KORONAR XAVF OMILLARI
Farmonov Samandar Anvar o`g`li
2-sonli davolash ishi fakulteti 406-guruh talabasi
Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti, Samarqand, O`zbekiston.
Ilmiy rahbar: PhD, Toirov.D.R.
Ishning maqsadi: Podagra kasalligi bilan kasallangan bemorlarda jamlangan koronar xavfni aniqlash.
Tekshiruv materiallari va usullari: Tekshiruvlar podagra bilan kasallangan 55 nafar bemorda o`tkazildi. Bemorlarni tekshirish va davolash Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti 1-klinikasi maslahat poliklinikasi, kardiologiya, revmatologiya bo‘limlarida amalga oshirildi. Bemorlarning o‘rtacha yoshi 55,4±8 yoshni (33 dan 76 yoshgacha) tashkil etdi. Kasallikning murojaat qilgandagi o‘rtacha davomiyligi 8,5 (1,0; 24,0) yilni tashkil etdi. Bemorlarda umumiy klinik tekshiruvlar bilan birgalikda antropometrik tekshiruvlar ham utkazildi. Koronar xavfni aniqlash HeartSkore 3.1 kompyuter programmasi yordamida amalga oshirildi. Bu modelda bemorlar yoshi, jinsi, XS, YUZLP miqdori, chekish, SAQB va gipotenziv dori vositalarini iste’mol qilish va qilmaslik darajasi inobatga olinib o‘rganildi. Koronar xavfni (KX) aniqlashda xavf omillarining foizdagi ko‘rsatkichlari umumlashtirildi, bunda ma’lum bir xavf omili ma’lum bir foizni tashkil etadi. Agar KX ≥ 20% bo‘lgan taqdirda yuqori, KX < 20% bo‘lganda YUIKning kelasi 10 yillikdagi yuzaga kelish xavfi kam deb baholandi.
Olingan natijalar: Koronar xavfning eng kichik foizi (5% dan kam) faqatgina 10 (18,1%) bemorda kuzatildi. 16 (29%) nafar bemorda o‘rtacha darajadagi (5- 20%) koronar xavf aniqlandi. Kasallanganlarning asosiy qismini (58,1%) 57 yoshdan kichik bemorlar tashkil etganiga qaramasdan, 52,7% bemorlarda yuqori darajadagi (20% dan ortiq) koronar xavf aniqlandi. Yuqori koronar xavf mavjud bo‘lgan bemorlardan 11 (20%) nafarida koronar xavfning foiz ko‘rsatkichi 20-30% oralig‘ini tashkil qildi, yana 12 (21,8%) nafar bemorda koronar xavf 30-40% atrofida aniqlangan bo‘lsa, qolgan 6 (10,9%) nafar bemorda bu xavf 40% dan oshganligini aniqladik. Aniqlandiki har o‘n yillikda bemorlarda koronar xavf oshib boradi, bu ko‘rsatkichning yuqori darajalari 3-o‘n yillikdan boshlab yaqqol namoyon bo‘ldi. Bemorlar yoshi kattalashib borgan sari SAQB shunga parallel ravishda oshib bordi. Barcha yosh guruhlarida xolesterin miqdori yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon qildi. Bemorlar yoshi va XS lar miqdori, YuZLPXS, SK miqdorining bog‘liqligini o‘rganishning imkoni bo‘lmadi (hamma holatlarda p>0.05). Podagra bilan kasallanganlarda yosh nisbati oshib borgan sari qon tarkibidagi TG lar miqdori kamayib borishi kuzatildi. Bu ma`lumotlardan ko‘rinadiki, yurak qon-tomir kasalliklarining podagra kasalligida yuzaga kelishi nafaqat yoshi katta bemorlarda, balki kichik yoshdagi bemorlarda ham kuzatilish xavfi yuqori.
Xulosa: Erta rivojlangan podagra kasalligi kuzatilgan bemorlarning boshqarib bo`lmaydigan xavf omillaridan erkak jinsi, bemor yoshi, hamrox kasalliklari (semizlik, gipertoniya kasalligi) mavjudligi, kasallikni 57 yoshgacha erta rivojlanishi va og`ir kechishiga sabab bo‘lganligi aniqlandi. Bemorlarda mavjud boshqarib bo‘ladigan xavf omillarini bartaraf etgan xolda, koronar xavfni 10 yil oldin erta aniqlash imkonini berdi. Bemorlardagi kasallikni og`irlik darajasiga ko‘ra dori vositalarni tanlashda kasallikning xavf omillari, yurak-qon tomirlardagi metabolik o‘zgarishlar va klinik belgilariga asoslangan xolda tavsiya qilish natijasida qisqa vaqtda samarali natijaga erishiladi va koronar xavfni erta aniqlab uni oldi olinadi.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.