ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

Pedagogika fanini o‘rganishning bugungi dolzarb ahamiyati va maqsad, vazifalari

Аннотация

Ushbu  maqolada o‘zbek pedagogikasi fanining rivojlanish tarixi, vazifalari, maqsadlari, uni o‘rganish tamoyillari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, maqolada pedagogika fanining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni, uning yoshlar ta’lim-tarbiyasidagi ahamiyati haqida so‘z boradi.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

Pedagogika fanini o‘rganishning bugungi dolzarb ahamiyati va maqsad,

vazifalari

Soatova Rayxona Sadriddin qizi

Termiz davlat pedagogika instituti

Pedagogika va san’at fakulteti

Pedagogika yo‘nalishi talabasi

rayhonasoatova@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek pedagogikasi fanining rivojlanish tarixi, vazifalari, maqsadlari, uni o‘rganish tamoyillari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, maqolada pedagogika fanining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni, uning yoshlar ta’limtarbiyasidagi ahamiyati haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar: Pedagogika, maqsad, vazifalar, jamiyat, didaktika, yosh avlod, ta’lim, tarbiya nazariyasi.

Annotation: This article discusses the history of the development of the science of Uzbek pedagogy, its tasks, goals, and the principles of its study. The article also talks about the role of pedagogy in the development of society, its importance in the education of young people.

Key words: Pedagogy, purpose, tasks, society, didactics, young generation, education, theory of education.

Аннотация: В данной статье рассматривается история развития науки узбекской педагогики, ее задачи, цели и принципы ее изучения. Также в статье говорится о роли педагогики в развитии общества, ее значении в воспитании молодежи.

Ключевые слова: Педагогика, цель, задачи, общество, дидактика, молодое поколение, образование, теория образования.

Har bir davlat har tomonlama rivojlangan, barkamol avlodni voyaga yetkazish, uni qo‘llab-quvvatlash va baxtli hayot kechirishini o‘zining eng asosiy maqsadlaridan biri deb biladi. Negaki, yoshlar – kelajak bunyodkorlaridir. Insoniyatning tarixiy tajribasi shuni isbotladiki, ta’lim va tarbiya jarayoni yaxlitlikda, chambarchas, uzluksiz holda olib borilsa, milliy mafkura va qadriyatlar bilan sug’orilsa, xalq va millat hamish ulkan yutuqlarga erishadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mana’viy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019- yil 3-maydagi PQ-4307-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, yoshlarni mustaqil hayotga dunyoqarashi keng, fidoyi fuqarolarni tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiya”si ishlab chiqildi. Bundan tashqari, yurtimizda pedagogika ta’lim tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, pedagog kadrlarni tayyorlash sifatini yanada takomillashtirish va oliy pedagogik ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Dunyoda va mamlakatimizda ta’lim barqaror taraqqiyotni ta’minlaydigan asosiy kuch sifatida e’tirof etilib, kompetensaviy yondashuvlar asosida ta’lim jarayonini yangi innovatsion tashkil etish, pedagogik diagnostika metodlaridan optimal foydalanish strategiyalari samaradorligini amalga oshirish va takomillashtirish orqali ta’lim oluvchilar uchun ularning hayoti davomida sifatli ta’lim olish imkoniyatini yaratish dolzarb masala kasb etadi. Har taraflama yetuk, komil insonni shakllantirish masalasining murakkabligi pedagogika fanining hozirgi zamon ta’lim nazariyasi hamda amaliyoti uchun dolzarbligi, muhimligini ko‘rsatib beradi. Bu esa pedagogning mahorati, uning barkamolligi, chuqur bilim, ko‘nikma va malakalari orqali amalga oshirish ehtiyoji yuzaga keltirmoqda.

Oʻzbek pedagogikasi juda qadim tarixga ega boʻlib, uning dastlabki ildizlari zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da, O‘rxun-Enasoy bitiklariga, qadimiy Selung‘ur madaniyatiga borib taqaladi. “Avesto” kitobidagi “Ezgu fikr, ezgu soʻz va ezgu amal” haqidagi, kishilarga koʻngil maʼrifatini berish, bolalar tarbiyasi, turli qonuniyatlar borasidagi qarashlar yozma milliy pedagogik qarashlarning dastlabki namunasi boʻlib, yetuk insonni shakllantirishga yoʻnaltirilgan hisoblanadi. Milliy pedagogikamizning taraqqiyotida ayniqsa islom dini va tasavvuf taʼlimoti hal qiluvchi oʻrin tutadi. Chunki Qurʼoni karim, hadisi sharif va tasavvuf taʼlimotining markazida yuksak axloq, komil insonni shakllantirish, Vatanga sadoqat, ilm olishga intilish, insonparvarlik, bag‘rikenglik, adolatlilik, halollik, poklik, tinchlik turardi. Inson unga ta’sir etuvchi omillardan biri bo‘lgan taʼlim-tarbiya yordamida, yaʼni pedagogika vositasida har tomonlama rivojlangan barkamol shaxs sifatida tarkib toptirilishi mumkin. Sharq mutafakkir olimlaridan Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida, Beruniy, Ibn Sino kabi bobolarimizning falsafiy qarashlaridan oʻrin olgan yetuk shaxslar, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy asarlarida tasvirlangan benuqson odamlar, Abduxoliq Gʻijduvoniy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab orzu qilgan komil inson o‘zbek pedagogikasining markazida turardi. XVII asrdan boshlab, milliy pedagogikada taʼlim-tarbiyaning mohiyatiga emas, balki tashqi jihatlariga eʼtibor kuchaydi, turmush talablarini hisobga olmay, hayotiy zamindan uzilish sodir boʻldi. Natijada, jamiyat taraqqiyotida ko‘plab og‘ishlar, susayishlar paydo bo‘ldi, ijtimoiy-siyosiy hayotda ham tanazzulga yuz tutildi. Pedagogikadagi biqiqlik, biryoqlamalilik kishilar ruhiyatiga koʻchdi, undan ijtimoiy tartibotlar va siyosiy qurilmalarga oʻtdi. Butun bir yagona davlat xonliklarga boʻlinib ketdi. Xonliklarning har birining ichida bir-biri bilan kelishmovchilik hamda oʻzaro janjallar avj olib, mamlakat parokandalikka yuz tutdi. Negaki, jamiyat va unda yashaydigan insonlarning maʼnaviy mafkura puxta tayin etilmagan edi. O‘zboshimchalik, boshboshdoqliklar, xalq manfaatidan ko‘ra amaldorlarning manfaati ustun qo‘yilishi butun bir xalqni, millatni butun bir dunyodagi rivojlanishlardan ortda qolib ketishiga sababchi bo‘ldi.

Oʻzbekistonning mustaqillikka erishishi natijasida mafkuraviy qolipdan, buyruqqa muvofiq fikrlash zugʻumidan, qog‘ozbozlikdan qutuldi. Mustaqillik milliy pedagogikaning sogʻlom aql, milliy ruh va anʼanalarga xos tarzda yoʻlga qoʻyilishiga imkon yaratdi. Bugungi oʻzbek pedagogikasi millat ruhiyatidagi nozik jihatlarni hisobga olgan va dunyo tarbiyashunosligidagi eng soʻnggi yutuqlarga tayangan qolda taraqqiy etmoqda desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Zamonaviy oʻzbek pedagogikasida barkamol insonni shakllantirish rasmiy ravishda bosh maqsad qilib belgilangan. Bu pedagogik taʼlim-tarbiya jarayonida taʼlim oluvchi va tarbiyalanuvchilarning faol ishtirok etishlarini koʻzda tutadi. Bolalar, yoshlar pedagogik jarayonning obʼyektigina emas, balki subʼyekti, yaʼni ijrochisi ham ekanligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayni vaqtda, barcha pedagogik tadbirlar taʼlim-tarbiya oluvchilarning mustaqil fikrlashlarini taʼminlash, ularni tarbiyalash va oʻqishga bo‘lgan qiziqishlarini uygʻotishga, yanada qiziqtirishga yoʻnaltirilgan holda tashkil etilmoqda. Bugungi oʻzbek pedagogikasi uchun faqat bilimlar yigʻindisi emas, balki bola shaxsi bosh qadriyatga aylangan. Shuning uchun ham milliy pedagogikada faqat bilimli oʻquvchilar tayyorlashga emas, balki izlanuvchan, tashabbuskor shaxsni shakllantirishga asosiy eʼtibor berilmoqda. O‘zbek pedagogikasi faqatgina ta’lim berish bilan chegaralanib qolishni emas, balki ta’lim va tarbiyani birgalikda olib olib borish natijasida har tomonlama barkamol yosh avlodni yetishtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Pedagogika (yunoncha paidagogika so‘zidan olingan bo‘lib, “bola yetaklayman” degan ma’noni anglatadi) ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganuvchi fandir. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan hisoblanib, yosh avlodni milliy istiqlol g‘oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi.

Pedagogika fani inson shaxsini kamol toptirib, rivojlantirishning ikki muhim jihati – o‘qitish va tarbiyalashga asosiy urg‘uni qaratganligi uchun ta’lim nazariyasi va tarbiya nazariyasi fanning eng muhim tarkibiy qismlaridir.

Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o‘rgatuvchi», didasko «o‘rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, qonun va qonuniyatlari, tamoyillari, o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyati, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi masalalarni tadqiq etadi.

Tarbiya nazariyasi - pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya turlari, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish masalalarini o‘rganadi.1

Pedagogika ta’lim-tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab mazmunan o‘rganib borishni taqozo etadi, tarbiyaning tarkibiy qismlarini va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ochib beradi. Shu asnoda ta’lim va tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini, yo‘llarini ko‘rsatib beradi2.

O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish ilg‘or xorijiy 1Umumiy pedagogika: Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik. SH.A.ABDULLAYEVA,

H.CH.NUSRATOVA, F.A.ABDULLAYEV, A.B.TO‘RAYEV. Toshkent, 2021.

2 Pedagogika: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik/ 0 ‘.M. Asqarova, M. Xayitboyev, M.S. Nishonov. O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. - Т.: «Talqin», 2008 - 288 b. tajribalar asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratiladi:3

Ma’lumki, har bir fan o‘zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, qoidalar, tamoyillari tizimiga ega. Mana shu sifatlarining fan sifatida e’tirof etilishini ta’minlaydi. Kategoriya – fanning mohiyatini ochib beruvchi eng asosiy tushuncha. Pedagogika fanining eng muhim kategoriyalari qatoriga quyidagilar kiradi: shaxs, 3 Rayxona Sadriqqin qizi Soatova. (2023). Pedagogika fanining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni va vazifalari. “Образование и наука в ХХI веке” xalqaro ilmiy jurnal. 495-500-betlar. Analitik - ta'lim va tarbiya jarayoni mazmuni, mohiyati, sabablari, aloqadorligini o'rganish; - pedagogik tajribani tahlil etish, umumlashtirish va baholash.

Metodologik

pedagogik fanlarning umumnazariy asoslarini aniqlashtirish

Prognostik

- ilmiy asoslangan maqsadlarni belgiash va ta’lim-tarbiya tizimini

rivojlantirish strategiyalarini belgilash;

- ta’lim siyosatini samarali boshqarishni ta’minlash

Tashkiliy

-yangi pedagofik texnologiy, innovatsion shakl va vositalarni ishlab

chiqish;

- pedagogik tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tadbiq etish;

- ta’lim jarayonini boshqarishning ilmiy-metodik ta’minotini yaratish

Vazifalari ta’lim, tarbiya, bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya, shakllantirish, ma’lumot, rivojlantirish.

Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma’lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo‘lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, uning umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqtayi nazardan pedagogika bilan quyidagi fanlar o‘rtasida yaqin aloqadorlik mavjud4:

- Psixologiya;

- Sotsiologiya;

- Falsafa;

- Tarix;

- Etika;

- Estetika;

- Fiziologiya;

- Gigiyena;

- Madaniyatshunoslik;

- Tibbiy fanlar;

Pedagogika fanida ba’zi pedagoglar tamoyil tushunchasini qonuniyat sifatida e’tirof etishga moyildirlar. Lekin qonuniyatlar obyektiv, eng muhim, barqaror, o‘zgarishdagi, shu bilan birga, aniq sharoitlardagi harakatni ifoda etadi. Tamoyil bu – pedagogik jarayon qonuniyatlari asosida uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan qo‘yiladigan muhim talablar.

Yaxlit pedagogik jarayon tamoyillarining Yu.K.Babanskiy bo‘yicha tasnifi:

• pedagogik jarayonning maqsadga yo‘naltirilganligi;

• ta’lim va tarbiya mazmunining ilmiyligi;

• ta’lim oluvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish, tushunarlilik; 4 Umumiy pedagogikanazariyasi va amaliyoti. B.X.Xodjayev. ”Sano-standart” nashriyoti. Toshkent,

• tizimlilik va ketma-ketlik;

• onglilik, faollik, tashabbuskorlik, ta’lim oluvchilarning ijodkorligi;

• ta’lim va tarbiyaning ijtimoiy foydali, ishlab chiqarish mehnati bilan aloqasi:

• ta’lim va tarbiyaning jamoaviy xarakteri;

• ko‘rgazmalilik; » ongli talabchanlik bilan birgalikda ta’lim oluvchi shaxsini hurmat qilish;

• ta’lim va tarbiyaning qulay metod, shakl va vositalarini tanlab olish;

• sababiylik, onglilik hamda ta’lim, tarbiya va rivojlanishining amaliy natijalari;

• tarbiyaga kompleks yondashuv.5

Umuman olganda, pedagogika fanidagi barcha qonuniyatlar, prinsiplar, tarmoyillar, yaxlit pedagogik jarayon va uning tarkibiy qismlari ta’lim va tarbiya jarayoning samaradorligiga xizmat qiladi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, pedagogika bu har bir inson kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jaayonlarning umumiy mohiyatini yoritadigan fandir. Pedagogik jarayon boshqa barcha ijtimoiy jarayonlar (iqtisodiy, siyosiy, axloqiy, madaniy va boshqalar) bilan chambarchas bog‘langan hisoblanadi. Bugungi XXI asr goballashuv davrida yashar ekanmiz yosh avlodga o‘z milliyligimizni saqlab qolgan holda ta’lim va tarbiyani berishimiz hamda yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shadigan fidokor fuqarolarni tarbiyalashimiz lozim. Eng ulkan muammolardan biri bo‘lgan tarbiyasizlik, axloqsizliklar, ommaviy axborot vositalariga qaramlik va ular natijasida kelib chiqayotgan jinoyatlar, ko‘ngilsizliklarni oldini olish faqat ota-ona yoki vakillikka olgan shaxslar zimmasida emas emas, balki pedagoglarga ham bog‘liq jarayon ekanligini unutmaslik lozimdir. Jamiyat taraqqiyoti, davlat rivojlanishi, yoshlarning dunyoqarashining keng bo‘lishi ko‘p jihatdan pedagogustozlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Umuman olganda, fikimizcha, pedagogika fani bu – jamiyat rivojlanishining eng asosiy omillari va vositalaridan biri. Pedagog xodimlar bu 5 Umumiy pedagogikanazariyasi va amaliyoti. B.X.Xodjayev. ”Sano-standart” nashriyoti. Toshkent, mas’uliyat va vazifalarni chuqur anglab yetgan holda, yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni barkamol avlod bo‘lib tarbiya topishiga ko‘maklashishlari lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi” to’grisidagi 31.12.2019-yil 1059-son qarori

2. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. B.X.Xodjayev. ”Sanostandart” nashriyoti. Toshkent, 2017.

3. Pedagogika: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik. O‘.M. Asqarova, M. Xayitboyev, M.S. Nishonov. Т.: «Talqin», 2008 - 288 b.

4. Umumiy pedagogika: Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik. SH.A.Abdullayeva, H.CH.Nusratova, F.A.Abdullayev, A.B.To‘rayev. Toshkent, 2021.

5. Rayxona Sadriqqin qizi Soatova. (2023). Pedagogika fanining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni va vazifalari. “Образование и наука в ХХI веке” xalqaro ilmiy jurnal. 495-500-betlar.

6. https://uz.wikipedia.org/wiki/Pedagogika

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.