ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

O’QUVCHILARDA KITOBXONLIK KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH -BUGUNGI KUNDA DOLZARB MASALADIR

Аннотация

Maqolada so'nggi yillar davomida O'zbekistonda yoshlarda fikrlash qobiliyatini, kitobxonlik ko'nikmalarini rivojlantirishga davlat siyosati darajasida ahamiyat berilayotganligi, boshlang'ich sinf o'quvchilarida shakllantiriladigan kitobxoniik ko'nikmalarining keyingi darajasi kitobxonlik malakasi ekanligi va tegishli yosh davr o'quvchilarida kitobxonlik ko'nikmalarini shakllantirishda boshlang'ich sinf o'qituvchilari yetakchi o'rin egallashi kerakligi haqida fikr yuritilgan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

-BUGUNGI KUNDA DOLZARB MASALADIR

Eshkaraev Ulugbek Choriyevich

DTPI dotsenti,

Alimova Dilfuza Yaxshibayevna

DTPI o’qituvchisi.

ANNOTATSIYA

Maqolada so'nggi yillar davomida O'zbekistonda yoshlarda fikrlash qobiliyatini, kitobxonlik ko'nikmalarini rivojlantirishga davlat siyosati darajasida ahamiyat berilayotganligi, boshlang'ich sinf o'quvchilarida shakllantiriladigan kitobxoniik ko'nikmalarining keyingi darajasi kitobxonlik malakasi ekanligi va tegishli yosh davr o'quvchilarida kitobxonlik ko'nikmalarini shakllantirishda boshlang'ich sinf o'qituvchilari yetakchi o'rin egallashi kerakligi haqida fikr yuritilgan.

Har qanday jamiyatda shaxslarning fikrlash malakasiga egaliklari, qolaversa, bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda kreativ, innovatsion flkrlash qobiliyatini o'zlashtira olishlari badiiy, ilmiy va ilmiy-ommabop asarlami o'qishga nisbatan ijobiy munosabatga egaliklariga bog'liq. Shu sababli so'nggi yillar davomida O'zbekistonda yoshlarda fikrlash qobiliyatini, kitobxonlik ko'nikmalarini rivojlantirishga davlat siyosati darajasida ahamiyat berishga harakat qilinmoqda.

Kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti davomida insoniyat uchta mo"jizaviy ne'mat ya’ni— moddiy va ma'naviy ashyo- nutq, yozuv va kitobga ega bo'lgan.

Og'zaki bayon etilgan fikrlarni avloddan avlodga uzatishda ularda ifoda etilgan asl maqsad, g'oya, qarashlar asrdan asrga o’tishda o’zining asl ma’nosi va mazmunini saqlab qola olmaydi. Ba'zan shaklan, ko'p holatlarda mazmunan o'zgaradi. Yozma bayon etilib, boshqalarga uzatilgan har qanday fikr, g'oya, qarash o'zining asl “qiyofasi”ni, shaklini, shu bilan birga hajmini o’zgartirmay keladi.

Markaziy Osiyoda kutubxonalar o'tmishdayoq juda rivojlangan bo'lib, ular asosan xon saroylari va madrasalar tasarrufida bo'lib kelgan. Mamlakat hukmdorlari kutubxonalarning ravnaqi, ularni boyitish, xattotlar bilan ta'minlash sohasida doimiy g'amxo'rlik qilib kelganlar.

Kitobni ulug'lash, bolalar o'rtasida ilm-ma'rifat asoslarini targ'ib qilish maqsadida kutubxona tashkil etishda jadidchilik harakatining vakillari ham ibrat ko'rsatgan. Masalan, ma'rifatparvarlardan biri Ishoqxon Ibrat o'z uyida "Kutubxonai Ishoqiya” deb nomlangan kutubxona tashkil qilgan. Ushbu kutubxona fondidan o'zbek, rus, turk, tatar, fors-tojik tillarida yaratilgan adabiyotlar o'rin olgan. Isoqxon Ibratning kutubxonasi nafaqat u o'qitgan o'quvchilarga, shuningdek, qishloq aholisiga ham xizmat qiigan. Kutubxonadagi kitoblar ularning xarakteri, yo'nalishiga ko'ra bir necha bo'limlarga ajratilgan.

Ming afsuski, har qanday yaxshi kitob ham oʻquvchi yaʼni isteʼmolchiga yetib bormas ekan, koʻzlagan ulugʻvor maqsadlarimizga toʻliq erisha olmaymiz. Shu sababli noshirlar oʻz ishini zamonaviy bozor talablariga moslangan holda oʻquvchilarga yanada yaqinroq boʻlishga intilishi lozim.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida shakllantiriladigan kitobxoniik ko'nikmalari (kitobni mavjud talablarga muvofiq ota-onalar, o'qituvchi, kutubxonachi va volontyorlar yordamida o'qishni o'rganish)ning keyingi darajasi kitobxonlik malakasi (kitobni mavjud talablarga muvofiq ota-onalar, o'qituvchi, kumbxonachi va volontyorlar yordamisiz, mustaqil o'qishni o'rganish)ning shakllanishi bo'ladi. Maktabgacha ta'lim yoshining yuqori bosqichlaridayoq asar qahramonlarining tuyg'ulari, o'y-fikrlari, ichki kechinmalari, hayotiy intilishlarini his qilish, syujetning rivojlanishini kuzatib borish, asarda bayon etilgan voqea, hodisalarni bir-biri bilan o'zaro taqqoslash kabi sifatlar rivojlanadi. Boshlang'ich sinflarda esa ushbu ko'nikmalarning malakalarga aylanishini ta'minlash maqsadga muvofiqdir.

So'nggi yillarda nashriyotlar tomonidan ham milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini chop etish tashabbusi ilgari surilmoqda. "Yangi asr avlodi” nashriyoti mazkur tashabbusning yetakchisi sifatida "Kamolot kutubxonasi” rukni ostida milliy va jahon adabiyotining 100 dan ortiq nodir namunalarini nashrdan chiqardi

O'zbekiston matbuot va axborot agentligi tizimidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari esa "O'zbekiston pochtasi” bilan hamkorlikda "Pochta orqali kitob” aktsiyasini yo'lga qo'ydi. Aktsiya doirasida Toshkent, Nukus shahri hamda viloyatlar markazlaridagi ko'chalar, hiyobonlar, bozorlar, metro, avtobus bekatlari, maktab, litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy o'quv yurtlari va boshqa aholi gavjum joylarga kamida 2 tadan kitob targ'ibotiga bag'ishlangan zamonaviy dizayndagi ijtimoiy reklama bannerlari joylashtirildi. Bannerlarda "Matbuot va axborot agentligi tavsiya etadi” ruknida ''Bolangizga kitob sovg'a qiling!”, 'Farzandingizga kitob o'qib bering!", 'Nabirangiz bilan birga kitob o'qing!” da'vati ostida oilaviy kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan matnlar yozilgan.

Shunday qilib, boshlang'ich sinf o'quvchilarida kitobxonlik ko'nikmalarini sbakllantirish murakkab pedagogik jarayon. Uning samarali tashkil etilishi boshlang'ich sinf o'qituvchilaridan ushbu jarayonga maqsadli, tizimli yondashishni talab etadi. Binobarin, tegishli yosh davr o'quvchilarida kitobxonlik ko'nikmalarini shakllantirishda boshlang'ich sinf o'qituvchilari yetakchi o'rin egallaydi. Boshlang'ich sinf o'qituvchilari o'quvchilarda kitobxonlik ko'nikmalarini shakllantirish jarayonining pedagogikpsixologik asoslari, tashkiliy-metodik talablaridan yetarli darajada xabardor bo'lsalargina kutilgan natijani qo'lga kiritish mumkin.

1-Rasm. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kitobxonlikni rivojlantirish jarayoni

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. У.Ч.Эшкораев. «Укувчи-талаба креатив фаолиятини ривожлантиришда инновацион таълим технологиялардан фойдаланиш». Илмийуслубий маколалар туплами. Тошкент. 2019 й.1-китоб. 23-26 бетлар.

2. Eshkaraev U.Ch. Analysis of the situation in the lesson process. Emergent: Journal of educational discoveries and lifelong learning (EJEDL) 2022. Dec. 284-286 peg.

1-

Qadam

Oqish ko’nikmalari yo’q bo’lgan

o’quvchilarni ajratib olish

2-

Qadam

O’quvchilarda kitob o’qishga bo’lgan

motivatsiyani oshirish

3-

Qadam

4-

Qadam

Hayotiy misollar orqali kitob o’qishning

ahamiyatini tushuntirish

Kitob mutoolasini o’quvchilarda odatiy

tusga aylantirish

3. Eshkaraev U. Ch, Bobolov N.T. Methods of intensive development of creative activity of primary school students. Asian journal of research in social sciences and humanities. Vol. 11, Issue 10, Oktober 2021.

4. Eshkaraev U. Ch. Practical activity of the student in performance of laboratory works in physics. Academicia An International Multidisciplinary Research Journal. Vol. 11, Issue 5, May 2022.

5. Eshkaraev U. Ch. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ijodiy faoliyatga tayyorlash texnologiyasi. “Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali. №4. 30 may. 2022 y.

6. Alimova D. Ya. Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi o'rganadigan va ishlab chiqadigan masalalar. Boshlang‘ich ta’lim tizimida tabiiy fanlarni o‘qitishdagi kreativ tendensiyalar. Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to’plami. Denov. 2023 yil.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.