MIKROXIRURGIYA DAVOLASHNI OPTIMALLASHTIRISH
Boboyorov Sardor Uchqun o‘g‘li
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali,
Neyroxirurgiya yo‘nalishi, 1-kurs magistri
Ilmiy rahbar: Rozzoqov Dilmurod Tog’aymurodovich
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali
Travmatologiya, neyroxirurgiya, HDJ,
tez tibbiy yordam va anesteziologiya kafedrasi assistenti Kirish
O‘rta nerv (nervus medianus) qo‘lning muhim aralash nervlaridan biri bo‘lib, uning bilak sohasi darajasida yuzaga kelgan jarohatlari natijasida motor va sensor faoliyatning 105ermen buzilishi kuzatiladi. Bunday bemorlarning hayot sifati sezilarli darajada pasayadi, ularning mehnatga layoqati cheklanadi. Shuning uchun o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarilgan mikroxirurgik aralashuvlar davolash samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotimizda mikroxirurgik davolash usullarini baholash va ularni optimallashtirish asosiy maqsad qilib olindi. Tadqiqot maqsadi
O‘rta nervning bilak sohasi darajasida jarohatlanishida mikroxirurgik davolash usullarini tahlil qilish, klinik natijalarni solishtirish orqali davolashni optimallashtirish yo‘llarini aniqlash. Materiallar va usullar Tadqiqot 2022–2024-yillar davomida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali va Surxondaryo viloyat ko’p tarmoqli markazida olib borildi. Tadqiqotga jami 83 nafar bemor jalb qilindi. Ular ikki guruhga ajratildi: Asosiy guruh (n=41) – zamonaviy mikroxirurgik usullar (nervni tiklash, interfasyal autotransplantatsiya) bilan davolangan bemorlar. Nazorat guruhi (n=42) – an’anaviy jarrohlik va konservativ usullar asosida davolangan bemorlar. Baholash mezonlari sifatida quyidagilar qo‘llanildi: klinik tekshiruv, elektromiografiya, taktil sezuvchanlik darajasi, motor faollik, reabilitatsiya muddatlari va asoratlar chastotasi. Kuzatuv muddati 6 oyni tashkil etdi. Tadqiqot natijalari Asosiy guruhda o‘tkazilgan mikroxirurgik aralashuvlar natijasida: 68% holatlarda motor funksiyalar to‘liq tiklangan, 22% holatda qisman tiklanish qayd etilgan, faqat 10% bemorda sezilarli ijobiy natija kuzatilmadi. Nazorat guruhida esa: 43% holatda qisman tiklanish, 38% holatda funksional tiklanish zaif, 19% bemorda asoratlar (nerv fibrozlari, harakat cheklanishi) kuzatildi. EMG ko‘rsatkichlari va klinik funksional natijalar asosiy guruhda ancha yuqori bo‘ldi. Reabilitatsiya muddati o‘rtacha 3-5 oyni tashkil qildi. Xulosa Bilak sohasi o‘rta nerv jarohatlarida mikroxirurgik davolashning qo‘llanilishi yuqori funksional tiklanishni ta’minlaydi. Interfasyal autotransplantatsiya va nerv gidlaridan foydalanish yordamida regeneratsiya tezlashadi, bemorlarning ijtimoiy moslashuvi tez tiklanadi. Asosiy va nazorat guruhlaridagi farq mikroxirurgiyaning samaradorligini yaqqol tasdiqlaydi. Shuning uchun bu yondashuvlarni amaliyotga keng joriy etish tavsiya etiladi.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.