“FARMAKOLOGIYA, FARMATSEVTIKA VA XALQ TABOBATI
DOLZARB MUAMMOLAR VA INNOVATSIYALAR”
PLACEBO EFFEKTI VA UNING KLINIK AHAMIYATI
Oyxo‘jayev Oybekxo‘ja Umid o‘g‘li
Saydulayeva Feruza Avazxanovna
Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti, tibbiyot fakulteti,
Toshkent, O‘zbekiston. Dolzarbligi. Place bo effekti - bu dori vositasi yoki muolajaning haqiqiy farmakologik ta’sirisiz, bemorning ishonchi orqali yuzaga keladigan fiziologik va psixologik o‘zgarishlardir. Mazkur hodisa inson organizmida ruhiy ishonchning kuchi qanchalik katta rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Mavzuning dolzarbligi shundaki, tibbiyot amaliyotida placebo effekti diagnostika va davolash jarayonining ajralmas qismi sifatida e’tirof etiladi. Maqsad. Placebo effektining mexanizmini, uning psixologik va fiziologik asoslarini hamda klinik amaliyotdagi ahamiyatini o‘rganishdan iborat. Shuningdek, bemor ishonchining davolash samaradorligiga ta’sirini aniqlash. Natija. O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, placebo effekti inson miyasida endorfin, dofamin va serotonin kabi neyromediatorlar faol ajralib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bu moddalar og‘riqni kamaytiradi, kayfiyatni yaxshilaydi va organizmning tabiiy tiklanish jarayonini faollashtiradi. Natijada, bemorning o‘zini yaxshi his qilishi va ishonchi kasallikdan sog‘ayish jarayonini tezlashtiradi. Xulosa. Placebo effekti inson ruhiy holati va fiziologik jarayonlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni namoyon etadi. Bu hodisa tibbiyotda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bemor bilan samimiy muloqot o‘rnatish va uni ruhlantirish davolash natijalarini yaxshilashda katta rol o‘ynaydi. Demak, shifokorlarning bemorga bo‘lgan e’tibori, ijobiy so‘zlari va ishonch uyg‘otuvchi munosabati ham dori vositasidek ta’sir ko‘rsatadi.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.