VA UNING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Ergasheva Durdona, Ikramova Mehribon
Tashkent University of Applied Sciences, Gavhar Str. 1, Tashkent 100149,
Uzbekistan
(Durdona1481, ikramovamehribonu) @gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada O’zbekiston iqtisodiyotida innovatsion tizimining muhim ahamiyat kasb etishi, innovatsion jarayonlarning shakllanishi va uning o’ziga xos xususiyatlari, innovatsion tizim sohalari va turlari haqida atroflicha yoritilgan.
Asosiy tushuncha va iboralar: innovatsiya, innovatsiya siyasati, innovatsiya turlari, investitsion faoliyat, infratuzilma, fan-texnika, texnoparklar, innavatsion muhit.
Hozirgi vaqtda O’zbekiston iqtisodiyotida katta strategik o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ishsizlikni kamaytirish, aholi turmush darajasini yaxshilash, innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy ishlab chiqarishni rivojlantirish, mehnat unumdorligini oshirish va inson kapitalidan oqilona foydalanish eng dolzarb masalalardir. Ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish sohasi va uning asosida innovatsion ishlanmalar va texnologiyalar maqsadlarga erishishda muhim omil bo’ladi. Innovatsion rivojlanish yo’liga o’tish globallashuv sharoitida va ichki va tashqi bozorda doimiy ravishda o’sib borayotgan raqobat sharoitida O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy rivojlanishining muhim yo’nalishlaridan biri bo’lib, ushbu o’tish nafaqat iqtisodiyotni rivojlantirish, balki undan ham ustun turgan muammolarni hal qilish zarurlign ko’rsatadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “innovatsion dasturni shakllantirish, innovatsiyalar va investitsiyalardan samarali foydalanadigan yangi avlod kadrlarini tayyorlash va mulkdorlar sinfining rivojlanishini qo’llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Buning uchun O’zbekistonni chuqur texnologik rivojlantirish va ichki bozorni modernizatsiya qilish dasturi zarur”1. 1Ш.М.Мирзиёев. Послание Президента Республики Узбекистан ОлийМажлису. 22 декабря 2017 года. Источник:
Shu bilan birga, O’zbekistonning o’rta muddatli istiqbolga mo’ljallangan innovatsion siyosati O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil fevral oyida qabul qilingan va 2017-2021-yillarga mo’ljallangan "O’zbekiston Respublikasini iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi to’g’risida"gi dasturiy Farmonida o’z aksini topdi. Iqtisodiyotning innovatsion tarkibiy qismini rivojlantirish sohasidagi ushbu hujjat ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rag’batlantirishni, ilmiy va innovatsion yutuqlarni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratishni, ixtisoslashtirilgan ilmiy laboratoriyalarni, yuqori texnologiyalar markazlarini, oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlarida texnoparklarni yaratishni nazarda tutadi2.
Mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash maqsadida iqtisodiyotning innovatsion rivojlantirish tizimiga o’tish jarayoni amalga oshirilmoqda ekan, demakki,bunday rivojlantirish tizimi milliy iqtisodiyotimizga ijobiy ta’sir qilishi, rivojlantirishi, innovatsion g’oyalar, infratuzilmalar, innovatsion klimat yaratishi, ilmiy tadqiqot ishlarida va fan-texnologiyaga asoslangan sohalarda ham o’z o’rnida qo’llanilishi kerak.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, mamlakatning bosqichma-bosqich rivojlanishi va uning tashqi bozordagi raqobatbardoshligi rivojlangan milliy innovatsion tizimning mavjudligi asosida ta’minlanadi. Milliy innovatsion tizim tarkibiy elementlarini shakllantirish va o’zaro aloqadorligini ta’minlash davlat innovatsiya siyosatining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Barcha mamlakatlar shu jumladan, O’zbekiston uchun ham eng dolzarb iqtisodiy nazariyalaridan biri hisoblangan innovatsion iqtisodiy nazariya hozirda o’zining shakllanish bosqichida bo’lib, zamonaviy innovatsion nazariyaning mazmunini bir tizimga keltirish dolzarb muammolardan biri bo’lib turmoqda.
Albatta, milliy innovatsion tizimni yaratishni boshlashdan oldin, innovatsiya manbalarini aniqlash kerak. Shunga asoslanib, har bir mamlakat o’zining innovatsion strategiyasini shakllantiradi. Jahon nazariyasi va amaliyotida innovatsiyalar manbalarini quyidagi ikkita asosiy turga bo’lish mumkin:
1. Mavjud texnologiyalar va bilimlarni chet eldan olib kirish, ularni mahalliy sharoitlarga va milliy iqtisodiyotning xususiyatlarini hisobga olgan holda foydalanishga moslashtirish. 2Указ Президента Республики Узбекистан «О Стратегии действий по дальнейшему развитию Республики Узбекистан» № УП-4947 от 7 февраля 2017 года
2. Nafaqat milliy tizim uchun, balki global darajada yangi bilim va texnologiyalarni yaratish.
Bu ikkita vazifa innovotsion tizimga o’tish uchun sharoit yaratib beradi.
O’zbekiston iqtisodiyotini innovatsion rivojlanish yo’liga o’tkazish jahon iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyalari, uzoq muddatli istiqbolda milliy innovatsiya tizimining barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan omillarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Innovatsion rivojlanish iqtisodiyotning ustuvor sohalarini samarali modernizatsiyalash, ilmiy-texnika sohasi faolligi va tizimliligini oshirishda davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash siyosatining ustuvorligi ta’minlanadi.
Hozirgi vaqtda jahon iqtisodiyotida rivojlangan va rivojlanib kelayotgan mamlakatlar ilmiy-innovatsiyalar yo’lidan borayotgan bir davrda O’zbekiston ham jahon ilmiy-texnikaviy rivojlanish darajasiga ko’tarilish uchun iqtisodiyotni modernizatsiyalashning innovatsion yo’liga qisqa muddatlarda o’tib olishga intilmoqda. Buning uchun milliy innovatsion tizimni shakllantirish doirasida fantexnika kompleksini bozor sharoitlariga moslashtirib, ilm-fan, texnologiya va texnikani rivojlantirishning aniq yo’nalishlarini belgilab olishni, fundamental fanlarni, eng muhim amaliy tadqiqotlar va ishlanmalarni rivojlantirishni, shuningdek, intellektual mulkni huquqiy himoya qilishni va undan samarali foydalanishni o’z oldiga maqsad qilib olgan.
Shunday qilib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan Innovatsion rivojlanish vazirligi yagona innovatsion va innovatsion infratuzilma bo’yicha vakolatli organ sifatida tashkil etilishi, iqtisodiy rivojlanishning milliy modelini ishlab chiqishda kuchli turtki bo’ldi3.
MITlar shakllanayotgan boshlang’ich davrda umumiy innovatsion strategiyani rivojlantirishda davlat alohida o’rin tutadi. Keyinchalik esa ko’pgina sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlardagi kabi bu sohada biznes yetakchilik qilib boradi.
Davlatning roli - fundamental bilimlarni (universitetlarda) va yuqori texnologiyalar majmuini ishlab chiqarishda ko’maklashish hamda infratuzilma va innovatsion faoliyat yuritish uchun sog’lom, institutsional muhit yaratishdadir. Ushbu umumiy model doirasida MITning milliy xususiyatlari shakllanadi. Tadbirkorlik muhiti MITlarining faol faoliyat ko’rsatishida o’z ta’sirini ko’rsatadi. Rivojlangan 3O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 noyabrdagi PQ-3416-sonli “O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida” gi qarori. mamlakatlarda innovatsion jarayonlarning tahlili shuni ko’rsatadiki, yirik biznes ko’proq innovatsion faollikni namoyon etmoqda4.
Darhaqiqat MITlarni shakllantirishda eng muhim o’rin davlatga tegishlidir. Chunki davlat MITlarni faoliyat ko’rsatish tartib qoidalarini belgilab beradi, ularni kerakli resurslar bilan ta’minlaydi hamda moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlaydi. MITlarning faoliyat ko’rsatishida innovatsion faoliyatni axborot- texnologiyalar bilan ta’minlash, har qanday sohadaelektron muhit yaratish, ilmiy texnik axborot tizimi, internet tarmoqlaridan keng foydalanishmuhim ahamiyatga ega.O’zining MITini yaratayotgan harbir mamlakat shu bilan birga O’zbekiston uchun ham bir qancha hal etilishi kerak bo’lgan asosiy muammolar va ular orqali kelib chiqadigan vazifalar mavjud.
Shulardan eng birinchi va eng zaruri moliyaviy sarmoyadir. Bu jihat iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini yangilash maqsadida kerakli moliyaviy resurslarni yig’ish va yirik innovatsion loyihalarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. Bunda sarmoya yirik investitsiya kiritish orqali amalga oshirilsa, ham mablag’, ham texnologiyaga erishiladi.
Shuni ham inobatga olishimiz kerakki innovatsion faoliyatni rivojlantirishning eng muhim yo’nalishi milliy, mintaqaviy va tarmoq innovatsion jarayonlarini qamrab olgan innovatsion axborot ta’minot tizimi yaratilishidir.
Mamlakatda innovatsion faoliyatga, ayniqsa, texnologiyalarni tijoratlashtirish va transfer qilishga xizmat qiladigan yagona axborot tizimi hozirgacha tashkil etilmaganligi ham MIT yaratish yo’lidagi vazifalardan hisoblanadi. Texnologiyalarni tijoratlashtirish va ko’chirish jarayonining axborot ta’minoti innovatsiya faoliyatini jadallashtirishda muhim rol o’ynaydi. Axborot innovatsiion muhit sub’ektlarining texnologiyani idrok etish qobiliyatini oshirishga ko’maklashadi, bu muhitning uzluksiz ishlashini ta’minlaydi, ITTKI orqali fundamental tadqiqotlardan tijorat texnologiyalariga o’tishdainnovatsiya jarayonidagi mavjud uzilishlarga barham beradi, innovatsion jarayon qatnashchilarini birlashtirishga ko’maklashadi.5 4Акрамов А.У., Джайдакбаев М. Т. Миллий инновацион тизимлар ва илмий-технологик ривожланишнинг жаҳон тенденцияси. Iqtisodiyot va ta’lim jurnali 2017/ 52bet 5 Ёзиев.Г.Л. Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликнинг мамлакат иктисодий ривожидаги салохиятини оширишнинг асосий йуналишлари: Phd. Diss.-T.,2019.-132
MIT to’g’risida ko’plab izlanishlar olib borgan hamyurt olimimiz O.Sattorqulov “Biz shuni yaxshi bilishimiz kerakki, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilmasdan, mahsulotimizni tashqi bozorga chiqarish va sotish, valyuta tushumini ta’minlash, yangi yuqori texnologiyali ishlab chiqarish va ish o’rinlarini yaratish, pirovardida maqsadlarga erishish uchun eksport dasturini yaratish haqida gapirish mumkin emas. Birinchidan, jahon bozorida yuqori raqobatbardoshlikka ega bo’lgan va kelgusida iqtisodiy o’sishning, iqtisodiyotni yanada modernizatsiya qilish va diversifikatsiya qilishning lokomotiviga aylanishi mumkin bo’lgan va ishlab chiqarilayotgan tarmoqlarning jadal rivojlanishi va maqsadli qo’llab-quvvatlanishini ta’minlash zarur.”6 degan fikrlarni bildirganlar
Milliy innovatsion tizim kontseptsiyasini ishlab chiqish va undan foydalanish mamlakat iqtisodiyotida innovatsion jarayon evolyutsiyasiga tizimli yondashuvni qo’llash imkonini beradi. Ehtimol, MITni yaratishning asosiy afzalliklaridan biri bu "yangi" iqtisodiyot uchun bilim va innovatsiyalarning hal qiluvchi ahamiyatini tan olish, yangi bilimlarni yaratish, tarqatish va ishlatish jarayoniga barcha yangi elementlarni jalb qilish, uning ishtirokchilarini kengaytirish, shuningdek milliy iqtisodiyotni jahon iqtisodiyotiga jalb qilish. uning yo’nalishlari. Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotni sxematik ravishda to’rt ustunga asoslangan tizim sifatida ko’rsatish mumkin: innovatsion tizim, axborot jamiyati, uzluksiz ta’lim va davlat innovatsion siyosati. Shubhasiz, milliy innovatsion tizimni yaratishni boshlashdan oldin, innovatsiya manbalarini aniqlash kerak.
Ichki bozorda ilg’or texnologiyalar va yangiliklarga to’lov qobiliyatining ancha pastligi, ilm-fanning amaliyotdan ancha uzoqlashib qolgani tufayli(chunki hozirgi paytda ko’pchilik ilmiy ishlar innovatsiyalar yaratish uchun emas, balki yuqori mansablarga erishish maqsadida amalga oshirilayotgani, malakaviy imtihonlar ho’ja ko’rsinga topshirilayotgani, bir qancha ilmiy ishlar esa boshqalar tomonidan yozib berilayotgani hech kimga sir emas)iqtisodiyot real sektorining ilmiy tehnik faoliyat natijalariga talabi pastligi va respublikada innovatsion mahsuotlar to’laqonli bozorining mavjud emasligini ham ko’rsatib o’tishimiz kerak7. 6 Сатторкулов, О. Т. Развитие национальной инновационной системы и её особенности / О. Т. Сатторкулов, Б. Б. Тошбоев. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2016. — № 11 (115). — С. 959-962. — URL: 7Ayupov R.X., Boltaboyeva G.R. O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish muammolari va yechimlari.T:TMI, 2013, 142 bet
Haqiqatdan ham ko’pgina ta’lim tashkilotlari, oliy o’quv yurtlari iqtisodiyot rivojlanishi uchun kerakli ilmiy ishlar olib bormayapti, olib borilayotgan taqdirda ham amaliyotga tadbiq qilinmayapti. Anchagina amaliylashtirsa bo’ladigan innovatsion tadqiqotlar va loyihalar, ilmiy ishlar qog’ozda qolib ketmoqda. Oliy o’quv yurtlari va tashkilotlar o’rtasida aloqalar yo’qligi yoki sustligi sababli deb qarasak bo’ladi. Natijada rivojlanishning innovatsion tizimga o’tishi qiyinlashmoqda.
2002 yildan boshlab respublikamizda ilmiy muassasalarni moliyalashtirish uchun byudjet mablag’lari ilmiy jamoaning grant shartnomasi asosida yoki muayyan tadqiqot topshirig’i uchun tanlov natijasida tuzilgan tegishli byudjet tuzilishi bilan ajratiladigan tartib joriy etildi. 2004 va 2014 yillarda davlat ilmiy-texnik dasturlari sohalarida davlat investitsiyalarini taqsimlash tuzilmasining qiyosiy tahlili ularning asosiy ulushi amaliy tadqiqotlar ulushiga to’g’ri kelishini ko’rsatdi: ular 2004 yildagi umumiy moliyaviy qo’llab-quvvatlashning 68 foizini, 2014 yilda 58 foizni tashkil etdi.
Yana bir jihatga ahamiyat berishimiz kerak, mamlakatmizda ilmiy tadqiqot ishlarining hamda ta’lim harajatlari YaIMga nisbatan % ko’rsatgichlari boshqa rivojlanayotgan, innovatsion tizimga o’tayotgan davlatlarga nisbatan juda past. (3.1.1- rasm),(3.1.2-rasm).
(3.1.1-rasm). O’zbekiston - Ilmiy tadqiqot ishlari xarajatlari, YaIMga nisbatan % da.
Bu tahlilda ilmiy tadqiqot ishlariga ajratilgan harajatlarni yildan yilga kamayib borayotganini ko’rishimiz mumkin. 2002-yil bilan 2018-yillar solishtirganda bu
ОсновнойОсновнойОсновной
ОсновнойОсновнойОсновной
ОсновнойОсновнойОсновнойОсновнойОсновнойОсновной
ОсновнойОсновнойОсновнойОсновной
O'zbekiston - ITI xarajatlari, YaIMga nisbatan % da harajatlar YaIMga nisbatan 2 barobar tushgan. Shu yillar mobaynida ITI harajatlari 0.2% dan tushib brogan va buning natijasida Ilmiy tadqiqot ishlari susaygan. Innovatsion faoliyatni olib borishda ilmiy taqiqot ishlariga ham e’tiborni ham mablag’ni kuchaytirish lozim.
(3.1.2- rasm ) O’zbekistonda ta’lim xarajatlari - YaIMga nisbatan % da
O’zbekiston ta’lim uchun ajratgan harajatlarni tahlil qilganda 2011-yda 7.63%, 2015-yil 7.29%, 2017-ilda esa 6.35% gacha pastlaganini sezish mumkin. Milliy innovatsion tizimni yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy xodimlar bilan ta’minlash ham innovatsion taraqqiyot uchun mamlakatni oldiga qo’ygan vazifalaridan biri bo’lishi kerak. Muammo shundaki malakali kadrlar yetishmasligi, bor kadrlarning ham chetga chiqib ketishi mamlakat rivojiga, uning ilmiy, innovatsion faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Rivojlangan ishlab chiqarish bazasining yetarli emasligi hamda chet el kompaniyalari uchun respublikamizning investitsion jozibadorligi bilan bir qatorda katta miqyosdagi to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning samarali mexanizmlarining yetarli darajada shakllanmaganligi ham mamlakatimiz uchun bajarilishi kerak bo’lgan vazifalardan hisoblanadi.
Ammo bu muammolar mamlakatda milliy iqtipdiyot rivojlanishi uchun vazifalar bajarilmayapti degani emas.
Mamlakatimizda so’nggi yillarda innovatsion faoliyat va aniq belgilangan innovatsion tizimni yaratishga ko’proq e’tibor berilmoqda. Shunday qilib, davlat ishlab
O'zbekistonda ta'lim harajatlari.YaIMga nisbatan %da chiqaruvchi kuchlar darajasi va millat farovonligini oshirish nafaqat o’zining tabiiy, balki intellektual resurslarini amalga oshirish bilan ham bog’liqligini ta’kidlamoqda8.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-sentabrdagi PF-5544-son 2019 - 2021-yillarda O’zbekiston Respublikasining “Innovatsion rivojlantirish strategiyasi ” farmonida ham bir qancha kamchiiklar keltirib o’tilgan.O’tkazilgan tahlil ishlab chiqarishni modernizatsiya, diversifikatsiya qilish, uning hajmini oshirish hamda ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar turlarini kengaytirish borasidagi ishlar lozim darajada olib borilmayotganini ko’rsatdi.
Jumladan,
Aholining oliy ta’lim bilan qamrab olinganlik darajasi past;
Oliy ta’lim muassasalari o’quv rejalari va dasturlarini, talabalarni qabul qilish kvotasi miqdorini belgilashda, moliyaviy mablag’larni taqsimlashda mustaqil emas;
Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun mas’ul vazirlik va idoralar o’rtasidagi o’zaro hamkorlik lozim darajada emas, ilmiy-tadqiqot muassasalar va laboratoriyalar faoliyati lozim darajada muvofiqlashtirilmagan;
Ilmiy faoliyat natijalarni tijoratlashtirish darajasi past;innovatsion menejment sohasida texnologiyalar transferini faol ilgari surish va amalga oshirishga qodir yuqori malakali mutaxassislar mavjud emas;
Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga ajratilayotgan budjet mablag’lari yetarli emas;
Ilmiy va innovatsion faoliyatni davlat tomonidan moliyalashtirish samarali va shaffof emas, budjetdan tashqari va xususiy jamg’armalar mablag’larini jalb etishni rag’batlantirish mexanizmlari mavjud emas, qarzni moliyalashtirishning ichki manbalari yetarli darajada rivojlanmagan;
Intellektual faoliyat natijalarini himoya qilish lozim darajada emas, ushbu sohada, ayniqsa davlat organlari va tashkilotlarida malakali mutaxassislar mavjud emas; 8Сатторкулов, О. Т. Развитие национальной инновационной системы и её особенности / О. Т. Сатторкулов, Б. Б. Тошбоев. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2016. — № 11 (115). — С. 959-962. — URL:
Qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalari, ikkilamchi resurslarni energetik utilizatsiya qilish sohalarida innovatsion texnologiyalarni joriy etish darajasi past;
Mamlakatda, ayniqsa davlat kompaniyalarida korporativ munosabatlar va korporativ boshqaruv prinsiplari rivojlanmagan, bunda xorijdagi eng namunali amaliyot inobatga olinmayapti.
Mamlakatning yalpi ichki mahsuloti hajmida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektorining ulushi kam. Qayd etilgan kamchiliklar mamlakatimizning jadal innovatsion rivojlanishiga, investitsiyalarni jalb etishga, iqtisodiyotning o’sishiga hamda davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarini rivojlantirishga to’sqinlik qilmoqda9.
Bundan ko’rinib turibdiki mamlakatizmizda kamchilik va muammolarga e’tibor bilan qaralmoqda va yechim topish yuzasidan bir qancha ishlar olib borilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, O’zbekiston uchun uning iqtisodiyoti rivojlanishining ob’ektiv tendensiyalarini hisobga olganda, xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni jalb qilgan holda o’zining ilmiy-texnik salohiyatidan foydalanishga asoslangan modelni shakillantirish, rivojlantirish va qo’llash maqsadga muvofiqdir. Samarali innovatsion sektorni shakllantirish va rivojlantirish o’zimizning kashfiyotlarimizni (agar ular boshqa mamlakatlardagilar bilan raqobatlasha olsa ) va chet el «nou-xau» larini o’z ichiga olgan fan va texnikaning ilg’or yutuqlarini jalb qilish asosida amalga oshirilishi lozim.
Mamlakatimiz innovatsion tizimini rivojlantirish shart-sharoitlari va muammolarini tahlil qilish natijalari innovasion tizimning asosan davlat tomonidan moliyalashtirilishi, tashqi iqtisodiy aloqalarni erkinlashtirishi, investitsion muhitni yaxshilash, innovatsion infratuzilma yaratish, ilmiy tadqiqot tajriba konstruktorlik ishlariga e’tibor qaratish kabi jihatlarni aniqlash imkonini berdi.
Shunday qilib, Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat xarajatlarining ko’payishi, ta’limni rivojlantirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlashni davlat tomonidan qo’llabquvvatlash, xalqaro hamkorlikka asoslangan siyosat bilan birgalikda infratuzilmani rivojlantirish, ITI va ilmiy tadqiqotlar bilan shug’ullanadigan institutlarni rivojlantirish; innovatsion tashabbusni rag’batlantirish uchun sharoitlarni yaratish; biznes va yangi 9O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-sentabrdagi PF-5544-son Farmoniga1-ILOVA bilimlar va texnologiyalarni yaratuvchilar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik zanjirini yaratish; Information axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini doimiy takomillashtirish; ta’lim tizimini, ayniqsa oliy o’quv yurtlarini yaratish; strategik muhim texnologiyalarni saqlash va rivojlantirish; mamlakatda qulay innovatsion muhitni yaratish bunday natijalarga erishishda yordam berishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Ш.М.Мирзиёев. Послание Президента Республики Узбекистан ОлийМажлису. 22 декабря 2017 года. Источник: http://uza.uz/ru/politics;
2. Указ Президента Республики Узбекистан «О Стратегии действий по дальнейшему развитию Республики Узбекистан» № УП-4947 от 7 февраля 2017 года
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 noyabrdagi PQ3416-sonli “O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida” gi qarori.
4. Акрамов А.У., Джайдакбаев М. Т. Миллий инновацион тизимлар ва илмий-технологик ривожланишнинг жаҳон тенденцияси. Iqtisodiyot va ta’lim jurnali 2017/ 52bet
5. Ёзиев.Г.Л. Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликнинг мамлакат иктисодий ривожидаги салохиятини оширишнинг асосий йуналишлари: Phd. Diss.-T.,2019.-132
6. Сатторкулов, О. Т. Развитие национальной инновационной системы и её особенности / О. Т. Сатторкулов, Б. Б. Тошбоев. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2016. — № 11 (115). — С. 959-962. — URL:
7. Ayupov R.X., Boltaboyeva G.R. O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish muammolari va yechimlari.T:TMI, 2013, 142 bet
8. Сатторкулов, О. Т. Развитие национальной инновационной системы и её особенности / О. Т. Сатторкулов, Б. Б. Тошбоев. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2016. — № 11 (115). — С. 959-962. — URL:
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-sentabrdagi PF5544-son Farmoniga1-ILOVA
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.