ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

Аннотация

Ushbu maqolada ta‘lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning chet tilidan olgan bilimlarini mustahkamlashda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalarning qo‘llash uslublari tahlil qilingan. Chet tilini turli metodlar bilan o'rgatish eng muhim hodisalardan biri sifatida tahlil qiladi.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

OʻQUVCHILARNI TIL OʻRGANISHGA QIZIQTIRISH

Abdimoʻminova Muborak Ibodulla qizi

Roʻzmatova Gulnavo Musurmonqulovna

Jumayeva Risolat Boyqulovna

Surxandaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani 19-IDUM

Annotatsiya: Ushbu maqolada ta‘lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning chet tilidan olgan bilimlarini mustahkamlashda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalarning qo‘llash uslublari tahlil qilingan. Chet tilini turli metodlar bilan o'rgatish eng muhim hodisalardan biri sifatida tahlil qiladi.

Kalit so‘zlar: Chet tili, axborot texnologiyasi, innovatsion texnologiya, texnologik vositalar, usullar, metodlar

Hozirgi globallashuv davrda innovatsion ta‘lim texnologiyalari va ularning pedagogik asoslari o‘rganilib, o‘quv jarayonida zamonaviy-interfaol o‘qitish usullaridan samarali foydalanish yo‘llarini tadqiq etish bugungi kunning dolzarb muammolari biri bo‘lib qolmoqda. Ta‘limga innovatsion yondashuvning ijtimoiypedagogik zaruriyati quyidagilar bilan o‘lchanadi:

1. Fan-texnika taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish uzluksiz ta‘lim tizimi, xususan, ta'lim muassasalaridagi o‘quv jarayonini ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, ta‘limdagi innovatsion yondashuvlar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda takomillashtirish;

2. O‘quvchi-yoshlardagi ma‘lumotlilik darajasi, intelektual salohiyat, ijtimoiy faollik, ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitishning samarali tashkiliy shakllari, texnologiyalarini yaratish va amaliyotga tatbiq etish;

3. Pedagogik innovatsiyalarni o‘zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan o‘qituvchining kasbiy-innovatsion kompetentligini rivojlantirish zarurati.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan talab va qiziqish oshdi. O‘quvchi-yoshlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratib berildi. Ta‘lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish hamda, ta‘lim jarayoniga zamonaviy innavatsion texnologiyalarini olib kirish orqali ta‘lim sifati va samaradorligini oshirilmoqda. Xususan, chet tilini o‘rganishda bunday axborotkommunikatsion texnologiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjud. Til o‘rganish va o‘qitishda innovatsion texnologiyalar kata ahamiyatga ega. Texnologik vositalardan foydalanish chet tili o‘rganishning har bir aspectida (reading, writing, listening, speaking) qo‘l keladi. Masalan, tinglab tushunish uchun, albatta kompyuter, player, CD disklarsiz bu jarayonni amalga oshirish mumkin emas.

Ta‘lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda o‘quvchilar ham axborot - kommunikatsion texnologiyalarni yaxshi bilish va ulardan foydalana olishi muhim omil hisoblanadi. Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o‘rgatish va o‘rganish eng samador usullardan biridir.

Ma‘lumki, darsning turli xil o‘yinlar asosida o‘tilishi o‘quvchilarning imkoniyatlarini namoyish etish, diqqatni jamlash, bilim va ko‘nikmalarini oshirish va kuchli bo‘lishlarini ta‘minlaydi. O‘yin texnologiyasidan foydalanishda o‘quvchining o‘zini namoyon qilishi, hayotda barqaror o‘rnini topishi, o‘zini-o‘zi boshqarishi, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. Har qanday o‘yin zamirida umumiy qabul qilingan ta‘lim prinsiplari, taktikasi yotishi kerak. O‘quv o‘yinlariga o‘quv predmetlari asos qilib olinishi kerak. O‘yinlar jarayonida o‘quvchi oddiy darsga qaraganda bu mashg‘ulotga qiziqibroq yondashadi va bemalol faoliyat ko‘rsatadi. Ta‘kidlash lozimki, o‘yin eng avallo, o‘qitishning bir usulidir. O‘quvchilar o‘yinli darslarga qiziqib qatnashadilar, g‘alaba qozonishga intiladilar, o‘qituvchi ular orqali o‘quvchiga ta‘lim-tarbiya ham beradi. O‘quvchi inglizcha o‘yin o‘ynab, gapira olarkanman, tinglab tushuna olarkanman, yoza olarkanman, deb ishonadi, qiziqadi.

Hozirgi davrda mamlakatimizning barcha sohalarida, shu jumladan, xalq ta’limi tizimida ham amalga oshirilayotgan keng koʻlamli oʻzgarishlar barcha pedagoglar oldiga oʻquvchining bilimini yuksak darajada oshirish; mustaqil tafakkurini, ularning hayotiy faolligini rivojlantirish; yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash; tafakkur, muloqot, oʻqish, mehnat qilishga boʻlgan qobiliyatlarini taraqqiy ettirish kabi murakkab va mas’uliyatli vazifalarni qoʻymoqda. Har bir bola faqat oʻziga xos bilish faoliyati, iroda, xarakter, xulq-atvor xususiyatlariga ega. Maktabdagi ta’lim-tarbiya berish jarayonida mana shu xususiyatlarni bilish va shunga asoslanib ularga individual munosabatda boʻlish lozim. Shular hisobga olingandagina, har bir pedagog oʻzining asosiy vazifasi, ya’ni yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish ishini muvaffaqiyatli amalga oshiradi.

Boshlangʻich sinf oʻqish darslari ham xuddi shunday shakllarda tashkil etilmoqda. Oʻquvchi matnni toʻgʻri, tez, tushunib oʻqish, mazmunni oʻzlashtirish bilan ilk bor oʻqish darslarida duch keladi. Oʻqish darslarida bolalarga Davlat ta’lim standarti talablari boʻyicha oʻzlashtirishlari kerak boʻlgan bilimlar beriladi. Boshlangʻich sinf oʻqish darsliklarida berilgan mavzular doirasi ancha keng boʻlib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq ogʻzaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, istiqlol, vatan, ma’naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan. Oʻqish darslariga kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish axborot va ilgʻor pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim mazmunida oʻziga xos hamda oʻquvchi shaxsidan oʻziga mos kompetensiyani shakllantiradi. Ilgʻor pedagogik texnologiyalar asosida yangi bilimlarni ta’lim mazmuniga mos tarzda zamonaviy ruhda singdirish, pedagogik texnologiyani ta’lim tizmiga keng joriy etish, komil inson etib tarbiyalash, ta’limtarbiya tizimini sifat hjihatidan butunlay yangi bosqichga koʻtarish bugungi kunning dolzarb masalasidir.

Hozirgi kunda dunyo multimedia texnologiyalarining rivojlanishi natijasida yuzaga keladigan har xil faoliyat turlarini kompyuterlashtirishning yangi bosqichiga guvoh boʻlmoqda. Grafika, animatsiya, foto, video, tovush, matn interaktiv ravishda yaxlit axborot muhitini yaratadi, bunda foydalanuvchi sifat jihatidan yangi imkoniyatlarga ega boʻladi. Multimedia texnologiyalarining eng keng qoʻllanilishi ta’lim sohasida - universitet sinflaridan tortib, uy sharoitlariga qadar mavjud. Multimedia mahsulotlari turli xil ma’lumot, namoyish va reklama maqsadlarida muvaffaqiyatli qoʻllanilmoqda, telekommunikatsiyalarda multimedianing joriy etilishi yangi dasturlarning tez sur’atlar bilan oʻsishiga turtki berdi. Ayniqsa, ta’lim jarayoniga multimedialarni olib kirish hozirgi kunning dolzarb masalalari sirasiga kiradi.

Multimedia texnologiyalarini oʻquv jarayonlariga joriy etish ta’limni axborotlashtirishning muhim nuqtalaridan biridir. Hozirgi vaqtda multimedia texnologiyalari axborot texnologiyalarining eng jadal rivojlanayotgan va istiqbolli yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Multimedia bu foydalanuvchiga yagona axborot muhitida tashkil qilingan yangi ma’lumotlar bilan ishlashga imkon beradigan apparat va dasturiy vositalar toʻplamidir. Kompyuter texnologiyalari bugungi kunda koʻplab talabalar hayotining ajralmas qismiga aylandi. Ular, koʻpincha, ularni oddiy maktab darsligidan koʻra koʻproq qiziqish bilan qabul qilishadi. Hozirgi vaqtda koʻp ta’lim dargohlarida quyidagilarni topishingiz mumkin: ovoz yozish va koʻpaytirish vositalari (elektrofonlar, magnitafonlar, CD-pleyerlar), tizimlar va telefon, telegraf va radioaloqa vositalari (telefonlar, faksimile qurilmalar, teletayplar, telefon stantsiyalari, radioaloqa tizimlari), tizimlar va televidenie, radioeshittirish vositalari (televizion va radio qabul qiluvchilar, oʻquv televizion va radio, DVD - pleyerlar), optik va proyeksion kino va fotografik uskunalar (kameralar, plyonkalar, projektorlar, kinoproyektorlar), bosib chiqarish, nusxalash va boshqa hujjatlar axborotni koʻpaytirish (printerlar, nusxa koʻchirish moslamalari), ma’lumotlarni elektron shaklda namoyish etish, qayta ishlash va saqlash imkoniyatini ta’minlovchi kompyuter vositalari (kompyuterlar, printerlar, skanerlar, plotterlar), aloqa kanallari (modemlar, simli, sun’iy yoʻldosh, optik tolali, radiorele) orqali axborot uzatishni ta’minlovchi telekommunikatsiya tizimlari va boshqa kanal turlari axborot uzatish uchun moʻljallangan aloqa).

Ta‘lim sifatini oshirish uchun texnik vositalar: audio-video, kino materiallari, komp‘yuterlar, videoproektor, slaydlar, badiiy asarlardan parchalar; zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, xususan interfaol metodlardan o‘rinli foydalanib kelishmoqda. Innovatsion ta‘lim texnologiyalari ta‘lim sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirish, o‘qituvchi, o‘quvchi shuningdek, jamoa o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirish, g‘oyaviy va ruhiy birlikka erishish, yagona maqsad sari intilish, har bir ta‘lim oluvchining ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, shaxs sifatida namoyon bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit hamda muhitni yaratishda katta imkoniyatlarga ega.

Xulosa qilib aytganda, ingliz tili darslarida innovatsion usullarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mantiqiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez va to‘g‘ri javob berish malakasi shakllanadi. Bunday usullar o‘quvchida bilimga ishtiyoq uyg‘otadi. O‘quvchi darslarga puxta hozirlik ko‘rishga intiladi. Bu esa o‘quvchilarni ta‘lim jarayonining faol sub‘yektlariga aylantiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Отабоева, М.Р. Chet tilini o‘qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalaridan foydalanish va uning samaradorligi / М.Р. Отабоева. — Текст: непосредственный, электронный // Молодой ученый. — 2017. — №4.2 (138.2). — С. 36–37. — URL: https://moluch.ru/archive/138/39058/ (дата обращения: 27.04.2020)

2. MD Ismatullaevna, EG Yusupovich. THE EFFECTIVENESS OF THE USE

OF INFORMATION TECHNOLOGY IN THE EDUCATIONAL ‗ROCESS-

Euro‘ean Journal of Research and Reflection in …, 2019

3. M. Xoldorova, N. Fayziyeva, F. Rixsittilayeva. «CHET TILINI O‘QITISHDA YORDAMCHI VOSITALARDAN FOYDALANISH». Toshkent: Nizomiy nomidagi

TDPU, 2005

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.