OSHIRILAYOTGAN CHORA-TADBIRLAR
Boboraxmatov Azizbek Rustamovich
boborakhmatovazizbek@gmail.com
Toshkent davlat yuridik universiteti ,
Ommaviy huquq fakulteti 1- kurs B-patok 3-guruh talabasi.
Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida gender tenglik siyosatini shakllantirish, uni amaliyotga tatbiq etish hamda tizimli rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil etilgan. Mamlakatda gender tenglikni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilib, bu borada qabul qilingan qonunlar, hukumat qarorlari va milliy strategiyalar amaliy natijalar berayotgani yoritilgan. Jumladan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Gender tenglikni ta’minlash strategiyasi (2021–2030 yillar)” hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari asosida erishilgan yutuqlar tahliliy tarzda o‘rganilgan. Maqolada shuningdek, ta’lim, mehnat, siyosat va iqtisodiyot sohalarida gender tenglikni mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar bilan bir qatorda mavjud muammolar ham ko‘rsatib o‘tilgan. Muallif gender tengligini ta’minlashda ta’lim tizimida gender madaniyatini shakllantirish, rahbarlik lavozimlarida ayollar ulushini oshirish, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash hamda gender statistikasi tizimini takomillashtirish zarurligini asoslab bergan.Tadqiqot natijasida gender tenglik siyosatini izchil amalga oshirish nafaqat ayollar manfaatini himoya qilish, balki jamiyatning demokratik rivojlanishi, iqtisodiy o‘sishi va ijtimoiy adolatni ta’minlashga xizmat qilishi xulosa qilingan.
Kalit so‘zlar: gender tenglik, xotin-qizlar, teng imkoniyatlar, davlat siyosati, strategiya, ijtimoiy rivojlanish, huquqiy kafolatlar. Measures being taken to implement gender equality policy and its systematic development in the Republic of Uzbekistan
Abstract: This article analyzes the measures being taken in the Republic of Uzbekistan to formulate, implement and systematically develop a gender equality policy. Ensuring gender equality in the country is recognized as one of the priority areas of state policy, and it highlights the practical results of the laws, government resolutions and national strategies adopted in this regard. In particular, the achievements made on the basis of the Law “On Guarantees of Equal Rights and Opportunities for Women and Men”, the “Strategy for Ensuring Gender Equality (2021–2030)”, and state programs aimed at supporting women are analyzed. The article also indicates the work being carried out to strengthen gender equality in the fields of education, labor, politics and the economy, as well as existing problems. The author substantiated the need to form a gender culture in the education system, increase the share of women in leadership positions, support women's entrepreneurship, and improve the gender statistics system in ensuring gender equality. The study concluded that the consistent implementation of gender equality policies will not only protect the interests of women, but also serve to ensure the democratic development of society, economic growth, and social justice.
Keywords: gender equality, women, equal opportunities, state policy, strategy, social development, legal guarantees. Принимаемые меры по реализации политики гендерного равенства и ее системному развитию в Республике Узбекистан
Аннотация: В статье анализируются меры, принимаемые в Республике Узбекистан по формированию, реализации и системному развитию политики гендерного равенства. Обеспечение гендерного равенства в стране признано одним из приоритетных направлений государственной политики, и освещаются практические результаты принятых в этой связи законов, постановлений правительства и национальных стратегий. В частности, анализируются достижения, достигнутые на основе Закона «О гарантиях равных прав и возможностей женщин и мужчин», «Стратегии обеспечения гендерного равенства (2021–2030 годы)», а также государственных программ, направленных на поддержку женщин. В статье также указывается на проводимую работу по укреплению гендерного равенства в сферах образования, труда, политики и экономики, а также существующие проблемы. Автором обоснована необходимость формирования гендерной культуры в системе образования, увеличения доли женщин на руководящих должностях, поддержки женского предпринимательства и совершенствования системы гендерной статистики в обеспечении гендерного равенства. В исследовании сделан вывод о том, что последовательная реализация политики гендерного равенства не только защитит интересы женщин, но и будет способствовать демократическому развитию общества, экономическому росту и социальной справедливости.
Ключевые слова: гендерное равенство, женщины, равные возможности, государственная политика, стратегия, социальное развитие, правовые гарантии.
KIRISH
Zamonaviy dunyo taraqqiyoti sharoitida inson rivoji, uning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ijtimoiy adolat hamda inson xavfsizligini kafolatlash yo‘lidagi jarayonlarda ayollar va erkaklarning jamiyat hayotining barcha sohalarida teng ishtirok etishi eng muhim ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylanmoqda.Xotin-qizlarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish barqaror rivojlanish jarayonini jadallashtirishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Ayollarga nisbatan har qanday kamsitishlarni bartaraf etish — nafaqat inson huquqlarini himoya qilish nuqtai nazaridan, balki jamiyatning boshqa sohalarida ham taraqqiyotga turtki beruvchi muhim omildir.Aslida, gender atamasi faqat ayollar manfaatlarini ifodalab qolmaydi. U har ikkala jins vakillarining teng huquqliligi, o‘z maqsad va orzulariga erkin intilishi, hayot sifatini yaxshilash uchun bir xil sharoit va imkoniyatlarga ega bo‘lishini anglatadi. Rivojlangan jamiyatning asosiy talablaridan biri — bu erkak va ayol o‘rtasidagi huquq hamda imkoniyatlar tengligini amalda ta’minlashdir. Avvalo Gender tenglik o’zi nima degan aavolga javob beradigan bo’lsak gender tenglik – bu hayotning barcha sohalarida (siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy) erkaklar va ayollarning teng huquqliligi, imkoniyatlari va vakolatlarga ega bo'lishi demakdir. Bu jamiyatda shaxsning jinsidan qatʼiy nazar, oʻzini toʻlaqonli namoyon etishi uchun teng imkoniyatlar yaratishni ham oʻz ichiga oladi. Gender tenglik jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutuvchi ijtimoiy munosabatlarda dolzarb masala sifatida yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Hozirgi kunda oilada, jamiyatda, ayniqsa xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan e’tibor natijasida nafaqat ijtimoiy munosabatlarda, balki huquqiy-me’yoriy sohada ham sezilarli o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Shu bois, bugungi kunda olib borilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar tahlil qilinadigan bo‘lsa, gender tenglikni mustahkamlash yo‘nalishida erishilgan natijalar yaqqol ko‘zga tashlanadi. 2.Adabiyotlar tahlili va metodologiya Gender tenglik siyosati masalalari bo‘yicha milliy va xalqaro miqyosda keng ko‘lamli tadqiqotlar olib borilgan. Xalqaro miqyosda BMTning “Ayollar huquqlari to‘g’risidagi konvensiyasi” (CEDAW, 1979-yil), “Pekin deklaratsiyasi va harakatlar platformasi” (1995-yil), hamda BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarining 5-maqsadi – “Gender tengligini ta’minlash va ayollarni hamda qizlarni imkoniyatlardan to‘liq foydalana oladigan holatga keltirish” – ushbu yo‘nalishdagi asosiy normativ-huquqiy asoslarni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikni ta’minlash borasida so‘nggi yillarda qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun(2019-yil 2-sentabr), “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun (2019-yil 2- sentabr), shuningdek, 2022–2026-yillarga mo’ljallangan Gender tenglikni ta’minlash strategiyasi bu boradagi tizimli siyosatni shakllantirdi. Mahalliy tadqiqotchilardan Sh. Abdujalilova, M. Karimova, N.Rustamovalarning ilmiy ishlarida O‘zbekistonda gender siyosatini amalga oshirishdagi institutsional o‘zgarishlar, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtiroki, iqtisodiy mustaqilligi va huquqiy himoyasi masalalari yoritilgan. Shuningdek, iktimoiy fikr markazi va O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglik komissiyasi tomonidan e’lon qilingan tahliliy hisobotlarda gender muammolarini hal etishning milliy mexanizmlari, ayollar bandligini oshirish va siyosiy ishtirokini kengaytirish masalalari ko‘tarilgan. Xorijiy mualliflardan A. Sen, N. Fraser, S. Walby va J. Butlerning asarlari gender tenglikni ijtimoiy adolat, iqtisodiy rivojlanish va madaniy qadriyatlar kontekstida tahlil qiladi. Ushbu nazariy manbalar O‘zbekiston sharoitida gender siyosatini baholash uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Umuman olganda, adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, O’zbekiston gender tenglik siyosatini xalqaro standartlarga mos holda olib borayotgan bo‘lsa-da, amaliy natijalarga erishishda ijtimoiy stereotiplar, ayollarning iqtisodiy imkoniyatlari va siyosiy vakillik darajasi bilan bog‘liq muammolar saqlanib qolmoqda.Mazkur tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasida gender tenglik siyosatini tatbiq etish jarayonini tahlil qilishda kompleks ilmiy yondashuv qo‘llanilgan. 2.2.Metodologiya Normativ-huquqiy tahlil metodi– gender tenglikni ta’minlashga oid qonun hujjatlari, prezident farmonlari, hukumat qarorlari va strategik dasturlar o‘rganildi. Qiyosiy tahlil metodi - O’zbekiston tajribasi boshqa MDH davlatlari hamda rivojlangan mamlakatlarning gender siyosati bilan solishtirildi. Statistik va empirik tahlil - O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Mehnat va bandlik vazirligi, Gender tenglik komissiyasi ma’lumotlari asosida gender ko‘rsatkichlari (ayollar bandligi, siyosiy ishtiroki, ta’lim darajasi) tahlil qilindi. Sotsiologik yondashuv - ijtimoiy ongdagi gender stereotiplar, ayollarning mehnat bozorida duch keladigan muammolari hamda oila institutidagi roliga oid ijtimoiy qarashlar o‘rganildi.
NATIJALAR
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida “ayollar va erkaklar teng huquqlidirlar” degan norma mustahkamlangan. Bu qoidaga asosan, davlat ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash, ularning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va oilaviy hayotdagi rolini oshirish uchun shart-sharoit yaratish majburiyatini oladi.2023 yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyada esa gender tenglik tamoyili yanada kengroq yoritilib, ayollarni kamsitishning har qanday shakliga yo‘l qo’yilmasligi, ularning ijtimoiy himoyasi davlat tomonidan kafolatlanishi qayd etilgan. Shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-aprelda qabul qilingan “Og’ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori ayollarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash hamda tenglikni ta’minlashga qaratilgan muhim huquqiy hujjat hisoblanadi. Ushbu qaror O‘zbekistonda gender siyosatini rivojlantirish va ijtimoiy adolatni qaror toptirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida e’tirof etiladi. Bundan tashqari, “Ayollar daftari”, “Temir daftar” kabi tizimlar orqali minglab ayollarning ijtimoiy muammolari o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda. Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar, grantlar va o‘quv dasturlari yo‘lga qo‘yilgan.
2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021 yil 28 maydagi SQ-289-IV-son qarori bilan tasdiqlanishi mamlakatda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi. Ushbu strategiya 2030 yilgacha bo‘lgan davrda jamiyat hayotining barcha sohalarida - siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va madaniy yo’nalishlarda gender tenglikni ta’minlashni maqsad qilib qo‘ygan.Strategiya nafaqat huquqiy hujjat sifatida, balki ijtimoiy adolat, inson huquqlariga hurmat, barqaror taraqqiyot va demokratik qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qiladigan keng ko‘lamli dasturdir. Uning amalga oshirilishi natijasida ayollar va erkaklar o‘rtasidagi tenglikni ta’minlash, ayollarning mehnat bozoridagi ishtirokini oshirish, ularning davlat boshqaruvi va siyosiy jarayonlardagi faolligini kuchaytirish imkoniyati yaratiladi.Shuningdek, gender tenglik strategiyasi orqali aholining gender madaniyatini rivojlantirish, oilaviy munosabatlarda o’zaro hurmat va tenglikni mustahkamlash, xotin-qizlarga nisbatan zo’ravonlik va kamsitish holatlarining oldini olishga zamin yaratiladi.Umuman olganda, O’zbekistonning gender tenglik strategiyasi jamiyatda erkaklar va ayollar o‘rtasida adolatli muvozanatni yaratish, inson salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish va mamlakatning barqaror rivojlanishiga erishish yo’lida muhim dasturiy hujjat hisoblanadi.
Mazkur yo‘nalishdagi navbatdagi muhim qadamlardan yana biri bu - O’zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-562-sonli “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunidir. Ushbu qonun mamlakat tarixida gender tenglik masalasini mustaqil huquqiy asosda tartibga soluvchi birinchi hujjat bo‘lib, u davlat organlari, korxonalar va tashkilotlar faoliyatiga gender yondashuvni joriy etish, ayollarni kamsitish holatlarining oldini olish hamda ularning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini belgilab bergan. 2019-yil 2-sentabrdagi mazkur qonun O‘zbekiston jamiyatida xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida tenglikni ta’minlash, kamsitishlarni bartaraf etish va adolatli ijtimoiy tizimni shakllantirishga xizmat qilmoqda. U nafaqat huquqiy, balki ma’naviy va ijtimoiy jihatdan ham jamiyat taraqqiyotining muhim tayanchi sifatida e’tirof etiladi. Muhokama
Gender siyosatini izchil amalga oshirish natijasida so’nggi yetti yil ichida O’zbekistonda ayollarning davlat boshqaruvidagi ishtiroki 27 foizdan 35 foizgacha oshdi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 78-sessiyasida so’zlagan nutqida gender tenglikni ta’minlash borasidagi tizimli chora-tadbirlar samaralarini qayd etib, xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi ilk bor 35 foizga yetganini alohida ta’kidladi. Mamlakatda Qonunchilik palatasi a’zolarining 32 foizi, Senat tarkibining esa 25 foizi ayollardan iborat. Tadbirkor ayollar soni ikki hissa ortib, o‘z faoliyatini yo’lga qo’ygan xotin-qizlar 205 ming nafardan oshgan. Minglab ayollar kasb-hunar va tadbirkorlik yo‘nalishlarida tayyorlovdan o‘tgan. Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimida band aholining 77 foizini, iqtisodiyot hamda sanoat sohasida esa 46 foizini ayollar tashkil etadi. Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan qizlar soni 6 baravar ko‘payib, talabalarning yarmidan ko‘prog‘ini xotin-qizlar egallamoqda. Jadvalda keltirilgan xotin-qizlarning boshqaruv apparatidagi ulushini tahlil qiladigan bo’lsak, umumiy hisobda O’zbekiston Respublikasida ayollarning boshqaruv tizimidagi faollik darajasi 27 % ni tashkil etayotganini guvohi bo’lishimiz mumkin. T/ r Ko‘rsatkichlar 2025-yil 1-yanvar
holatiga 1. Siyosiy partiyalarda xotin-qizlarning ulushi (foizda) 49 2. Siyosiy partiyalarning rahbarlik lavozimlarida xotin-
qizlarning ulushi (foizda) 41 3. Vazir va vazirga tenglashtirilgan lavozimlarda xotin-qizlar
ulushi (foizda)
7,7
(2 nafar) 4. Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarida rahbarlik (hokimlar)
lavozimidagi xotin-qizlar ulushi (sonda) 2,4 % (5 nafar) 5. Boshqaruv lavozimlarida ishlovchi xotin-qizlar ulushi
(foizda) 30,1 6. Sudyalar orasida xotin-qizlar ulushi (foizda) 14,6 7. Yetakchi xotin-qizlarni tayyorlash bo‘yicha amalga
oshirilgan dasturlar soni 2 8.
Davlat boshqaruv akademiyasida xotin-qizlarning rahbarlik
ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan dasturlar asosida
o‘qishni yakunlagan xotin-qizlarning ulushi (foizda) 9. O‘zbekistonning chet mamlakatlaridagi elchilari orasida
xotin-qizlarning ulushi (foizda) 0
Shaharlarda taʼlim olishi lozim bo‘lgan imkoniyati
cheklangan qizlarning umumiy sonidan maktab taʼlimiga
qamrab olingan ushbu toifadagi qizlar ulushi (foizda)
Shaharlarda taʼlim olishi lozim bo‘lgan imkoniyati
cheklangan o‘gʼil bolalarning umumiy sonidan maktab
taʼlimiga qamrab olingan shu toifadagi o‘gʼil bolalar ulushi
84,2
cheklangan qizlarning umumiy sonidan maktab taʼlimiga
qamrab olingan shu toifadagi qizlar ulushi (foizda)
80,5
cheklangan o‘g‘il bolalarning umumiy sonidan maktab
taʼlimiga qamrab olingan shu toifadagi o‘g‘il bolalar ulushi
83,1
Ilmiy, muhandislik, ishlab chiqarish va qurilish sohalari
bitiruvchilari orasida xotin-qizlar ulushi (foizda) 8,7
1-4 sinflarda bolalarda o‘qish va matematikani o‘zlashtirish
darajasi (foizda) 98,6
5-9 sinflarda o‘quvchilarda adabiyot va matematikani
o‘zlashtirish darajasi (foizda) 97,4
Umumiy o‘rta taʼlim sohasidagi o‘qituvchilar orasida xotin-
qizlar ulushi (foizda) 70
Umumiy o‘rta taʼlim sohasidagi o‘qituvchilar orasida
erkakalar ulushi (foizda) 30
O‘rta maxsus, professional taʼlim sohasidagi o‘qituvchilar
orasida xotin-qizlar ulushi (foizda) 53,6
O‘rta maxsus, professional taʼlim sohasidagi o‘qituvchilar
orasida erkaklar ulushi (foizda) 47,1
Oliy taʼlim sohasidagi o‘qituvchilar orasida xotin-qizlar
ulushi (foizda) 44
Oliy taʼlim sohasidagi o‘qituvchilar orasida erkaklar ulushi
(foizda) 57
Nodavlat taʼlim muassasalaridagi o‘qituvchilar orasida xotin-
qizlar ulushi (foizda) 73,2
Nodavlat taʼlim muassasalaridagi o‘qituvchilar orasida
erkaklar ulushi (foizda) 26,8 25 Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega ayollar soni 5182 26 Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega erakaklar soni 9732 27 Fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega ayollar soni 783 28 Fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega erkaklar soni 1974
Fertil yoshdagi ayollarni zamonaviy kontratseptiv vositalar
bilan qamrab olish darajasi (foizda) 46,8
100 000 nafar xotin-qizlar orasida OIV infektsiyasi yuqqan
ayollarlar intensiv ko‘rsatkichi 7,8
100 000 nafar o‘g‘il bolalar (erkaklar) orasida OIV
infektsiyasi yuqqan erkaklar intensiv ko‘rsatkichi yuqqanlar
soni
ayollar (foizda) 91,1%
erkaklar (foizda) 86,5%
Aholi, ayniqsa yoshlar orasida OIV/OITS bo‘yicha
o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari miqdori 6113
Gender jihatlarni hisobga olingan holda ijtimoiy sohadagi
ilmiy tadqiqotlar soni (foizda) 45,7
Yuridik shaxs tashkil etib, unga rahbarlik qilayotgan xotin-
qizlar ulushi (foizda) 13,2
Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sektorlarida faoliyat
yuritayotgan xotin-qizlarning ulushi (foizda) 10,5
Qishloq xo‘jaligi, sanoat, xizmatlar ko‘rsatish kesimida band
bo‘lgan xotin-qizlarning ulushi (foizda) 42,5
Qishloq xo‘jaligi, sanoat, xizmatlar ko‘rsatish kesimida band
bo‘lgan erkaklarning ulushi (foizda) 57,5
Umumiy band bo‘lganlar orasida o‘zini o‘zi band qilgan
xotin-qizlarning ulushi (foizda) 42
Umumiy band bo‘lganlar orasida o‘zini o‘zi band qilgan
erkaklarning ulushi (foizda) 58
Umumiy bo‘lmagan soha qishloq xo‘jaligi bandligida
norasmiy sektorda band bo‘lgan xotin-qizlarning ulushi
68,8
Umumiy bo‘lmagan soha qishloq xo‘jaligi bandligida
norasmiy sektorda band bo‘lgan erkaklar ulushi (foizda) 52,7
Shaxsiy yeriga (uy-joyiga) ega bo‘lgan aholi orasida xotin-
qizlarning ulushi (foizda) 28,56
Shaxsiy yeriga (uy-joyiga) ega bo‘lgan aholi orasida
erkaklarning ulushi (foizda) 71,44
Shahar hududida xususiy mulk egasi xotin-qizlar bo‘lgan
firmalar ulushi (foizda) 1) —
Shahar hududida xususiy mulk egasi erkaklar bo‘lgan
firmalar ulushi (foizda) 1) —
Qishloq hududida xususiy mulk egasi xotin-qizlar bo‘lgan
firmalar ulushi (foizda) 1) —
Qishloq hududida xususiy mulk egasi erkaklar bo‘lgan
firmalar ulushi (foizda) 1) —
Yakka tartibdagi tadbirkorlar orasida xotin-qizlar ulushi
(foizda) 43
Barcha ko‘rinishlarda kam taʼminlangan hisoblanuvchi
barcha yoshdagi xotin-qizlar ulushi (foizda) 1) —
Barcha ko‘rinishlarda kam taʼminlangan hisoblanuvchi
barcha yoshdagi erkaklar ulushi (foizda) 1) — 53 Mobil telefonga ega bo‘lgan xotin-qizlarning ulushi (foizda) 99 54 Mobil telefonga ega bo‘lgan erkaklarning ulushi (foizda) 99,2
Jamoat transportidan foydalanayotgan xotin-qizlar ulushi
(foizda) - 56 Jamoat transportidan foydalanayotgan erkaklar ulushi
(foizda) - 57 Rasman ishsiz deb hisoblanuvchi xotin-qizlarning ulushi
(foizda) 7,3 58 Rasman ishsiz deb hisoblanuvchi erkaklarning ulushi (foizda) 3,8 59 Erkaklar va ayollar mehnatiga haq to‘lashdagi farq (foizda) 29 60 OAVda chop etilgan oilaviy munosabatlarda xotin-qizlar va
erkaklarning o‘rnini oshirishga qaratilgan materiallar soni 4585
Bolalar tarbiyasiga ijobiy taʼsir ko‘rsatuvchi, ularning
savodxonligini oshirishga ko‘maklashuvchi teledasturlar soni 4880
Yuqoridagi ko‘rsatkichlar shuni anglatadiki, O‘zbekistonda gender tenglik siyosati tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Ayollar siyosat, ta’lim, sud, boshqaruv va xalqaro diplomatiya sohalarida faol ishtirok etmoqda. Shu bilan birga, texnik, muhandislik va ishlab chiqarish yo‘nalishlarida ayollar ishtirokini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab-chiqilmoqda. Xorij tajribasi va amaliyoti
Taʼkidlash joizki, xalqaro miqyosda parlamentda ayollar salmogʻini oshirish uchun bugungi kunda Ispaniya, Finlyandiya va Fransiya singari davlatlarda boshqaruv lavozimlarida ayollar ulushi 50 foizni tashkil etadi. Avstriya, Belgiya hamda AQShda esa 2017-yildan buyon hukumat tarkibidagi ayollar soni sezilarli darajada ortib, hozirda 29 foizdan ziyod ko‘rsatkich qayd etilmoqda. Shu bilan birga, Vengriya, Koreya va Portugaliya kabi mamlakatlarda bu raqam 18 foiz atrofida saqlanib qolmoqda.
Finlyandiyada siyosiy partiyalar qoshida assotsiatsiya sifatida ro’yxatdan o‘tgan ayollar uyushmalari faoliyat yuritadi. Ular partiyaning yillik anjumanlarida, rahbariyat organlariga saylovlarda faol qatnashadi. Siyosiy partiyalar tarkibidagi xotin-qizlar tashkilotlarining faoliyati davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi. Amalda har to‘rt yilda bir marta parlament saylovlari va koalitsion hukumat muzokaralari yakunida “ayollarga oid dasturlar” uchun ajratiladigan mablag‘lar belgilanadi. Hozirda bu xarajatlar partiyalarning siyosiy faoliyatini moliyalashtirish umumiy byudjetining 10 foizini tashkil etadi.
Norvegiyada esa 1978-yilda “Gender tengligi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan bo‘lib, 2016-yilda unga rahbarlik va boshqaruv lavozimlarida ayollar ulushini oshirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritilgan. Mazkur qonun asosida ayollar va erkaklar uchun ta’lim olish, ish bilan ta’minlanish hamda kasbiy o‘sish (meritokratiya) sohalarida teng imkoniyatlar kafolatlanadi. Barcha davlat qo‘mitalari, kengashlar va boshqa muassasalarda har bir jins vakillarining kamida 40 foizdan kam bo‘lmasligi sharti joriy etilgan. Hozirgi vaqtda hukumat tarkibidagi 18 vazirdan 7 nafari (39 %) ayollar hisoblanadi. Hukumat “Konservativ” hamda “Taraqqiyot” partiyalaridan (“Xristian demokrat” va “So‘l” partiyalari ko‘magida) shakllangan bo‘lib, uchtasini ayollar boshqaradi.
Islandiyada qabul qilingan “Ayol va erkaklarning teng maqomi hamda teng huquqlari to‘g‘risida”gi Qonunning 15-moddasiga binoan, davlat va mahalliy boshqaruv organlari, kengashlarda lavozim tayinlovlarida erkaklar va ayollar ulushi imkon qadar teng bo‘lishi lozim. Agar bir organda uch nafardan ortiq vakil mavjud bo‘lsa, ularning kamida 40 foizi bir jins vakillaridan iborat bo‘lishi shart. Ushbu talab davlat yoki munitsipal korxonalarning boshqaruv kengashlariga ham tatbiq etiladi.
Avstriyada esa davlat xizmati tizimida ayollar muntazam ravishda qo‘llabquvvatlanadi. “Teng munosabatda bo‘lish to‘g‘risida”gi Federal qonun asosida davlat idoralarida ayollar ulushi kamida 50 foiz bo‘lishi kerakligi ish beruvchiga majburiyat sifatida yuklatilgan. Agar ayrim sohalarda ayollar soni 50 foizdan kam bo‘lsa, bunday holat “kam vakillik” sifatida baholanadi va tegishli tashkilotlar ayollarni ishga jalb etish, ularni rag‘batlantirish orqali vaziyatni yaxshilash choralarini ko‘rishi lozim. Ushbu nisbatga erishilgunga qadar ayollarni ishga olish va lavozimga ko’tarish doimiy tarzda amalga oshirilishi talab etiladi.
Shuningdek, Ispaniyada 2007-yil 22-martda qabul qilingan “Gender tengligi to‘g‘risida”gi Qonun siyosiy partiyalarni saylov ro‘yxatlarida nomzodlarning kamida 40 foizini ayollar tashkil etishini ta’minlashga majbur etadi. Birlashgan Arab Amirliklarida esa Prezidentning 2019-yildagi 1-sonli qaroriga muvofiq, parlamentda har bir amirlik vakillarining kamida 50 foizi ayollar bo‘lishi belgilangan. Fransiyada munitsipal saylovlarda “bitta erkakka bitta ayol” prinsipi amal qiladi va hozirda mahalliy kengashlarda bu tenglik qat’iy rioya qilinadi. Ukrainada esa 2020-yilgi saylovlarda siyosiy partiyalarning nomzodlar ro‘yxatini shakllantirishda 40 foizlik majburiy kvota qonunchilik asosida mustahkamlandi. Xulosa
O‘zbekiston Respublikasida gender tengligini ta’minlash so‘nggi yillarda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Mamlakatda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ta’lim sohalaridagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2019-yilda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni gender tenglikni huquqiy jihatdan mustahkamlab, bu sohada aniq mexanizmlarni belgilab berdi. Shuningdek, 2021–2030-yillarga mo‘ljallangan “Gender tenglikni ta’minlash strategiyasi” qabul qilinib, unda siyosat, ta’lim, mehnat, iqtisodiyot va ijtimoiy himoya sohalarida ayollar uchun teng imkoniyatlarni yaratish choralari ko‘zda tutilgan. Bu hujjatlar ayollarning ijtimoiy hayotdagi o‘rnini mustahkamlash, ularning qaror qabul qilish jarayonlarida faol ishtirokini ta’minlash uchun huquqiy asos yaratdi.
Bugungi kunda mamlakatda ayollar siyosiy partiyalar, parlament va mahalliy kengashlarda, shuningdek sudyalar, vazirliklar va hokimliklar tizimida faol ishtirok etmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi ayollar ulushi 32 foizdan oshgani, bu esa BMT tomonidan tavsiya etilgan darajadan yuqori ekani — O‘zbekistonning gender siyosati samaradorligini ko‘rsatadi. Ta’lim sohasida ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Qizlarning maktab, kollej va oliy ta’limda o‘qish ko‘rsatkichi yildan-yilga ortib bormoqda. Ayniqsa, qishloq joylarda qiz bolalarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularni kasb-hunar o‘rganishga jalb etish borasida sezilarli natijalar mavjud. Shu bilan birga, ilmiy, texnik va muhandislik sohalarida ayollar ulushini oshirish hali ham dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.
Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda muammolar hamon saqlanib qolmoqda. Jumladan, yuqori rahbarlik lavozimlarida, ilmiy tadqiqot institutlarida, ishlab chiqarish va texnik sohalarda ayollar ulushi hali past. Shu sababli gender siyosatini izchil davom ettirish, ayollar salohiyatini rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish, ularni qaror qabul qilish jarayonlarida faol ishtirok etishga undovchi rag‘batlantiruvchi tizimni kuchaytirish zarur. Umuman olganda, gender tenglikni ta’minlash O‘zbekistonning demokratik jamiyat va kuchli fuqarolik institutlarini barpo etish yo‘lidagi muhim omil hisoblanadi. Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqli ishtiroki jamiyatdagi barqarorlikni, ijtimoiy adolatni va iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi. Shu bois, gender siyosatini izchil amalga oshirish, ijtimoiy-siyosiy hayotda ayollar faolligini oshirish — mamlakatning barqaror taraqqiyotini ta’minlaydigan eng muhim shartlardan biridir. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi https://lex.uz/docs/-6445145 2. VMQ- 285-sonli “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi
bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy
sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi
nizomni tasdiqlash haqida”gi 3. O‘RQ-562-sonli “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar
kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni 4. Ф.давронова ўзбекистонда хотин-қизларнинг сиёсий партия фаолиятидаги
иштироки: миллий ва хорижий тажриба. макола
kizlarning_siesij_partia_faoliatidagi_istiroki_millij_va_horizij_tazriba
5. “2030-YILGA QADAR OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA GENDER
TENGLIKKA ERISHISH STRATEGIYASINI TASDIQLASH HAQIDA”
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATINING QARORI
6. Davlat boshqaruvida xotin-qizlarning ulushi qancha bo‘lishi kerak? 7. O’zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo’mitasi https://gender.stat.uz/uz/
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.