IQTISODIY TARBIYANING O‘RNI
Esanqulov Abdullo Eshpulotovich
Termiz davlat universiteti
abdullo@tersu.uz
Annotatsiya: Maqolada iqtisodiy tafakkurni rivojlantirish, iqtisodiy tarbiya ahamiyati va o’rni yoritilgan.
Kalit so’zlar: Ta’lim-tarbiya, aholi, shaxs, mehnat.
Insoniyat o‘zining ko‘p ming yillik tarixi davomida katta ijtimoiy va iqtisodiy taraqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Har bir davrda biror mamlakatda ayrim shaxslar tomonidan shunday iqtisodiy ahamiyatga molik fikr, g‘oya, nazariya, konsepsiyalar ilgari surilgan va amalga oshirilganki, ular tufayli davlat va xalqlar ravnaq topgan. Ana shu iqtisodiy g‘oyalarni har tomonlama chuqur o‘rganish, tahlil etish, ular orasidan umumbashariy ahamiyatlilarini ajratib olib, uni hayotga tatbiq etish nihoyatda amaliy, ham nazariy foydali, chunki ularda ko‘p yillik tajriba mujassamlashgan.
O‘zbekiston o‘ziga xos rivojlanish yo‘lini, muayyan maqsad va vazifalarini jamiyat, davlat, xalk va millat tarakkiyoti, ijtimoiy- iktisodiy, siyosiy, ma’rifiy, mafkuraviy jarayonlarning uzviy birligi asosida amalga oshiradi. Ezgulik, yaratuvchanlik, bunyodkorlik, xamkorlik, ozodlik, erkinlikni qaror toptirishga qaratilgan fikrlar birlashmasi mamlakatda osoyishtalik, xalqlar o‘rtasida tinch-totuvlik barkarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida izchillik, tizimlilik, ta’lim tarbiya birligi, uzluksizligi va o‘quvchilarchilar mustaqil ishlarining tashkil etilishi yaxlit birlikni xosil qiladi, bir-birini boyitib boradi xamda taraqqiy ettiradi.
Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo‘lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.
O‘qituvchining asosiy vazifalari va uning shaxsiga qo‘yiladigan talablar. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish uzluksiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash, ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga boliq.
Butun tarbiya maktabining markazida dasturiy tadbirlar emas, ularning shakl va uslublarigina emas, balki insonning o‘zi va uning oliy maqsadi turadi.
Hayotda yoshlarning nimalarga qiziqishi, intilishi, kelajakda kim bo‘lishi, qanday mutaxassis bo‘lib yetishishi, tarbiyachilar tomonidan e’tiborga olinsa va ular qo‘llab-quvvatlansa, tarbiyaning shaxsiy yo‘nalishi shunchalik samarali bo‘ladi.
Biz ko‘proq aqliy va axloqiy tarbiyaga e’tibor beramiz-u, lekin iqtisodiy tarbiyaga ikkinchi darajali e’tibor berishga odatlanib qolgan edik. Ma’lumki, rivojlangan davlatlarda iqtisodiy tarbiya masalasiga e’tibor kuchli bo‘lgan. Masalan, Germaniyada iqtisodiy tarbiyaga katta e’tibor berib, tejamkorlikka, hisob-kitobga kuchli e’tibor qaratiladi. Aholining iqtisodiy tarbiyasi ma’lum darajada shakllanib bo‘lgan, buning natijasida qayta ishlash, aylanma harakat (ya’ni, bir shisha tarasi kamida 30 marta iste’molchi va ishlab chiqarish korxonasi orasida aylanadi). AQShda 50 foiz qog‘ozlar makulaturadan olinadi. Bunda ham ishchi kuchidan, ham tabiiy resurslarni, ham mablag‘ni tejash imkoniyati vujudga keladi. Demak, tejamkorlikka o‘rganishning o‘zi ham katta daromad manbai ekan. Tejamkorlikni tarbiyalash iqtisodiy tarbiyada bosh masala hisoblanadi. Tejamkorlikka o‘rganish uchun hisobkitobga o‘rgatish lozim. Tejamkorlik odat tusiga kirishi va turmush tarziga aylanishi zarur. Bundan tashqari talabalar iqtisodiy organizm bir butun yaxlit organizm ekanligini his etish darajasiga yetishi kerak. Yuksak iqtisodiy madaniyat buni taqozo etadi. Agar biror iqtisodchi faqat birgina kichik tarmoq uchun, uning ravnaqi uchun ishlayman, deb fikr yuritsa, demak uning iqtisodiy tarbiyasi kerakli darajada shakllangan bo‘ladi. U o‘z tarmog‘ini ma’lum darajada rivojlantirishi mumkin, ammo pirovard natija ijobiy bo‘lishi qiyin. Masalan, 1991 yilda O‘zqishloqxo‘jalikkimyo sanoatining omborxonalarida 12 ming tonna zaharli moddalar yig‘ilib qolgan, ishlatish muddati o‘tib ketgan, yaroqsiz bo‘lib qolgan kimyoviy preparatlarni endilikda zararsizlantirish choralari ko‘rilishi lozim. Demak, faqat bitta tarmoq rivoji uchun ishlash emas, balki yaxlit iqtisodni rivojlanishi uchun ishlash kerak. Biz ko‘rayotgan chora-tadbirlar avtonom xususiyatga emas, balki butun iqtisodni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Buning uchun iqtisodiy tarbiyani shakllantirishda biz yaxlitlik hissini ham shakllantirishga e’tibor berishimiz lozim. Yaxlitlik hissini shakllantirish natijasida, biz insonda pirovard natija uchun ishlash xususiyatini takomillashtiramiz.
Inson o‘zining ixtiyoriy erksiz tarbiya g‘oyalari va namunalari mohiyatini anglab yetmaydi. Ayniqsa, ixtiyoriy erksiz iqtisodiy tarbiyaga erishib bo‘lmaydi. Agar tarbiyachi-o‘qituvchi tarbiyalanuvchini qiziqtira olsa, ishontira olsa, erkinlik erki, fuqarolik burchlariga tayansa, ijodiy yondashishga intilishi turgan gap.
Mehnat natijalari uchun mas’uliyatli bo‘lish, mehnat ahliga hurmatda bo‘lish - bu davr taqozosi. Mehnatsevar, ishchan insonlar odatda o‘ta mas’uliyatli, intizomli, mehnatning qadriga yetadigan, muloyim, kishilar bilan munosabatlarda madaniyatli, ochiq chehrali bo‘lishlari bilan birga, ular o‘zlarini jamoat joylarida qanday tutishlarini yaxshi biladilar. Odatda, ishchan va ishbilarmon kishilar kamtar, o‘z qadrqimmatlarini, hurmatini biladigan hamda atrof muhitga mehribonlik ko‘zlari bilan qaraydilar.
Ishlarni tashkil qilish ishtirokchisi tarbiyalanayotgan shaxsning muhim sifati: maqsadga intiluvchanligi, mas’uliyatni his qilishi, boshlangan ishni yakuniga yetkazish, intizomga rioya qilishi, bajaruvchanligi. Ishlarni tashkil etishda qatnashish - jamoani birlashtirishning qudratli vositasi ekanligi. Ko‘pchilik uchun o‘zi tanlagan iqtisodchi kasbi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zining sifatlarini tekshirish, shuningdek, tashkilotchilik imkoniyatlarini bilish, unga amal qilishni rivojlantirishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Allayor o’g’li X. R. GLOBALLASHUV SHAROITIDA HUDUDNING
EKSPORT SALOHIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH
YO'NALISHLARI //Journal of Universal Science Research. – 2023. – Т. 1. – №. 6. – С. 799-803.
2. Allayor o‘g‘li X. R. HUDUDNING EKSPORT SALOHIYATINI
STATISTIK TADQIQ QILISH VA EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH
(SURXONDARYO VILOYATI MISOLIDA) //O'ZBEKISTONDA FANLARARO
INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI. – 2023. – Т. 2. – №.
20. – С. 753-755.
3. Bozorov R. K., Esankulov A. E. Practice of analysis of financial stability indicators of major commercial banks in Uzbekistan //International Journal of Advanced Science and Technology. – 2019. – Т. 28. – №. 20. – С. 873-880.
4. Gʻaybullayevich X. A. Iqtisodiy tarmoqlar rivojlanishida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning ahamiyati: Crossref //IQRO. – 2023. – Т. 4. – №. 1. – С. 68-71.
5. G‘aybullayevich X. A. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishni tartibga solishning strategik yo ‘nalishlari //PEDAGOG. – 2023. – Т. 6. – №. 4. – С. 545-548.
6. G‘aybullayevich X. A. Bozor munosabatlarining rivojlanish sharoitida hududiy ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishni boshqarish //Journal of Universal Science Research. – 2023. – Т. 1. – №. 4. – С. 294-298.
7. Ismatov S. A., Ortikov S. M. THE POPULATION BANDHINI TAMINES,
TURMUS OF REGINE OSHIRILDI HUMILIATION TAGIROVA AND USING
UZBEKISTANA CHARACTERISTIC.(FOREIGN EXPERIENCE IN PROVIDING
EMPLOYMENT, IMPROVING WELL-BEING AND ITS SPECIFICS FOR
UZBEKISTAN) //Theoretical & Applied Science. – 2020. – №. 11. – С. 521-526.
8. Khatamov O. K., Ortikov S. M. USE FROM THE INTERNATIONAL
EXPERIENCES IN EMPLOYMENT THE POPULATION IN UZBEKISTAN
//Theoretical & Applied Science. – 2019. – №. 11. – С. 364-371.
9. Khidirberdievich A. E., Mamadillayevich Z. S. Issues of Regulation of Blockchains in the Digital Economy and World Experience in Reducing, Preventing the" Hidden Economy" //International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding. – 2021. – Т. 8. – №. 7. – С. 591-597.
10. Mukhammadiyevich O. S. EXPERIENCES IN THE STUDY AND
ANALYSIS OF POPULATION EMPLOYMENT IN FOREIGN COUNTRIES
//International Multidisciplinary Journal for Research & Development. – 2023. – Т. 10. – №. 12.
11. Muhammadiyevich O. S. MAIN PROBLEMS OF POPULATION EMPLOYMENT AND WAYS TO SOLVE THEM //American Journal of Science on Integration and Human Development. – 2023. – Т. 1. – №. 4. – С. 10-13.
12. Ortikov S. M. EXPERIENCE IN STATISTICAL STUDY AND
ANALYSIS OF EMPLOYMENT IN FOREIGN COUNTRIES //Thematics Journal
of Business Management. – 2021. – Т. 10. – №. 7.
13. Sobitova R. S. LOCALIZATION OF PRODUCTION AS A TOOL OF
MODERNIZATION //Theoretical & Applied Science. – 2020. – №. 10. – С. 407-411.
14. Sobitova R. S. SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASES OF
LOCALIZATION OF INDUSTRIAL PRODUCTION //Theoretical & Applied Science. – 2020. – №. 10. – С. 401-406.
15. Solijonovna S. R. N. et al. O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA
SANOAT SIYOSATI: ISHLAB CHIQARISHNI MAHALLIYLASHTIRISH
IMPORTNI KAMAYTIRISH OMILI SIFATIDA //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2021. – Т. 1. – №. 5. – С. 276-281.
16. Solijonovna S. R. Export-oriented localization as a key factor in import substitution //World Bulletin of Social Sciences. – 2021. – Т. 5. – С. 36-39.
17. Solijonovna S. R. Import Replacement-As an Assistant Mechanism for Diversification of Production and Approval of Foreign Trade. – 2023.
18. Собитова Р. С. ИШЛАБ ЧИҚАРИШНИ
МАҲАЛЛИЙЛАШТИРИШ–САНОАТ СИЁСАТИНИНГ НЕГИЗИДИР
//МИНТАҚА ИҚТИСОДИЁТИНИ ИНВЕСТИЦИЯЛАШНИНГ МОЛИЯВИЙ-
ҲУҚУҚИЙ ВА ИННОВАЦИОН ЖИҲАТЛАРИ. – 2020. – С. 571-574.
19. Собитова Р. С., Ёрматов Ш. Иқтисодиётни модернизациялаш шароитида саноатни диверсификациялаш //Экономика и финансы (Узбекистан). – 2012. – №. 11. – С. 30-36.
20. Хатамов О., Ортиков Ш. Аҳоли бандлигини таъминлаш моделлари ва ундан Ўзбекистон шароитида фойдаланиш имкониятлари //Экономика и инновационные технологии. – 2019. – №. 4. – С. 48-59.
21. Xatamov O. Q., Ortiqov S. M. Models of employment of the population and opportunities for its use in the conditions of Uzbekistan //Economics and Innovative Technologies. – 2019. – Т. 2019. – №. 4. – С. 8.
22. Xudoyberdievich X. E. QISHLOQ XO’JALIGIDAGI ASOSIY
VOSITALARNI TAKOMILLASHTIRISH VA ULARNING IQTISODIY
JARAYONLARI //JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND
EDUCATIONAL RESEARCH. – 2023. – Т. 6. – №. 4. – С. 1093-1096.
23. Xudoyberdievich X. E. QISHLOQ XO’JALIGIDA IQTISODIY
KONTSENTRATSIYANING ROLI //IJODKOR O'QITUVCHI. – 2023. – Т. 3. – №.
29. – С. 466-470.
24. Xudoyberdiyevich X. E. Qishloq xo'jaligida investitsiya va uning samaradorligini oshirish //Journal of Universal Science Research. – 2023. – Т. 1. – №. 5. – С. 622-627.
25. Xurramov E. TECHNOLOGY FOR THE DEVELOPMENT OF
COGNITIVE ACTIVITY OF STUDENTS IN THE PROCESS OF TEACHING A
FOREIGN LANGUAGE //Журнал иностранных языков и лингвистики. – 2021. – Т. 2. – №. 5.
26. Khurrama E. X. ЭФФЕКТИВНОЕ УВЕЛИЧЕНИЕ
СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОГО ПРОИЗВОДСТВА НА ЗЕМЛЯХ ЛЕСНОГО
ФОНДА //Theoretical & Applied Science. – 2020. – №. 7. – С. 5-9.
27. Khurramov E. X. ROLE OF INNOVATION IN INCREASING
EFFICIENCY OF PRODUCTION OF AGRICULTURAL PRODUCTS IN
FORESTRY //Theoretical & Applied Science. – 2019. – №. 10. – С. 518-521.
28. Хўжагелдиев Ч., Хайитмуродов А. Ер унумдорлигини оширишни рағбатлантириш бўйича жаҳон тажрибаси ва ундан ўзбекистонда фойдаланиш имкониятлари //Экономика и финансы (Узбекистан). – 2012. – №. 7. – С. 45-49.
29. Ziyodullayev S. M. TIJORAT BANKLARI AKTIVLARINING
RENTABELLIGINI OSHIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
//INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE" THE
TIME OF SCIENTIFIC PROGRESS". – 2023. – Т. 2. – №. 7. – С. 91-100.
30. Ziyodullaev S. M. DESCRIPTIVE INDICATORS OF THE LEVEL OF
INCOME OF BANKS'ASSETS //" ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM. –
2023. – С. 229-233.
31. Ziyodullaev S. M. COMMERCIAL BANKING INVESTMENT
ATTRACTIVE LEGISLATION NORMATIVE-LEGAL BASIS //INNOVATIVE
DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE. – 2023. – Т. 2. – №. 6. – С. 10-17.
32. Зиёдуллаев С. ТИЖОРАТ БАНКЛАРИ АКТИВЛАРИ
РЕНТАБЕЛЛИГИНИ ОШИРИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ: https://doi.
org/10.55439/ECED/vol23_iss5/a17 //Iqtisodiyot va taʼlim. – 2022. – Т. 23. – №. 5. – С. 107-111.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.