YUTUQ VA KAMCHILIKLAR
Z.I.Bozorboyev, M.E.Qurambayeva
Navoiy Davlat Universiteti
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat Universiteti
Annotatsiya. Maqolada Qoraqalpog'iston Respublikasi qishloq xo'jaligidagi yutuq va kamchiliklari bayon etilgan bo'lib, bunda Qoraqalpog'iston Respublikasi dehqonchilik tarmoqlari xususan paxtachilik, donli ekinlar haqida ma'lumotlar keltirilib o'tilgan. Dehqonchilik yerlaridan qanday darajada hosil olinishi yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: Qoraqalpog'iston Respublikasi, dehqonchilik, qishloq xo'jaligi, paxta, sholi, bug'doy, nukus 2, lazer, alanga
Аннотация. В статье описаны достижения и недостатки сельского хозяйства Республики Каракалпакстан, приведены сведения об отраслях сельского хозяйства Республики Каракалпакстан, особенно о выращивании хлопка и зерновых культур. Объяснен уровень урожайности сельскохозяйственных земель.
Ключевые слова: Республика Каракалпакстан, земледелие, сельское хозяйство, хлопок, рис, пшеница, нукус 2, лазер, аланга.
Abstract. The article describes the achievements and shortcomings of the agriculture of the Republic of Karakalpakstan, and provides information about the agricultural sectors of the Republic of Karakalpakstan, especially cotton and grain crops. The level of yield from agricultural land is explained.
Key words: Republic of Karakalpakstan, farming, agriculture, cotton, rice, wheat, nukus 2, laser, alanga
Qoraqalpog’iston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi hududining 37%i boshqacha qilib aytganda 1/3 qismini egallaydi. Qoraqalpog’iston Respublikasi xojaligining asosi agrosanoat majmuyidan iborat. Qoraqalpog’iston Respublikasi Qizilqum cho’lining shimoli-g’arbiy, Ustyurt platosing janubi-sharqiy qismi va Amudaryo deltasida joylashgan. Bu hududlarning ko’p qismi cho’lda joylashgan. Bu hududda obikor dehqonchilik mehnat va mablag’ni ko’proq talab qiladi.
Qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlari-paxtachilik, sholichilik va polizchilikdir. Qoraqalpog’iston Respublikasi ekin maydonlarining katta qismida paxta va g’alla yetishtiriladi. Bunday o’simliklar ko’p miqdorda suvni talab qiladi. Jumladan, 1gektar paxta maydoni Quyi Amudaryo hududida 16-17 ming m3 suvni talab qiladi. Bu 16 000 tonna suv demakdir. 16 000 tonna suv esa aholisi 2mln kishi bo’lgan Respublika aholisining 3 kunlik zahirasidir. Ma’lumot o’rnida inson 1 kunda o’rtacha 2-3 litrgacha suv ichishi kerak. Ya’ni suvga bo’lgan talab yuqori. Bu esa yildan yilga qurg’oqchilik ortayotgan dunyo uchun qolaversa O’rta Osiyo uchun katta isrofgarchilikdir. Endi butun qishloq xo’jaligida intensiv qishloq xo’jaligiga o’tish vaqti keldi. Jahon mamlakatlari allaqachon bunday intensiv qishloq xo’jaligi samarasini ko’rsatib bermoqda. Masalan dehqonchilikda ilg’or hisoblangan AQSH va Isroil kabi davlatlarda paxta dalalarida har bir gektar yerga atigi 2-3 ming m3 suv ishlatilmoqda. Bunday bir paytda biz har gektarga 16-17 ming m3 va undan ham ko’proq suv sarflamoqdamiz. Demak bundan bilish mumkinki biz katta isrofgarchilikka yo’l qo’ymoqdamiz. 7-8 gektarga yetadigan suvni 1 gektarga oqizib isrof qilyabmiz. Bunday isrofgarchilikning oldini olish uchun bir nechta tadbirlarni amalga oshirishimiz lozim. Masalan jahonda sinalgan tomchilatib sug’orish tizimini olaylik. Bu usul orqali sug’orish o’simlik uchun balki o’simlikka suv beradi. Tomchilatib sug’orish 30-50 % suv sarfini kamaytiradi, hosildorlikni orttiradi va begona o’tlarning o’sishining oldini oladi. Bu tizim orqali oson o’g’itlash ham mumkin bo’ladi. O’g’it aynan o’simlikkagina yetib boradi. Aynan bu tizim ochiq dala uchun juda ham mos tizimdir. Shu intensiv tizim orqali avvalo suv sarfini kamaytiramiz va ekologiya yaxshilanishiga katta hissa qo’shamiz. 2050-yilga borib O’rta Osiyo mamlakatlari katta ekologik xavflarni boshdan kechirishi mumkinligi ta’kidlanmoqda. O’rta Osiyoning suvdan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichi jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan sakkiz baravar past ekanligi aniqlangan. Bu esa kelajakda cho’llanish xavfini keltirib chiqaradi. Umuman butun boshli Yer yuzida ekologik xavflar avj olayotgan bir paytda O’rta Osiyo mamlakatlari uchun jiddiy xavf tug’diradi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi qishloq xo’jaligida donli ekinlar alohida o’rin tutadi.Donli ekinlar orasida bug’doy yetakchilik qiladi.Respublika dalalaridan 2022-yil 173685,8 tonna bug’doy yig’ib olingan.Bu bor yo’g’i O’zbekiston Respublikasi umumiy hosilining 2,77%ini tashkil qilgan. 19485000 (19.5 mln) kishilik (2022-yil) Qoraqalpog’iston Respublikasi aholisi kishi boshiga oz miqdorni tashkil etadi.Ya’ni bu bir yil uchun kishi boshiga 89 kg bug’doy demakdir.Demak bundan kelib chiqib aytish mumkinki Respublika boshqa viloyatlardan va qo’shni mamlakatlardan bug’doy import qilishiga to’g’ri keladi.Yig’ib olingan bug’doy dalalaridan unumli foydalanish uchun qayta ekinga tayyorlanadi.Ko’p hollarda bug’doylardan bo’shagan ekin maydonlariga asosan sholi va boshqa ozuqa mahsulotlari ekiladi.Afsuski ba’zi bir fermerlar ekin maydonlarini tezda tozalash va qayta ekishga tayyorlash uchun ekin maydonlariga o’t qo’yib bug’doy xashaklarini yoqib yuboradi.Bu esa atmosferaga katta miqdorda zararli tutunlarning chiqishiga sababchi bo’ladi.Nafaqat atmosferaga balki tuproqning meliorativ holatining buzilishiga ham olib kelishi mumkin.Bu holat ekiladigan o’simliklarning unib chiqishi va xosiliga ham ta’sir o’tkazmay qolmaydi.
Aholi qadimdan Amudaryo suvidan unumli ravishda foydalanib kelgan.Ayniqsa daryo vohalarida sholi ekish bilan shug’illanib o’z umrini kechirgan.Hozirgi vaqtga kelib insonlar suvdan nooqilona foydalanmoqda.Qishloq xo’jaligida ko'p miqdorda suvni isrof qilmoqda. Respublika qishloq xo’aligida sholichilik ham katta salmoqqa ega. 2022-yil hisob-kitoblariga ko'ra Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi sholi hosilining 55,64%ni ya'ni mos ravishda 57,8ming tonna va 142,0ming tonna hosilini bergan. Qoraqalpog'iston Respublikasida yetishtirilgan sholi jon boshiga nisbatan 29,66 kilogrammni tashkil etadi. Bu hudud asosan, “Nukus 2'', “Lazer'' va “Alanga'' kabi sholi navlarini yetishtiradi. Yig'ib olingan hosil butun O'zbekiston Respublikasi hududlari bo'ylab tarqatiladi. Quyi Amudaryo o'lkasidagi aholi qadimdan chorvachilik bilan shug'ullanib kelganlar.Tabiiyki chorvani ozuqalantirishda aholi bug'doy va sholi somonlaridan ham foydalanadi. Ayniqsa , yig'ib olingan somonlar chorvani qish oylarida ozuqalantirishda samarali foyda beradi. Bundan tashqari aholi sholi somonini o'g'it sifatida ham foydalanishi mumkin. Sababi 1tonna sholi somonida 12 kilogramm kaliy, 8 kilogramm azot va 1 kilogramm fosfor mavjud. Sholidan olinadigan guruch juda ham kaloriyaga boy mahsulot hisoblanadi. Ya'ni 100 gramm guruchda 400 kaloriya mavjud. Normal sharoitda 1 kishi kunlik 2000- 2500 kaloriya iste'mol qilishi kerak. Umuman olganda sholi Quyi Amudaryo o'lkasidagi aholi uchun ham tibbiy ham iqtisodiy jihatdan muhim hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Musayev P.G', Musayev J.P, O'zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi 8- sinf darslik. ''SHARQ'' nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2019-yil 6-nashr Toshkent. 165-169 betlar. 2. Idrisov X.A, Xabibullaev A.M Sholi seleksiyasi bo'yicha o'tkazilgan tadqiqot natijalarini tahliliy o'rganish. ''SCIENCE AND INNOVATION'' xalqaro ilmiy jurnali, 2022-yil 3-son ISSN: 2181-3337, Toshkent. 277-bet . 3. Allamuratov S., Matkarimov S. Qoraqalpog‘iston Respublikasining tabiiy-iqtisodiy geografiyasi. – Nukus: Qoraqalpoq universiteti nashriyoti, 2020. 4. Jo‘rayev O., Xolmatov M. O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. – T.: “Fan va texnologiya”, 2021. Internet manbalari: 1.https://stat.uz/uz/ 2.https://www.healthline.com/health/how-much-water-should-Idrink#recommendations 3.https://eabr.org/en/analytics/special-reports/regulation-of-the-water-and-energycomplex-of-central-asia/
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.