KIRISH: ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida elektromagnetizmni o‘qitishda hamkorlikka asoslangan pedagogik metodlarning didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. elektromagnetizm fizikaning eng murakkab bo‘limlaridan biri bo‘lib, abstrakt nazariy tushunchalar, matematik asoslar va laboratoriya tajribalarini birlashtiradi. an’anaviy ma’ruza shaklidagi ta’lim ko‘pincha talabalarning faol ishtirokini cheklaydi va nazariy qonunlar bilan amaliy qo‘llanilish o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglashni qiyinlashtiradi. MAQSAD: tadqiqotning maqsadi — hamkorlikka asoslangan o‘qitish strategiyalarini joriy etish orqali talabalarda konseptual tushunishni, analitik fikrlashni, kommunikativ kompetensiyani va muammoli vaziyatlarda yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantirishdir. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot pedagogik eksperiment shaklida o‘tkazildi. eksperimental guruhda darslar kichik guruhlarda hamkorlik metodlari asosida tashkil etildi, nazorat guruhida esa an’anaviy usullar davom ettirildi. NATIJALAR VA MUHOKAMA: natijalar shuni ko‘rsatdiki, hamkorlikka asoslangan ta’lim talabalarning akademik yutuqlarini, sinfdagi o‘zaro muloqotini va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini sezilarli darajada oshirdi. samarali joriy etish uchun metodik shart-sharoitlar belgilandi. XULOSA: elektromagnetizmni o‘qitishda hamkorlik metodlari innovatsion pedagogik texnologiyalar sifatida ta’lim samaradorligini oshiradi va talabalarning kasbiy tayyorgarligini mustahkamlaydi.
INTRODUCTION: this article examines the pedagogical potential of collaborative teaching methods in the instruction of electromagnetism at higher education institutions. electromagnetism is one of the most conceptually challenging areas of physics, combining abstract theory, mathematical reasoning, and laboratory practice. traditional lecturecentered instruction often restricts student engagement and limits their ability to connect physical laws with real-world applications. PURPOSE: the aim of the study is to implement collaborative teaching strategies to enhance students’ conceptual understanding, analytical thinking, communication competence, and problem-solving skills. MATERIALS AND METHODS: the study was conducted through a pedagogical experiment with undergraduate students. in the experimental group, lessons were organized using collaborative small-group strategies, while the control group continued with traditional methods. RESULTS AND DISCUSSION: findings indicate that cooperative learning significantly improved students’ academic achievement, classroom interaction, and critical thinking skills. methodological conditions necessary for effective implementation of cooperative teaching in physics education were identified. CONCLUSION: collaborative teaching methods serve as effective pedagogical technologies for improving the teaching of electromagnetism, fostering active learning, and preparing students for professional challenges in higher education.