BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA AXBOROT
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHGA DOIR MATERIALLAR TANLASH
PRINSIPLARI
Begaliyev Mansurbek Rayimnazar o‘g‘li
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
mutaxassisligi 1-kurs magistranti.
Ilmiy rahbar. p.f.f.d., (PhD). dots. G‘.Y.Salomov
Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishga doir materiallarni tanlash prinsiplari yoritilgan. Ta’lim jarayonida raqamli vositalar, multimedia materiallari va interfaol dasturlardan samarali foydalanishning pedagogik hamda metodik jihatlari tahlil qilingan. Shuningdek, o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘quv materiallarini saralash, ularning matematik tafakkurini rivojlantirish hamda dars samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, qiziqishi va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishning ahamiyati ochib berilgan.
Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, matematika darsi, axborot texnologiyalari, raqamli ta’lim, interfaol metodlar, multimedia vositalari, elektron resurslar, pedagogik texnologiya, o‘quv materiali, matematik tafakkur.
Аннотация. В данной статье рассматриваются принципы отбора материалов для использования информационных технологий на уроках математики в начальных классах. Проанализированы педагогические и методические аспекты эффективного применения цифровых средств, мультимедийных материалов и интерактивных программ в образовательном процессе. Также освещаются вопросы отбора учебных материалов с учётом возрастных и психологических особенностей учащихся, развития их математического мышления и повышения эффективности урока. Раскрывается значение использования информационных технологий для развития самостоятельного мышления, интереса к обучению и практических навыков учащихся.
Ключевые слова: начальное образование, урок математики, информационные технологии, цифровое обучение, интерактивные методы, мультимедийные средства, электронные ресурсы, педагогические технологии, учебный материал, математическое мышление.
Abstract. This article discusses the principles of selecting materials for the use of information technologies in primary school mathematics lessons. The pedagogical and methodological aspects of effectively using digital tools, multimedia materials, and interactive programs in the educational process are analyzed. The study also examines the selection of educational materials considering students’ age and psychological characteristics, the development of mathematical thinking, and the improvement of lesson effectiveness. The importance of information technologies in developing students’ independent thinking, interest in learning, and practical skills is highlighted.
Keywords: primary education, mathematics lesson, information technologies, digital learning, interactive methods, multimedia tools, electronic resources, pedagogical technology, educational materials, mathematical thinking.
Kirish. Dunyo miqyosida ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etish, ularning didaktik asoslarini о‘rganib, yangi usul, vositalarni ishlab chiqish metodikasini va metodologik asoslarini takomillashtirish, boshlang‘ich sonf о‘quvchilaridagi ijodiy bilish faoliyatining reproduktiv va produktiv darajalarni modellashtirish yuzasidan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Mazkur ilmiy tadqiqotlar natijasida о‘quvchi-yoshlarning erkin, mustaqil fikrlash, atrofdagi voqelikka ongli munosabatda bо‘lish, dahldorlik va ijtimoiy faollik kabi sifatlarini rivojlantirish, dars jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishning moddiy-texnika bazasi yaratildi, me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Intellektual salohiyatli о‘quvchini tarbiyalashda ta’lim tizimining rolini kuchaytirish boshlang‘ich ta’limning yuqori sifatini ta’minlab, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini boshlang‘ich sinf о‘qituvchilari faoliyatiga joriy qilish uchun zamin yaratish bilan bir qatorda boshlang‘ich sinf о‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishni taqozo etmoqda.
Bugungi kunda respublikamizning ta’lim sohasida axborot texnologiyalaridan foydalanishning me’yoriy-huquqiy bazasini tubdan takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajribalar, ilmiy izlanishlar va zamonaviy texnologiyalarni boshlang‘ich ta’lim jarayoniga integratsiya qilish, bilish faoliyatini shakllantirish orqali boshlang‘ich sinf о‘quvchilarining bilim, kо‘nikma va malakalarini о‘stirish ustuvor vazifa qilib belgilangan. Ta’lim tizimida boshlang‘ich sinf о‘quvchilariga matematika fanini о‘rgatishda axborot ta’lim resurslari, iqtidorli о‘quvchilarning intellektual salohiyatini о‘stirish uchun ijodiy materiallar tizimini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish, fanga bо‘lgan qiziqishni о‘stirish bilan bir qatorda, Davlat ta’lim standartida matematika fani doirasida keltirilgan bilim, kо‘nikma va malakalarni hayotda qо‘llay olish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Natija va muhokamalar. materiallar mazmuni va ularni tanlash prinsiplarini о‘rganishga doir о‘quv-metodik, didaktik, ilmiy adabiyotlar tahlilidan ma’lum bо‘ldiki, mazkur materiallardan о‘quv jarayonida foydalanish ta’limtarbiya ishlariga mazmun va sifat jihatdan takomillashtirishga, о‘quvchilarda nazariy bilim, amaliy kо‘nikma va malakalarni shakllanishiga keng imkoniyat yaratadi. Biz aynan kompyuterning Word variantida ishlanib, individual va umumiy berishga ajratilgan qator materiallar tizimini ishlab chiqdik. materiallar quyidagi muammolarni hal etishi zarur:
1. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishga doir materiallarni tanlash va ularni о‘qitish samaradordigini oshirishda saralangan materiallardan nazariy (ma’ruza) va amaliy mashg‘ulotlarda qanday an’anaviy, noan’anaviy metodlardan hamda shakllardan foydalanishni aniqlash.
2. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishga doir tanlangan materiallar о‘quvchilarning mustaqil, ijodiy fikrlashlarini, bilish qobiliyatlarini rivojlantirishni, mantiqiy mulohaza yuritishlarini hisobga olish.
3. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishga doir tanlangan materiallarni о‘quvchilarga о‘qitish metodikasini ishlab chiqish. tanlangan materiallardan о‘quv jarayonida foydalanish deganda quyidagi maqsadlar tushuniladi:
1. Tanlangan materiallar matematika fanining о‘quv rejasi va dasturi talablariga mos kelishi, о‘quvchilarning qiynalmasdan о‘zlashtirib olishlariga yordam berishi.
2. О‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni, abstrakt tafakkurni shakllantirish.
3. О‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlashni о‘stirish.
4. О‘quvchilarda abstrakt tafakkurni, mantiqiy mushohada yuritishni rivojlantirish.
5. О‘quvchi egallagan nazariy bilimini qiynalmasdan amaliyotda qо‘llay bilishi.
6. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishga doir tanlangan materiallardan о‘quv jarayonida foydalanish maqsadli va rejali asosda bо‘lishi, zaruriy pedagogik vaziyatni aniqlangan holda tanlanishi. tanlangan materiallarga quyidagi didaktik talablarni qо‘yish mumkin:
1. Tanlangan materiallarning mazmuni didaktik va metodik talablarga javob berishi kerak.
2. Tanlangan materiallar mazmuni sodda, qisqa va tugallangan matnda ifodalangan bо‘lishi zarur.
3. Tanlangan materiallar mazmuni va ulardagi faktlar haqiqiy bо‘lishi lozim.
4. Tanlangan materiallar va sinov savollari aniq hamda tushunarli bо‘lishi darkor.
Boshlang‘ich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishga oid tanlangan materiallarni о‘qitish metodikasi bо‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishining nazariy va pedagogik tajriba-sinov ishlarining amaliy natijalari, olingan ilmiy xulosa va tavsiyalar quyidagi didaktik talablarga bо‘ysinishi shart:
1. Tanlangan materiallar matematika fani konsepsiyasida, Davlat ta’lim standartida, dastur va о‘quv rejasida о‘z mazmunini topgan bо‘lishi.
2. Fan-texnika ishlab chiqarishning hozirgi zamon taraqqiyotiga javob berishi.
3. Tanlangan materiallarning takrorlanmasligi.
4. О‘quvchilar uchun notanish, qiyin atamalarning bо‘lmasligi.
Yuqoridagi fikr mulohazalarga asoslanib о‘quvchilarni boshlang‘ich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishga doir tanlangan materiallarni nazariy (ma’ruza) amaliy mashg‘ulotlarda tanishtirish maqsadga muvofiq.
Xulosa.
Xulosa о‘rniga aytish mumkinki, boshlang‘ich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishga doir materiallar mazmuni va ularni tanlashda qanchalik ijodiy va keltirilgan parametrlariga mos tanlansa, natijaviylik shu darajada yuqori bо‘ladi.
Hozirgi kunda jahon talablariga javob beruvchi, raqobatbardosh yoshlarni tayyorlashga imkon yaratadigan innovatsion ta’minotni yaratish, tashkillashtirish va ta’limda keng foydalanish eng dolzarb masalaga aylangan. Boshlang‘ich ta’limning mazmunan yangilanishi, ta’lim va tarbiyaning sifat samaradorligini oshirishga qaratilgan konsepsiyalar har tamonlama qobiliyatli yoshlarni tarbiyalashga bо‘lgan zamon talablari tadqiqot ishining naqadar dolzarbligi haqida xulosa qilishga imkon beradi.
Aynan shu ehtiyojlarni qondirish bizning axborot texnologiyalarini keng yoritib, yangiliklar qilishimizga, izlanishlar olib borishimizga asos bо‘ldi.
Boshlang‘ich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanib ijodiy topshiriqlarni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etishda metodikasini takomillashtirish bilan bir qatorda kommunikativ, elektron axborot ta’lim resursidan foydalanish, о‘z ustida ishlash, kreativlik, prognoz qilish komponentlarni, kommunikativlik, axborot bilan ishlash, shaxs sifatida о‘z-о‘zini rivojlantirish, ijtimoy faol fuqarolik, matematik savodxonlik, umummadaniy kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qilishi aniqlandi.
Har bir darsda qо‘llaniladigan axborot texnologiyasi boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida vatanparvarlikni, mehnatsevarlikni va turli tarbiyaviy jihatga ega bо‘lishini uqtirishi lozim.
ADABIYOTLAR
1. Aduqodirov A.A. Masofali о‘qitish modellari va ularning sinflari. // J. Fizika, matematika va informatika. - Toshkent, – 2004. - №5. – B. 50-56.
2. Begimqulov U.SH. Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot texno-logiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy acoclari. Monografiya. – Toshkent: Fan, 2007. – B. 160.
3. Jumayev M.E. О‘qituvchining ijodiy shaxc cifatida rivojlanishida bо‘lajak boshlang‘ich sinf о‘qituvchilarining metodik-matematik tayyorgarlik. MonografiY.T.: “Fan”, 2009. – B. 240.
4. Saidova M.J. “Boshlang‘ich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish”. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya, Toshkent, – 2020.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.