ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

OG‘IZ BO‘SHLIG‘I YALLIĠ‘LANISH KASALLIKLARIDA “HERBAL CLEAR” FITO QO‘SHIMCHASI BILAN KOMPLEKS TERAPIYA NATIJALARI

Аннотация

Og‘iz bo‘shlig‘i yallig‘lanish kasalliklarida “Herbal Clear” fitoqo`shimchasining kompleks terapiyadagi klinik samaradorligini baholash, uning yallig‘lanishga qarshi, antimikrob va regenerativ jarayonlariga ta’sir mexanizmlarini o`rganish.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

“FARMAKOLOGIYA, FARMATSEVTIKA VA XALQ TABOBATI

DOLZARB MUAMMOLAR VA INNOVATSIYALAR”

TERAPIYA NATIJALARI

Tursunboeva Maftuna To`lqin qizi

stomatologiya fakulteti 3 kurs talabasi

Ilmiy rahbar: Jalalova V.Z. PhD, dotsent,

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti,

Buxoro shahri O‘zbekiston Mavzuning dolzarbligi. Og‘iz bo‘shligi yallig‘lanish kasalliklari (stomatit, gingivit va boshqalar) keng tarqalgan kasalliklar qatoriga kiradi va bemorlarning hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu kasalliklarni davolashda an’anaviy antibiotik va kimyoviy preparatlardan foydalanish bemorlarda salbiy ta’sirlar keltirib chiqarmoqda. Shu bois tabiiy, xavfsiz va samarali vositalarga bo‘lgan talab kundan-kunga ortmoqda. “Herbal Clear” fitoqo`shimchalari o‘z tarkibida O‘zbekiston tabiatida keng tarqalgan shifobaxsh o‘simliklar, jumladan qizilmiya, moychechak va shalfey kabi antiinflamator va antiseptik xususiyatlarga ega komponentlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu fitoqo`shimchalar og‘iz bo‘shlig‘idagi yallig‘lanish jarayonlarini kamaytirish, yaralarni tez bitirish va infektsiya xavfini pasaytirishda ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Kompleks terapiyada “Herbal Clear” fitoqo`shimchalarni qo‘shish antibiotiklar va boshqa dorilarning dozalarini kamaytirish, davolash muddatini qisqartirish hamda salbiy ta’sirlarni kamaytirish imkonini beradi. Tadqiqotning maqsadi. Og‘iz bo‘shlig‘i yallig‘lanish kasalliklarida “Herbal Clear” fitoqo`shimchasining kompleks terapiyadagi klinik samaradorligini baholash, uning yallig‘lanishga qarshi, antimikrob va regenerativ jarayonlariga ta’sir mexanizmlarini o`rganish. Materiallar va metodlar. Tadqiqotga og‘iz bo‘shlig‘i yallig‘lanish kasalliklari (stomatit va gingivit) tashxisi qo‘yilgan 60 nafar bemor jalb etildi. Ular ikki guruhga bo‘lindi: asosiy guruh (n=30) — standart davolash bilan bir qatorda “Herbal Clear” fitopreparati bilan kompleks terapiya oldi; nazorat guruhi (n=30) — faqat standart davolash asosida davolandi. Tadqiqot muddati — 14 kun. “Herbal Clear” tarkibida quyidagi o‘simlik damlamalari bo‘lgan: qizilmiya (Arctium lappa), moychechak (Matricaria chamomilla), shalfey (Salvia officinalis) va kalampir munchoq (Capsicum annuum). Preparat og‘iz bo‘shlig‘iga kuniga 3–4 mahal damlama shaklida og`izni chayish uchun qo‘llanildi. Bemorlar holati klinik (og‘riq, shish, giperemiya, yara maydoni), laborator (leukotsitlar soni, C-reaktiv oqsil) va vizual baholash mezonlari asosida kuzatildi. Statistik tahlil SPSS 23 dasturida o‘tkazildi, p<0.05 darajasida ahamiyatli deb olindi. Natijalar va ularning tahlili. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, asosiy guruhda “Herbal Clear” fitopreparati qo‘llanilgan bemorlarning 86,7%ida og‘iz bo‘shlig‘i yallig‘lanish belgilari (giperemiya, shish, og‘riq, yara o‘lchami) 5–7 kun ichida sezilarli darajada kamaygani kuzatildi. Nazorat guruhida bu ko‘rsatkich 60%ni tashkil etdi va shikoyatlar ko‘proq 8–10 kun davom etgan. Klinik ko‘rsatkichlar quyidagicha o‘zgardi: Og‘riq intensivligi (VAS shkalasi bo‘yicha) asosiy guruhda o‘rtacha 6,5±0,8 dan 1,2±0,4 gacha kamaydi (p<0.01), nazorat guruhida esa 6,4±0,7 dan 2,8±0,6 gacha (p<0.05);

XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

yallig‘lanish maydoni asosiy guruhda 75%ga qisqargan bo‘lsa, nazorat guruhida 45% atrofida qisqargan; yaralar bitish muddati asosiy guruhda o‘rtacha 6,2±1,1 kunni, nazorat guruhida esa 9,3±1,5 kunni tashkil etdi (p<0.01). Laborator tekshiruvlarda esa asosiy guruh bemorlarida C-reaktiv oqsil (CRP) darajasi 2 hafta ichida sezilarli darajada (o‘rtacha 45%) kamaygani aniqlangan. Bu esa organizmda yallig‘lanish jarayonining susayishini ko‘rsatadi. Umuman olganda, “Herbal Clear” fitopreparatining qo‘shilishi bilan kompleks terapiya og‘iz bo‘shlig‘i yallig‘lanish kasalliklarining klinik belgilari va davomiyligini sezilarli darajada kamaytirishga yordam bergan. Xulosa. Olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, og‘iz bo‘shlig‘i yallig‘lanish kasalliklarini davolashda “Herbal Clear” fitoqo`shimchasidan foydalanish kompleks terapiyaning samaradorligini oshiradi. Preparat og‘riqni kamaytirish, yallig‘lanishni susaytirish, shilliq qavat tiklanishini tezlashtirish hamda umumiy davolash muddatini qisqartirishga yordam berdi. Bemorlarning klinik va laborator ko‘rsatkichlarida sezilarli ijobiy dinamikaning qayd etilishi ushbu fitopreparatning yallig‘lanishga qarshi va antimikrob xususiyatlarga ega ekanligini tasdiqlaydi. Natijalar asosida “Herbal Clear” ni stomatit, gingivit va boshqa og‘iz bo‘shlig‘i yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llash mumkin bo‘lgan xavfsiz va samarali qo‘shimcha vosita sifatida tavsiya etish mumkin.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.