ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

OGAHIY ASARLARIDA QO‘LLANGAN ZOONIMLARNING SEMANTIK-FUNKSIONAL TAHLILI

Аннотация

Ushbu maqolada Muhammad rizo Ogahiy asarlaridagi tuyoqli hayvon nomlari, qush nomini anglatuvchi terminlar yig‘ildi va tahlil qilindi.Ogahiy asarlaridagi zoonimlarni o‘rganish davomida turkiy qatlamga mansub zoonimlardan tashqari arabiy va forsiy qatlamga mansub bo‘lgan zoonimlarni ham uchratishimiz mumkin.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

FUNKSIONAL TAHLILI

Xudayberganova Munira Safarboy qizi

Urganch davlat universiteti filologiya fakultetini

lingvistika oʻzbek tili magistr talabasi Annotatsiya.Ushbu maqolada Muhammad rizo Ogahiy asarlaridagi tuyoqli hayvon nomlari, qush nomini anglatuvchi terminlar yig‘ildi va tahlil qilindi.Ogahiy asarlaridagi zoonimlarni o‘rganish davomida turkiy qatlamga mansub zoonimlardan tashqari arabiy va forsiy qatlamga mansub bo‘lgan zoonimlarni ham uchratishimiz mumkin. Kalit so‘zlar.zoonim,sema,funksiya,termin,arab,fors.

Har qanday xalqning o‘z tarixi va o‘sha tarixni aks ettiradidan eng noyob boyligi va ulkan merosi bo‘ladi va bunday boylikni biz til deb ataymiz.Til har bir millatning yashash tarizini, urf-odatlari-yu udumlarini o‘zida aks ettiradigan mukkamal va buyuk meros hisoblanadi.Til lug’at boyligining shakllanish jarayonini kuzatish uchun qadimiy manbalar tilini, leksikasini o‘rganish va hozirgi tilda aks etagan leksika bilan qiyosiy o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi.Qadimiy manbalarni o‘rganish, ularni tahlil qilish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.Shu sababli biz ushbu maqolamizda Ogahiy asarlarini lingvistik jihatdan o‘rganamiz va onomastik jihatdan tahlil qilamiz. Bilamizki,turkiy xalqlar qadimdan chorvachilik bilan shug’ullanib kelishgan,odamlar va hayvonlar yonma-yon yashashgan.

Ming yillar davomida chorvachililk va ovchilik rivojlanishi shu sohaga doir terminlarning rivojlanishiga turtki bo‘lgan.F.f.d.,Professor B.Abdushukurov o‘zining ilmiy tadqiqotida 11-14-asrlar turkiy obidalar tilidagi hayvonlar terminlarini quydagicha mavzuviy guruhlarga ajratib tahlil qilganlar.

1. Sut emizuvchilar hayvonlar nomini bildiruvchi terminlar;

2. Qush nomini anglatuvchi terminlar;

3. Sudralib yuruvchi hayvon nomlari; Ba’zi ilmiy tadqiqotlarda mavzuviy guruhlarga ajratishni biroz boshqacharoq shaklda ko‘rishimiz mumkin.

1. Hayvonlarning umumiy nomlari;

2. Uy hayvon nomlari;

3. Yovvoyi hayvon nomlari; Biz quyida Ogahiy asarlari matnida uchraydigan zoonimlarni yuqoridagi mavzuviy guruhlar asosida tahlil qilamiz. Hayvonlarning umumiy nomlari

Ogahiy asarlaridagi muayyan hayvon nomini anglatadigan terminalar o‘zining qadimiyligi jihatidan ajralib turadi.Hayvon ma’nosini anglatadigan mol leksemasi jamiyat taraqqiyoti natijasida boylik, davlat ma’nolarini bildirgan.Ogahiy asarlari matnida ham mol so‘zi uy hayvonlarining barchasi uchun umumiy nom bo‘lishi bilan birga, boylik,mulk, keng iste’mol mollari ma’nosida ham qo‘llanilgan.

Olib har xayl barda beshumora,

Mato-u molgʻa xud ne shumora. (64)

Yuqoridagi bayt orqali mol so‘zi mulk ma’nosini anglatayotganligini ko‘rishiumiz mumkin.Quydagi parchada esa mol so‘zi hayvon nomi ma’nosini anglatayapti. …Va afvoji qohirakim, atrof-u javonibgʻa chopovullab borib erdilar, har favj bir tarafdin koʻp asir va mol-u mavoshiy va ot va teva va qoʻzi va qoʻy oʻlja qilib, muaskari humoyungʻa kelturdilar…(102)

Uy hayvon nomlari

Mavoti,ot, qo‘zi, mol,teva,qo‘y,yilqi,toy, g‘unon,ashxob,raxsh,yakron,it,eshak kabilar uy hayvonlari nomini anglatadigan terminlar hisoblanadi.

Teva yigʻnaldi hadd-u sondin ortuq,

Oʻguz ul navkim, imkondin ortuq.

Yigʻilmish yilqi andoq beshumora,

Ki atrofigʻa etmaydur nazora.(191) Tuya-tuyasimonlar oilasi, qadoq oyoqlilar turkumiga mansub juft tuyoqli sut emizuvchi hayvon1 ; bir yoki ikki o‘rkachli, juft tuyoqli, asosan, yuk tashish uchun xizmat qiladigan, suvsizlikka chidamli sut emizuvchi ish hayvoni (O‘TIL, 4, 222). Tuya leksemasi O‘rxun-Enasoy yodgorliklarida teba // teva, eski o‘zbek tili obidalarida, Аlisher Navoiy asarlari leksikasida teva shaklida uchraganligi aniqlangan2. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida tuya, shevalarda teva shakllari isteʼmolda ekanligi maʼlum.Yuqoridagi baytda yilqi so‘zini ham ko‘rishimiz mumkin,yilqi so‘zi M.Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida bo‘sh, bog‘lanmagan,o‘z holicha yurgan hayvonga nisbatan ishlatilgan bo‘lsa,Ogahiy asarlarida otlar podasi ma’nosida qo‘llanilgan.

Yovvoyi hayvon nomlari Tovushqon, darranda, qulon, she’r, yo‘lbars, ablaq (ola-bula tusli,yo‘l-yo‘l rangli yovvolyi ot), sibo(yovvoyi,vaxshiy hayvonlar) kiyik kabi yovvoyi hayvonlar ma’nosini anglatadigan terminlar hisoblanadi. …Boʻlubon qahqahazan kabki dar ham, Tovushqon har qadamda jilvagar ham…(285-bet) Ushbu baytdagi tovushqon so‘zi shevaga oid so‘z bo‘lib, quyon ma’nosini anglatadi.Navoiy asarlari tilida ham yovvoyi dala quyoni ma’nosini bildiradi.Ba’zi manbalarda xargush variant ham ishlatilgan, xargush yovvoyi quyon degan ma’noni beradi. Ogahiy asarlari tilida turkiy qatlamga oid zoonimlardan tashqari arabiy va forsiy qatlamga mansub zoonimlar ham talaygina qo‘llanilgan. …juyushi daryoxurushning barcha mavoshiy va matoyosin sugʻorib, shodob va serob qildilar. andin soʻng meshk va mitharalarigʻa suv oldurub, yoʻl azimatigʻa mustaid va omoda etdilar…(91) 1Xolmonova Z., Tosheva D. Zoonim komponentli paremalarning izohli lug‘ati (o‘zbek, ingliz va rus tili materiallari asosida). Lug‘at. –Toshkent: Turon zamin ziyo, 2016.-260 b. 2 Аbduvalieva D. Аlisher Navoiy tarixiy asarlari leksikasi. – T.: Fan, 2016. B.116. Yuqoridagi parchada mavoshiy so‘z arabiy qatlamga mansub leksema hisoblanib,uy hayvonlari :qo‘y,sigir kabi ma’nolarda keladi.Bundan tashqari forscha hayvon ma’nosini bildiradigan termin ishlatilgan. …ul hazratgʻa murassa xil’at kiydurub, bir raxshi tozinajod va ashhabi parinihod mindurdikim…(338) Ushbu parchada raxsh leksemasi forsiy qatlamga mansub bo‘lib,olachipor, chopqir, chiroyli ot degan ma’noda ishlatiladi. Ogahiy asarlari matnini tahlil qilar ekanmiz muayyan qisminin hayvon nomlarini ifodalovchi so‘zlar, ya’ni zoonimlar tashkil qilishini ko‘rib chiqdik va hayvon nomi bilan bog’liq so‘zlar paradigmasi uslubiy bo‘yoqdorligi bilan ajralib turadi. Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Ogahiy.Devon.2-jild,Toshkent,1972.

2. Muhammad Rizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy “Riyozu-d-davla”,Urganch,

“Quvonchbek-Mashhura”, 2020.

3. O‘zbek tilining izohli lug‘ati.1-2 jild,Moskva,1981.

4. Xolmonova Z., Tosheva D. Zoonim komponentli paremalarning izohli lugʼati

(o‘zbek, ingliz va rus tili materiallari asosida). Lug‘at. –Toshkent: Turon zamin

ziyo, 2016.

5. Аbduvalieva D. Аlisher Navoiy tarixiy asarlari leksikasi. – T.: Fan, 2016.

6. Abdushukurov.B., Sindarov I.,XI-XIV asr turkiy yozma manbalarda qo‘llanilgan

zoonimlar,2019,Oltin bitiglar.

7. Dadaboyev H.,O‘zbek terminologiyasi.O‘quv-uslubiy majmua.–T.:2019.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.