BAHOLASH VA UNING OMILLARI
Shukrullayeva Dinora Sanjar qizi
Komiljonova Mohlaroy Qobil qiz
Ubaydullayev Javohir Lutfullo o’g’li
Toshkent tibbiyot akademiyasi 5- kurs talabalari
Nevrologiya va Tibbiy psixologiya kafedrasi
Ilmiy rahbar: Kalandarova Sevara Xujanazarovna Kirish. Suitsid – bu jahon bo‘ylab ijtimoiy sog‘liqni saqlash sohasida eng jiddiy muammolardan biridir. Ayniqsa, o‘smirlar va yoshlar orasida suitsid dunyo bo‘yicha o‘limning ikkinchi eng ko‘p uchraydigan sababi sifatida qayd etilgan. Yoshlarning psixologik salomatligi va ijtimoiy farovonligi jamiyat uchun muhim ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda deviant xulq-atvorga ega bo‘lgan o‘smirlar orasida suitsidal urinishlar sonining ortishi kuzatilmoqda, bu esa ushbu guruhda xavfni baholash va profilaktika tadbirlarini kuchaytirishni talab qiladi. Maqsad. Ushbu tadqiqotning maqsadi deviant xulq-atvorga ega bo‘lgan o‘smirlar orasida suitsidal urinish xavfini aniqlash va ushbu xatti-harakatning asosiy psixopatologik, ijtimoiy va nasliy omillarini o‘rganishdan iborat. Material va usullar. Tadqiqotda Respublika Narkologiya va Epileptologiya Markazida suitsidal urinish tashxisi bilan davolangan 13-18 yoshdagi 47 nafar o‘smirlar ishtirok etdi. Tadqiqot davomida kliniko-psixopatologik, klinikokatamnestik va kliniko-statistik usullar qo‘llanildi. Har bir o‘smirning oilaviy anamnezi, ruhiy holati, xulq-atvori va ijtimoiy sharoiti batafsil o‘rganildi. Shuningdek, o‘smirlarning oilaviy munosabatlari, do‘stlik va maktabdagi holatlari ham tahlil qilindi. Natijalar. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, o‘smirlarning 48,3%da psixopatologik nasliy og‘irlik mavjud emas, 11,2%da bu ma’lumotlar aniqlanmagan. Shu bilan birga, spirtli ichimliklarga qaramlik 23,6%, chegaraviy ruhiy buzilishlar 12,4%, endogen buzilishlar 6,7% holatda qayd etilgan. Suitsidning nasliy omillari sifatida 6,7%da yaqin qarindoshlarda tugallangan suitsid holatlari mavjud. O‘smirlarning 61,9% to‘liq oilalarda tarbiyalangan bo‘lsa-da, 69,1%da oilaviy munosabatlar diskarmoniyali, nizoli, va zararli ekanligi aniqlangan. Suitsidal urinishlarning asosiy sabablaridan biri sifatida psixozlar 10%, 94erment kasalliklar 1% sifatida qayd etildi. Bundan tashqari, murakkab oilaviy vaziyatlar (12%), 94ermenta munosabatlardagi muammolar (18%), notog‘ri do‘stlik va ijtimoiy guruhlarda buzilishlar (15%), kattalar bilan munosabatlardagi muammolar (8%) ham muhim omillar hisoblanadi. Deviant xulq-atvordan bo‘lgan uydan chiqib ketish holatlari 20,2%da, psixoaktiv moddalar iste’moli esa 5%da suitsidal urinish bilan bog‘liq. Muhokama. Ruhiy kasalliklar, xususan, depressiya, affektiv buzilishlar va psixozlar suitsid xavfini sezilarli darajada oshiradi. Bundan tashqari, ijtimoiy qo‘llabquvvatlashning yetishmasligi, yolg‘izlik va ijtimoiy ajralish suitsid xattiharakatlarini kuchaytiradi. Deviant xulq-atvor – bu normadan chetga chiqish, qonun yoki ijtimoiy qoidalarga zid harakatlar qilishdir. Uydan chiqib ketish, jinoyatga oid harakatlar, giyohvand moddalar iste’moli kabi xatti-harakatlar o‘smirlarni yuqori xavf guruhiga kiritadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, deviant xulq-atvorga ega o‘smirlarning 20% uydan chiqib ketgan, 5% psixoaktiv moddalarni iste’mol qilgan, bu esa suitsid xavfini sezilarli oshiradi. Psixologik stress va hayotdagi qiyinchiliklar, masalan, sevgi munosabatlaridagi muammolar, do‘stlar bilan bo‘lgan notog‘ri munosabatlar, o‘smirlarning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va ularni suitsidal xatti-harakatlarga undashi mumkin. Xulosa. Suitsidal urinishlar ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lib, ular orasida ruhiy kasalliklar, nasliy psixopatologiya, oilaviy va ijtimoiy muhit, deviant xulq-atvor muhim rol o‘ynaydi. Suitsid xavfini kamaytirish uchun kompleks yondashuv talab qilinadi, jumladan, ruhiy salomatlikni muntazam monitoring qilish, o‘smirlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilaviy muhitni yaxshilash va deviant xulq-atvorni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.