IJODKORLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA "USTOZ-
SHOGIRD" AN’ANALARINING AHAMIYATI
Mo‘minova Oygul Jumanazarovna
Termiz davlat universiteti “Tasviyiy san’at va muhandislik grafikasi “ ta’lim
yo‘nalishi 3-bosqich talabasi.
Anotatsiya: Ushbu maqolada o’zbek xalq amaliy san’atida ustoz shogird an’analari davom ettirish orqali yoshlarning ijodkorlik qobilyatini rivojlantirish haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: Hunarmanchilik, ustoz-shogird, did, qobiliyat, yog‘och o‘ymakorligi, ustachilik, xalq amaliy san’ati.
Inson yashar ekan doimiy ravishda go‘zallikka va poklikka, o‘zidan yaxshi nom qoldirishga intilib yashaydi. Buning natijasida bir - biridan jozibador qasrlaru-saroylar, ko‘shiku-ayvonlar, masjidu-madrasalar, qal’ai-devorlar, katta-kichik inshootlar, insoniyatni kamolatga etaklovchi, to‘g‘ri yo‘llarga chorlovchi va doimiy yo‘ldosh, birbiridan chuqur mazmunli sehrli kitoblar, odam zehnini charhlovchi va mustaqil fikrlashga chaqiruvchi chiroyli va benazir haykallaru-rasmlar, naqshu-nigorlar, orom baxsh etuvchi o‘ta sehrli musiqalar ijod etildi.
Odamlar o‘zini tashqi xavf xatarlardan, ya’ni yirtqich hayvonlardan, iqlim qiyinchiliklaridan hamda raqib dushmanlardan himoya qilish qilish uchun imoratlar qura boshlagan. Shu tarzda, hayot taqazosi bilan o‘z davrining ustalari, binokorlari, muhandislari, me’morlari yetishib chiqqan. Yillar o‘tishi bilan davlatlar shakllangan va ular o‘rtasida o‘zaro aloqalar yuzaga kelgan. SHu bilan bir qatorda madaniyat rivojlanib, qulay va yaxshi yashash uchun hashamatli binolar yaratilgan, hunarmandchilik, muhandislik va me’morchilikka asos solindi.
O‘z davrining qo‘li mohir ustalari tomonidan bunyod qilingan, kishini lol qoldiruvchi saroylar, ehromlar, ibodatxonalar, maqbaralar hamda boshqa bino va inshootlar asrlar o‘tishiga qaramasdan saqlanib qolib, bizgacha yetib kelgan.
Hozirgi davrning zamonaviy qurilish texnikasi va avtomatlashtirilgan hisoblash mashinalari yo‘q bo‘lgan uzoq moziyda ustalarning binolarni qurishda murakkab geometrik va arifmetik o‘lchamlarni amalga oshirganligi, ob’ektlar o‘rnini to‘g‘ri tanlab, qurilish ashyolaridan o‘rinli foydalanganligi kishini lol qoldiradi va tahsinga sazovordir. Su yo‘sinda, ming yillar davomida ustalarning bilim va malakalari charxlanib, mustahkamlangan va ular o‘z tajribalarini kelajak avlodga, ya’ni bizgacha yetib kelishini ta’minlashgan.
Tarixdan ma’lumki, yirik shaharlardagi madaniyatning rivojlanishida zargarlik, haykaltaroshlik, rassomchilik, naqqoshlik kabi san’at turlarining shakllanishi va mutaxassis ustalar sonining ko‘payishi muhim rol o‘ynagan. Ustalar orasida o‘z kasbini chuqur biladigan, haqiqiy talantlilari bilan bir qatorda, saviyasi pastlari ham bo‘lgan. Bu kabi ustalarning malakasini oshirish, ayniqsa yoshlarni, ya’ni shogirdlarni o‘qitish, ularga yetarlicha bilim berish, bajaradigan ishlarining sifatini oshirish maqsadida har bir sohaning mohir ustalari tomonidan yillar davomida to‘plangan tajribalari asosida alohida risolalar (nizomlar) yozilgan va ular asosida ish olib borilishi ta’minlangan. Shu tariqa ustalar orasida ustoz-shogird maktablari shakllana borgan va yillar osha rivojlangan.
Jumladan hozirgi O‘zbekiston hududida o‘rta asrlarda va keyinchalik shakllangan davlatlarda katta obro‘ga ega, chin ma’nodagi piri komil ustalar alohida hurmat e’tiborga sazovor bo‘lishgan. Hunarmandchilikning har bir soha vakillari taniqli ustalar atrofida jamoalarga birikishgan. Bunda yoshi ulug‘, mohir ustalar jamoga rahbar sifatida saylanib ularga "kalantar", yordamchilariga esa "kamarbasta" maqomlari berilgan va podshohlik tamonidan maosh tayinlangan. Bundan ko‘rinadiki, o‘tmishdagi davlat rahbarlari ustachilikka, uning an’analarining saqlanishiga va rivojlanishiga jiddiy e’tibor qaratishgan.
Ustozlar qadimdan shogirdlikka qabul qilishda o‘ta e’tiborli bo‘lganlar. To‘g‘ri kelgan odam shogirdlikka olinmagan. Bunda 7-8 yoshdagi bolalar tanlanib, iloji bo‘lsa o‘z farzandlari yoki nevaralari, ular bo‘lmagan taqdirda, qarindoshlari yoki tanishlari orasidan shu kasbga layoqati borlari ajratib olingan. Begona shaxslarning farzandari shogird tushgan taqdirda, ular 2-3 oy davomida alohida e’tibor bilan sinovdan o‘tkazilganlar. Shunday ikki - uch oy sinovlar shogirdlarning avvalo odobiga, axloqiga, o‘zini tutishiga, odamlar bilan muomalasiga, qobiliyatiga hamda halolligiga va xarakterining boshqa jihatlariga
alohida e’tibor berilgan. Jumladan, usta yangi shogirdining halloligini sinash uchun ko‘zga ko‘rinadigan joylarga pul va boshqa qimmatbaho buyumlarni qo‘yishgan, ma’lum miqdordagi mablag‘ berib savdo-sotiq uchun bozorga yuborishgan. Sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan shogirdlariga o‘z farzandiday muomala qilib, yaxshi qarashgan va tegishli qonun-qoidalarni, ustachilik sir-asrorlarini, ya’ni ustaxona odoblarini, asbob-uskunalardan foydalanishni va boshqa jihatlari o‘rgatilgan. Ustoz shogirdlariga kasbga o‘rgantishni asosan kunduzi amalga oshirgan. Kechqurun esa ustoz rahbarligida xat-savod chiqarilgan. Shogirdlar o‘z sohasida bilim olishlari bilan bir qatorda, hunarmandchilkda eng zo‘r bo‘lgan xandasa va kimyoni chuqur o‘rganganlar.
Ustozga shogirdlikka berishda quyidagi urf-odatga rioya qilingan. Bolani ustozning oldiga olib borishda o‘ziga yarasha tantanaviy marosim bo‘lgan. Bolani otaonasi hamda qarindosh urug‘lari bo‘g‘irsoq va holvaytar qilib ustozning huzuriga kelganlar va "bolaning go‘shti sizniki, suyagi bizniki" qabilida gaplar bilan ustoz ixtiyoriga topshirganlar. Keltirilgan pishiriqlar o‘sha paytdayoq birgalikda tanavvul etilgan. Ustoz bolaga hunar o‘rgatishdan tashqari, butun o‘qish davomida uni oziqovqat bilan ta’minlab turgan. Kasb o‘rgatish bepul olib borilgan. Ustoz shogirdga qattiqqo‘l va talabchan bo‘lgan. Chunki har bir hunarni o‘ta nozik did va sabr-toqat bilangina o‘rganish mumkin edi. Ustozlar shogirdlar uchun maxsus odob talablarini ishlab chiqqanlar. Masalan, ular shogirddan pokizalikni, ish vaqtida chalg‘imaslikni, ustoz ruxsatisiz biror ishga qo‘l urmaslikni qat’iy talab qilganlar. Ustoz shogirdiga faqat hunar sirlarini o‘rgatishdan tashqari, uy-yumush ishlarini bajarishga ham tayyorlab borgan.
Shogird san’at sirlarini puxta egallab, mustaqil ish bajarishni eplay oladigan bo‘lganidan so‘ng unga oq fotiha berilgan va bu alohida marosim (ziyofat) shaklida amalga oshirilgan. Fotiha oluvchi shogird qoida buyicha milliy libosga kiyintirilib, beliga kamar (belbog‘) bog‘lanib, unga shu kasb buyicha asboblardan ixchamlisini taqib qo‘yishgan va o‘ziga xos imtihondan o‘tkazilgan. Shu tariqa savol-javoblardan so‘ng ustoz chin ko‘ngildan o‘z shogirdiga oq fotiha bergan.. Shogirdini qo‘yniga ikkita non solinib, belbog‘iga asbob uskunalar taqilib, milliy libosda hamma piri ustozlarini va ziyofat qatnashchilarini duolarini olib marosim oxiriga yetkazilgan. Marosimda ustozga shogird bosh-oyoq sarpo, tugun in’om etgan. Ba’zida ustoz, shogirdi mustaqil ish boshlashda qiynalmasiligi uchun, shu kasbda ishlatiladigan asbob va andozalar berar edi.
Shu tariqa kasbning avloddan-avlodga meros qolishi an’ana holda saqlanib, rivojlanib bugungi kungacha yetib kelgan. Mamlakatimiz hududida Samarqand, Xiva, Buxoro, Termiz, Toshkent, Qo‘qon, Marg‘ilon va boshqa shaharlarida o‘zbek xalq amaliy san’ati rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan, buyuk ustozlarni yetishtirib chiqqan “ustoz-shogird” maktablarining o‘rni beqiyosdir.
O‘zbek ustozlaridan biri xorazmlik yog‘och o‘ymakor ustoz Ota Polvonovning hayot yo‘li ibratlidir. Ikki asr oralig‘ida ijod qilgan Ota Polvonov Xiva yog‘och o‘ymakorligi maktabining yorqin namoyandalaridan biridir. U otasidan va tog‘asi Abdusattordan yog‘och o‘ymakorligi sirlarini o‘rgangan.1929 yil “Uchqun” xalq amaliy san’ati arteliga a’zo bo‘lib kirganidan keyin shogirdi Safo Bog‘bekov (1903- 1978) bilan birga ishlay boshlagan. Ustaning yaratgan har bir ishi o‘ziga xos, bo‘lib, ularga qalb harorati, mehri singdirilgan. Ota Polvonov 1972-yilda vafot etdi. Lekin uning shogirdlari uning hunarini davom ettirdi. Safo Boqibekov ustozining eng yaxshi an’analarini davom ettirib, ko‘plab yoshlarga o‘z hunari sirlarini o‘rgatdi.Uning o‘g‘li Hayitmat Boqibekov yigirmadan ortiq shogirdi bilan ajdodlarimizning bu bebaho san’atini avaylab asrashga munosib hissa qo‘shmoqda. Ular yaratgan ustunlar respublika poytaxtidagi Xotira va qadrlash hiyobonini bezab turibdi. Xivadagi Al Xorazmiy va qadrlash maydoni, Ma’mun akademiyasi binosi ayvonlaridagi o‘ymakori ustun va eshiklar ushbu joylarga o‘ziga xos milliy ruh bag‘ishlab turibdi. Hozirgi paytda Xivada yuzdan ortiq yog‘och o‘ymakori faoliyat ko‘rsatmoqda.Ular milliy amaliy san’at xazinasini boyitadigan asarlar yaratishmoqda. Xayitmat Bog‘bekov otasi Safo Bog‘ibekov va Xorazm yog‘och o‘ymakorligi bobokaloni Ota Polvonov an’analarini davom qildirib bunday katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Bular hammasi ustoz-shogir an’analarining bardavomligini va an’analarning o‘lmasligini ko‘rsatib turibdi.
Bugungi kunda mustaqil respublikamizda xalqimizning asrlar bo‘yi ijodiy mehnati natijasida yaratgan madaniy va ma’naviy boyligimiz, xususan, o‘zbek xalq amaliy bezak san’atining eng ko‘p rivojlangan turlari: naqqoshlik, ganchkorlik, yog‘och o‘ymakorligi, toshtaroshlik, suyak o‘ymakorligi, kandakorlik, pichoqchilik, zargarlik, kashtachilik, ustozlarning haqiqiy asl nomlari, o‘ziga xos maktablari, yaratgan uslublarini ko‘z qorachig‘iday saqlash, qadrlash, ulardan amaliy foydalanish, ular orqali yoshlar estetik didini o‘stirish hamda yuksak madaniyatli kishilar qilib tarbiyalashga keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Bulatov S.S. O‘zbekistan xalk amaliy bezak san’ati. -T: Mehnat, 1991
2. Bulatov S.S. Yoshlarga hunar o‘rgatishning milliy an’anaviy
asoslari. Metodik tavsiyasi. T:RUMM, 1993 yil.
3.Sultonov.A. “Xivalik yog‘och o‘ymakor Ota Polvonov”. “San’at” jurnali
4-son. 2009 yil.
4. Sattarov Shavkat, Xaitov Zufar, Yusubova Mahliyo GRAPHIC
RECOMMENDATIONS FOR THE ANALYSIS OF SIMPLE AND COMPLEX
GIRIX PATTERN COMPOSITIONS IN THE ART OF EMBROIDERY BY
GEOMETRIC PATTERNS // Universum: технические науки. 2021. №11-5 (92).
URL
https://cyberleninka.ru/article/n/graphic-recommendations-for-the-analysis-ofsimple-and-complex-girix-pattern-compositions-in-the-art-of-embroidery-bygeometric (дата обращения: 09.06.2023).
5. Jumanazarovich I. M. Unique Features Of Painting In The Professional Training Of Fine Art Teachers //Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching. – 2022. – Т. 9. – С. 73-75.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.