ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

O‘ZBEKISTON DINGA YANGICHA MUNOSABAT VA DINIY QADRIYATLARNING TIKLANISHI.

Аннотация

Barchamizga ma’lumki O‘zbekiston  Respublikasi Konstitutsiyasida din erkinligi kafolatlangan. Ushbu maqolada O‘zbekiston dinga yangicha  munosabat va diniy qadriyatlarning tiklanishi haqida so‘z yuritiladi.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

QADRIYATLARNING TIKLANISHI.

Abramatov Temur

O'zbekiston Milliy universiteti

2-kurs magistranti

Annotatsiya: Barchamizga ma’lumki O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida din erkinligi kafolatlangan. Ushbu maqolada O‘zbekiston dinga yangicha munosabat va diniy qadriyatlarning tiklanishi haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar: . O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasi, «O‘zbekiston xalqi», inson huquq va manfaatlari.

Mustaqillikning dastlabki yillaridan mamlakatimizni rivojlantirishning asosiy tamoyillaridan biri-bu xalqimizning ma’naviy merosini o‘rganishni kuchaytirishdan iborat ekanligi muntazam ta’kidlab kelinmoqda. Shu maqsadda diniy-ma’rifiy qadriyatlarimizni o‘rganish, asrash va himoya qilish, shu asosda yosh avlod qalbi va ongiga ezgu g‘oyalarni singdirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi.

Ko‘p millatli O’zbekiston turli millatga mansub aholining o‘ziga xos milliyma’naviy ehtiyojlarini qondirishga sharoit yaratish va millatlararo totuvlikni mustahkamlab borish ijtimoiy-ma’naviy tarakqiyotning muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Binobarin, dinga bo‘lgan munosabat borasida, boshqa dinlarga xurmat bilan qarash borasida o‘ziga xos tajriba orttirildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar”1 deb alohida belgilab qo‘yilganligi ham fuqarolarning vijdon erkinligi bo‘yicha haqhuquqlarini kafolatladi. Shuningdek, Konstitutsiyaning 31-moddada: “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi,”– deb ta’kidlandi2.

O’zbekistonda ma’naviy-diniy qadriyatlarni tiklash jarayoni istiqlol arafasida Respublikaning birinchi Prezidenti Islom Karimovning ijtimoiy-siyosiy sohadagi dadil 1 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси.– Т.: “Ўзбекистон”, 2016. 6-бет. 2Ўша жойда.9-бет. va shijoatli harakatlari bilan chambarchas bog‘liq. Shu davrda qadimiy Navro‘z bayrami, 1990-yildan Ramazon va Qurbon hayitlari qayta tiklangani, muqaddas haj ziyorati uchun yo‘llar ochilgani mustaqillik yillari milliy tiklanishning bir ko‘rinishi bo‘lib qoldi. Agar 1991-yilda hajga boruvchilar soni 1500 nafar kishini tashkil etgan bo‘lsa, keyinchalik 5000 nafar kishiga etdi3. Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Farmoniga ko‘ra “Ro‘za hayiti” (“Iyd al-Fitr”) va “Qurbon hayit” (“Iyd al-Adxo”) kunlari dam olish kuni deb belgilandi. SHuningdek, yurti-mizda “Pasxa”, “Rojdestvo”, “Purim”, “Xanuka” va boshqa diniy bayramlar ham keng nishonlandi. Bunday tadbirlarda bir din vakillarining boshqalarini bayram bilan tabriklashlari yaxshi an’anaga aylandi.

Muqaddas islom diniga bo‘lgan yuksak e’tiborning yana bir muhim omili qadimdan o‘lkada diniy qadriyatlar ulug‘langani, buyuk aziz-avliyolar, buyuk piri komillarga nisbatan hurmat-ehtirom ulkan darajaga ko‘tarilgani bilan bog‘liq. Aynan shunday munosabat tufayli Buxoro «sharif shahar», «qubbatul Islom» degan oliy e’tiroflarga sazovor bo‘lgan. Samarqand, Kesh, Nasaf, Termiz, Xiva, Marg‘ilon, Shosh kabi shaharlari haqli ravishda Islom dini va madaniyatining markazlari sifatida butun dunyoga dong taratgan. Islomiy ilm-ma’rifatni yuksak cho‘qqiga ko‘targan ulug‘ ajdodlarimizning maqbaralari muqaddas qadamjolarga aylanib ketdi.

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, milliy ma’naviyatni muqaddas Islom dini va uning asriy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan istiqlol arafasida va mustaqil taraqqiyot yillarida milliy ma’naviyat bilan birga, uning ajralmas qismi bo‘lgan muqaddas din va diniy qadriyatlarimizni tiklash, har tomonlama rivojlantirish masalasiga doimiy e’tibor berildi. “Islom dini – bu ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham imon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanini unutmaylik...-deya ta’kidlagan edi Islom Karimov. Biz o‘z millatimizni mana shu muqaddas dindan ayri holda tasavvur qila olmaymiz. Diniy qadriyatlar, Islomiy tushunchalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz o‘zligimizni yo‘qotamiz4“.

Avvalo 1991-yil 14-iyunda, xali sovet mafkurasi hukmron bo‘lib turgan bir paytda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilinganini 3Иброҳимов А. Динлараро бағрикенглик-муваффақиятларимиз гарови.-Тошкент.Сано-стандарт, 2013.-87 бет. 4 Ислом Каримов. Оллоҳ қалбимизда, юрагимизда: “Туркистон–пресс” ахборот агентлиги мухбирининг саволларига жавоблар.– Т.: “Ўзбекистон”, 1999.5–7-бет. ta’kidlash joiz. 1998-yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi Qonunda ham xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari o‘z aksini topdi. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan, hech bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi, davlat turli dinlarga e’tiqod qiluvchi va ularga e’tiqod qilmaydigan fuqarolar, har xil e’tiqodlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi, diniy va o‘zga mutaassiblikka hamda ekstremizmga, munosabatlarni qarama–qarshi qo‘yish va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan xattiharakatlarga yo‘l qo‘yilmaydi deb belgilandi5. Shuningdek, davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab-quvvatlashi, davlat diniy tashkilotlar zimmasiga o‘zining hech qanday vazifasini bajarishni yuklamasligi, diniy tashkilotlar esa amaldagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishlari shartligi alohida belgilandi6.

Ushbu qoidalar yurtimizda davlat va nodavlat tashkilotlari, turli jamoat uyushmalarining dinga bo‘lgan munosabatiga dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Shuningdek, Respublikada din va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish maqsadida 1992-yil mart oyida maxsus tashkilot – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tuzildi. 2014-yil holatiga ko‘ra esa O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 16 ta konfessiyaga mansub 2222 ta diniy tashkilot hamda O‘zbekiston Bibliya kitob jamiyati ro‘yxatdan o‘tgan. Shundan 2049 tasi Islom dini va qolgan 174 tasi boshqa diniy konfessiyalarga qarashli tashkilotlardir7. Bular qatorida O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyati, Toshkent Islom instituti kabilar ham bor8.

Yurtimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng qayta tiklangan an’analarni izchil davom ettirish maqsadida o‘tgan yillar mobaynida ulug‘ avliyo va alloma bobolarimizning diniy va ilmiy merosini tiklash, keng targ‘ib etish, ularning tavallud sanalarini xalqaro miqyosda nishonlash, qadamjolarini har tomonlama obod qilish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Jumladan 1993-yilning sentyabr oyida 5“Виждон эркинлиги ва диний ташкилотлар тўғрисида"ги Қонун. – Т.: Ўзбекистон, 1998. 6“Виждон эркинлиги ва диний ташкилотлар тўғрисида"ги Қонун. – Т.: Ўзбекистон, 1998. 7Ўзбекистон Республикасида диний ташкилотларнинг рўйҳатга олиниши ҳақида маълумотнома. 8Иброҳимов А. Динлараро бағрикенглик-муваффақиятларимиз гарови.-Тошкент.Сано-стандарт, 2013.-87 бет. Bahouddin Naqshbandning 675 yilligi, 1994-yilning noyabr oyida Xo‘ja Ahror Valiyning 590 yilligi, 1995-yilning noyabr oyida Zamaxshariyning 920 yilligi va Najmiddin Kubroning 850 yilligi, 1998-yilning oktyabr oyida Imom Buxoriyning 1225 yilligi, 2000-yilda Imom Moturidiyning 1130 yilligi, 2003-yil noyabrida Abduxoliq G‘ijduvonining 900 yilligi, 2004 yil dekabrida Xoja Ahror Valiyning 600 yilligi keng miqyosda nishonlandi.

Shuningdek, 1995-yilda “Bir samo ostida" xalqaro xristian-musulmon konferensiyasi, 1996-yilning noyabr oyida Rus Pravoslav cherkovi Toshkent va O‘rta Osiyo Eparxiyasining 125 yilligi, 1996-yilning dekabr oyida Markaziy Osiyodagi yagona Evangel-lyuteranlar jamoasining 100 yilligi, 2000 yilda YUNESKO “Jahon dinlari: tinchlik madaniyati yo‘lida” xalqaro konferensiya, 2002-yilda Rim-katolik cherkovining Markaziy Osiyoda joylashishining 100 yilligi va boshqa tadbirlar o‘tkazildi.Bu tadbirlarning natijasi o‘laroq 2007-yili Xalqaro Islom Hamkorligi Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha tuzilmasi (AYSESKO) tomonidan Toshkent shahri “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilindi. Xalqaro hamjamiyat tomonidan poytaxtimizga berilgan bu g‘oyatda faxrli maqom o‘zbek xalqining Islom madaniyati rivojiga qo‘shgan beqiyos xissasi va aynan shu yo‘nalishda mamlakatimizda istiqlol yillarida amalga oshirilgan ulkan o‘zgarishlar e’tirof etilganligining yana bir tasdig‘idir. Shu munosabat bilan Toshkent shahrida va mamlakatimizning boshqa hududlarida bo‘lib o‘tgan katta xalqaro diniy-madaniy tadbirlar ham el-yurtimizning diniy qadriyatlari tarixida o‘chmas iz qoldirgan voqealar bo‘ldi. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, dinning asl ijtimoiy mohiyati, uning jamiyat hayotida tutgan o‘rni hamda vazifalarini teran anglagan inson xech qachon soxta g‘oyalar va aldovlar ta’siriga tushib qolmaydi. Shu ma’noda, respublikamiz rahbariyati tomonidan ishlab chiqilgan va amalga oshirayotgan din va konfessiyalararo munosabatlar xaqidagi siyosatning asl mohiyatini,hamda mustaqillik yillarida bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ulkan va xayrli ishlarning ko‘lamini chuqur bilish va teran anglash davr talabidir.

Jahon keng, dunyoda mamlakat ko‘p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz, O‘zbekistonimiz yakka-yu yagonadir. O‘zbekiston deb atalmish yurtning yagonaligi uning betakror tabiati, boy tarixi, mehnatkash insonlari bilan bir qatorda bu zaminda turli millat va elat vakillarining yagona oila farzandlaridek yashashlarida namoyon bo‘lmoqda. Bunday ahillik, do‘stlik va hamkorlik o‘zining chuqur tarixiy ildizlariga va asosiga ham ega. O’zbekistonda barcha millat vakillari hamkor, hamjihat bo‘lib, ulug‘ va mushtarak g‘oyalar yo‘lida harakat qilishlariga har tomonlama imkoniyatlar yaratib berilgan. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan davridan boshlab milliy ongda xaklarning urf-odati, diniy e’tiqodga bo‘lgan munosabat ijobiy tomonga o‘zgarib, vijdon erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda 136 millat, elat, xalq va etnik guruhlarning vakillari yashaydi. Ularning har biri o‘z milliy madaniy urf-odatlari, an’analari, tiliga,diniga, konstitutsiyaviy huquqiy tenglikka ega. Bu asoslar mamlakatimiz Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan.

Xususan, uning 18-moddasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdir»10, - degan qoida ana shu bag‘rikenglikning zamonaviy siyosiy-huquqiy ifodasidir.

Mazkur qoidada milliy hayotga, fuqarolarning milliy his-tuyg‘ulariga daxldor muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator tamoyillar belgilab qo‘yilgan.

Birinchidan, fuqarolarning milliy mansubliklaridan qat’iy nazar qonun oldida tengligi mustahkamlangan.

Ikkinchidan, fuqarolarning diniy e’tiqodidan qat’iy nazar bir xil huquq va erkinliklarga egaligi ta’kidlangan. Diniy qadriyatlar, millat ma’naviyatining ajralmas qismi ekanini inobatga oladigan bo‘lsak, mazkur qoidaning amaliy ahamiyati oydinlashadi.

Uchinchidan, fuqarolarning irqiy tengligi qayd etilgan. Irqchilikdan g‘ayriinsoniy mafkura va amaliyotning tariximizda umuman kuzatilmaganini alohida qayd etish lozim. Ammo ayrim mintaqalarda tajovvuzkor millatchilik g‘oyalari bilan qurollangan ayrim guruhlar diniy aqidaparastlik va irqchilik qarashlaridan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishga urinayotganini ham unutmaslik zarur. Demak, muayyan hollarda ular uyushgan shaklda ham chiqishi mumkin. Islom dinini siyosatga aylantirayotgan, yovuzlik va terrorchilik mafkurasini yaratayotgan ko‘plab radikal va ekstremistik markazlarning, birinchi navbatda, yoshlar ongini zaharlab, ulardan terrorchilar tayyorlash bo‘yicha konveyer tashkil etayotgan, xalifalik tuzishdek turli xomxayollarni amalga oshirishga urinayotgan qabih kuchlarning ildizini qirqib tashlash kerak9. 10 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Т.: Ўзбекистон, 2010. -7б. 9 Каримов И.А. Бизнинг бош мақсадимиз - жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислоќ этишдир. -Т.: Ўзбекистон, 2005. 64-65-бетлар.

Axborot globallashuvi ko‘zatilayotgan bugungi kunda turli g‘oyalar hech qanday chegaralarni tan olmay kirib kelishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, ushbu tamoyilning ahamiyati yanada yaqqol namoyon bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi mustakillikka erishganining dastlabki kunlaridanoq o‘z xududida yashayotgan millat va elatlarning maqsadlar va intilishlarini hisobga olib, ularning urf-odatlarinini hurmat kilib, ularni huquqlarini ximoya kilish maqsadida mamlakatimiz xududida yashayotgan barcha millat va elatlarni huquq va erkinliklari ximoya kilish barobarida, ularning burch va majburiyatlarini ham qonun bilan qat’iy belgilab kuydi. Mamlakatimizning asosiy qonuni bo‘lgan Konstitutsiyamizning 8- moddasida «O‘zbekiston xalqini, millatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi»10, deb aniq belgilab qo‘yilgan. «O‘zbekiston xalqi» tushunchasi mamlakatimizda yashab, yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlik uchun ma’naviy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Ko‘p millatli davlatda tinchlik va barkaror taraqqiyotning taminlashning birdan bir yo‘li milliy masalani demokratik asosda xal qilinishi bo‘lib kelmoqda. Bu xol tabiiy ravishda barcha millatlarni ijtimoiy-iktisodiy, siyosiy hayotning barcha soxalarida tengligini ta’minlashda Amaliy kafolot yaratishni talab etadi. Shu boisdan konstitutsiyaviy qonunning ijtimoiy hayotda quyidagi jixatlariga e’tibor qaratish lozim:

-milliy-diniy, til yoki boshqa asosdagi har qanday kamsitishlarga barham berish, milliy-irqiy, diniy-ma’naviy imtiyozlarga yul kuymaslik;

-davlat tili Bilan bog‘liq masalada tollerantlik tamoyili asosida o‘zga xalqlarning tillarida ish yuritish, ta’lim va ijod qilish imkoniyatlarini yaratish;

-davlatning dunyoviy harakterda konstitutsiya va qonunlarning ustivorligi asosida demokratik boshqaruvga erishish, millatlarning huquqlarini hurmat qilish kabilardir.

Xuddi shu masala Konstitutsiyamizda o‘z aksini topgan. «O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urfodatlari va an’analarini hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi»11, deb ta’kidlangan. Bu borada hayotimizda ko‘plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tariximizning eng murakkab, og‘ir davrlarida ham ular o‘rtasida diniy 10 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. -Т.: “Ўзбекистон”, 2010-5-б 11 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. -Т.: “Ўзбекистон”, 2010-4-б negizda mojarolar bo‘lmagani xalqimizning milliy ongida diniy e’tiqodlarga nisbatan tolerantlik, ya’ni dinlararo bag‘rikenglik vujudga kelishiga ob’ektiv sabab bo‘ladi. Hozirgi kunda Respublikamizda o‘ndan ortiq konfessiyaga mansub diniy tashqilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Mamlakat hayotida, uni boshqarishda barcha xalqlarning teng huquqliligi kabi yo‘nalishlarda ularning faol ishtirok etishi uchun hamma shart-sharoit yaratilgan. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining Kontitutsiyasi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonuni bag‘rikenglikning keng ma’nodagi ifodasidir. Ana shu xujjatlar asosida O’zbekistonda barcha dinlar vakillari hamkor, hamjihat bo‘lib, ulug‘ va mushtarak g‘oyalar yo‘lida harakat qilishlariga har tomonlama imkoniyatlar yaratib berilgan. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan davridan boshlab milliy ongda diniy e’tiqodga bo‘lgan munosabat ijobiy tomonga o‘zgarib, vijdon erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.

Binobarin, davlatimizning xalqimiz ongida milliy va diniy iymon-e’tiqodni yanada rivojlantirishdagi, din sohasidagi maqsad va vazifalari, birinchi navbatda, tolerantlik bilan bog‘liq bo‘lgan Vatan mustaqilligini mustahkamlash, ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga yordam berishga qaratilgan faoliyatda ifodalanadi. Bu faoliyat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ”Vijdon erkinligi va diniy tashqilotlar to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va hukumat qarorlariga binoan amalga oshirilmoqda. Davlat tashqilotlari, jamoat birlashmalari kabi rasmiy diniy tashqilotlarning ham konstitutsiyaviy huquqlari ularning ichki, ya’ni bevosita ibodat bilan bog‘liq ishlariga aralashmagan holda ta’minlanishi dinlararo bag‘rikenglikni ifodalab boradi. Siyosiy tus olishi mumkin bo‘lgan hamda fuqarolar xavfsizligiga putur etkazadigan ekstremistik va fundamentalistik oqimlar paydo bo‘lgan taqdirda, ularni nazorat ostiga olib, tegishli choralar ko‘rilganligi xalqaro, millatlararo, shaxslararo tolerantlikni ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasida: “... ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va ..fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas,12- deyilgan. Shunga asosan, har bir diniy konfessiya o‘z mafkurasiga ega bo‘lishi mumkin. Lekin bu mafkurani xalqqa tazyiq bilan singdirishga yo‘l qo‘ymaslik diniy iymon-e’tiqodga xos tolerantlik vujudga kelishining ob’ektiv sabablardan biridir. Chunki jamiyatimizda diniy tashkilotlar faoliyati xalqimizda milliy g‘urur va iftixor, vatanparvarlik va fidokorlikni qaror toptirishga, komil insonni shakllantirishga 12 Ўзбекитсон Республикаси Конституцияси. Т.: “Ўзбекистон”, 2010-5-бет. qaratilgan13. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, ko‘p konfessiyali jamiyatda turli din vakillarining o‘zaro do‘stlik va hamkorlikda, ahillikda yashashi hamda bunyodkorlik ishlarida davlat bilan hamkorlik qilishi barqaror taraqqiyotni ta’minlaydigan asosiy omillardan hisoblanadi. Qolaversa, “inson e’tiqodsiz, iymonsiz yashay olmaydi. Chunki komil va sobit e’tiqod jamiyat ma’naviy qiyofasini belgilaydi.”14 Insonlar ongida aynan ana shunday diniy e’tiqodga milliy munosabat shakllanishi masalasi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida quyidagicha ifodalanadi: ”Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”15. Bunday qoida orqali dunyoviy davlatning dinga nisbatan siyosati o‘z ifodasini topadi.

Birinchidan, davlat vijdon erkinligini kafolatlash orqali dinga qarshi siyosat olib bormaslikni e’tirof etadi.

Ikkinchidan, e’tiqod qilish yoki qilmaslik inson huquqlarining ajralmas qismi sifatida tan olinadi.

Uchinchidan, yuqoridagi tamoyillardan kelib chiqqan holda va jamiyatda e’tiqodiy muvozanatni ta’minlash maqsadida davlat diniy qarashlarning majburan singdirilishiga yo‘l qo‘ymaydi bu dinning davlat ishlariga aralashmasligidir.

Demak, har qanday din ma’naviy-axloqiy jihatni o‘z ichiga olar ekan, milliy ongda diniy iymon-e’tiqodga nisbatan tolerantlikning vujudga kelishini ta’minlaydi. Bu esa, diniy tolerantlikning yuzaga kelishida ijobiy tolerantlik yo‘nalishlarining birovlarni xohish-istagi bilan emas, balki jamiyat taraqqiyotining qonuniyati orqali ifodalanishidir. Bu davlatning dinga nisbatan mutlaq befarqligini yoki dinning ma’naviy hayotdan butunlay ajratib qo‘yilganligini anglatmasdan, balki davlat va diniy tashqilotlar jamiyatda hamjihatlik, tinchlik, bag‘rikenglikni ta’minlashga o‘z vakolatlari va imkoniyatlari darajasida hissa qo‘shishlarini mumkinligini ta’kidlaydi. Davlatimizning asosiy qonuni hisoblangan Konstitutsiyamizda yuqoridagi kabi moddalarning mamlakatimizda yashayotgan xalqlar, millatlar manfaatlarini ximoya qilish, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglikka, vijdon erkinligi kabi masalalarga bagishlanganligini kurib o‘tdik. Lekin bu degani konstitutsiyamizning 13 Миллий истиқлол ғояси : асосий тушунча ва тамойиллар.-Т.: “Ўзбекистон”, 2000.-43-47-59-бетлар. 14 Каримов И.А. Янгича фикрлаш ва ишлаш –давр талаби. 5-том.-Т.: “Ўзбекистон”,1997.-223-б 15 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. -Т.: “Ўзбекистон”, 2010-9-б faqat shu moddalarigina millatlar manfaatlariga ularni huquq va erkinliklariga bagishlanadi deb qarash mutlaqo noto‘g‘ri bo‘ladi. Chunki Konstitutsiyamizning hamma moddalari tub mohiyati bilan mamlakatimizda yashovchi barcha xalqlar manfaatlarini ifoda etadi.

Bugungi kunda mustaqil O’zbekiston o‘z oldiga har tamonlama yetuk, yuksak e’tiqodli yosh avlodni voyaga etkazishni, yoshlarimizni vatanparvarlik, fidokorlik, xalqqa sodiqlik kabi ulug‘ tuyg‘u asosida tarbiyalashda konstitutsiyamizda belgilangan tamoyillar, buyuk mutafakkirlarimiz hayoti, ijodi, bebaho asarlarini o‘rganish, mavjud boy diniy, milliy ma’naviy merosni tadqiq va targ‘ib etish, undan istiqlolni mustahkamlash yo‘lida foydalanish kabi umummilliy vazifani bajarish asosiy masala hisoblanadi. Yana shuni ham ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ko‘rsatilgani kabi, hech qanday din o‘zida xalqning ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatlarining barchasini qamrab olishga da’vogarlik qilmaydi. Aks holda u din bo‘lmay qoladi. Xuddi shu asosda O’zbekiston Respublikasi qonunlarida diniy-siyosiy asosda partiya tuzish taqiqlangan»16. O’zbekiston Davlatining dunyoviylik, diniy tolerantlik, barcha dinlarga bir xilda munosabat, jamiyat taraqqiyotida dinlararo hamkorlik qilish siyosati ana shu tamoyillar (g‘oyalar) asosiga qurilgan bo‘lib, O’zbekistonda yashovchi har bir fuqaroning milliy ongida diniy e’tiqodga nisbatan tolerantlikning vujudga kelishi uchun ob’ektiv sabablardan eng asosiysi bo‘lib xizmat qiladi. Konstitutsiyamiz barcha millat va elatlarni maqsad va intilishlari, orzu istaklarini, huquq va erkinliklarning hisobga oluvchi, ularning manfaatlarini tom ma’nodagi kafolati bo‘lib xizmat kiladi.

Zero O’zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga asoslangan demokratik huquqiy davlat va fukarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning o‘ziga xos yo‘lini tanlab olgandi. Bu yil demokratik inson huquq va manfaatlarini oliy qadriyat sifatida taminlash yilidir17.

Darxaqiqat, milliy mafkura respublikada istikomat qilgan barcha millat vakillarini uyushtirib, millatlararo totuvlik, balki diniy konfessiyalar orasida ham bag‘rikenglik, sabr-toqat g‘oyalarini mustaxkamlashga ko‘mak beradi. Turli dinga mansub kishilarni milliy davlatchilikni shakllanishi, milliy maqsad va vazifalarni bajarishda faol ishtirok etishga chaqiradi. Millatlararo kelib chiqadigan nizolar va 16 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Т.: “Ўзбекистон”,-2010-12-б 17 Каримов И.А. Инсон манфаатлари-олий қадрият, Халк сўзи,-2005-7-декабр mojarolarni oldini olish Bilan milliy siyosatni o‘sishiga davlatda tinchlik o‘rnatilishiga ijtimoiy shart-sharoitlarni hozirlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati

I. O’zbekiston Respublikasi prezident asarlari I.1. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 2017. I.2. Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 2017. I.3. Мирзиёев Ш.М. Инсонпарварлик, эзгулик ва бунёдкорлик – миллий ғоямизнинг пойдеворидир. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 2021. I.4. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O’zbekiston Taraqqiyot strategiyasi. – T: “O‘zbekiston ”, 2022. I.5. Каримов И.A Оллоҳ қалбимизда, юрагимизда: “Туркистон–пресс” ахборот агентлиги мухбирининг саволларига жавоблар.– Т.: “Ўзбекистон”, 1999. I.6. Каримов И.А. Бизнинг бош мақсадимиз - жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислоќ этишдир. -Т.: “Ўзбекистон”, 2005. I.7. Karimov I.A. “O’zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”. –T .: “O‘zbekiston”, 1997.

II. Normativ-huquqiy hujjatlar II.1. Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси.– Т.: “Ўзбекистон”, 2016. II.2. “Виждон эркинлиги ва диний ташкилотлар тўғрисида"ги Қонун. – Т.: Ўзбекистон, 1998. II.3. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ 4947- сонли “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантиришнинг Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги Фармони.

Internet materiallari 1. www.lex.uz 2. www.oliymahad.uz 3. www.arxiv.uz 4. www.google.uz 5. www.wikipediya.uz 6. www.hozir.org 7. www.fayllar.uz 8. www.aim.uz

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.