O‘rta Osiyo dahmalari va ularning evolyutsiyasi
Arxeologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi
(PhD) Q. Toshaliyev
Arxeologik ma’lumotlariga ko‘ra so‘nggi bronza davriga kelib O‘rta Osiyoning janubida juda katta madaniy, etnik, diniy o‘zgarishlar jarayoni yuz beradi. Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining mahalliy variantlari hisoblangan Sopolli, Dashtli, Nomozgoh madaniyatlari inqirozga uchrab, ular ham Shumer, Xarappa, Elam singari tarix sahnasidan to‘liq o‘chib ketadi. Keyingi davrlarda xalqlarning buyuk ko‘chish jarayonlari yuz berib, tarixiy, madaniy, mumkinkin, etnik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Natijada, O‘rta Osiyoning deyarli barcha tarixiy mintaqalarini yarim ko‘chmanchi va o‘troqlashayotgan dehqon jamoalari egallaydi. Arxeologiya fanida bu madaniyat umumiy nom bilan – “Qo‘lda yasalgan naqshli sopollar madaniyati” (QYaNSM) deb atalmoqda1.
Fikrimizcha, nomlanishning turli xilligi borasida bu madaniyatga teng keladigan arxeologik majmua bo‘lmasa kerak. Farg‘onada Chust, Toshkentda Burg‘uluq (Burganli), BAQTRIYAda Kuchuktepa, Tillatepa, Qiziltepa, Janubiy Turkmanistonda Yoz I madaniyati deb yuritiladi2. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, shu turkumdagi madaniyatlarning, albatta Chustdan boshqa bironta yodgorligida qabrlar uchramagan. Shu sababdan, chet el olimlari bu arxeologik majmuaga nisbatan “Qabrsiz madaniyat” degan tushunchani ham ishlatishadi3. 1Аскаров А.А. К вопросу о происхождении културы племен с расписной керамикой эпохи поздней бронзы и раннего железа // Этнография и археология Средней Азии. -Москва., 1979. -С. 34-37; Шайдуллаев Ш.Б., Хамидов О.А. “Авеста” катасининг археологик асослари // “O’zbekiston arxeologiyasi” журнали. №1 [16] -- Самарканд, 2018. -Б. 11-23; Lhuillier J. A synthetic note about the phenomenon of the Central Asian Early Iron Age “painted ware cultures” (2nd – 1st milleneum B.C.) // Bulletin of IICAS. Volume 13. 2011. 2 Шайдуллаев Ш.Б. Памятники раннежелезного века Северной Бактрии. Автореф. канд. дисс. -Самарканд, 1990. 3A. Millennium of History. The Iron Age in southern Central Asia (2nd and 1st Millennia BC). Proceedings of the conference held in Berlin (June 23–25, 2014). Dedicated to the memory of Viktor Ivanovich Sarianidi. Edited by Johanna Lhuillier, Nikolaus Boroffka. Dietrich Reimer Verlag, -Berlin, 2018. -P. 113-122; Lhuillier J. A synthetic note
Sopolli madaniyatiga xos bo‘lgan, mayitlarni boy ashyolar bilan yerga ko‘mish an’anasiga ham barham beriladi4. Bu holatning yechimini tadqiqotchilar zardushtiylik dini va an’analarining tarqalishi bilan bog‘lashmoqdalar5. Zardushtiylik bilan bog‘liq bo‘lgan eng asosiy me’morchilik va arxeologik manbalardan biri, shubhasiz dahmalardir.
Shimoliy Baqtriya bo‘ylab dahma inshootini keng tarqalishi, bu Zardushtiylik dini omillarining o‘lkaga kirib kelishi bilan bog‘liqdir. 1968 yilda Yelongash daryosi (Oltoy avtonom respublikasi, Rossiya) hududlarini o‘rgangan Okladnikov qoya toshlarga chekilgan petrogliflarga duch keladi va uni ko‘chmanchilarga xosligini ta’kidlagan6. Yelongash daryosi yaqinidan o‘rganilgan petrogliflar, Ko‘hitangtog‘ etaklarida joylashgan tosh uyumi shaklida qurilgan dahmalar bilan bir qatorda, yaqin soy bo‘ylari xarsang toshlarida chekilgan petroglif syujetlari bilan juda o‘xshashdir7.
2005 yilda Xakasiyaning Orjoniskiy tumanida arxeologik qidiruv ishlari olib borilgan. Xakasiyada Fedorovo (Andronovo) madaniyatining juda katta yodgorligi aniqlandi8. Ushbu manzilgoh 54°46,52.4"N 88°55,34.1"E kordinatasida joylashgan about the phenomenon of the Central Asian Early Iron Age “painted ware cultures” (2nd – 1st milleneum B.C.) // Bulletin of IICAS. Volume 13. 2011. - P. 16; Bendezu-Sarmiento J., Lhuillier J. Sine sepulchro cultural complex of Transoxiana (between 1500 and the middle of the 1st millennium BC). Funerary practices of the Iron Age in Southern Central Asia: recent work, old data, and new hypotheses” // AMIT. 45. 2015.- С 45; Shaydullaev Sh.B., Stancho L., Xamidov O. Poshxurd-Zarabog‘ botig‘ida aniqlangan Kuchuk I davriga oid yangi yodgorliklar // “Qadimiy Jizzax vohasi – Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tizimida (siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayot)” mavzusidagi Respublika ilmiyamaliy konferensiya materiallari. -Toshkent. 2019. –B. 110-114; Бендезу-Сарменто Х., Люиле Ж., Мустафакулов С., Рахимов К. Погребалная практика населения раннего железного века: новые находки из Джаркутана в Северной Бактрии // Вестник -МИЦАИ, Вып. 22. 2015. 4Аскаров А. А. Сапаллитепа. - Ташкент, 1973. - С.136-137; Аскаров А. А. Древнеземледелческая култура эпохи бронзы юга Узбекистана. - Ташкент. 1977. - С. 143. 5Shaydullaev Sh. B., Stancho L., Xamidov O. Poshxurd-Zarabog‘ botig‘ida aniqlangan Kuchuk I davriga oid yangi yodgorliklar // “Qadimiy Jizzax vohasi – Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tizimida (siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayot)” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. -Toshkent, 2019. –B. 110-114. 6Окладникова, Ye.А. 1986: К вопросу о каменных выкладках в долине реки Елонгаш // К.М. Герасимова (ed.): Традиционная култура народов Централной Азии. Новосибирск, -С. 74–89. 7Augustinová A., Stančo L., Damašek, L., Mrva, M., Shaydullaev Sh. Archae-ological Survey in the Zarabag Micro Oasis (South Uzbekistan). Preliminary Report on the Season 2016. Studia Hercynia XXI/1. –P. 104–148. 8Максименков Г.А. Андроновская кул'тура на Енисее [Andronovo culture on the Yenisei]. - Ленинград: Наука. 1978. - С. 190. bo‘lib kosmogonik petroglif kompozitsiyalariga boyligi bilan alohida manzara kasb etadi. Mualliflar ushbu yodgorlikni "Koinotning yaratilish ibodatxonasi" deya ta’rif berganlar9. Ko‘hitangtog‘ etaklarida o‘rganilayotgan petrogliflar bilan solishtirganda juda o‘xshashlik namunalari mavjud. Bundan tashqari Xakasiyada duch kelingan tosh konstruksiyalarini ham kuzatishimiz mumkin. Ushbu tosh konstruksiyalarini mualliflar tomonidan ilk dahmalar sifatida e’tirof etilgan10.
Ko‘hitangtog‘ hududlarida Kuchuk I davridan boshlab dahmalar bunyod etish boshlangan bo‘lib bu oddiy va sodda shaklga ega tosh konstruksiyalaridan iborat bo‘lgan11. Xakasiyada o‘rganilgan tosh qurilmalari plitkasimon qayroq toshlardan bunyod etilgan bo‘lib, hudud yassi qayroqtoshli plitkali tog‘liklarni tashkil qiladi. Ushbu dahmalar yasalish usuliga ko‘ra to‘g‘ri to‘rt burchak shaklini namoyon etib, baland tabiiy tepaliklar ustida qurilgan. Dahmalar qurilishda xududiy xomashyodan kelib chiqqan holda bunyod etilgan bo‘lib, asosiy g‘oya tuproqni ifloslanishdan saqlash bo‘lgan albatta12. Demak, O‘rta Osiyoda dahmalar qurilishi xronologik jihatdan Kuchuk I davrigi to‘g‘ri kelsa13, uning hududlar bo‘ylab yoyilishi va qurilishi arablarning o‘lkani fath etgunga qadar davom etgan.
Ilk dahmalarning bunyod etilishida, o‘lkada mavjud bo‘lgan arxitekturaviy anananing o‘rni ham beqiyos bo‘lgan14. Xakasiyada shakl jihatdan dahmalar 9Vitalij E. Larichev, Sergey A. Parshikov, Elena G. Gienko, The Dakhmas of Khakassia//Archaeoastronomy and Ancient Technologies 2016, 4(1), - P.117-149. 10 Vitalij E. Larichev, Sergey A. Parshikov, Elena G. Gienko, The Dakhmas of Khakassia//Archaeoastronomy and Ancient Technologies 2016, 4(1), P.5. 11Тошалиев К., Среднеазиатские дахмы // Муғаллим ҳам узликсиз билимлендири. Илимий-методикалық журнал. - Некис, 2019.-Б 104-107 12Бойс М. “Зороастрийцы. Верования и обычаи”. Перевод с английского и примечания И.М. СтеблинКаменского. Послесл. Э.А. Грантовского. М., Главная редакция восточной литературы издателства Наука, 1988. - С. 18-171. 13Shaydullaev Sh., Stancho L., Xamidov O. Poshxurd-Zarabog‘ botig‘ida aniqlangan Kuchuk I davriga oid yangi yodgorliklar // “Qadimiy Jizzax vohasi – Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tizimida (siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayot)” mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Toshkent. 2019. -B. 110-114. 14Шайдуллаев Ш.Б. Северная Бактрия в эпоху раннего железнего века. -Ташкент, 2000. -С.45-60. to‘rtburchak shaklda, toshlardan terilgan bo‘lsa15, Shimoliy Baqtriya hududida dahmalar 25-35, 35-40 sm o‘lchamdagi toshlardan doira yoki ovalsimon qilib terilgan. Ushbu dahmalarning doira yoki ovalsimon shaklda bunyod etilishi bronza davrida altarlar va aksariyat inshootlar asosan doira shaklini kasb etganligi yoki o‘lkada mavjud diniy qarash omillari ham xizmat qilgan bo‘lishi mumkin16. Dahma qurilishida asosan suvsiz yaylov va mavsumiy suv keladigan toshloq soylar bo‘ylarining tabiiy tepalik qismlari tanlab olingan.
Bunday tanlovning birinchi sababi; - aholi yashash joylaridan uzoq va kun davomida quyosh tushib turishi.
Ikkinchi sababi;- suvdan yiroqda va qurilish xomashyosiga boy toshloq soylar bo‘ylari bo‘lgan17.
Baqtriyaning Ahamoniylar davri yodgorliklari ham akademik A.S. Sagdullaev tomonidan beshta tipga bo‘lingan18 bo‘lib tosh uyum sifatida qurilgan dahmalar ham shu aholi punktlariga yaqin hududda joylashgan. Ushbu tiplar bilan bog‘liq aholi yashash hududlarida zardushtiylik dini bilan bog‘liq inshootlar ham o‘zgarib borgan. Din shahar hayotiga kirib kelgach, jamoaviy dahmaga extiyoj sezila boshlagan.
Ko‘rib chiqqanimizdek turli davrlarga tegishli arxeologik qazishmalarda tadqiqotchilar dahma inshooti va zardushtiylarning dafn an’analari bilan bog‘liq arxeologik materiallarga duch kelganlar. Zardushtiylik dinining yetakchisi Zaratushtra 15Larichev V.E., Parshikov, S.A. Protoxram vozniknoveniya i ustroeniya Vselennoj. Mirovoe yajco, pervozdannye bogi i chelovek v naskal'nom iskusstve Severnoj Xakasii. [Protohram of origin and ordering of the universe. World Egg, the primordial gods and man in rock art of the North Khakassia]. Problemy arxeologii, e'tnografii i antropologii Sibiri i sopredel'nyx territorij. [Problems of archeology, ethnography and anthropology of Siberia and adjacent territories]. Vol. XII. Part I. - Novosibirsk: IAET SB RAS, 2006. -P. 412-417. 16Shaydullaev Sh.B. O‘zbekiston hududida davlatchilikning paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari (Baqtriya misolida). DD. - Samarqand., 2008. 63-263 bb.; Шайдуллаев Ш.Б. Северная Бактрия в эпоху раннего железного века. -Ташкент., 2000. - С.50-62. 17Shaydullaev Sh., Stancho L., Toshaliev Q. “Qabrsiz madaniyat” dahmalari // “O’zbekiston arxeologiyasi” jurnali. №4, [23] 2020. -B.27-43. 18Сагдуллаев А.С. Култура Северной Бактрии в эпоху поздней бронзы и раннего железа (по материалам памятников района Шурchи-Байсуна). Автореф. дисс. ... к.и.н. -Ленинград., 1978. -С.7. ko‘chmanchi qabilalar qavmidan bo‘lib, u Baqtriga o‘z dinini targ‘ib qilgan19. Din va diniy amallar Shimoliy Baqtriya hududida keng rivoj topadi va din bilan bog‘liq inshootlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. O‘lkada zardushtiylik dinining keng yoyilishi mayitning yerga ko‘mish odatlariga barham berish bilan namoyon bo‘lsa20, yana qabrlarga mayitlarni ko‘mish odati zardushtiylik dini bilan bir qatorda yangi diniy g‘oyalarning yuzaga kelishini tasdiqlaydi. Yerga ko‘mish odatlarining so‘ngisi Chust yodgorligi bilan bog‘lansa, yana yerga mayitni ko‘mish ko‘chmanchi yuechjilar bilan kirib kelgan. So‘ngi yillar davomida Xitoy va O‘zbekiston arxeologlari Boysun tumani Rabod qishlog‘ida ko‘chmanchi yuechjilar bilan bog‘liq qabrlarni o‘rganib kelmoqdalar. Davriy nuqtai nazardan Zardushtiylik dinidan so‘ng yerga mayitlarni ko‘mish an’anasi aynan Rabodda joylashgan mozorda qayd etilgan21. Mualliflar tomonidan ushbu ko‘mish odati Baqtriyaliklardan boshqa etnos, ya’ni “Katta yuechjilar” Baqtriya (Dasya) da Yunon-Baqtriya shohligi hukmronligiga batamom barham berish barobarida, jasadlarni yerga ko‘mish an’anasini qaytadan boshlaganligi takidlangan. O‘z navbatida miloddan avvalgi II asrning to‘rtinchi choragidan miloddan avvalgi I asrlarga mansub Rabot I, Ayritom, Boltalibobo I mozor qo‘rg‘onining eng qadimgi qismi kabi dafn inshootlarini qoldirgan aholi Baqtriyaliklardan farqli batamom boshqa etnos bo‘lgan. “Katta yuechjilar” Shimoliy Baqtriyaga kelib o‘rnashganlaridan so‘ng ham ular tog‘larni e’zozlaganlar. Shu bois Rabot I mozor qo‘rg‘onlarida o‘rganilgan yuzdan oshiq qabrlardagi jasadlarning boshi shimolga Boysun tog‘lariga qaratilgan. Ular Baqtriyaliklardan farqli ajdodlarini 19F.Nitshe. Zardo‘sht tavallosi: Nasriy doston. Ibrohim G‘afurov tarjimasi. – Toshkent. Yangi asr avlodi, 2007; F. Nitshe. Zardo‘sht nidosi. Pardaev A.Tanlangan asarlar VI jild. -Toshkent: OYDIN nashriyoti, 2021.-B. 22-34. 20Ю. А.Заднепровскнй, Древнеземледелческая култура ферганы. А.Н.СССР., -Москва-Ленинград.1962. - С.259- 263. 21Бердимурадов А. Э., Ванг Цзян Син, Лянг Сао Хуи, Хасанов М., Аннаев Т., Хамдамов С., Арзиев К., Хамиджанова М. О работах совместной Узбекско-китайской археологической экспедиции на территории Узунского района Сурхандаринской области в 2019 году // АИ Уз. № 12. 2020. -С.43-47. e’zozlaganlar. Oltoy tog‘laridagi doimiy muzliklar hududida dafn etilgani (Paziriq, ayniqsa, Noin-ula qo‘rg‘onlari) kabi mozorqo‘rg‘onlarda qayd etilgan ashyoviy manbalarga ko‘ra, maxsus buyurtma asosida ota-bobolari suratlarini gilamlarga to‘qitganlar va ularni doimo yod etganlarini muallif tomonidan qayd etilgan22.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak dahmalarning Shimoliy Baqtriya hududi bo‘ylab keng tarqalishi Zardushtiylik dinining o‘lka xalqlari hayotiga kirib kelishi bilan bog‘liq tarixiy jarayon bo‘lib, uni etnografik ma’lumotlar bilan taqqoslash fikrimizni yanada mustahkamlaydi.
Shimoliy Baqtriyada diniy tolerantlik hukum surgan bo‘lsada, ta’sir jihatdan buddaviylik amallari kuchayib boradi, bu holatni arxeologik yodgorliklar misolida ham ko‘rishimiz mumkin. IV-VII asrlar mobaynida O‘rta Osiyoning janubiy mintaqalariga nisbatdan, shimoliy va shimolig‘arbiy mintaqalarda Zardushtiylik dini bilan bog‘liq arxeologik inshootlarning ko‘plab uchrashi ham aynan shu omil bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari Shimoliy Baqtriya hududida olib borilgan arxeologik tadqiqodlarda biror-bir tadqiqodchi ossuariylarni (ostadon) uchratmaganligi ham bu davrda Zardushtiylik dini bilan bog‘liq amallarni o‘lka xalqlari hayotida kam iz qoldirganidan dalolatdir. 22Annaev To‘xtash, Annaev Jaloliddin, Arziev Komiljon, Shimoliy-g‘arbiy Baqtriyada “Katta yuechjinlar”ning o‘troqlashuv jarayoni (arxeologiya, antropologiya va yozma manbalarning qiyosiy tahlili) // O’zbekiston arxeologiyasi. № 1 (26) 2022. –B. 25-39.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Аскаров А.А. К вопросу о происхождении културы племен с расписной керамикой эпохи поздней бронзы и раннего железа // Этнография и археология Средней Азии. -Москва., 1979.
2. A. Millennium of History. The Iron Age in southern Central Asia (2nd and Augustinová A., Stančo L., Damašek, L., Mrva, M., Shaydullaev Sh. Archae ological Survey in the Zarabag Micro Oasis (South Uzbekistan). Preliminary Report on the Season 2016. Studia Hercynia XXI/1. –P. 104–148.
3. Тошалиев К., Среднеазиатские дахмы // Муғаллим ҳам узликсиз билимлендири. Илимий-методикалық журнал. - Некис, 2019.
4. Shaydullaev Sh.B., Toshaliev Q.B., Daxma qo‘rg‘onlari: yangi tadqiqotlar //“Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda mahalliy arxeologik materiallarning roli” respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.- Guliston – 2021.
5. Annaev To‘xtash, Annaev Jaloliddin, Arziev Komiljon, Shimoliy-g‘arbiy Baqtriyada “Katta yuechjinlar”ning o‘troqlashuv jarayoni (arxeologiya, antropologiya va yozma manbalarning qiyosiy tahlili) // O’zbekiston arxeologiyasi. № 1 (26) 2022. –B. 25-39.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.