PSIXOLOGIK SHAKLLARI
Tovbayeva Mukaddam Safarovna
ISFT instituti Samarqand filiali “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti
Sadikova Yorqinoy Salijanovna
Zarmed universiteti “Ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasi v.b. dotsenti
Аnnotatsiya. Maqolada oiladagi zoʻravonlik shaxsga qarshi jismoniy kuch ishlatish, zoʻrlash, majbur qilish, ruhiy ta'sir koʻrsatish, jinsiy zoʻravonlik qilish, ayollarga nisbatan tajovuzkorlikni amalga oshirishning bir necha bosqichlari, tajovuzkorlikni paydo bo‘lishida ijtimoiy muhitning ta’siri haqida maʼlumot berilgan. Shuningdek oilaviy zo‘ravonlikning sabablari, shakllari va uning oldini olish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalari tahlil qilinadi
Kalit so‘zlar: zo‘ravonlik, jismoniy, ruhiy, jinsiy, iqtisodiy, tajavuzkorlik.
Аннотация. В статье представлена информация о домашнем насилии, в том числе о применении физической силы в отношении личности, изнасиловании, принуждении, психологическом воздействии, сексуальном насилии, о нескольких стадиях агрессии в отношении женщин, а также о влиянии социальной среды на возникновение агрессии. Также проанализированы причины, формы и результаты научных исследований по профилактике домашнего насилия.
Ключевые слова: насилие, физические, психологические, экономические формы насилия, агрессия. Abstract. The article provides information on domestic violence, including the use of physical force against an individual, rape, coercion, psychological influence, sexual violence, several stages of aggression against women, as well as the influence of the social environment on the emergence of aggression. The causes, forms and results of scientific research on the prevention of domestic violence are also analyzed. Key words: violence, physical, psychological, economic forms of violence, aggression.
Har qanday jamiyat taraqqiyotida oilaning o‘rni beqiyosdir. Oila, shaxsning ruhiy va jismoniy kamolotida muhim rol o‘ynaydi. Biroq, oilaviy munosabatlarda zo‘ravonlik masalasi jiddiy muammo sifatida mavjud. Oilaviy zo‘ravonlik, jismoniy, ruhiy, iqtisodiy va jinsiy shakllarda yuzaga kelib, shaxslarning hayoti va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Oilaviy munosabatlarda zo‘ravonlikni yuzaga kelish muammosini o‘rganish, uning gender, huquqiy, kommunikativ tomonlariga e’tibor qaratish, oilaviy zo‘ravonliklarni oldini olishning samarali usullarini ishlab chiqish borasida bugungi kunda dunyo olimlari tomonidan ko‘plab ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Lekin shunga qaramay bu sohada yechimini kutayotgan muammolar talayginani tashkil qiladi. Ko‘pincha bu mavzudagi ma’lumotlar olish qiyin kechadi, sababi oilaviy muammolar sir tutilib har doim ham tashqariga chiqarilaverilmaydi.
Aksariyat insonlar oilasida sodir bo‘lgan zo‘ravonlik bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat etishmaydi. Bu esa ushbu mavzuda ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilarda qiyinchilikni yuzaga keltiradi, lekin shunga qaramay G‘arb mamlakatlarida va Rossiyada ham ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan, bugungi kunda ham olib borilmoqda. Sababi oilada sodir etilgan zo‘ravonlikning yechimi zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan shaxslar bilan to‘laqonli ish olib borilgandagina yaxshi natijaga erishishimiz mumkinligini ko‘rsatadi.
Oilaviy zo‘ravonlikning kelib chiqish sabablari murakkab va ko‘p qirrali. Jamiyatda patriarxal qadriyatlarning hukm surishi, iqtisodiy qaramlik, ishsizlik va stress holatlari oiladagi zo‘ravonlikni kuchaytiradi. Shuningdek, oilaviy munosabatlarda kommunikatsiya va huquqiy savodning pastligi ham muammoni yanada chuqurlashtiradi. Ko‘plab tadqiqotchilar, oiladagi zo‘ravonlikni ijtimoiyiqtisodiy sharoitlar bilan bog‘laydi.
Oiladagi zo‘ravonlik bu – oila a’zosi bo‘lgan shaxs tomonidan uyda yoki jamoat joyida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jismoniy, ruhiy, iqtisodiy, jinsiy zo‘ravonlik harakatlarining barchasiga aytiladi.
Zo‘ravonlik degani - biror-bir shaxsga yoki shaxslar guruhiga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy, iqtisodiy jihatdan zug‘um o‘tkazish yoki ta’sir o‘tkazish holatini namoyon etish bilan tahdid qilish va buning natijasida jabrlanuvchilarning hayoti, sog‘ligi, jinsiy daxlsizligi, sha’ni, or-nomusi, qadr-qimmati, hamda qonun bilan himoyalangan boshqa huquq va erkinliklariga tajovvuzni namoyon qiladigan g‘ayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlikka aytiladi.
Ko‘p holatlarda zo‘ravonlik tushunchasi bilan bir qatorda tazyiq tushunchasiga ham duch kelamiz. Tazyiq bu - sodir etiladigan holatda uning sodir etilganligi uchun biror - bir ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilmagan. Asosan xotinqizlarning sha’ni va qadr-qimmatini erga uradigan harakat yoki harakatsizlikdir.
Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik deganda - xotin-qizlarga jismoniy, jinsiy, ruhiy zarar etkazadigan yoki azoblanishiga olib keladigan shu jumladan, ham jamoat ham shaxsiy hayotda bunday harakatlarni sodir etish bilan tahdid qilish yoki o‘zboshimchalik bilan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan genderga asoslangan zo‘ravonlik harakatiga aytiladi.
Oilaviy zo‘ravonlik bir necha shakllarda namoyon bo‘ladi:
1. Jismoniy zo‘ravonlik: Oila a’zolariga nisbatan urish, qiynoqqa solish va boshqa jismoniy zarar yetkazish.
2. Ruhiy zo‘ravonlik: Kamsitish, tahdid qilish, doimiy nazorat qilish va shaxsiy hayotga aralashish.
3. Iqtisodiy zo‘ravonlik: Oila a’zolarining moliyaviy resurslardan foydalanish huquqidan mahrum qilish.
4. Jinsiy zo‘ravonlik: Roziliksiz jismoniy aloqaga majburlash yoki jinsiy tahqirlash.
Oilaviy zo‘ravonlikka sabab bo‘luvchi holatlardan biri bu oilaning moddiy ta’minotidagi beqarorlik sababdir. Ayrim oilalarda erkaklar tomonidan moddiy ta’minotdagi barqarorlikni ta’minlamaslik oqibatida ham zo‘ravonlikka sabab bo‘ladigan holatlar keskin kuzatiladi. Erkak goʻyoki u oila uchun mehnat qilmoqda, ayoli esa unga tekinxo‘rdek ko‘rinayotgandek taassurot uyg‘otadi. Bu holat bugungi iqtisodiy talablar oshib borayotgan sharoitda kuzatilmoqda. Erkaklar tabiatan oilaning asosiy ta’minotchisi ekanligi jismoniy jihatdan ham. ijtimoiy jihatdan ham insoniyatda qabul qilingan. Ammo erkaklarning o‘zaro tarbiya muhitida esa bu uqtirilmagan oilalarda u oilaviy zo‘ravonlikni bir ko‘rinishi sifatida aks etmoqda.
Ayrim hollarda er bilan xotin o‘rtasidagi munosabatlar ularning shaxsiy adovatiga aylanishi mumkin. Bu holat ayrim hollarda ayollar tomonidan yetarli mulohaza yuritmasdan boshqa oiladagi erkaklarning oilasining farovonligidagi harakatlariga nisbatan ustuvor baho berib, o‘z erlarini kamsitishlari sabab bo‘lishi mumkin. Erlar bu holatning o‘zlarini rafiqalari tomonidan qadriyatlarini pasaytirayotganliklari va shaxsiyatini kamsitganlik sifatida qabul qilib ko‘rsatishlari bilan bog‘liq. Oilaviy zo‘ravonlikka sabab bo‘luvchi holatlar keltirib o‘tilgan omillarda aks etsa-da, ammo ularning namoyon bo‘lishida erkaklar tomonidan ayollarga nisbatan bir qator tazyiq va tahqirlash mazmunidagi haqoratlar uchrashi ham kuzatiladi
Oilaviy zo‘ravonlikni oldini olish uchun bir qator samarali usullar ishlab chiqilgan. Bular:
Ta’lim va tarbiya: Oilalarda sog‘lom munosabatlarni rivojlantirish uchun ta’lim
dasturlarini amalga oshirish.
Huquqiy yordam: Zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan shaxslar uchun huquqiy yordam
ko‘rsatish.
Psixologik yordam: Ruhiy salomatlikni tiklashga yordam beradigan psixologik
maslahatlar.
Oilaviy munosabatlarda zo‘ravonlik muammosi jiddiy e’tiborni talab qiladi. Jamiyatda oilaning roli va ahamiyatini tushunish, oilaviy munosabatlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan muhit yaratish zarur. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, oilaviy zo‘ravonlikni oldini olish uchun kompleks yondashuv zarur. Har bir jamiyat o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgani uchun, ilmiy tadqiqotlar natijalari va tavsiyalarni milliy an’analar va qadriyatlar bilan bog‘lash muhimdir.
Ushbu maqola orqali oilaviy munosabatlarda zo‘ravonlik muammosining o‘rni va uni hal etish yo‘llari haqida umumiy tasavvur berildi. Biroq, bu sohada hali ko‘plab muammolar yechimini kutmoqda va ilmiy izlanishlar davom ettirilishi zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Акрамова Ф.А. "Oilada sog‘lom psixologik muhitni yaratishning ijtimoiypsixologik asoslari". O‘quv qo‘llanma. T., 2014. 2. Акрамова Ф.А., Товбаева М.С. Оиладаги зўравонликнинг ижтимоийпсихологик масалалари: Монография – Тошкент: «Lesson-press» нашриёти, 2021.
– 124 б. [ISBN 978-9943-7024-4-8]
3. Каримова В. Оила х,имояси давлат сиёсатининг устувор йуналиши // HUQUQ
BA BURCH.- №5. - Т., 2007. - Б. 31.
4. Мэкс А.М. Социальные условия насилия в семейном поведении (анализ насилия в американской семье): Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата социологических наук. -М ., 2003. -С. 3
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.