ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

OILA QURISH BOSQICHIDAGI TALABALARDA SHAXSLARARO MUNOSABAT MADANYATINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK AHAMIYATI

Аннотация

Ushu maqolada talabalarning shaxslararo munosabatlarini tartibga solish rivojlantirish va ularni, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarga daxildorlik hissini kuchaytirish,ilmiy izlanishlarga undash, shaxlararo murakkab munosabatlarda, to‘g‘ri qarorlar qabul qilish va ularnig bugungi kundagi ahamiyati.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

MADANYATINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK AHAMIYATI

Shodiyeva Nodira Normamatovna

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

Pedagogika va texnologik ta`lim kafedarsi o`qituvchisi

shodiyevan22@gmail.com

Annotatsiya: Ushu maqolada talabalarning shaxslararo munosabatlarini tartibga solish rivojlantirish va ularni, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarga daxildorlik hissini kuchaytirish,ilmiy izlanishlarga undash, shaxlararo murakkab munosabatlarda, to‘g‘ri qarorlar qabul qilish va ularnig bugungi kundagi ahamiyati.

Kalit so‘zlar: muloqot madanyati shaxslararo munosabti, ilmiylik, talabalar, farmon, qaror,murakkab munosabat.

ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ ЗНАЧИМОСТЬ РАЗВИТИЯ КУЛЬТУРЫ МЕЖЛИЧНОСТНЫХ

ОТНОШЕНИЙ У СТУДЕНТОВ, НАХОДЯЩИХСЯ НА ЭТАПЕ СОЗДАНИЯ СЕМЬИ

Аннотация: В данной статье рассматриваются вопросы регулирования и развития межличностных отношений студентов, а также усиления у них чувства сопричастности к реформам, проводимым в нашей стране, стимулирования их к научным изысканиям и принятия правильных решений в сложных межличностных ситуациях. Также раскрывается актуальность данных вопросов на сегодняшний день.

Ключевые слова: kультура общения, межличностные отношения, научность, студенты, указ, постановление, сложные отношения.

THE PSYCHOLOGICAL SIGNIFICANCE OF DEVELOPING INTERPERSONAL

SKILLS IN STUDENTS PREPARING FOR MARRIAGE

Abstract: This article discusses regulating and developing students' interpersonal relationships, strengthening their sense of involvement in the reforms being implemented in our country, encouraging them to conduct scientific research, and making correct decisions in complex interpersonal situations, as well as the current significance of these aspects.

Keywords: communication culture, interpersonal relations, scholarship, students, decree, decision, complex relationships.

Kirish Talabalarda shaxslararo munosabat madanyatini shakillantirish,shaxsiy o‘z-o‘zini rivojlantirish murakkab munosabatlarda o‘zini boshqara olish. Mustaqil fikirlash ilmiy dunyoqarashini takomillashtirish o‘quv tarbiya jarayonlarining tarkibiy qisimlari. Yurtimizda yoshlar uchun qanday imkonyatlar mavjudligi, ular ta’lim olish uchun sharoitlar yaratilyotganligi haiqida so‘z boradi.

Ma’lumki shaxs deganda jamiyatda yashovchi,faoliyatning biron bir turi bilan shug‘ullanuvchi, kishlar bilan til orqali munosabatlarga kirishuvchi, o‘zing shaxsiy fikiga ega bo‘lgan ongli insonga aytiladi. Muloqot ikki yoki undan ortiq shaxsning bir-biriga,qaratilgan og‘zaki yoki yozma nutqiga aytiladi, va suxbatlashuv o‘zaro fikir almashish manosini bildiradi. Inson ona qornida paydo bo‘lgandan so‘ng, ona bilan bola ruxan so‘zlasha, oladi shunday ekan tarbiya ona qornidan boshlanadi. Bugungi kunda yoshlarga tarbiyani ona qornidan boshlashni o‘rgatish lozim. Demak jamiyatda yoshlarning odob axloqi muloqot madanyatining rivojlanishi Ota-onaga bog‘liq bo‘ladi. Oila sharoitida farzandlar tarbiyasiga ota -onalar alohida e`tibor qaratishi lozim bo‘lgan,muhim jihatlaridan biri buatrof muhitni, olamni shu jumladan, oiladagi mikromuhitni bola tomonidan qiziqish bilan idrok etish ma`naviyat va vatanparvarliklarini rivojlantirishni shakillantirish lozim.

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch” asarida Oila hayotning abadiyligini, avlodlarning doyimiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, kelajakda nasllar qanday inson bo‘lib yetishishiga, bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘idir deya takidlaydi.Yoshlaga tarbiyani oilda singdirish kelajakda yaxshi inson bo‘lishi olida olayotgan tarbiyaga bog‘liq bo‘ladi,agar inson bir yil to‘kin- sochin, baxtli yashashni istasa bug‘doy,sholi ekib unib-o‘stirib, yig‘ib terib, bir yil rohatini ko‘radi. Agarda u 10 yil shunday yashashni xohlasa mevali daraxtni, ekib bog‘ yaratadi va rohatini ko‘radi. Inson bir umir rohat-farog‘otda, baxtli sodatli, umir kechirishni xohlasa oqil va dono, solih va soliha,tarbiyali,komil, farzandlarni voyaga yetkazadi, chunki hamma havas qiladigan tarbiyali farzandlar nafaqat ota-ona balki olia, jamiyat va yurt ravnaqining bosh negizdir. Ma’lumki bugungi kunda milliy ta`lim tizimini isloh qilish, ta`lim mazmunini oshirish, yetakchi kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar, tomonidan kelajak avlodni tarbiyalash zarur [1]. Bugungi kunda talabani ham individual, ham umumiy, rivojlanishni ta`minlash muhim muammo hisoblanmoqda. Buning uchun ta`lim jarayonida talabalarning talabga bo‘lgan aqliy rivojlanish dinamikasin o‘stirish, o‘quv va biluv jarayonlarida, barcha talabalarning bilim olish va rivojlanishini ta’minlashga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar ko‘lamini kengaytirish va ularni qiziqtirish zarur. O‘qituvchi va talabalar o‘rtasida o‘zaro axborot almashish jaryonlarida, ta`limda tarbiyaviy ta`sir o‘tkazishda o‘zaro bir birlarini tushunishda,quydagi xususiyatga ega:

-muloqot ta`lim oluvchining o‘quv faoliyatida eng muhim kasbiy qurol hisoblanadi.

-muloqot jarayon maqsadga muofiq, amalga oshirishni ta`minlash uchun ijtimoiy nazorat, va

ijtimoiy qonunyatlar muhim ahamiyatga ega.

-ta`lim oluvchi va talaba munosabatlarining, eng tarkibiy qismi muloqot sanalib, motivatsiyada

motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u xam shunday muhim ro‘l o‘ynaydi.

Bugungi kunda talabalar o‘rtasida qolavesa jamiyatdagi barcha shaxslar o‘rtasida kitobga qiziqishini, oshirish kitoblarni chop etish tizimini, tarqatishni talab qilish lozim. Dono xalqimiz aytgananidek “Kitob ilim bulog‘i O‘quvchining o‘rtog‘i” deyishadilar. Haqiqatdan ham kitob bizga yuksak marralar, eshigini ochadi,fikrimizni teranlashtiradi, dunyoqarshimizni kengaytiradi. Ko‘plab talabalar o‘rtasida axborot almashish natijasida ayrim talabalar o‘rtasida kitob mutolasi kerakmi degan savollarga duch keldik.xuddi suvga tashna insonga, suv ichasanmi degani kabidir. Kitob bizga hayot manbayini bag‘ishlaydi. Nafaqat hayotining turli jabhalarida uchraydigan murakkab vaziyatlarimizdan chiqishga yordam beradi [2].

Talabalarning asosiy vazifasi muloqot asosida o‘zining menligini anglashni, shaxs sifatida o‘z fikrini dalil va erkin gaprishini, jamoda o‘z o‘rnini bilishini o‘z-o‘zini baholashni, o‘gatish lozim. Talabalarda shaxslararo munosabat madanyatini,tartibga solish borasida tanbehlar berilganda, talabalardan kutilmagan salbiy javoblar olinmoqda, buning negizida ilimsizlik, shaxsiy o‘z-o‘zini nazorat qilaolmaslik holatlari ko‘rilmoqda. Shu o‘rinda O‘qituvchi va talabalarda uchraydigan jaxildorlik holatlar, juda ko‘p uchramoqda. Sharq mutafakkirlaridan biri Jaloliddin Davoniy shunday deydi. G‘azab insoning eng katta nuqsoni balki ruhiy kassaligi,kamchiligi, aqilsizligidir,agar aql g‘azab va hissiyotga bo‘ysunsa, kishi hayvon darajasiga tushib qolishi mumkun, chunki hayvoning aqli bo‘lmaganligi sababli u g‘azab va quvvatini o‘ziga bo‘ysundira olmaydi [3]. Inson aqli bo‘la turib g‘azabini,bo‘sindira olmasa buni hech qachon kechirishi mumkun emas deya takidlaydi. Bu fikirlarning xammasi yoshlarning ilimsizliga borib taqaladi. Ota-bobolarimiz azl-azaldan ma`rifatparvalik insonparvarlik, bag`rikenglik, insonlar o`rtasida bir-birlariga nisbatan chuqur hurmat, ko`rsatishgan. Asaryat bugungi kunda talabalar o`rtasida bir-birlariga muommila madanyatidan chetlashgan holatda, kurakda turmas so`zlarni aytishi achinarli, holat hisoblanadi. Talablarni bunday agressiv holatlardan olib chiqsh o`zligini anglashni o`rgatish, vatanparvarlik tuyg`ularini shakillantirish.yoshlarning bo`sh vaqtini samarali o`tkazish,va ijtimoiy tarmoqlardan to`g`ri foydalanish keragidan ortiq foydalanmaslikni uqtirish, aks xolda salbiy oqibatlarga olib kelishi, munosabat madanyatini tubdan o`zgartib yuboryotganinni o`qtirish lozim. 21-asirni’’Axborot tehnalogiyalar’’ davri deya atashadi,bu borada axborot tehnalogiyalardan qay tartibda foydalanish, qanday qo`llay olishni bilmaslik natijasida, shaxsning shaxslararo munosabatlariga o`z ta`sirini ko`satmoqda.

G`arb olimlarning aytishicha o`qituvchining xususiyatlari haqida shunday fikirlarni aytishgan. Yaxshi o`qituvchi talabalaga haqiqatni o`zlari topishga o`rgatadi.Yomon o`qituvchi esa haqiqatni aytib qo`ya qoladi.Haqiqatdan xam talabalrning xar bir qo`pol xarakatlarini aytib tanbeh bergandan, ko`ra talabaning o`ziga tarbiyasidagi tarbiyasizlikni, qaror topdirish shart.

Pedagogik olimlar ta`lim oluvchining talabalar bilan muloqotiga ko`plab tavsiflar ilmiy asarlarda bayon etsalarda, muloqot avvalo ta`lim oluvchining, shxsiy psixologik xususiyatida namoyon bo`ladi, va bunday talabalar bilan alohida, professional mutaxassislar ishlaydilar.SHaxsiy psixologik, rivojlanishida muammosi bor bo`lgan talabalar bilan, alohida mutaxassislar ishlaydilar. Jamiyatdagi yoshlarining muommila madanyatida, agressiv bo`lishlariga yuzdan ortiq sabablar mavjud. Chunki shu farzandlarni voyaga yetkazgan, shaxlarning o`zida tarbiya berishga tarbiyasi bo`lmganidan va bu qarashlar negizida ilimsizlik g`oyalari mavjud. Abdulla Avloniy atganidek Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot- yo najaot- yo halokat,yo saodat yo falokat masalasidir deya takidlaydi.

Inson hayot yo`lida yaxshi tarbiyaga ega bo`lmasa hayot bo`sagasida o`lim bilan xam vidolashish, mumkun xarakatining salbiy jihati bilan, Akchincha inson yaxshi xulq atvorli bo`lsa murakkab vaziyatlarida najot bag`ishlaydigan xuxusiyatbo`ladi deganlar.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. I.A. Karimov. “Yuksak ma`naviyat yengilmas kuchi” asari.T:. 2008 y

2. G‘oziyev E.G‘. Umumiy psixologiya. – Toshkent: O‘qituvchi, 2002.

3. Karimova V.M. Oila psixologiyasi. – Toshkent, 2010.

4. Giddens A. Sotsiologiya. – Toshkent: Sharq, 2002.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.