amal qilish bir muncha qiyinchiliklarga sabab bo’ladi.
Yuqorida aytib o’tilganidek, onlayn mediatsiya turli elektron vositalar orqali olib borilganligi uchun undagi yozilgan ma’lumotlar yoki real vaqt rejimida olib boriladigan muzokaralar ham bevosita istalgan taraf tomonidan osongina yozib olinishi mumkin. Va bundagi ma’lumotlar chop etilib, boshqa shaxslarga tarqatilishi xavfi mavjud. Bu xavfdan himoyalanish tizimi onlayn mediatsiya mavjud emas.
Bundan tashqari onlayn mediatsiya jarayonidagi elektron hujjatlar yoki yozishmalar hakkerlar tomonidan buzib kirilib, begona shaxslar tomonidan mediatsiya taraflariga tegishli bo’lgan maxfiy ma’lumotlar ommaga ochiqlanishi
To’rtinchidan, shaxsni tasdiqlashdagi qiyinchiliklar. Mediatsiya jarayoni boshlanishidan oldin, taraflarning shaxsiy ma’lumotlari tekshirilishi lozim. Chunki, nizoga aloqador bo’lmagan boshqa shaxslar taraflarning ruxsatisiz qatnashishi mumkin emas. Bu jarayon an’anaviy mediatsiya jarayonida mutlaqo qiyinchilik 5 SettlementOnline, Settlement Online Pilot Program Proposal, at http://settlementonline.com/Proposal.html (last visited Nov. 27, 2002). 6 Cybersettle, Attorney Pricing, at http://www.cybersettle.com/products/atty_pricing.asp (last visited Nov. 27, 2002). tug’dirmaydi. Ammo nizoni onlayn muhitda hal etishda shaxsning ma’lumotlarini tekshirishda qiyinchiliklar bo’lishi mumkin. Onlayn mediatsiya internet maydoniga asoslanganligi sababli, xabarlar va elektron pochta xabarlarining haqiqiyligini tekshirish qiyin. Shuning uchun, xabarlar osongina nusxalanishi va jo'natuvchi bo'lib ko'rinadigan shaxs tomonidan yuborilishi mumkin.
MUHOKAMA YUZASIDAN MUOMMOLARGA YECHIM VA
TAKLIFLAR
Yuqorida onlayn mediatsiyada yuz beradigan doimiy va asosiy kamchilik va muommolarni sanab o’tdik. Bevosita ushbu kamchiliklarni bartaraf etish va ularga muqobil yechimlar ishlab chiqish lozim. Ushbu muommolarga yechim sifatida quyidagilarni berishimiz mumkin:
- Onlayn mediatsiya jarayonida taraflarning bir-biriga hissiy jihatdan ta’sir etishi va o’zlarining ichidagi emotsiyalarini yetkazib berish an’anaviy mediatsiyaga nisbatan cheklanganligini va mediatorning bu holatda taraflarning bir yechimga olib kelishdagi muommolar mavjudligi aniqlandi. Bu holatda asosiy yechim taraflarning va ayniqsa mediatorning yozma qobiliyatlariga ko’proq urg’u berish lozim. Chunki, yozishmalar onlayn mediatsiyada asosiy o’rinni tashkil etadi. Mediator taraflar bilan muzokaralar olib borishda yuqori darajadagi yozma qobiliyatlardan foydalanib, ularni bir yechimga kelishga undash va mediativ kelishuvning afzalliklarini tushuntirib bera olishi kerak.
- Internet bilan bog’liq muommolar barcha davlatlarda birdek yaxshi tizimga ega emas. Onlayn mediatsiyni olib borishdan oldin mediator, albatta, taraflarning tzimga kira olish imkoniyatlarini tekshirib olishi lozim. Onlayn mediatsiyani real vaqt rejimida olib borishdagi uzilishlar yoki tizimga kirish imkoniyatlarining cheklanganlik holatlari yuzasidan esa yechim sifatida mediatsiyaning sinxron ya’ni real vaqt rejimida videkonferensalaloqa tizimida emas, ko’proq yozma hujjatlar topshirish orqali amalga oshirilishi lozim. Bunda asosiy vositalar sifatida esa turli saytlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Ushbu muommoga ikkinchi yechim sifatida esa sun’iy intellektdan foydalangan holda turli nizolarni hal eta oladigan elektron tizimlarni ishlab chiqish lozim. Taraflar o’rtasida nizo kelib chiqqan holda ular nizoni hal etish uchun ushbu tizimlarga murojaat etishishi mumkin. Ushbu tizim esa nizo bo’yicha hujjatlarni tahlil qilib, taraflarga muqobil yechimlar taklif qiladi. Shuningdek, ODR platformalaridagi to’lovlarni kichik nizolar uchun to’lov miqdorini da’vo miqdoridan kelib chiqib belgilash lozim. Chunki, yuqorida tahlil qilganimizdek, kichik nizolar va katta nizolar uchun ham bir miqdordagi to’lov nizolarni onlayn ko’rishning samaradorligini tushishiga olib keladi.
- Onlayn mediatsiyani qo’llashda maxfiylik va xavfsizlikni ta’minlash uchun quyidagi xavfsizlik qoidalarini ishlab chiqish lozim: birinchidan, professional maʼlumotlarni himoya qilish agentliklari tomonidan onlayn mediatsiyani olib borishdagi hujjatlar almashinuvlari bo’yicha xavfsizlik yoʻriqnomalari ishlab chiqish. Misol uchun, xavfsizlik boʻyicha yoʻriqnomalar maʼlumotlarga kimlar kirishi mumkinligi, maʼlumotlardan qanday foydalanilishi va maxfiylik tartib-qoidalari boʻyicha har qanday cheklovlar haqida maʼlumotlarni taqdim etishni oʻz ichiga olishi mumkin. ikkinchidan, onlayn mediatsiya platformasi uchun xalqaro xavfsizlik sertifikatiga ega bo’lishni majburiy etib belgilash. Uchinchidan, shifrlash usullarini amalga oshirish, ya’ni axborot yoki xabarlarni faqat vakolatli shaxslar o'qishi mumkin bo'lgan kodlash jarayonini ishlab chiqish. Bunga shaxsiy kalit (ya'ni, u tegishli egasi uchun maxfiy bo'lishi kerak) va ochiq kalitni taqdim etish kiradi. Ochiq kalit shifri taraflar, mediator va nizo yuzasidan talluqli boshqa uchinchi shaxslar uchun amal qiladi.
XULOSA
Xulosa qilib aytkanda, onlayn mediatsiya instituti taraflar uchun an’anaviy mediatsiyaga nisbatan qulayligi, narxlarning tejalishi va ortiqcha ovoragarchiliklarning kamligi uchun ham bugungi kunda rivojlanib kelmoqda. Ammo, barcha nizolarni onlayn ko’rib chiqilishining imkoni yo’q. Chunki, onlayn mediatsiya jarayonidagi ba’zi kamchiliklar ham mavjud. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun yechimlar mavjud bo’lib, bu yechimlarni amaliyotda qo’llash orqali onlayn mediatsiya institutini rivojlantirish va kelgusida yanada ko’proq imkoniyatlar yaratish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Yevropa Parlamenti va Kengashining 2008-yil 21-maydagi 52-sonli fuqarolik va tijorat sohalarida mediatsiyani qo’llash bilan bog’liq Direktivasi.
2. Yevropa Parlamenti va Kengashining 2013-yil 21-maydagi 524/2013-sonli “Iste’molchi nizolari bo‘yicha nizolarni onlayn hal etish” to’g’risidagi reglamenti.
3. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 03-iyuldagi “Mediatsiya to‘g‘risida”gi qonuni.
4. Regulation anda practical problems of jurisdiction of the arbitration tribunal (based on UNCITRAL Model Law). Dissertatsiya. M.B.Bakhramovna.
5. Harold Abramson, Problem-Solving Advocacy in Mediations: A Model of Client Representation, 10 HARV. NEGOT. L. REV. 103, 106 (2005).
6. Donna Shestowsky, Procedural Preferences in Alternative Dispute Resolution: A Closer, Modern Look at an Old Idea, 10 PSYCHOL. PUB. POL'Y & L. 211, 214 (2004)
7. Linda Brannack, Resolving Disputes Between Physicians & Nurses: How to Get the Most from ADR in the Health Care Industry, 56-JUL DIsp. RESOL. J. 46, 48 (2001).
8. E. Casey Lide, ADR and Cyberspace: The Role of Alternative Dispute Resolution in Online Commerce, Intellectual Property and Defamation, 12 OHIO ST.
J. ON DISP. RESOL. 193, at 208 (1996).
9. George H. Friedman, Alternative Dispute Resolution and Emerging Online Technologies: Challenges and Opportunities, 19 HASTINGS COMM. & ENT. L.J. 695, 712 (1997).
10. Nurumbetova, S. (2022). VAIN ASPECTS OF PRACTICAL RELIGIOUS
EXAMINATION IN THE INVESTIGATION OF CRIMES RELATED TO
PROHIBITED RELIGIOUS MATERIALS. Science and Innovation, 1(6), 108-113.
11. Nizolarni hal qilishning muqobil usullari/O’quv qo’llanma. Yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b. I.M.Salimova. – Toshkent: TDYU, 2022. – 208 bet.
Foydalanilgan internet manbalar:
1. http://settlementonline.com/Proposal.html
2. http://www.cybersettle.com/products/atty_pricing.asp
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.