PROKURATURA ORGANLARI HODIMLARINING KASB AXLOQI
Termiz Davlat Universiteti Yuridik fakulteti “Yurisprudensiya’’ (faoliyat turlari
bo’yicha) ta’lim yo’nalishi 1-bosqich talabasi
Raxmatullayeva Parizod Xolmamat qizi
Annotatsiya. Inson ma’lum bir kasb egasi bo’lar ekan undagi kasb axloqiga, kasb etikasi prinsiplariga hamda kasb etikasi normalari va kategoriyalariga amal qilishi maqsadga muvofiqdir. Shu o’rinda prokuratura organlari qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi bilan birgalikda o’z faoliyatini birlik, markazlashganlik, qonuniylik, mustaqillik va oshkoralik prinsiplari orqali olib boradi. Bu yo’nalishlarni amalga oshirishda prokuratura organlari o’zlarining kasb odobnomasidan foydalangan holda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Prokuratura to’g’risida’’ gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq o’z faoliyatini amalga oshiradi.
Kalit so’zlar: kasb axloqi, kasb etikasi prinsiplari, kasb etikasi normalari, kategoriya, Konstitutsiya, Prokuratura, axloqiy qoidalar, maqsad, kasb odobnomasi, oshkoralik, birlik, qonuniylik.
PROFESSIONAL ETHICS OF EMPLOYEES OF PROSECUTION BODIES
Termiz State University Faculty of Law, 1st stage student of "Jurisprudence" (by
types of activity)
Raxmatullayeva Parizod Xolmamat qizi
Abstract. When a person is the owner of a certain profession, it is appropriate to follow the ethics of the profession, the principles of professional ethics and the norms and categories of professional ethics. At the same time, the prosecutor's office conducts its activities through the principles of unity, centralization, legality, independence and transparency, along with the control over the clear and uniform implementation of laws. In the implementation of these directions, prosecutor's offices carry out their activities in accordance with the Constitution of the Republic of Uzbekistan and the Law of the Republic of Uzbekistan "On the Prosecutor's Office" using their professional code of conduct.
Keywords: professional ethics, principles of professional ethics, norms of professional ethics, category, Constitution, Prosecutor's Office, ethical rules, purpose, professional etiquette, transparency, unity, legality.
ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ ЭТИКА СОТРУДНИКОВ ОРГАНОВ
ПРОКУРАТУРЫ
Термезский государственный университет, юридический факультет, студент 1
ступени специальности «Правоведение» (по видам деятельности)
Рахматуллаева Паризод Холмамат қизи
Аннотация. Когда человек является обладателем определенной профессии, целесообразно следовать этике профессии, принципам профессиональной этики, а также нормам и категориям профессиональной этики. При этом прокуратура осуществляет свою деятельность на основе принципов единства, централизации, законности, независимости и прозрачности, а также контроля за четким и единообразным исполнением законов. При реализации этих направлений органы прокуратуры осуществляют свою деятельность в соответствии с Конституцией Республики Узбекистан и Законом Республики Узбекистан «О прокуратуре», используя свои профессиональные кодексы поведения.
Ключевые слова: профессиональная этика, принципы профессиональной этики, нормы профессиональной этики, категория, Конституция, прокуратура, этические правила, цель, профессиональный этикет, прозрачность, единство, законность.
Barchamizga ma’lumki prokuratura organlari amaldagi qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Sud jarayonini esa prokurorsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Barcha kasblarda bo’lgani kabi prokuratura organlari ham o’z faoliyati davomida kasb axloqiga ya’ni jamiyat tomonidan qabul qilingan axloq qoidalarini kishilarning ixtisoslariga nisbatan amalda tatbiq qiluvchi aniq kasbiy burch, sha’n, or-nomus, qadr-qimmat kabi xatti-harakatlarning majmuyi, umumiy axloqning kishilar kasb-koridagi o‘ziga xos ko‘rinishiga amal qilishi maqsaddan holi emas. Prokuratura organlari tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, bu so’zning ma’nosi lotinchadan tarjima qilinganda g’amxo’rlik qilish, ayrim mamlakatlarda jinoiy ishlarni qoʻzgʻatish, ayblovni yoqlash, sud protsessida davlat manfaatlarini himoya qilish vakolatlari yuklatilgan maxsus davlat organi degan ma’nolarni beradi. Dastlab XIIIXIV asrlarda Fransiyada yuzaga kelgan. Bir qancha mamlakatlarda Prokuraturaga barcha fuqarolar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning qonunlarni aniq va bir xilda bajarishi ustidan nazorat qilish vazifasi ham kiradi. Muayyan mamlakatlarda Prokuratura sudning tarkibiy qismi hisoblanadi, boshqalarida esa tashkiliy jihatdan undan ajratilgan. Prokuratura organlari o’z faoliyati davomida odamlarning yurish turishini hayotning barcha jabhalarida, ya’ni ish faoliyatidagi, oiladagi, kishilar o‘rtasidagi va boshqa munosabatlarda tartibga solish orqali o’z kasb axloqini namoyon qiladi.
Prokuror jamiyat manfaatlarini himoya qiladi, davlat nomidan so‘zlaydi, shu bilan birga sudlanuvchining qonuniy manfaatlarini, qadrini himoya qilishi lozim bo‘ladi. Prokuror o‘zining mas’uliyatli burchini bajarar ekan, jamiyatga xizmat qiladi. Bu xizmat, qachonki unga qat’iy axloqiylik singdirilsa, jamiyat va inson qadri qanchalik himoya qilinsa, shunchalik samarali bo‘ladi. Prokurorning huquqiy va axloqiy majburiyati obyektiv va xolis bo‘lishni talab etadi. Prokuror o‘z nutqida ayblanuvchiga nisbatan qo‘pollik qilishi, ustidan kulishi, tashqi ko‘rinishi, millati, jismoniy kamchiliklariga til tekkizishi hollariga yo‘l qo‘ymasligi lozim bo‘ladi. Prokuror ayblanuvchini tavsiflar ekan, unga nisbatan aybsizlik prezumpsiyasi mavjudligini yodda tutish talab etiladi. Bir so’z bilan aytganda kasb odobnomasiga amal qiladi. Jumladan: Joriy yilning 19- iyun kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Bosh prokuratura, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti, Majburiy ijro byurosi, viloyat prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarining ichki xavfsizlikni ta'minlash va kadrlar bilan ishlash tarmoqlari xodimlari hamda Akademiya professor-o'qituvchilari ishtirokida “Prokuratura organlari faoliyatida Kasb odobnomasiga rioya etishning ahamiyati” mavzusida vebinar o'tkazildi.
Mazkur tadbirda prokuratura organlari xodimlarining xavfsizligini ta'minlash va korrupsiyaviy holatlarning oldini olishda xizmat etikasiga rioya etishning ahamiyati, bu boradagi xorij tajribasi, xodimlar faoliyatida manfaatlar to'qnashuvi va uning oldini olishning samarali usul va vositalari, shuningdek, xodimlar mas'uliyatini oshirish borasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar muhokamasi bo'lib o'tdi. Vebinar yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va fikr-mulohazalar asosida kelgusida ushbu sohani yanada takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqildi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25-bobining Prokuratura organlariga ajratilgani ham bu kasbga e’tibor yuqori ekanligidan dalolat beradi.
143-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi.
144-modda. Prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimiga O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori boshchilik qiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining prokurori O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasining oliy vakillik organi tomonidan tayinlanadi. Viloyatlarning prokurorlari, tuman va shahar prokurorlari O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan tayinlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining, viloyat, tuman va shahar prokurorlarining vakolat muddati — besh yil. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori lavozimini egallashi mumkin emas.
145-modda.
O‘zbekiston Respublikasining prokuratura organlari o‘z vakolatlarini boshqa davlat organlaridan, o‘zga tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda, faqat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga bo‘ysungan holda amalga oshiradi. Prokurorlar o‘z vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi boshqa jamoat birlashmalariga a’zolikni to‘xtatib turadilar. Prokuratura organlarini tashkil etish, ularning vakolatlari va faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun bilan belgilanadi.
146-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha tezkor-qidiruv, tergov va boshqa maxsus vazifalarni mustaqil ravishda bajaruvchi xususiy tashkilotlar, jamoat birlashmalari va ularning bo‘linmalarini tuzish hamda ularning faoliyat ko‘rsatishi taqiqlanadi. Qonuniylik va huquqiy tartibotni, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jamoat tashkilotlari va fuqarolar yordam ko‘rsatishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuni 2-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining asosiy vazifalari qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishdan iborat” deyiladi. Bu vazifalar albatta prokuratura xodimlari tomonidan axloq qoidalari va prinsiplariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi. Prokuratura organlarining faoliyati Konstitutsiya “Prokuratura to’g’risida’’ gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
- vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish;
- fuqaroning huquq hamda erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish;
- O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining harbiy tuzilmalarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
- tezkor-qidiruv faoliyatni, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish hamda ularning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
- jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergov olib borish;
- sudlarda jinoyat ishlari ko‘rib chiqilayotganda davlat ayblovini quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni hamda iqtisodiy nizolarni ko‘rishda ishtirok etish, qonunlarga zid bo‘lgan sud hujjatlariga protest keltirish;
- soliq intizomini mustahkamlashga, soliq, valyuta sohasidagi jinoyatlar va huquqbuzarliklarga qarshi kurashga, shuningdek davlatga yetkazilgan iqtisodiy zararni qoplashga qaratilgan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish;
- ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
-qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishida ishtirok etish.
Prokuror ustidan yuqori prokurorga shikoyat qilish mumkin. Shuningdek prokuratura organlari o’z vakolatlarini mustaqil ravishda, faqat qonunga bo’ysungan holda amalga oshiradi. Shu sababli prokuratura organlarining faoliyatiga aralashish taqiqlanadi. Bundan tashqari ushbu organning hodimlari o’z vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga a’zolikni to’xtatib turadilar. Bundan ko’rinib turibtiki ular kasblarga masuliyat bilan yondashishlari zarur. Shuningdek ushbu kasb egalari insonparvarlik, xushmuomalalik, xushfe’llilik va odoblilik, oddiylik va kamtarlik, halollik va rostgo‘ylik, insoflilik, sobitqadamlik, ochiq ko‘ngillik, saxiylik va muruvvatlilik, o‘zaro hurmat, do‘stona munosabat, samimiylik, sipolik, kattalarni hurmat qilish kabi fazilatlarga ega bo’lmog’i lozim. Umuminsoniy kasb etika normalariga zid illatlar deganda g‘azab, tuhmat, yolg‘on, haqorat, qo‘rqoqlik, nifoq, zulm kabi salbiy tushunchalar kiradi. Bir so’z bilan aytganda har qanday kasb egasi bo’lishdan qat’iy nazar undagi odob axloq normalariga, kasb etikasiga rioya qilish hamda mas’uliyat bilan yondashish insonning jamiyatda o’z o’rnini topishi uchun asos bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Huquqiy ko’nikmalar va metodologiya. Toshkent-2022;
2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (o’zgartirish va qo’shimchalar bilan.) URL:http: // lex.uz /uz/docs/20596
3. “Prokuratura to’g’risida’’ gi O’zbekiston Respublikasi qonuni;
4. Lex.uz
5. https://proacademy.uz
6. https://uz.m.wikipedia
7. https://prokuratura.uz
8. 9-sinf Konstitutsiyaviy huquq darslik
9. Prokuror kasb odobnomasi
10. Davlat va huquq nazariyasi. –T “Sharq’’
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.