ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

ONA TILI DARSLARIDA O’QUVCHINI QIZIQTIRISH VA DARSNI SAMARALI TARZDA TASHKIL ETISH

Аннотация

Mazkur maqolada ona tili darslarida o’quvchini qiziqtirish va dars samarali tarzda e’tiborini qaratish, Prezidentimizning farmoni, ona tili darslarida yangi, metodlardan foydalanish, samarali dars tashkil etishda AKT dan foydalanish haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

SAMARALI TARZDA TASHKIL ETISH

Atamurotova Qunduzoy Abdugʻaniyevna

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti

boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi

atamurotovaqunduzoy@gmail.com

Sojida O'ktamovna

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 2-bosqich talabasi

Telefon:+998881916003

meliboyevasojida@gmail.com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada ona tili darslarida o’quvchini qiziqtirish va dars samarali tarzda e’tiborini qaratish, Prezidentimizning farmoni, ona tili darslarida yangi, metodlardan foydalanish, samarali dars tashkil etishda AKT dan foydalanish haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.

KALIT SO’ZLAR: PISA, DTS, AKT,

АННОТАЦИЯ

В этой статье представлена подробная информация о том, как заинтересовать ученика на уроках родного языка и эффективно сосредоточиться на уроке, указе Президента, использовании новых методов на уроках родного языка, а также использовании ИКТ в организации эффективных уроков.

КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА: PISA, DTS, ИКТ,

ABSTRACT

This article provides detailed information on how to interest the student in mother tongue lessons and focus effectively on the lesson, the decree of the President, the use of new methods in mother tongue lessons, and the use of ICT in organizing effective lessons.

KEY WORDS: PISA, DTS, ICT,

KIRISH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi farmoniga muvofiq, Xalq ta'limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi va unda bir qancha maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha aniq mexanizmlar belgilandi. Misol tariqasida shuni ta'kidlash joizki, 2030- yilga borib o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha PISA xalqaro dasturi reytingida O‘zbekistonning jahondagi yetakchi mamlakatlar qatoridan joy egallashi maqsad qilib qo‘yilgan. Buning uchun esa pedagoglar, ona tili va adabiyot o‘qituvchilari zimmasiga yuklatilgan vazifalar talaygina: o‘zbek tilining nufuzi, jahondagi o‘rni, boshqa tillar bilan bemalol bellasha oladigan qirralarini ko‘rsata olishi asosiy vazifadir. Avvalo, o‘quvchini ona tili faniga qiziqtirish, unda fanga bo‘lgan muhabbatni shakllantirish, ona tilining biz bilmagan sir - sinoatlarini ochishga o‘rgatish va, eng muhimi, amalda bajarish kerak. Shu bilan birga, Respublikamiz Prezidenti Sh. Mirziyoyevning "Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz" asari va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" dan kelib chiqqan holda, bugungi kunda ona tili fanini o‘qitishda turli zamonaviy metod va usullardan foydalanish, foydalanilayotgan metod va usullarning o‘quvchilarga qay darajada samara berayotganini aniqlash hozirgi kunda muhim dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ona tili fanini o‘qitishdan maqsad - o‘quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyati, fikr mahsulini og'zaki hamda yozma shakllarda to‘g'ri va ravon ifodalay olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Afsuski, hozirgi kunda o‘quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyati, adabiy til me'yoriga amal qilish va, eng asosiysi, fanga bo‘lgan qiziqish susayib bormoqda hamda buni inkor qilib bo‘lmaydi.Oxirgi yillarda ingliz, rus tillarini o‘rganishga bo‘lgan talab juda kuchli, bu, albatta, tobora jadal rivojlanib borayotgan jamiyat bilan bog'liq. Til bilgan yaxshi, ammo o‘z ona tilisini mukammal bilmay turib boshqa tillarga mehr bilan qarash o‘zbek tilining nufuzini yanada pasayishiga olib kelyapti, nazarimda. O‘zbek xonadonlarining farzandini rus tili o‘rgatiladigan sinf yoki maktablarga qo‘yib bolani til o‘rganish bilan bog'liq muammoga duch qilishyapti. Bola nutqida turli xil tildan foydalanish kuzatilyapti. O‘zga tillarni o‘rganib boshqa millat urf - odatlarini egallashga bo‘lgan ishtiyoq, taqlid qilish kabilar kuchaymoqda. Pedagoglardan birinchi navbatda ona tilimizning jahondagi o‘rnini, nufuzini o‘quvchiga chuqur, juda chuqur singdirib, mehr uyg'otib,sir - sinoatini o‘rgatib, boshqa tillar bilan bellasha oladigan qirralarini ko‘rsatib undan keyin o‘zga tillarni egallashdagi ehtiyoj nimadan iborat ekanligini tushuntira olish talab qilinadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bugungi shiddatli davr har bir insondan bolalik chog‘idan boshlab qunt bilan o‘qish, ilm va hunar o‘rganishni talab etmoqda. Ana shu talab asosida mamlakatimizda o‘ziga xos ta’lim tizimi yaratildi: “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qabul qilindi. Ularda ta’limning boshqa sohalari qatori ona tili ta’limiga ham alohida o‘rin ajratilgan.

Ona tili fani darslariga yangi pedagogik texnologiyalarni olib kirish va uni ta’lim tizimi mazmuniga singdirish, tadbiq etish, darsda yangi usullardan qo`llash, noan’anaviy darslarning ahamiyati, DTS talablarini bajarishga zamin yaratadi.

Shu maqsadga muvofiq, ona tili fani darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib, elektron darsliklar asosida olib borish o`qituvchi uchun yaqin ko`makdosh vazifasini o`tashi mumkin. Chunki ona tili fanidagi ayrim mavzularni o`quvchilarga tushuntirish qiyinchilik tug`dirayotganini inobatga olish kerak. O`quvchilarning murakkab mavzularni o`zlashtirishida o`qituvchidan eshitgandan ko`ra AKT orqali ko`rib tushungani o`qituvchining o`ziga ham yordam beradi. O`quvchining yozma nutqiy ko`nikmalarini hosil qilishda nafaqat grammatik bilimlar, balki sara bilimlarni egallashi zarur. Chunki o`quvchilar grammatik bilimlar yordamida to`g`ri jumlalar tuzishni o`rgansa, nutqiy bilimlar orqali so`zlarni tanlash, so`zlarni o`z joyida ma’lum ifoda vositalari sifatida qo`llab, mazmunini maqsadga muvofiq ifodalashga o`rganadilar.

NATIJALAR

O`quvchilarga mavzuni tushuntirishda AKTdan foydalanib, klaster usuli yoki boshqa usullar yordamida, tovushlarni o`quvchilarning o`zlariga og`zaki ravishda talaffuz ettirish orqali yetkazish mumkin. O`quvchilarga rasmli slaydlar yordamida nutq tovushlarni topish vazifasini topshiriq sifatida berish mumkin. Bundan tashqari o`quvchilardan matnlar ichidan nutq tovushlarini topib, unli va undoshlarini ajratish ko`nikmasini shakllantirish mumkin. Bir tomondan o`quvchida topqirlik qobiliyati shakllantirilsa, ikkinchi tomondan esa mavzuni mustaqil o`zlashtirish ko`nikmasi hosil bo`ladi.

Ona tili va adabiyotga e’tibor hamisha yuksak darajada bo`lgan. Ona tilininig qadr-qimmati ham, nufuzi ham har doim nihoyatda baland baholar bilan o`lchangan. Chunki qancha-qancha avlodlar ona tili va adabiyot yordamida voyaga yetayotganiga guvohmiz. Odamlar badiiy adabiyotga iymonga ishonganday ishonishgan, o`z ona tilisini asrab-avaylashgan. Hattoki, Alisher Navoiy ham ona tilimizning naqadar jozibali ekanligi umrboqiy asarlarida ko`rsatib o`tgan. Insonlar adabiyotimizdan ruhiy va ma’naviy ozuqa olishgan.

XULOSA

Men ham mana shunday ulug` va muqaddas dargohda mehnat qilayotganligimdan, kelajak avlodni yetuk va barkamol bo`lib voyaga yetayotganida oz bo`lsa-da, o`z hissamni qo`shayotganligimdan behad shodman. Bundan keyingi ish faoliyatimda men tinmay o`z ustimda muntazam shig`ullanishim lozimligi maqsadga muvofiqdir.

Foydalangan adabiyotlar

1. Шайхисламов, Н. (2020). ТРУДНОСТИ СИНТАКСИЧЕСКОГО

АНАЛИЗА

ЗАГАДКИ ИНФИНИТИВА. Academic research in educational sciences,

2. Shayxislamov, N. (2020). So‘z urg‘usining o‘zbek va ingliz tillaridagi farqlash vazifasining qisqacha tavsifi. O‘zbekistonda innovatsion ilmiy tadqiqotlar va metodlar, 13-14. 3. Shayxisl

3. N. Mahmudov, A. Nurmonova, A. Sobirov, D.Nabiyeva. 6-sinf uchun darslik "Tasvir" Toshkent 2017

4. Қучқоров, Ҳ. Ҳ. (2020). Личность в системе человеческих общение и педагогических взаимоотношений. Innovative achievements in science, 439-441.

5. Baykabilov, U. A. (2020). Ta’limda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish bosqichlari. Science and Education, 1(Special Issue 2), 51-56.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.