KIRISH: O‘zbekiston musiqa madaniyatining shakllanishi ko‘p jihatdan yetuk olimlar va musiqashunoslarning faoliyati bilan bog‘liqdir. Shunday olimlardan biri san’atshunoslik doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Tuxtasin Batirovich G‘afurbekovdir. Uning ilmiy ishlari O‘zbekiston musiqa madaniyatini, professional musiqaning folklor ildizlarini hamda Sharq va G‘arb musiqa an’analarining o‘zaro ta’siri masalalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. MAQSAD: ushbu maqolaning maqsadi T.B. G‘afurbekovning ilmiy va pedagogik faoliyatini ko‘rib chiqish hamda uning O‘zbekiston musiqashunosligi rivojiga qo‘shgan hissasini aniqlashdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot materiallari sifatida T. B. G‘afurbekovning ilmiy asarlari, monografiyalari, maqolalari va ensiklopedik nashrlari xizmat qildi. Ish jarayonida tarixiy-musiqashunoslik va tahliliy metodlardan foydalanildi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: T.B. G‘afurbekovning ilmiy asarlarini tahlil qilish natijasida olimning musiqa ilmi rivojiga katta hissa qo‘shgani aniqlandi. U o‘z tadqiqotlarida o‘zbek professional musiqa san’atining folklor ildizlariga hamda milliy va Yevropa musiqa an’analarining o‘zaro bog‘liqligi masalalariga alohida e’tibor qaratgan. XULOSA: T.B. G‘afurbekovning ilmiy merosi o‘zbek musiqashunosligi taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi va hozirgi kunda ham o‘z ilmiy ahamiyatini saqlab qolmoqda.
INTRODUCTION: the development of musical culture in Uzbekistan has largely been shaped by the work of prominent scholars and musicologists. One of them is Doctor of Art Studies, Professor, and Honored Artist of the Republic of Uzbekistan Tukhtasin Batirovich Gafurbekov. His scientific works are devoted to the study of the musical culture of Uzbekistan, the folklore origins of professional music, and the interaction between Eastern and Western musical traditions. AIM: the aim of this article is to examine the scientific and pedagogical activity of T. B. Gafurbekov and to determine his contribution to the development of musicology in Uzbekistan. MATERIALS AND METHODS: the research materials include the scientific works of T.B. Gafurbekov, such as his monographs, articles, and encyclopedic publications. Historical-musicological and analytical methods were applied in the study. DISCUSSION AND RESULTS: the analysis of T. B. Gafurbekov’s scientific works demonstrates his significant contribution to the development of musicology. In his research, he paid special attention to the folklore roots of Uzbek professional musical art and the interaction between national and European musical traditions. CONCLUSION: the scientific heritage of T. B. Gafurbekov occupies an important place in the development of Uzbek musicology and continues to retain its scholarly significance today.